Komilova Nigoraning Oila pedagogikasi


Mavzu: Qadimgi Yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari


Download 2.02 Mb.
bet2/5
Sana10.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1763595
1   2   3   4   5
Bog'liq
Komilova Nigora Oila pedagogikasi fanidan mustaqil ish mavzulari.

Mavzu: Qadimgi Yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari




Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari. Oila va oilaviy munosabatlar masalalari juda qadimdan o‘rganilib kelingan. Xususan, qadimgi Yunoniston va Rimda davlat boshqaruv tartiblarining joriy etilishi oilaning davlat rivojidagi ahamiyatini asoslab berishni taqozo etdi. Bunday mas’uliyatli vazifa faylasuflar – Suqrot, Arastu, Aflotun, Demokrit, Plutarx, Kvintilian kabi olimlar har tomonlama еtarli darajada hal qilib berilgan. Ularning asarlari bilan tanishish shunday xulosaga kelish imkonini beradi. Quyida yuqorida nomlari keltirilgan faylasuflarning asarlarida oila va oilaviy munosabatlar masalalarining o‘rni xususida so‘z yuritiladi.

Suqrot (mil.av. 447-399 yy.; Afina) – qadimgi yunon mumtoz falsafasining asoschisi, afinalik birinchi faylasuf. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joiz, allomaning fikrlarigina emas, balki o‘zi ham bolalarni oilada tarbiyalashda boshqalarga shaxsan ibrat bo‘la olgan. Suqrot oilada bolalarni davlat qabul qilgan qonunlarni hurmat qilish, ularga so‘zsiz amal qilishga o‘rgatishni lozim, deb hisoblaydi. Manbalarda yoritilishicha, allomani dinga qarshi chiqqanlikda ayblab, zindonband etishganda shogirdlari uni zindondan ozod qilish va qochirib yuborish chorasini topganlar. Biroq, faylasuf “Afina qonunlarini tanqid qilib, ularni еtuk emas deb bilsam-da, bu qonunlarni afinaliklar qabul qilgan ekan, ularga bo‘ysunmaslikka haqqim yo‘q. Yoshim bir joyga borganida ularni buzib, avlodlarning tavqi-la’natiga qolmay” deb zindondan qochib ketmagan. Qolaversa, o‘ziga chiqarilgan hukmga e’tiroz bildirmay, o‘limini ixtiyoriy tan olib, bir qadah zahar ichgan.
Faylasuf o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘y, maydon va hiyobonlarda shogirdlari bilan tashkil etilgan suhbatlar asosida bayon qilganligi sababli uning birorta ham yozma asari mavjud emas.
Suqrotning oila tarbiyasi borasidagi qarashlari uning shogirdlari – Ksenofont, Aristofan va Aflotunlarning asarlari orqali bugungi kunga qadar еtib kelgan. Xususan, Ksenofont “Suqrot haqida esdaliklar” asarida o‘z ustozi haqida so‘z yuritib, uni oliyjanob ustoz, axloq-odob borasida tengsiz inson, chin insoniy fazilatlarni qadrlovchi shaxs sifatida ulug‘lagan bo‘lsa, Aflotun ham o‘z ustozini chuqur mulohazali, insonni ulug‘lovchi donishmand siymosida gavdalantirgan. Aflotinning o‘z ustozi borasidagi mulohazalari uning “Suqrot” nomli asarida o‘z ifodasini topgan.
Suqrot ta’limotiga ko‘ra jamiyatning taraqqiyoti tinchlik, osoyishtalik, farovonligi esa fuqarolarning yuksak axloq, odobga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Shaxsning yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlari oila muhitida shakllanadi. Alloma fuqarolarni oila muhitida bolalarni bilimli qilib tarbiyalashga da’vat etgan. Uning “Kuch – bilimda”, “Men faqat hech narsani bilmasligimni bilaman”19, “Qancha ko‘p bilsam, shuncha ko‘p bilmasligimni bildim”, “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin”, “Kim o‘zini yaxshi bilsa, uning uchun nima foydali ekanligini biladi va o‘zining nimaga qodirligini-yu, nimani uddalay olmasligini tushunadi”20 kabi g‘oyalari faylasuf ta’limotining markazida turuvchi komil inson qiyofasini yoritishga xizmat qiladi.




Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling