Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet52/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Umumiy o‘rta ta’lim.
Umumiy o‘rta ta'lim quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
Boshlang'ich ta'lim (I-IV sinf)
Umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar)
Boshlang'ich ta'limda umumiy o‘rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikmalar shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. ■
Umumiy o‘rta ta'limda bilimning zarur hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil fikrlash, tashkflotchilik qobfliyati va amafiy tajriba ko‘nikmalari rivojlantirfladi. Kasbga yo'naltiradi, ta'limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi.
Bundan tashqari ixtisoslashtirflgan maktalar ham tashkfl etilishi va bolalar iste'dodiga ko‘ra ta'lim olishi mumkin.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi.
Har bir yigit-qiz umumiy o‘rta ta'limga ega bolgandan so‘ng akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o'qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu ta'lim muassasalarida o‘qish muddati uch yfldan kam bo'lmaydi.
Litsey va kollejlar egallangan kasb-hunar bo'yicha ishlash va ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish huquqini beradi.
Oliy ta’lim.
Oliy ta'limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshirfladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat.
Bakalavriat — oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha puxta bilim berfladigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yfl bolgan tayanch oliy ta'limdir.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo'yicha bakalavriat negizida kamida ikki yfl davom etadigan oliy ta'limdir.
252


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'iim shartnoma asosida olinadi.
Oliy o'quv yurtidan keyin malakali ilmiy yoki ilmiy pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojga qarab oliy o'quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yutantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi.
Oliy ta'limdan so‘ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb ko'nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashga qaratiladi.
Bolalar va o'smirlaming dam olishini tashkil etish uchun madaniy- estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari talim muassasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, osmirlar, ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, kutubxonalar, sog'lomlashtirish muassasalari kiradi. I
Ta’lim islohotlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:

  • shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, talim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

  • davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

  • uzluksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash- ning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat korsatish muhitini o‘z ichiga oladi;

  • fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg* or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;

  • ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, ularning tayyorgar- lik sifati va saviyasiga nisbatan quyidagi talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnik jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida intelektual, ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani ham yangi fundamental bilimlami shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalami jamlaydi. Oliy malakali pedagog kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg* or pedagogik texnologiyalami yaratish va o'zlashtirish orqali ihn-fanning talim amaliyoti bilan aloqasini ta'minlashni amalga oshirishni ko'zda tutadi, ilg*or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e'tibor qaratadi.


253


www.ziyouz.com kutubxonasi




Mustaqil yillarda pedagogika sohasida ham yirik tadqiqiotlar olib borihnoqda. Pedagogika va psixologiya fanlari bo'yicha doktorlik va nom- zodlik dissertasiyasini himoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat korsatmoqda.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi 0‘zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti, hunar ta'limi ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta'lim sohasi bo'yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Ayni vaqtda, 0‘zbekistonning o‘z taraqqiyot strategiyasi, o'zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu orzu-umidlarini, milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan davrda bu muhim ishni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi.
Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur'atsizlikdan holi boigan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling