Komiljonovaning matematika kursini takrorlash fanidan mustaqilish I
Download 332 Kb.
|
1 2
Bog'liqMatematik induksiya metodini qo\'llashga oid misollar yechish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-teorema
Matematik induksiya – matematik induksiya prinsipiga asoslangan
matematik tasdiqni isbotlovchi metod: Agar A(1) isbotlangan bo’lsa, x natural parametrga bo’g’liq A(x) tasdiq isbotlangan deb hisoblanadi va ixtiyoriy n natural son uchun A (n) to’g’ri deb faraz qilinsa, n+1 uchun A (n+1) to’g’ri hisoblanadi. A (1) tasdiqning isbotlanishi induksiyaning birinchi qadami hisoblanadi, A(n) uchun farazdan A (n+1) ning isbotlanishi induksiyali o’tish deyiladi. Bunda induksiyaarametric deyiladi, A(n+1) ni isbotlashda A(n) ni faraz qilish induktivli faraz deyiladi. Matematik induksiya metodining mohiyati quyidagicha: Agar tasdiqlash ketma-ketligi mavjud bo’lsa, birinchi tasdiq to’g’ri va har bir to’g’ri tasdidan so’ng to’g’ri tasdiq mavjud bo’lsa, ketma-ketlikdagi barcha tasdiq to’g’ri hisoblanadi. Shunday qilib, matematik induksiya metodi yordamida isbotlash ikkita teoremadan iborat. Shunday qilib, matematik induksiya metodi yordamida isbotlash ikkita teoremadan iborat. 1-teorema .n = 1 uchun tasdiq to’g’ri. 2-teorema. Ixtiyoriy n=k uchun tasdiq to’g’ri deb faraz qilinsa, u holda, navbatdagin=k+1 natural son uchun tasdiq to’g’ri deb hisoblanadi. Agar ikkala ushbu teoremalar isbotlangan bo’lsa, matematik induksiya tamoyiliga asoslangan holda, tasdiq ixtiyoriy n natural son uchun to’g’ri deb xulosa qilinadi. Eslatma. Barcha natural sonlar uchun emas, balki n dan katta yoki teng m natural sonlar uchun induksiya bo’yicha tasdiqni isbotlash zarur bo’ladi. Bunday holda isbotlash quyidagicha bajariladi. 1-teorema. N = m da tasdiq to’g’ri. 2-teorema. N=k da tasdiq to’g’ri berilgan, k ≥m. n = k +1 da tasdiq o’rinli ekanligini isbotlash lozim. Matematik induksiya metodi matematikaning turli tuman xatto bir-biridan juda olis sohalarida muvaffaqiyat bilan keng qo’llaniladigan metoddir. Avvalo bu metod o’zining juda sodda bo’lgan g’oyasi bilan e’tiborga sazovordir. Bu metod orqali ayniyatlarni isbotlash va yig’indi hamda ko’paytmalarni hisoblash mumkin. Demak turli hil ayniyatlarni isbotlashda matematik induksiya metodini qo’llab isbotlangan misollar ko’rib chiqaylik. misol. Matematik induksiya metodidan foydalanib ushbu ayniyatni isbotlash kerak bo’lsin. 1+2+3+…+n= Bu yerda va bundan keyin misoldagi tasdiqni A(n) deb belgilaymiz. n=1 uchun 1= demak A(1) to’g’ri n=k uchun 1+2+3+…+k= deb faraz qilib, n=k+1uchun 1+2+3+…+k+(k+1)= ni isbot qilamiz. 1+2+3+…+k+(k+1)= Demak, 1+2+3+…+n= dan iborat tasdiq har qanday n natural son uchun to’g’ri deb hulosa chiqaramiz. 2-misol.Birinchi n ta toq natural sonlarning yig’indisini toping. Yechilishi. Izlanayotgan yig’indi bo’lsin: ga teng ketma-ket 1,2,3,4,… qiymatlar berib, ning mos qiymatlarini topaylik: Hosil bo’lgan sonlarni kuzatib biror qonuniyat topishga harakat qilaylik. Ularni quyidagicha yozish mumkinligini ko’rish mumkin. Hosil bo’lgan sonlarga qarab ushbu gipotezani aytish mumkin: birinchi n ta toq natural sonlar yig’indisa uchun bu gipotezani isbotlaylik: 1. da gipoteza to’gri. 2. uchun o’rinli bo’lsin deb da bo’lishini ko’rsatamiz. Demak, gipoteza o’rinli. 3-misol.
Yechilishi. Аvvаl bittа, ikkitа, uchtа, to‘rttа qo‘shiluvchilаr uchun yig‘indini hisoblаymiz (induksiya – lotinchа bo‘lib, “hosil qilish”, “yarа-tish” ni аnglаtаdi). Hаr bir yig‘indini surаti qo‘shiluvchilаr sonigа teng bo‘lib, mаxrаji undаn bittа kаttа. Bu hаr qаndаy n uchun tаxmin qilish imkonini berаdi. Bu tаxminning to‘g‘riligini tekshirishgа mаtemаtik induksiya usulini qo‘llаymiz. n=1 bo`lganda tаxmin to‘g‘ri, yani, n=k dа deb tаxmin qilib, n=k+1 uchun bu tаxminning to‘g‘riligini tekshiramiz. Shundаy qilib, n=k uchun to‘g‘riligini fаrаz qilgаn holdа, uni n=k+1 hol uchun isbot qildik, yani formulа bаrchа nаturаl n uchun to‘g‘ri. Xulosa Matematik induksiya usulini o`rganib , men oldin yechishga qiynalayotgan matematikaning sonlarni qoldiqsiz bo`linishiga oid misollarni yechishni , murakkab tengliklar yoki tengsizliklarni isbotlashni o`rgandim. Matematik induksiya usuli bu qadam – baqadam mantiqiy fikrlarni yoki tasdiqlarni isbotlash usuli bo`lgani uchun menda bu fan bo`lgan qiziqishimni yanada orttirdi. Oldin murakkab va hal qilib bo`lmaydigandek ko`ringan bunday misol va masalalar yechish asta – sekin bir zaylda shug`ullanadigan va qiziqtirivchi mashg`ulotlarga aylanib boradi. Menimcha bu hohlagan fanning o`zlashtirilishini asosini tashkil etadi. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling