Komilova shaxinaning


Download 154.95 Kb.
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi154.95 Kb.
#1158204
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KOMILOVA SHAXINA2



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 208-GURUH TALABASI


KOMILOVA SHAXINANING
Kichik yoshdagi(3 yoshdan 4 yoshgacha) guruhdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi”.
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:­­­­­­­_________________________
SAMARQAND-2023
MUNDARIJA
Kirish...... 3
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TARBIYASI…
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi ….. 4
1.2 Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o‘rni …. 7
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYASINING ASOSIY VAZIFALARI, VOSITALARI ….

2.1. 3 4 yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi…. 16


2.2. Ilk yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash….. 20

III. XULOSA…. 26
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..... 27


Kirish
Bolalarning shu davrdagi jismoni va ruhiy rivojlanishi xususiyatlari munosabati bilan quyidagi o‘ziga xos vazifalar o‘rtaga qo‘yiladi:to‘laqonli uyg‘un jismoniy rivojlanishi yurak tomir va nafas olish tizimini mashq qildirish qaddi qomat va oyoqni shakllantirish;organizimni chiniqtirish;barcha asosiy harakatlarni, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalash;jismoniy qobiliyatlar, sifatlarni rivojlantirish;ozodalik, tartiblilik odatlarini tarbiyalash.
Turli vositalardan kompleks foydalanganda bu vazifalarning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rejimi. (Kun tartibi) 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uyqusi 12-13 soat (shundan 1,5-2 soati kunduzgi), 5 1shdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 11-12 soat davom etadi.
O‘yinlar uchun salkam 4 soat, harakat faoliyati uchun (turli shakllarda) qariyb 5 soat, kunduzgi uyquga 1 soatu 5 minutgacha ajratish zarur.
Bolalarning aktiv faoliyati – o‘yin, o‘quv, mehnat va turmush faoliyati kun mobaynida bir necha bor o‘zgaradi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqlli faoliyat bilan faol shug‘ullanishlari mumkin, katta maktabgacha yoshdagi bolalar esa anna shunday faoliyat bilan 12-14 minut shug‘ullana oladilar. Shundan keyin ularning diqqati susayadi. Agar mashg‘ulotlar orasida va mashg‘ulotning o‘zida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqalari, jismoniy tarbiya tanaffuslaridan) foydalanilsa, bolalarning imkoniyatlari birmuncha ko‘payadi.
Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil o‘yinlarga alohida o‘rin beriladi. Vaqtdan to‘laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni oldindan tanlab qo‘yishi, bolalarni bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng imkoniyatlar beradi. Sayr chog‘ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, sport mashqlari uyushtiriladi.

Download 154.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling