Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet14/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

68


www.ziyouz.com kutubxonasi




Bahovuddin Naqshband
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy - Bahovuddin Naqshband hijriy 718 (milodiy 1318) -yili Buxoro shahriga yaqin Ko'shki Hinduvon (qasri Orifon) qishlog'ida tug'iladi. Naqshband uning laqabi bo'lib, ota kasbi - kimxobboflik bilan shug'ullanganligi uchun berilgan bo“lsa kerak.
Muhammadning bobosi so'fiylar bilan yaqindan munosabatda bolganli- gi uchun ham, unda tasawuf ilmiga qiziqish bolalikdan paydo bo“ladi va shu yolda tarbiyat topadi.
Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni shayx Hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ammo Hazrat Hoja Bahovuddin Hoja Abdulholiq G'ijduvoniyni o'ziga ustoz bihb, uning yolini qabul qiladi.
Bahovuddin Naqshband haqidagi «Maqomat»larda uning Sayyid Kulol bilan bir qatorda, Orif Dekkironiy, Kusam Shayx va Xalil otadan ham tasawuf ta'limoti bo'yicha saboq olganligi qayd etilgan.
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy ikki marta haj qiladi. Haj safaridan Buxoroga qaytgach, butun umrini shu erda o'tkazadi. Amir Ku- lolning vasiyatiga ko'ra iming xalifasi boTib qoladi. Bahovuddin Naqshband hijriy 791 (milodiy 1389) -yili vafot etib, qasri Orifon qishlog'ida dafn etiladi.
Uning muridlaridan eng mashhurlari Hoja Alouddin Attor va Hoja Muhammad Porsodir.
Bahovuddin Naqshband va’z va pand-nasihatlami o‘z ichiga olgan «Hayotnoma» nomli she'riy toplam va tasawufga oid «Dalil al-oshiqin» nomh kitob yozgan. Biroq mazkur asarlar bugungi kunga qadar topilgan emas.
Bahovuddin Naqshband naqshbandiya tariqatining asoschisidir.
Bahovuddin Naqshband talimoti uning hayotlik chogldayoq Movaroun- nahrda faqat shahar hunarmandlari orasidagina emas, balki ko'chmanchi turkiy qabilalar orasida ham keng tarqalgan.
Naqshbandiya tariqati Islom dinidagi sunniylik yo'nahshi g'oyalariga asoslangan bolib, uning ma'naviy silsilasi bir tomondan, Abu Bakr Siddiq hamda ikkinchi tomondan, Ah ibn Abu Tolibga borib taqaladigan 12 tariqatning biri sanaladi. Bu silsila «Silsilat az-zahab» («Oltin silsila») deb nomlanadi. Tariqat ma'naviyjihatdan Abu Bakr, jismoniyjihatdan esa Ah ibn Abu Tohb orqah payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salom faohyati negizida shakllangan.
Naqshbandiya sulukining boshqa suluklardan farqi nimalardan iborat?
Awalo, naqshbandiya suluki halol mehnat qilish orqah kun kechirish g‘oyasini targ'ib qiladi. Bahovuddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan «Dil ba yoru dast ba kor» (Dil yorda, qo“l ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin isbotidir. Shuning uchun ham naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar
69


www.ziyouz.com kutubxonasi




mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tunu kun toat-ibodat bilan shug'ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod etish yolida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar mazmunida olg'a surilgan g“ oyalarga tola mos tushadi. Bahovuddin Naqshbandning o‘zi ham oddiy, pok inson bolib, mehnat qilish evaziga kun kechirgan.
Naqshbandiya tariqatining boshqa suluklardan yana bir farqi shu ediki, boshqa suluklarning tarafdorlari pir oldiga yig'ilib, «Zikri aloniya»ni amalga oshiralar, ya'ni ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining tarafdorlari «Zikri xufiya»ni amalga oshirganlar, ya’ni ular tomonidan Ollohga qilinayotgan toat-ibodat ovoz chiqarmasdan bajarilar edi. «Zikri aloniya»ning mohiyatiga ko‘ra Olloh ismi yoki «Lo iloha illolloh» kalimasi bor ovozda ohang yordamida aytilib, raqsu samo’ asosida bajarilgan. Ahmad Yassaviy sulukida zikrning mazkur shaldi «Zikri arra» deb yuritilar edi. Mazkur amalni ado etish chog'ida zikr tushayotganlaming ovozi yog'och kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovozga o'xshar edi. «Maqomati naqshbandiy» asarida keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya sulukidagilar ham ana shu odatga amal qilganlar.
«Zikri xufiya» amalini bajarish vaqtida esa muridlar bir joyga to'planishlari shart emas, har kim o‘z uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu samo'siz Ollohning ismi va muqaddas so'zlarni dilda yod etib, kunduzlari o‘z ishi bilan mashg'ul bolaveradi. «Zikri xufiya» amalini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband yuqorida qayd etib o'tilganidek, Abdulholiq Gijduvoniydan o‘zlashtirgan. Mutafakkirlar - Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ham shu suluk vakillari bo'lganlar.
Uchinchi farq shundan iborat ediki, naqshbandiya sulukining valiylari bemordan o'zlariga kasallikni tortib ohb, so'ngra kasallikni o‘z vujudlaridan chiqarib tashlash xislatiga ega bo'lganlar.
To'rtinchi farqi, naqshbandiya sulukidagi avliyolar boshqa ba’zi avliyo- lardek, karomatfurushlikka yol qo'ymaganlar. Har bir muridning Ollohga etishishi hamda vahdat hosil qilishi uchun ma'naviy va ruhiy poklanish maqsadi yo'lida uning har qanday bid'atga qarshi kurashishi talab etilgan. Avliyolik kuch-quwatini esa faqat ezgu ishlar: ilm-ma’rifatni rivojlantirish, xalqning ma'naviy jihatdan poklanishini ta'minlash yoTida har qanday zuhn va bid'atga qarshi kurashishga sarflaganlar. Ushbu suluk valiylari shu kabi ezgu amallari bilan xalq orasida katta obro‘ qozonganlar. Buni «Maqomati Hoja Naqshband» asarida bayon etilgan voqealar va Hazrati Hoja Bahovud- din Naqshband tomonidan ifoda etilgan hikoyatlar mazmunidan ham anglash mumkin. Xususan, Bahovuddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini quyidagicha yoritgan edi: «Musulmonlik, bu - iloji boricha hukmlarga


70


www.ziyouz.com kutubxonasi




boysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorchilikdan uzoq boTish. Bulaming hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolaming aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat va parvarish orqali etiladi». Ushbu fikming mantiqiy davomi sifatida o‘z tariqatining maqsadini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband yana shunday bayon etadi: «Bizning tariqamiz jahriya zikri-yu raqs emas, bizning tariqamiz, anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda safar(safar dar vatan)dir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jam'iyatda xayriyat bodadi, jam'iyat esa suhbatda boladi. Agar bu yo‘l toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat bo'lsalar, bu suhbatda xayru baraka ko‘p bo'ladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi».
Demak, Bahovuddin Naqshband inson barkamol bohshi uchun, awalo, iymonli bo'lishi zarur deb biladi.
Ma'lumki, tariqat yodi odobdan iborat, har bir maqomning o‘z odobi bo“lganidek, naqshbandiya tariqatining ham o‘z xulq-odob talablari bor. «Kimki ana shu odobni ushlasa, uni balogat ahlining balog‘ atiga etkazadi. Adab bu - xulqni chiroyli qilish, so'zni va feTni soz qilishdir. Xizmat odobi ulug' baxtdan yaxshiroq, uning belgisi - amalning qabuli, tug“yon esa amalningbuzuqligidir. Adabni saqlash-muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxti, yana muhabbat urug'i hamdir».
Bu hikmatlardan ko'rinib turibdiki, naqshbandiya tariqati odob-axloq tariqati, chunki bu tariqat aynan insonning ma'naviy-axloqiy kamolga etishi uning xulq-odob talablari mohiyatini anglashi, ushbu qoidalarga amal qilishiga bogliqdir. Buni biz Hazrat Bahovuddin Naqshbandning ma'naviy- axloqiy qiyofasidan ham bilsak boladi. «Maqomati Hoja Naqshband» asarida shunday deyiladi: «Ularning axloqlaridan bir shingili shuki, agar ular biror do'st yoki darveshning uyiga borib qolsalar, ularning barcha farzandlari va yaqinlarining hamda xizmatkorlarining ahvolini so'rar va har birining ko'nglini bir yol bilan topar edilar. Do‘st hamsoyalar va darvesh oshinolardan hamisha rozi va xushnud bolardilar. Ularning bu lutfi har bir kishiga to‘g‘ri yo“l uchun dalolat qiluvchi edi».
Naqshbandiya tariqati asosida har bir insonning halol, pok boTishi, o‘z mehnati bilan hayot kechirishi kerakligi, sabr-qanoatli boTishi, kamtar, samimiy bolishi, iymon va e'tiqodini mustahkam tutishi, dilga xudoni jo etib, amalda xalq bilan birga boTish kabi olijanob xislatlami tarkib toptirish yotadi. Bu xislatlami o'zlashtirib borish j arayonida inson poklana boradi va ruhan Ollohga etishishga o'zini tayyorlaydi.
Naqshbandiya tariqati kishilami mehr-oqibat, samimiylik, halollik, mehnatsevarlik, rostgoylik, sabr-qanoatga ega bolish sari yollar ekan, ularda
71


www.ziyouz.com kutubxonasi




yomon illatlar: harom ishlar, ya'ni o'g'rilik, nopoklik, xasislik, yolg' onchilik, firibgarlik, ta'magirlik, boyhkka hirs qo'yish kabilami qoralaydi. Bimi biz Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandning quyidagi fikrlaridan ham bilsak boladi:
«Shamga oxshagin, toki hammaga ravshanhk bag'ishla, o'zing esa qoro- ng‘ida bo1!, «Hoyu havas va nafs ahllari tutgan ishlar asosining barchasi zalolat(adashuv)dan iboratdir. Ishlarda niyatni to‘g‘ri qilish eng muhim narsadir», «Kishi o'zining nafsiga tuhmat qilishi kerak. Kimki Haq subhonahu inoyati bilan o‘z nafsining yomonhgini tanigan, uning hiyla- nayrangini anglagan bolsa, bunday qilish unga oson boladi». Bu yo'ldan yuruvchilarda o'zgalarning gunohini ham o'zlaridan deb bihsh hollari ko‘p boladi.
Bu hikmatlarda komil insonni tarbiyalash uslublari ham bayon etilgan: «Suhbatimizga etishadigan guruhlardan ba’zilari shundayki, ulaming ko'ngillarida muhabbat urug'i bor, ammo xalaqit bemvchi xasu hashaklar tufayh o'sohnaydi, bizga esa uni poklash lozim. Ba’zilarida muhabbat urug'i yo‘q, bizga esa uni paydo qilish lozim»; «Murshid tohbning o'tgan, hozirgi va kelajak kabi uch hohdan boxabar boTishi kerak, shundagina uni tarbiya qila oladi»; «Tohb amal qihshi zamr bolgan shartlardan biri shuki, u Haq taolo do'stlaridan biri bo“lgan do'st bilan hamsuhbat bo“hb, o‘z holidan voqif bo'hshi zarur. Suhbat zamonini o'zining o'tmish zamoni bilan solishtirib ko'rsin, nuqsondan kamol sari ketayotganini o'zida mushohada qilsa, bu azizning suhbatida mulozamatda bolishni o‘zi uchun farzi ayn hisoblasin».
Xulosa qihb aytganda, naqshbandiya tariqati ikki muhim tariqat: Abdulxoliq G'ijduvoniy hamda Ahmad Yassaviy yoTini birlashtirdi va hayotga moslashtirdi.
Naqshbandiya suluki (xudoga yaqinlashish yoli) o‘n bitta axloqiy qoidani ishlab chiqdi va amahyotga tadbiq etdi.
So'fiyning poklanish va xudoga etishish darajasi ma'naviy murabbiy - shayx, murshid yoki pir tomonidan amalga oshiriladi.
Va nihoyat, murshid bilan murid o'rtasidagi ma'naviy-ruhiy aloqaning paydo bo'lishi muridning kamolotga etishganhgini ko'rsatadi va murshid muridga o‘z hirqasini echib beradi. Bu yol muroqaba, mushohada, musohaba kabi uch bosqichdan iborat bo'ladi. Naqshbandiya sulukiga kirgan inson o'zini ham ruhan, ham jismonan chiniqtirishi, ma'naviy poklashi va qalbga sayqal berishi lozim.
Naqshbandiyaning asosiy yo‘h Haqqa etishga intihsh, xufiya zikr qihsh bolib, ba'zi bid'atlami rad etadi. Masalan, darbadarlik, qashshoqlik, musiqa chalib, ashula va raqs tushib, zikr tushish (samo’) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qihsh va boshqalar. Aziz-avhyolar, ularning mozorlariga sig‘inish man


72


www.ziyouz.com kutubxonasi




etilib, har qanday madadni faqat Ollohdan so‘rash kerakligi ta'kidlanadi. Ruhan poklanib, manmanlik, kibru havodan voz kechib, oddiy o‘z mehnati bilan kun kechirishga da'vat etadi.
Demak, naqshbandiya tariqatining asosini insonning ham ruhan, ham jismonan poklanishi tashkil etib, bu jarayon hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo'qotmagan. Bugungi kunda yosh avlodni etuk inson etib tarbiyalashda naqshbandiya tariqatining axloqiy sistemasi, yo“l va usullari qo‘l keladi. Zero, aqliy, axloqiy, jismoniy kamol topgan shaxsni shakllantirishda mazkur tariqat g'oyalari muhim omil bo“lib xizmat qiladi.
Haqiqiy so'fiylik tarkidunyochilik g*oyasini ilgari surmaydi, u insonni ma'naviy poklanishga yo'llaydi. Lekin ba’zi johil va nodon kishilar (hatto din peshvolari ham) insonning ruhan xudo bilan birlashishi, «Anal haqwlik, ya’ni «Men xudoman» degan ifodaning mohiyatini tushunmasdan, ulami ta'qib etdilar. Aslini olganda, so'fiylik, bu - muruwat, saxovat, mehnat, qanoat va diyonatdir. Ular inson xulqida mavjud bolgan illatkrga qarshi kurashuvchilardir. So'fiylar hayotni qabohat va razolatdan tozalash yolida har bir insonning ma'naviy jihatdan pok bo'lishini ta'minlash uchun kurashganlar.
Xulosa qilib aytganda, Islom er yuzida keng tarqalgan dinlardan boTib, u musulmon madaniyatining tarkib topishida muhim o‘rin tutdi. Islom ta'limotining muqaddas kitobi - «Qur’on»da ilgari surilgan xulq-odob, turmush tarziga oid qarashlar musulmonlar axloqiy tarbiyasining shakllanishiga asos boTib xizmat qildi. Barcha musulmon mamlakatlarida «Qur’on»ning sharhlovchilari tomonidan shariat qonun-qoidalari, axloqiy talablarini targib etilishi keyinchalik musulmon adabiyotida axloqiy-didaktik mazmundagi asarlaming paydo boTishiga turtki boldi.
Islom barcha musulmon mamlakatlarida bo'lgani kabi, Xuroson va Movarounnahrda ham asosiy din hisoblanadi. Shuning uchun xalq hayoti- da Islom ta'limotida ifodalangan xulq-odob qoidalari mohiyatini chuqur o'rganish asosida yosh avlodda ma'naviy-axloqiy xislatlami tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling