Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet49/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Sabrdin. topgay ulug'mansab kishi, Besabrdin bolmagay o'ng hech ishi.
Hamza Hakimzoda o‘z pedagogik faoliyatida va adabiy ijodida xotin- qizlarning ilm ohshiga, jamiyat ishlarida faol ishtirok etishlariga jiddiy e'tibor berdi.
Hamza o'zining xarakter xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan shaxs edi. U g'ayratli, jasoratli, tinib-tinchimaydigan ijodkor sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi. Doimo nimalarnidir yaratish va


234


www.ziyouz.com kutubxonasi




tashkil qilish, nimalargadir bosh qo'shib, faollik ko'rsatish bilan band edi. U bir qarasangiz, maktab ochib mazlum bolalarni o‘qitar, bir qarasangiz, truppalar tuzib, elga konsert va spektakllar ko'rsatar edi.
Hamza 1929 -yil 18 martda fojiali halok ЬоЧасН.
0‘zbek xalqining sodiq farzandi Hamza Hakimzoda Niyoziy ajoyib pedagog, shoir,dramaturg va kompozitor sifatida o‘z xalqiga sidqidil bi- lan xizmat etdi. U mehnatkash xalqni ma'rifatli qilish, yosh avlodlarni hartomonlama bilimli qilib tarbiyalash yoTiga hayotini bag'ishladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Jadidchilik harakatining kelib chiqish omillari nimalardan iborat?

  2. Jadidchilik qanday g'oyalarni ilgari surgan?

  3. Turkistonning rivojlanishida jadidchilik harakati qanday ahamiyat kasb etadi?

  4. Mahmudxo'ja Behbudiy ta'lim-tarbiya sistemasini rivojlantirishga qanday hissa qo'shdi?

  5. Munawar qori qanday g'oyalar bilan maydonga chiqdi?

  6. Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Hamza Hakimzoda Niyoziy Turkiston o'lkasining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy rivojlanishiga qanday hissa qo'shdilar?


235


www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. ВОВ. 1917-1990-YILLARDA TA’LIM-
    TARBIYA, MAORIF VA PEDAGOGIK FIKR


0‘zbekistonda 1917-1924-yillarda maktab va maorif
1917-yil to'ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o'zgarish yuz berdi.
Turkiston o'lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma'rifat- parvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog'ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha takliflar ilgari surildi.
Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo'ja Behbudiy, Munawar qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cholpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G'ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko'rsatdilar.

  1. yil Fevralidan Oktabr orasida Turkistonning yirik shaharlari- da turli tillarda dars beriladigan xususiy maktablar ochildi.

Turkiston o'lkasining markazi — Toshkentda 1917-yil 9—14 may kunlari o‘qituvchilarning 1-o‘lka qurultoyi bo'lib, bunda «Turkiston o'qituvchilar ittifoqi» tashkil etildi.

  1. yilning 23 martida RSFSR maorif xalq komissarligi Turkiston o'lkasi xalq komissarligi kengashi o‘lka xalq ta'limi kengashini tashkil etish haqida buyruq chiqardi. Mazkur kengash Turkiston hududida xalq ta'limiga rahbarlik qilishi lozim edi. Joylarda ularning viloyat, shahar, uezd kengashlari huzurida xalq ta'limi kengashlari tashkil topdi.

1918-yilning yozida Samarqandda musulmon o'qituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. 0‘sha yilning kuzida Toshkentda—Toshkent uezdining tub yerli aholisi uchun maktab o'qituvchilari kurslari ochildi.
1918-yil 9 aprelda Munawar qori uyida to'plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo'limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida mu- sulmon bo'limi dasturlarini ishlab chiqadilar. 0‘sha yilning 3 mayida
236


www.ziyouz.com kutubxonasi




dorilfununning musulmon bo'limi rahbariyatiga saylov bo'lib, unda Munawar qori rais(rektor), Iso To'xtaboev birinchi muovin, Burhon Habib ikkinchi muovin, Abdusamad qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo'lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar qismida Vikula Morozovning sobiq do'koni binosi(hozirgi 0‘zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun «Xalq dorilfununi» ochiladi. Bu bo'lim tez orada o'ziga xos yirik bilim maskaniga aylanadi.
Universitet tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-matematika, tarix- filologiya, qishloq xo'jaligi va texnika fakultetlari bor edi. 1919-yil fevraldan universitet qoshida ishchi fakulteti ham faoliyat ko'rsata boshladi.
1918-yil noyabrda Toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy ta’limning to‘ng‘ichi — Turkiston Sharq instituti tashkil qilindi. Institut nizomida uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo'shni mamlakatlar aholisi tilini yaxshi biladigan sharqshunos olimlar va amahyotchi xodimlar tayyorlashdir, deb belgilab qo'yilgan edi.
1920-yili Turkiston xalq universitetiga muqobil Turkiston davlat universiteti (keyin 0‘rta Osiyo, hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi 0‘zbekiston milliy universiteti) tashkil qilindi.
Universitet faoliyatining birinchi yili oxiriga kelib unda 6 fakultet: ijtimoiy-iqtisodiy, tarix-filologiya, fizika-matematika, texnika, tibbiyot, qishloq xo'jaligi fakultetlari ish olib bordi.
Vaqt o'tishi bilan universitet faqat eng yirik o‘quv yurtigina emas, balki ilmiy-nazariy va amaliy tafakkurning, tabiiy va amahy fanlarning juda xilma-xil sohalari bo'yicha ohb boriladigan tadqiqotlarning muhim markazi ham bo'lib qoldi.
Bolsheviklarning aksilmilhy, umuminsoniy ilg'or ma'rifatchilikka dushmanlik qihshlariga qaramasdan 1917—1924-yillari 0‘zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma'rifiy turmush vujudga keldi, xalq ma’naviyatida o‘z aksini topdi.
Xalq ta'limining iste'dodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Ismatulla Rahmatullaev, Is'hoqxon Ibrat, Munawar qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy va boshqalar katta pedagogik ish ohb bordilar.
Uzoq tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy to'siqlarga qaramay, Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi, ilg'or fikr egalarini, buyuk olimlarni etkazdi, insoniyatga ilm-fan, ma'naviyat sohasida obnas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi.
Bu davr ijtimoiy-madaniy hayotidagi kuchlar o'rtasida yuz berayot-
237


www.ziyouz.com kutubxonasi




gan sinfiy kurashning murakkabligi maktab-maorif masalalarida ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Demak, endi turli vositalarni ishga solib yangi mazmundagi ma'rifatni tashviq qilish, tarbiya usullarini zamonaviylashtirish, ta'limda qulay usullarni topish muammolari turar edi. Bu borada Turkiston o'lkasidagi dastlabki maktablarda ilg‘or ma'rifatparvar pedagoglar — toshkentlik Saidrasul Saidazizov, Abdulla Avloniy, namanganlik Is'hoqxon Junaydullaev — Ibrat, samarqandlik Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Ismatulla Rahmatullaev, qo'qonlik Hamza Hakimzoda Niyoziy muhim xizmat ko'rsatdilar.
Ular butun o'lkada katta obro'ga ega bo'lib, rus, ozarboyjon, tatar va boshqa qardosh xalq pedagoglarining ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari hamda darsliklarini o'rganib o*lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko'rsatdilar. Turkistonda ochilgan rus va tatar muallimlari boshchilik qilgan o'zbek maktablarida qoHangan usullardan foydalanib o'zlari tashkil qilgan maktablarda uzoq vaqt davom etgan «hijo» usuli o'rniga «usuli savtiya»da ta'limni tashkil qildilar va darsliklar yaratdilar.
Turkistonda milliy davlat chegaralanishi
o‘tkazilganidan so‘ng xalq ta'limi va
pedagogik fikr (1924-1941)

1924-yili amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa xaritasi qaytadan tuzildi.
Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi.
To'ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda birtomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat qaratildi, maktablarda o‘quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o'zgardi. Din va Qur’oni Karimga umuman e'tibor berilmadi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa, ko‘proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi.
Sho'rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo‘r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o'zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Bu davrda faqat pedagogika emas, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, «0‘zbekiston tarixi» aslida «SSSR tarixi» darsligining ilovasi edi. «SSSR tarixi» esa, Rossiya tarixidan iborat bo'lganligi


238


www.ziyouz.com kutubxonasi




maTum. Xuddi shu kabi o‘zbek pedagogikasi ham sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. O‘sha davrlarda yozilgan kopgina pedagogik asarlar bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo'qotdi. Chunki o'zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi. Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engels, Lenin asarlaridan ko'chirmalar asosiy o'rinni ishg“ol qilardi.
Bolalar va o'smirlarga umumiy ta'lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o'rtasida savodsizlikni tugatish harakatiboshlandi. 1930-yil 14 avgustda SSR ittifoqi markaziy ijroiya komiteti va xalq komissarlari soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang'ich ta'limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi.
30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy ettiyillik ta'limni amalga oshirishga kirishildi.
Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo‘l qo'yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi o'qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o'qishni tashlab ketish hollari ko'paydi. Ko'pgina maktablarda muallimlaroing bihm darajasi etarli boTmaganligi tufayli o'qish saviyasi talabga javob bermas edi. Maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo‘lsa-da, ularning o'quv-moddiy bazasi nochor ahvolda qolayotgan edi.
Ma’lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g'oyasi ustivorlik qildi.
Ta'lim sohasini «sinfiy dushmanlar»dan tozalash maqsadida hatto maxsus qarorlar qabul qilindi. Masalan, VKP(b) MQ 0‘rta Osiyo byurosi 1933-yil 27 martda o'qituvchi kadrlar safini tozalash haqida qaror qabul qiladi va uning natijalari shu yilning 25 aprelida boTib o‘tgan 0‘rta Osiyo bo'yicha partiyaning madaniy sohaga bag'ishlangan kengashida muhokama qilinadi. Bunda mavjud 700 o'qituvchidan faqat 120tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topiladi.
Bunday «tozalash»dan maqsad saviyasi past boTsa-da, mehnatkash tabaqalardan chiqqan kishilarni tanlab olib, eng zakovatli omilkor kishilarni siqib chiqarib, «shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni vujudga keltirishdan iborat edi. «Tozalash»da kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va maTumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
SSSR MQ va XKKning 1929-yil 7 avgust qaroriga asosan arab alifbosi o'roiga lotin alifbosi qabul qilindi. Arab yozuvining lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakh edi. Bu «islohot» oqibatida Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini o'zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan o'zbek xalqini mahrum qildilar. O‘sha davr- ning taniqli tilshunos olimi G'ozi Olim Yunusov va ilg'or pedagoglar bu «islohot»ni madaniy bilimsizlik deb baholadilar.


239


www.ziyouz.com kutubxonasi




1940-yilning may oyida 0‘zbekistonda «0‘zbek yozuvini lotinlashtiril- gan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi o'zbek alfavitiga ko'chirish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
Mazkur siyosatlar tufayli o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf-odatlari, an'ana va umuminsoniy qadriyatlarini bilish, organish imkoniyatlari- dan mahrum boldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma'rifatparvarlar—Abdurauf Fitrat, Munawar qori Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Cho'lpon, Abdulla Qodi- riy qatl etildilar. Usmon Nosir, Botu va boshqalar surgun qilindi...
Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda
0‘zbekistonda xalq maorifi va pedagogika

Tarixdan ma'lumki, xalqimiz o‘z boshidan kechirgan og‘ir davrlardan biri Ikkinchi jahon urushi yillaridir. 0‘sha davrda mamlakatimiz yoshlarini yuksak axloq ruhida, ayniqsa, vatanparvarlik, do'stlik, meh- natsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash kuchaydi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi.
1941 -yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik haqidagi bitimni buzib, urush e’lon qilmay turib Sovet ittifoqiga bostirib kirdi.
Mamlakatdagi hamma xalqlar mudofaa uchun otlandi. 0‘zbekiston ham himoyaga o'zining munosib hissasini qo'shdi.
Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temiryo'llarda, kolxoz, sovxoz va MTSlarda—hamma joyda «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun» degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar fashistlar ustidan g'alaba qozonish uchun safarbar etildi.
Mamlakat mudofaa fondiga pul, qimmatbaho buyumlar, davlat obligasiyalari, xullas, kimda nima bolsa, hammasini topshirdi. Urushning dastlabki kunlaridanoq birgina Toshkent shahrining o‘zida mudofaa fondiga 5,5 mifiion so'mdan ortiq pul yig'ildi.
Dushman bosib olgan yerlardagi anchagina zavod-fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar 0‘zbekistonga ko'chirildi. 0‘zbekiston ularni joy, ishchi kuchi bilan ta’minladi. Buning ustiga, frontdagi armiyani oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlash asosan o‘zbek xalqi zimmasiga tushdi. Ishchi kuchi etishmaganidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig“ib-terib olish ancha orqaga cho'zilib ketmoqda edi. Hukumatning 1942-yil 13 fevralda chiqargan «Urush yillarida mehnatga qobiliyatli bo“lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga va qurilishga jalb qilish to‘g‘risida» farmoni mamlakat ichkarisidagi ishlarni birmuncha izga soldi.


240


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o‘quv dasturlari sharoitga moslashtirildi.
Urush yillari harbiy-fizkultura darslari soati ko'paydi, harbiy o'qish 1-sinfdan boshlab o‘tila boshlandi, harbiy ta'lim faqat o'g'il bolalarga emas, qiz bolalarga ham o'rgatila boshlandi.
Urushning dastlabki kunlaridan boshlab urush ketayotgan joylardan 0‘zbekistonga ko‘plab yosh bolalar va keksalar, xotin-xalaj evakuasiya qilingan edi. 1942-yili ular soni 716 mingga etdi.
1943-yili 0‘zbekistonda 154 bolalar uyi bor edi. 1945-yilga kelib ular soni 242taga, tarbiyalanuvchilar soni esa, 31.500ga etdi.
Urush davrida ko'pchilik pedagoglar frontga safarbar qilinganligi uchun respublika bo‘yicha 1940-1941 o‘quv yilida 36267 nafar o'qituvchidan 30616 kishi qoldi. Frontga ketganlar ornini to'ldirish uchun qisqa muddatli o'qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941-yildan 1943- yilgacha bu kurslami 16 ming o'qituvchi bitirib chiqdi. Boshqa sohalarda ishlayotgan o‘qituvchilar maktabga qaytarildi.
Maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o‘zbek xotin- qizlaridan ko'proq jalb etish zarurligi alohida ta'kidlandi.
Shaharlardagi maktablarda o'qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa, tabiiyki, ta’lim-tarbiya jarayonining qiyinlashishiga olib kelgandi. Darslar 40 minutga qisqargandi. Ashula va rasm darslari umuman o'tilmagandi.
Kitoblar yetishmasligi tufayli o'qituvchilar og'zaki tushuntirishga katta e'tibor berdilar. Yangi o'tiladigan dars o‘qituvchi tomonidan doskaga yozilar, oquvchilar uni daftarga ko'chirib olishardi.
Sharoit taqozosi bilan ko'pchilik o'quvchilar ham maktabda o‘qib, ham qishloq xo'jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish muassasalarida, zavod va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o'quvchilar o‘qishdan ajralmagan holda mehnat qildilar.
0‘zbekiston mahalhy sovetlari, hukumat korsatmasiga binoan, 1943- yilning 1 yanvaridan boshlab 8—10-sinf o‘quvchilari hamda katta yoshdagi o'zbek o'quvchilarini o'qish haqi to'lashdan ozod etdi. Qozoq, qirg'iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa xalqlar bolalari ham o'qish haqi tolashdan ozod bo'ldilar.
1942-yilning boshidan qishloq xo‘jaligi asoslarini maktabda o'qitiladigan fanlar qatoriga kiritish haqida buyruq chiqdi.
Davlatning maxsus ko'rsatmasiga binoan 1943-yildan boshlab ba’zi maktablarda o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi g'alaba bilan tamom bo'lgach, respublika xalq ta'limi urushdan keyingi yillar bir qancha jiddiy qiyinchiliklarni engib o'tishga to‘g‘ri keldi.


241


www.ziyouz.com kutubxonasi




Urush davrida maktablar birmuncha qisqargan, o'quvchilar soni ham shunga yarasha kamaygandi. Ko‘pchilik o'quvchilar turli sinflardan o'qishni tashlab, frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavodlarga ishga ketib qoldilar.
0‘sha yillari yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablar o‘z vaqtida jihaozlar bilan ta'mirlanmaganligi sababli ko‘p maktab binolari o'quv jarayonini maromida tashkil etish va gigiena talablariga javob bermas edi.
Urushdan keyingi dastlabki yillari o'quvchilarning maktabni tashlab ketishlari birmuncha kamaygan bolsa ham, harholda, davom etaverdi: 1945-1946 o‘quv yilida O‘zbekiston maktablaridagi o'quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 ming kishi o'rniga 823 ming kishidan iborat bo'ldi. Sinfda qolgan o'quvchilar soni ham ko‘p bo'lib, 1946-yili u barcha o'quvchilarning 37%ini tashkil etdi. Ayniqsa, qiz bolalarni maktabga jalb qilish, ularni o'qish tugaguncha ushlab turish alohida muammo sifatida ko'ndalangbolib turardi.
0‘qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillardagi eng katta muammolardan biri edi. Chunki malakali o'qituvchilar asosan urushga yuborilgan, ularning ko'pchiligi halok bo'lgandi. Xususan, 1947-yili respublika bo'yicha 4 ming o'qituvchi etishmasdi. Tuman xalq maorif bo'limlari mudirlari, maktab direktorlari va ta'lim bo'yicha direktor muovinlarining 60% dan ko'prog'i tegishli ma'lumotga ega emasdi. 1950 -yili 7125 maktab o'qituvchilarga muhtojlik sezardi.
Rasmiy hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o'qitishga urg'u berdi. Natijada 60-yillari 0‘zbekiston tarixi, o'zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o‘quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soat kamayib ketdi. Ular o'rniga esa rus tili va adabiyoti fani oqitildi. Masalan, o'qituvchilar «XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida o'zbek adabiy muhiti», «Milliy-madaniy jarayonlar» to‘g‘risidagi mavzularda dars o'tishi lozim bo'lgan soatlarda rus madaniyatining«progressiv» ahamiyatini korsatib berishga majbur bo'ldilar. Oqibatda, boy va ko'hna o'zbek xalqi tarixini organishga 52 soat ajratilganiholdaboshlang'ich maktablardarus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan.
Xalq xo'jaligini tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi beshyillikda jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o‘zi tug'ilib o'sgan shaharlariga qaytib ketayotganligi sababli aholi sonida keskin o'zgarishlar ro‘y berdi. Ikkinchidan, majburiy ta'lim maktablarida o'qitiladigan bolalarni hisobga olishning aniq va tezkor sistemasi yo‘q edi.


242


www.ziyouz.com kutubxonasi




Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik bilan maktab shoxob- chalarini tiklash va kengaytirish, urush vaqtida maktabni tashlab ketgan bolalarni maktablarga tortish sohasida juda katta ishlar qihshlari kerak edi. Bunday mas'uliyatni bajarishda ular dastlab boshlang'ich maktablami tamomlagan bolalarning hammasini to'la ravishda o'qishga tortishga e'tibor berishlari lozim edi. Bu ish ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bu davrga kelib o‘rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinayotganlar soniga qaraganda ancha ortib ketdi. 0‘rta maktablarni tamomlaganlarning ko'pchiligi sanoat va qishloq xo'jaligida ishlashlariga to‘g‘ri keldi. Biroq ular bu amaliy faoliyatga yetarli tayyorlanmagandilar: maktablarda oquvchilami kasb tanlashga yo'llash ishlari yaxshi yo'lga qoyilmagandi.
O‘rta maktablami tamomlaganlarning maxsus kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida texnikumlar soni ko'paytirildi, texnikumlar qoshida to'liq o‘rta ma'lumotli kishilarni qabul qiladigan bo‘limlar ochildi. Bu bo'limlarda o'qish muddati 2-3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari sistemasida o'rta maktab negizidagi texnika bihm yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bihm yurtlari 1- 2 yillik o'qish muddati bilan yuqori malakah mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Umshdan keyingi yillari 1943-yih ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari (kechki va smenali) tarmog'i birmuncha kengaytirildi.
1951-55 yillarga mo'ljallangan beshinchi beshyillik rejada pohtexnika ta'limiga katta o‘rin berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalaming ta'lim vazirliklari o'quv rejalari va dasturlarini qayta tuzib, pohtexnika ta'limini oshirish to'g'risida maktablarga ko'rsatmalar berdilar.

  1. 1958 o‘quv yihdan boshlab ba’zi pedagogika ohy o'quv yurtlarida boshlang‘ich maktab uchun oliy pedagogika ma'lumotiga ega bo'lgan o'qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillari hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo'lar edi. Chunki o'tgan davrlar chuqur tahlil qilinganda ko‘p kamchiliklar borligini ko'rish mumkin. Chunonchi, ko'pgina maktablarda o'quv-tarbiya ishlarining saviyasi davlat standarti talablariga etarhcha javob bera olmas, bir sinfda ikki yil qolgan o'quvchilar soni hamon ko‘p, o‘quvchilaming maktabni tashlab ketishlari esa tobora ko'payayotgandi. Ko'pgina maktablaming moddiy- texnika bazasi talablarga javob berolmasdi, maktablarda matematika, fizika, ms tili va chet tih fanlaridan dars beradigan malakah o'qituvchilar etishmasdi, yettiyillik umumiy majburiy ta'limni amalga oshirish va


243


www.ziyouz.com kutubxonasi




o‘rta ta'limni rivojlantirish borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo‘q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o'sha kunning birinchi galdagi vazifasi bo‘lib qolgandi.
Boshlang'ich maktabda to'rtyillik boshlang'ich ta'limdan uchyillik boshlang'ich ta'limga o'tish amalga oshirildi.
Yettiyillik to“liqsiz o‘rta maktab, umumiy majburiy sakkizyillik ta'lirn maktabiga aylantirildi.
Sakkizyillik maktabni tamomlagan o‘quvchilar quyidagi o‘quv yurtlarida o'qishlari mumkin edi: 1) to'liq umumiy ta’lim o'rta maktablarida (IX-X sinflarda); 2) o'qish muddati uch-to‘rtyillik boigan texnikumlarda; 3) hunar-texnika bilim yurtlari hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959-1975-yillari respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog'i rivojlandi; jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirish tarmog'i kengaytirildi.
70-80-yillari ham 0‘zbekiston maktablarida ahvol ozgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o'quvchilar soni yildan-yilga ortib boraverdi. Masalan, 0‘zbekistonda 1945- 46-o‘quv yilida jami 4525 maktab bo“lib, ularda qariyb 998 ming o'quvchi o'qigan bo'lsa, 1970-71-o‘quv yilida respublikaning umumiy ta'lim maktablari soni 7072taga, o'quvchilar soni esa, 3 mln.164 ming kishiga etdi... 1970-1980-yillari xalq ta'limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag' ll%dan 8%ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, urushdan keyingi va tinch qurilish davridan mustaqillik davrigacha 0‘zbekiston maorifi, fan va madaniyati rus hamda Yevropa madaniyati ta'sirida rivojlandi, ammo bu o'zbek xalqining milliyligidan, asrlardan beri meros bo'lib kelayotgan qadriyatlaridan muayyan darajada ajralgan holda rivojlanish edi.
Siddiq Rajabov
(1910 — 1993)
Siddiq Rajabov respublikamizda xalq maorifining rivojlanishiga, pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga muayyan hissa qo'shgan dastlabki pedagogika fanlari nomzodi, dastlabki pedagogika fanlari doktori, profes- sor va dastlabki akademikdir.
Siddiq Rajabov 1910-yil 1 aprelda Qozog'istonningAvliyoota shahrida kambag'al kosib oilasida tug'ildi. Uning otasi Rajab aka yamoqchilik bilan kun ko'rar, lekin bosh farzandi Siddiqning o‘qib, ilm olishini orzu qilar 244


www.ziyouz.com kutubxonasi




edi. Rajab aka o‘g‘lini yangi maktabga o'qishga berdi. Biroq ko‘p o'tmay vafot etdi. Ota vasiyati va ihnga bo“lgan ishtiyoq unga to'g'ri yo'lni ko'rsatib berdi.

  1. yili o‘n olti yoshli Siddiq Rajabov g'ayrat bilan o'qishga, mehnat qilishga kirishdi. Shahar yoshlarining xalq o'rtasida olib borayotgan madaniy-oqartuv ishlarida faol qatnashdi.

  2. yili Farg'ona pedagogika bilim yurtiga o'qishga kirdi. 1930-yili bu bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomladi. So‘ng Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumaniga ishga yuborildi. U tumandagi Avg'onbog' qishlog'ida boshlang'ich maktab ochadi va maktabda ham muallimlik, ham mudirlik vazifasini bajaradi.

1930-yili Farg'ona pedagogika institutiga kirgan S.Rajabov 1933-yili institutning ijtimoiy-adabiyot fakultetini imtiyozli tugatdi.
Bo'lajak olim Farg'ona shahridagi «0‘zbekiston beshyilligi» ishchi fakultetida, ayni paytda Hamza nomidagi pedagogika bilim yurtida direktorlik vazifasini bajardi.
Ana shu davrlarda Yan Komenskiy, K. Ushinskiy, L. Tolstoy, Hamza, AAvloniy kabi pedagoglaming asarlarini qunt bilan organdi. Egallangan bilimlar va to'plangan tajribalar asosida mahalliy matbuotda
S.Rajabovning dastlabki pedagogik maqolalari chiqa boshladi.
Ilmga bo‘lgan ishtiyoq S.Rajabovni 0‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi aspiranturaga etakladi. U1934-37 - yillari aspiranturada tahsil ko'rdi va pedagogika fanining eng muhim muammolari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
U aspiranturani tamomlagach, yosh olim ilmiy-tadqiqot ishini pedagogik faoliyat bilan qo'shib olib bordi. Shu yillari S.Rajabov kechki pedagogika instituti direktorining o‘quv ishlari bo'yicha o‘rinbosari lavozimida ishladi. 0‘sha yillari u «XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif taraqqiyoti ocherki» asarini yozib tamomladi. 1941- yili shu mavzuda nomzodlik dissertasiyasini respublikada birinchi bo'lib muvaffaqiyatli yoqladi. S.Rajabov 1942-yili «Qizil O‘zbekiston» gazetasiga muharrir onnbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Rajabov 1947 -yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi.
Olimning 1958-yilgacha bolgan davrdagi ijodiy faoliyati sahnoqli bo'ldi. Bu yillari uning «Pedagogikani o‘qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko'taraylik», «0‘qituvchilar kasbi haqida», «0‘zbekistonda 25 yil ichida maktablarning taraqqiyotiga doir», «Pedagogika oliy o‘quv
245


www.ziyouz.com kutubxonasi




yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida», «0‘zbekiston maktablarining 30 yil ichidagi tarixidan», «0‘zbekistonda umumiy ta'lim uchun kurash va maktablarda o‘quv-tarbiya ishlari», «40 yil ichida O‘z- bekistonda xalq maorifi» kabi jami 26 ilmiy, ilmiy-ommabop ishlari nashr qilindi.

  1. yili Siddiq Rajabov maktablar tarixiga doir doktorlik dissertasi- yasini muvaffaqiyatli yoqladi.

  2. yili pedagogika fanlari doktori Siddiq Rajabov RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasiga muxbir a’zo qilib saylandi va 1960-yili unga professor ilmiy unvoni berildi.

1961-yili Siddiq Rajabov 0‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni malakali mutaxassis xodimlar bilan ta'minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini hayotga-maktab amaliyotiga yaqinlashtirishga boshchilik qildi.
S.R.Rajabov 1958-1966-yillar mobaynida 50dan ortiq ilmiy va o'quv- metodik ishlar muaUifi bo'ldi. Chunonchi, «L.N.Tolstoyning pedagogik faohyati haqida», «Pedagogika fanining yangi vazifalari», «Pedagogika nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-ommabop maqolalar to'plami», «Darsda o'quvchilar aktivligini oshirish yo'llari», «Tadqiqotchilarning kuchini birlashtiraylik», «Ta'lim berib tarbiyalaylik, tarbiyalab ta'lim beraylik», «Maktab haqida g‘amxo‘rlik — umumxalq ishi», «0‘zbekistonda xalq maorifi», «Pedagogika fanining ravnaqi uchun» kabi ishlari, 1962,1966- yillari nashr qihngan «Pedagogika» darsliklariga hammuallif bo'ldi.
Bu davrda olim ko'pgina iqtidorli yoshlarni o‘z atrofiga chorladi, , yordam berdi. M.Ochilov (1962), F.Abdullaev (1962), K. Hoshimov (1964), M.Ahmedova (1965), T.Mo‘minjonov (1966), A. Tyulenov (1966), D. Urumbaev (1966), S. Fayzulina (1966) kabi iqtidorli yoshlar olim rahbarligida nomzodlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli yoqladilar.
1964-yili S.Rajabovga «Respublikada xizmat ko'rsatgan fan arbobi» unvoni berildi.
U 1966-1990-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedrasi jamoasigaboshchilikqildi. Olim kafedra a'zolarining har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o'qituvchi mutaxassislar tayyorlash sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari — institut olimlari bilan birga o‘rta va oliy ta’- limga aloqador juda ko‘p muammolarni hal qilishda faoliyat ko'rsatdi.
Professor S.Rajabovning institutdagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy- pedagogik faoliyati uning hayotida alohida davr bo'ldi.
/S.Rajabov bu davrda juda ko'plab metodik muammolarni kafedra
246


www.ziyouz.com kutubxonasi




a'zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqiyatli hal qilinishiga boshchilik qildi. Xususan, didaktika - ta'lim nazariyasi, xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va metodikasi, maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi.
Olimning 300ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, risolalari, qo'llanmalari, darslik va monografiyalari e'lon qilindi.
S.Rajabov Sharq mutafakkirlari pedagogik merosini o'rganish masalalariga o‘z faoliyatida katta o'rin berdi. Uning Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning pedagogik qarashlari haqidagi maqolalari muhim ahamiyatga ega. U K. Hoshimov bilan «0‘zbekistonda pedagogik fikrlar antologiyasi»ning (Moskva, 1986) tuzuvchilaridan hisoblanadi. Bu antologiya 0‘zbekiston va sobiq Ittifoqdagi barcha millatlarga, ayniqsa, rusiyzabon millatlarga O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining hayoti, ta'lim- tarbiya sohasidagi g'oyalaridan ma'lumot beruvchi muhim manba sifatida qimmatlidir^
r S.Rajabov o'zining asosiy ishini jamoat ishlari bilan boglagan holda olib bordi. U 1961-1988-yillari 0‘zbekiston xalq ta'limi vazirligininghay'at a'zosi sifatida faoliyat ko'rsatdi. U vazirlik tomonidan xalq ta'limi tarmog'ini kengaytirish, maktablarda o'quv-tarbiya ishlarini davr talablari darajasiga ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan hamma tadbirlarda bevosita qatnashib keldi.
Siddiq Rajabovning ko‘p qirrali jamoatchilik faoliyatida uning respublika pedagogika jamiyati markaziy kengashi prezidiumiga raisligi asosiy o'rin egallaydi.
' Siddiq Raj abovning pedagogika fani va xalq ta'limi ravnaqi yo'lidagi mehnatlari hukumat tomonidan yuksak baholandi.
Professor S. Rajabov 1993-yili vafot etgan.
XX asrning 70—80-yillarida
O‘zbekistonda xalq ta’limi

Xalq ta'limi tizimida muhim o'rinni egallagan umumiy ta'lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog'langan bo'lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikamiz hukumati umum ta'lim maktablarini rivoj- lantirish, ularni yangi binolar bilan ta'minlash, o'quv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yuqori bilimga ega bolgan o'qituvchilar bilan ta'minlash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Umum ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl


247


www.ziyouz.com kutubxonasi




va metodlari, yosh avlodni har tomonlama shakllangan barkamol shaxs sifatida shakllantirish uchun ta'lim tizimini isloh qilish zarur edi.
Islohotda umumiy o'rta ta'lim o‘n bir yillik bo'lib, I—IV sinflar — boshlang'ich, V—IX sinflar esa to'liqsiz o'rta va X—XI sinflar — umumta'lim maktabini tashkil qiladi. Mazkur tuzilishga binoan o‘rta umumiy ta'lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o'qitish nazarda tutiladi.
Hunar-texnika ta'limi tubdan o'zagrtirilib, «O‘rta hunar-texnika bilim yurtlari»ga aylantirildi.
O‘rta ma'lumotga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi.
Umumiy o‘rta va hunar ta'limi tizimining o'zgarishi bilan, oliy o‘quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi.
Umumiy o‘rta va hunar ta’limi bilan unda beriladigan taTimning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o'zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, taTimning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta'limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari va darsliklari materiallarini o'quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur.
O‘quv fanlarining amaliy yonalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o'rgatishni yoTga qo'yish, taTim mazmunining politexnik yo'nalishini ta'minlash masalasi asosan amalga oshiriladi.
0‘quv darsliklari, metodik qoTlanmalar yaratildi; o'quv rejasiga «Atrof muhit bilan tanishish» (I—II sinflarda), «Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari» (X—XI sinflarda), «Oila etikasi va psixologiyasi» (X— XI sinflarda), «Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash» (VIII—X sinflarda) kabi fan asoslari taTim dasturiga kiritildi va o'qitilmoqda, o'qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq toTash joriy etildi, o'qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o'quvchilarni mehnat taTimi va tarbiyasining mazmuni takomillashti- rildi; hunar-texnika taTimi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o'zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o'zgarishlar taTim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli emas edi. Islohot birinchidan, «qayta qurish» sharoitida, maktab islohotining evolyutsion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedagogik kadrlar, moddiy-texnikaviy ta’minlanish, boshqarishning tubdan


248


www.ziyouz.com kutubxonasi




o'zgartirilmaganligi ta'lim-tarbiyaning rivojlanishiga to'siq boldi. Islohni amalga oshirishdagi tashkilotchilik ishlarining etarli bo'lmayotganligi, boshqarishdagi byurokratik metodga asoslanilayotganligi, xalq xo'jaligining ehtyojiga mos ravishda kadrlar tayyorlash mo'ljallanmaganligi ham islohot talablarini qiyinchilik bilan hal etilayotganligiga sabab bo‘ldi. Bular esa o‘z navbatida ta'lim-tarbiya saviyasini oshirishga salbiy ta'sir etdi.
Shuni qayd etish zarurki, o‘zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan batamom uzilib qolgan edi. O‘qish-o‘qitishda Ovro'po, xususan o'rus tizimi qabul qilindi. Yangi davrdagi zamonaviylashtirishning «bilimdon» va «zukko» tashkilotchilari ming yillik yozuvimizni ham qayta- qayta almashtirilishi, natijasida maktablari o'quv-tarbiyaviy ishlar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy, ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy merosi esa umuman o'qitilmay, o'rgatilmay tashlab qoyildi.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling