Komiljon hashimov


XIBOB. RIVO JLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA'LIM TIZIMI


Download 386.06 Kb.
bet4/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

XIBOB. RIVO JLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA'LIM TIZIMI 287
Amerika qo'shma shtatlarida ta'lim tizimi 287
Yaponiyada ta'lim tizimi 289
Janubiy Koreyada ta'lim tizimi 290
Frantsiyada ta'lim tizimi 292
Germaniyada ta'lim tizimi 294
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 298


5


www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH




Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'min- lovchi ta'lim-tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat kabi tushunchalar mavjud boTib, ular pedagogika sohasidagi o'zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda o'rganishni talab etadi.
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir.
Binobarin, mustaqillik tufayli ko'hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar vujudga keldi.
Axloqan pok va etuk insonlami tarbiyalash masalasini muvaffaqiyatli hal etishda xalqimizning ma'naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy merosi va tarixiy-tarbiyaviy tajribalarini o'rganib chiqish, ularning yutuqlarini ta'lim-tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Bu borada 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti A.I.Karimovning quyidagi so'zlari alohida e'tiborga loyiqdir:
«Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g‘ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, hurriyat uchun kurashishdan charchamadik. Maslagimizni naslu nasabimizni doimo yodda saqladik.
Ulug‘ bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazi- nasiga katta hissa qo'shgan ulug' ajdodlarimizga, ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo'lish istagi jamiyatimiz a'zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi - bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir»1.
1 I.A.Karimov. “Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik”. -T.: 1994-yil, 8-9-betlar.
6


www.ziyouz.com kutubxonasi




0‘zbek xalqi tarixan ta’lim tarbiya sohasida o'ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o'zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrlarda ham nekbin pedagogik qarashlar hukm surgan.
Biroq islomgacha bo'lgan davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Iskandar bosh- chiligidagi yunon-makedon qo'shinlari, so'ngra arab istilochilari olib borgan talonchiliklar va vayronagarchiliklar tufayli o'sha davrga tegishli ko'pgina asarlar yo‘q qilingan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta'lim-tarbiyaga oid an'analarni, qadriyat- larni, xalq pedagogikasini ilmiy tahlil qilish va hayotga tatbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
Istiqlolgacha biz tarbiya ishlarimizga Ovrupo pedagogikasini asos qilib oldik va o'rgandik. Endi Sharq pedagogikasini o'rganishga e'tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hurfikrlilik bizdan boshlangan. Olmon olimi Herler: «Sharq Yevropaning mualhmidir» deganda haq edi.

  1. A.Karimov madaniy qadriyatlarning qudrati va tarbiyaviy ahami- yatiga yuksak baho berib, shunday deydi:

«Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi mingyillar mobay- nida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, 0‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq boldi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyat- da muhim vazifa bo'lib qoldi...
Tarixiy tajriba, an'analaming meros bolib o'tishi - bularning barchasi yangidan-yangi avlodni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog'i lozim».1
Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish lozim. Chunki har bir millat ma'naviyatida o'ziga xos tomonlar boQsa ham, u umuminsoniy qadriyatlarning bir qismidir. Shu bilan birga, unutmasligimiz kerakki, biz qurayotgan yangi jamiyat binosi
1'i.A.Karimov. 0‘zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: 0‘zbekiston. 1997-yil, 137—140-betlar.
7


www.ziyouz.com kutubxonasi




uchun birinchi galda milliy qadriyatlar ustun bo‘lmog‘i lozim. Biz, eng awalo, milliy o'zligimizni anglamog'imiz, o‘z tafakkurimizni kashf etmog'imiz lozim. 0‘tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ulami puxta, atroflicha o'rganmoq birinchi galdagi vazifadir.
VII—XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqi- yos rivojlandi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish keskin orta boshladi. O‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Forobiy, al-Farg‘oniy, al-Beruniy, Ibn Sino, az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. O‘sha ulug‘ mu- tafakkirlar inson ma'naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, madaniy-ma'rifiy qarashlarini o'stirishda o‘z davrida va keyin- chalik ham ulug' xizmat qildilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta'limotlar yaratdilar. XV - XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston j ahonga Qozizoda Rumiy, Ulug'bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lut- fiy, Navoiy, Bobur, Abulg'oziy Bahodirxon singari allomalarni voyaga etkazdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida yirik madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi.
Oktabr to'ntarishidan keyin, ya’ni 1917 -yildan boshlab Turkiston mintaqasida sho'ro hokimiyati o'rnatila boshladi. Bu tuzum kommunistik firqa mafkurasini targ'ib va tashviq qildi.
Sho'ro hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktab- lar ochish va ulami mustahkamlash vazifasi qo'yilib, yoshlar ongiga «yangi jamiyat» g'oyalarini singdiradigan pedagog xodimlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berildi. Bu ishlami amalga oshirishda Russiya xalq ta'limi yo'nalishi asos bo'lgan. Tarixdan ma'lumki, qaysi davlat o'zga mamlakat ustidan hukmron bo'lsa, u o‘z mafkurasini, ma'naviyatini, axloqini singdirishga harakat qiladi.
1924-yil oktabrida Turkistonning parchalanishi oqibatida milliy madaniyatning yo*li asta-sekin to'sila boshladi. Asrlar osha amalda qolla- nib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man etildi. Awal lotin grafi- kasi, keyin rus grafikasi asosida tuzilgan yozuvga o'tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarini o‘z madaniyat tarixini o'rganish imkoniyatidan mahrum etdi.
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan o'zbek fani va madaniyatining asoschilari, musulmon olamining ulug' zotlari emas, balki o'zbek xalqi kamolotiga aloqasi bo'lmagan shaxslar faoliyati o'rgatildi. Ahmad Yassaviy, Bedil singari so‘z ustalari va tafak- kur gulshani bogTjonlari xalq ta'limidan chiqarildi.


8


www.ziyouz.com kutubxonasi




Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur'oni Karim, Muhammad alayhissalom hadislari ta'qib ostiga olindi, yo‘qotildi. Natijada o'zbek xalqi milliy ahloq-odobi va tarbiya an'analaridan mahrum bo'la boshladi. Bu yo'qotish o'zbek pedagogikasi fanlari rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
1991-yilga kelib 0‘zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o'ziningyangi milliy Qomusi asosida, hamma sohada bo'lganidek, o‘zbek pedagogikasi tarixiga ham yangicha yondoshish imkoniyati tug'ildi.
0‘tmishda atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlami aytib qoldirganlar, bulami o'rganish pedagogik tafakkuming o'sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon beradi.
Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta'lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o'rgatadi. 0‘tmishning pedagogik sistemalarida bo'lgan ilg'or fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondashadi, tarbiya nazariyasi va amahyotining turli bosqichlarda xilma-xil bo'lganligini ochib berib, ilg'or qarashlarning taraqqiyot yo'lini ko‘rsatadi.
Pedagogika tarixi fani pedagogika, psixologiya, falsafa, madaniyat tarixi, 0‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqador.
Biz pedagogika tarixini organish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, toshbitiklar, qo'lyozma yodgorliklar, Sharq mutafakkirlarining ilmiy- ma'naviy merosi, xalq og'zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o'quv qo'llanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot matnlari, prezident Islom Karimovning ta'lim- tarbiyaga oid asarlariga asoslanamiz.
Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbasha- riy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkir- lariningilmiy va ma'naviy merosi, 0‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I AKarimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va milhy istiqlol g'oyasi haqidagi nazariyasi hisoblanadi.
Pedagogika tarixini o'rganish o'qituvchilarning faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki pedagogik mahoratni egallashga ham yordam beradi. Shuningdek, o'tmishning ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o'rganadi, bu esa uning kundalik pedagogik faohyatida yordam beradi, uni bevosita amahy faohyatga tayyorlaydi.


9


www.ziyouz.com kutubxonasi




Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka oid asar- lardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu darslikning yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filologolimlardan B Ahmedov, A.Ahmedov, A.Abdullaev, V.V.Bartold, E.E.Bertels, A.Bahoutdinov, I.S.Braginskiy, B.G‘.G‘afurov, V.Zoxidov, I.Mo‘minov, O.Fayzullaev, Sh. Shomuxamedov, A.Qayumov, S.Dolimov, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullaev, S.Rajabov, B. Qosimov, J^GWo'ldoshev va boshqalaming ishlari qo'llanma vazifasini o‘tadi.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling