Komilova xurshidaxon mansurjon qizining
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B400
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Komilova d
33
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B400 34 Pirimqul qodirov. Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B258 ko‘rsatadi: “Ba'zi baytlari yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur”. 35 Bobur Husayn Boyqaroni ta’riflar ekan, unga xolis baho berishga harakat qiladi. Uning davlat boshqaruvidagi, sipohigarchilikdagi mahoratiga tan bergani, havas bilan qaragani holda; umrini farog‘atnishinlikda o‘tkazganini ma’qullamaydi. Temur kabi mamlakatini markazlashtirishga intilmaganlikda, ishratparastlikka berilganlikda ayblaydi. Husayn Mirzoga baho berar ekan, uning fe’l-atvoridagi nuqsonlami ham yashirmay bayon etadi: “... hech kun yo‘q edikim, namozi peshindin so‘ng ichmagay, vale hargiz sabuhiy qilmas edi, o‘g‘lonlari va jami’ sipohig‘a va shahrig‘a bu hol edi. Ifrot bila aysh va fisq qilurlar edi”. 36 Bobur temurzodalar tanazzuli sabablarini tahlil qilib boradi. Bu nuqtayi nazari Husayn Boyqaro va uning o‘g‘illari faoliyatiga baho berganda ham ko‘rinadi. Ular inqirozining sababini fisqfujur va noahillikda deb biladi: “Fisq va fujur o'zida, o'gjonlarida va el-ulusida asru shoe edi. Ushbularning shomatidin edikim, mundoq xonavodadin 7-8-yilda bir Muhammad Zamon Mirzodin o‘zga osor va alomat qolmadi”. Bobuming Husayn Boyqaroga hurmati yuqoriligini “Boburnoma”dagi ko‘p dalillar ko‘rsatib turadi. Ayniqsa, uning zamonasida Hirotning har taraflama taraqqiy etganini faxr bilan e’tirof etadi: “Hiriynikim, rub'i maskunda andoq shahr yo‘qtur va Sulton Husayn Mirzoning zamonida Mirzoning tasarrufidin takallufidin Hiriyning zeb va ziynati birga o'n, balki yigirma taraqqiy qilib edi”. Bobur uning davridagi Xuroson va Hirot madaniy taraqqiyotiga, adabiy muhit qiyofasiga, adabiyot va san’at rivojiga katta e’tibor beradi. Bu jarayonni xolis baholaydi: “Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi”. 35 Zahiriddin Muhammad Bobur.Boburnoma.-Toshkent,2018 36 Zahiriddin Muhammad Bobur.Boburnoma.-Toshkent,2018 Bobur «Boburnoma»da Alisher Navoyini ko‘p marta tilga oladi. Hayotida u bilan uchrashmagan bo‘lsada, asarlaridagi mulohazalaridan seziladiki, Navoyini ijod yo‘lida o‘ziga ustoz deb biladi. 1500-yilda Navoiydan bir bor olgan maktubini “Boburnoma”da faxr bilan yodga oladi. Shu maktubga qaytarilgan javob xatida ustoz nazariga turkiyda yozgan bir she’rini yuboradi: “Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg'onda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib edi. Men ham bir kitobat yuborib edim, orqasida turkiy bayt aytib, bitib yuborib edim”. Navoyining asarlari Bobur uchun ibrat maktabi bo‘lgan. Ulardagi donolik va hikmat, sohir tuyg‘ular va go‘zal ifoda unga hamisha ilhom bergan. Bobur Navoyining barcha asarlari bilan tanish edi. “Bobumoma”da ulaming deyarli barchasi haqida o‘z mulohazalarini bildiradi. Masnaviy - dostonlariga, 4 devondan iborat “Xazoyin ul-maoniy”siga yuqori baho beradi. “Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”, deya birgina jumlada ularning adabiy qimmatini baholaydi. Hatto, Afg‘onistonda ustozi devonidan ko‘ngil dardlariga monand tuyg‘ular ifodalangan shoh g‘azallar va baytlardan saralab “Saylanma” devon ko‘chirganini ma’lum qiladi: “Alisherbekning to‘rt devonidin buhur, avzon bir bayti bila g ‘azallar va abyotkim, intixob qililadur edi, itmomig‘a etti”. Navoyi ijodiga baho berar ekan, Bobur o‘z bilim qamrovining kengligi va teranligini, badiiy didining yuksakligi va adabiyotshunos olim sifatida tafakkur miqyosining cheksizligini namoyon eta oladi. U Navoyidek daho shoir merosining ham ayrim nomukammal tuyulgan jihatlariga e’tibor qaratadi. “Mezonul-avzon”da ayrim vaznlar talqinida xatoliklar ko‘radi. “Maktubot”ida Jomiyga taqlid sezilganidan qoniqmaydi. Forsiy she’rlarida turkiyda aytganchalik tarovat va yangilik ko‘rishga ishtiyoq sezadi. “Bobumoma”da Alisher Navoiy tasvirida Hirot adabiy muhitining piri murshidi va homiysi siymosini ko‘ramiz. Uning bu yo‘nalish'dagi faoliyatiga ham Bobur yuqori baho beradi. Ustoz Qulmuhammad, Shayx Noyi, Udiy kabi musiqachilar, Behzod, : Shoh' Muzaffar kabi musavvirlar, shoirlar, xattotlar va hunarmandlarga rahnamoligi ular kamolida muhimligini ko‘fsatadr. “Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘g‘ay”. Asarda Navoyining siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvidagi o‘mi, mavqei haqida ham mukammal tasawur beriladi. Bobur asarida ba’zi dalillami keltiradiki, ulardan Navoyining xalq orasidagi hurmati, obro‘si haqida xulosa chiqaramiz. Navoyiga zamoriddshlarining hurmati beqiyos edi. Uning har bir so‘zi, har bir qadanii ibraf edi: «Alisherbekki, qalin nimalar ixtiro' qilib edi va yaxshi nimalar ixtiro‘ qilib edi, har kishikim, har ishta bir nima paydo qildi, ul nimaning rivoj va ravnaqi uchun “Alisheriy” der edi”. Darhaqiqat, “Yulduzli tunlar”da Bobur va shoh Ismoil munosabatlari ham ishonarli tarzda tasvirlanadi. Tarixdan ma’lumki, shoh Ismoil faqat o‘z yerlarini kengaytirish uchungina emas, balki shia mazhabini targ‘ib qilish uchun ham bosqinchilik harakatlarini olib brogan. Bu holatni Shayboniyxon vafoti munosabati bilan amalga oshirilgan razil ishlarida ham ko‘rish mumkin. Shayboniyxon vafotidan keyin Buxoro, Andijon va Samarqanddagi temuriyzodalar tarafdorlari Boburga yashirincha xatlar yubormoqda edilar. Lekin tarix sahnasiga yangi bir kuch, yangi shoh Ismoil kirib kelmoqda edi. Bobur u bilan hisoblashishga majbur edi. Chunki bordi-yu shoh Ismoil bilan sulh tuzib shayboniyzodalarga qarshi kurashmasa, aksincha, shoh Ismoil shayboniyzodalar bilan Boburga qarshi kurashishi mumkin edi. Xuddi shu davrda shia-suniylar kurashi avjiga chiqqan edi. “Marv xalqini qilichdan o‘tkazib, shoh Ismoil Hirotga qaytdi. Hirot ayonlariga Maliaki masjidida to‘planishni buyuradi. Ular og‘izlari lanat va kufr botqog‘iga to‘lsin! -xutba o‘qib allohning rasuli (Alloh rahmat qilsin) Muhammad payg‘ambarning sahobalarini va sodiq Oishani (Alloh undan rozi bo‘lsin) lanatlashlari lozim edi. Hirot ayonlari yig‘ilgandan so‘ng, ularga o‘sha lanatning behosiyat buyrug‘ini yetkazdilar. Hamma jim qoldi. Nihoyat, xofiz Zayniddinni minbarga chiqarishga majbur qildilar. Xofiz (Xudo rahmat qilsin) minbarga chiqdi. U hammaga rahmat yog‘diruvchi ollohga va koinotimiz xojasiga hamd-u sanolar o‘qidi va sahobalarning muborak nomlariga yetkanda , nomus va iymon girbonidan bo‘g‘ib, jasorati jo‘sh urdi. Xofiz bu dunyodagi foniy hayot uqubatidan u dunyodagi boqiy baxtni Afzal ko‘rdi va dedi: “Men xo‘p yillar sunna va musulmon jamoasiga muvofiq xutba o‘qidim. Bugun hayotim quyoshi qarilik ufqiga cho‘kdi. Agar men gullab-yashnagan yosh yigit bo‘lganimda ham ysh hayotimni bundayin kufr evaziga qutqarmagan bo‘lur erdim. Haliki, qariman v ava umrim shusiz ham nihoyasiga yetdi”. Shunday deb, u sahobalarining nomlarini doimgiday ehtirom bilan o‘qiy boshlaydi. Qizilboshlar o‘rinlaridan turib ketdilar. Xofizni oq soqolidan tortib, pastga tushirdilar va burdalab tashladilar. Ertasiga shoh Ismoil shayxulislomni chaqirtirdi. U kelgach, shoh unga qarab shunday deydi: “Ey shayx, sen fozil odamsen. Agar xató qilsang afsuslanarli ish bo‘lur. Bor, sahobalarni lanatlab, shia ta’limotini qabul qil”. Shayx dedi: - ey o‘g‘lim, sen din to‘g‘risida nima bilardingki, menga aql o‘rgatyoritsan? Mening huzurimga o‘sha o‘limga loyiq seni badbaxt qilganlarni keltirki asli kofir o‘shalardir. Agar so‘zlari asosli bo‘lsa, mayli o‘z dinimdan kechib, ularnikini qabul qilay. Agar biz ularga o‘z dinimizning ustunligini isbotlay olsak, u holda sen bu kufr yo‘ldan qaytib, bizning chin dinimizga kir”. 37 Yozuvchi asarda hayotiy haqiqatlarni talqin etar ekan, shoh Ismoilning qabih ishlarini, uning shia mazhabini ustun qo‘yish uchun olib brogan ishlarini “Yulduzli tunlar” da ham ishonarli tarzda bayon qiladi. Bobur qoshiga elchi bo‘lib kelgan shoh Ismoil kishilariing xatti-harakatarini ularning maqsadini yozuvchi mahorat bilan tasvirlaydi. Temuriylar o‘rtasidagi toj-u taxt uchun kurashuvlar natijasida yemirilib borayotgan, temuriylar davlati o‘rnida bosh ko‘tarib kelayotgan shayboniylar davlati tarix taqozosi bilan vujudga kelmoqda edi. Bu esa Bobur va uning davlatini qattiq tahlikaga qo‘ydi. Bobur esa shoh Ismoil bilan bitim tuzib, shuning evaziga bobosi obod qilgan mamlakatlarni saqlab qolish uchun harakat qiladi. Lekin 37 Mirza Muhammad Haydar.Tarixi rashidiy.-Toshkent,1996 mazhablashtirish siyosati tufayli Bobur sunniylar o‘rtasida qattiq hijolatda qoladi. Bu Bobur qismatidgi eng achinarli zarba edi. Bobur Samarqandga qarab harakat qilar ekan, shoh Ismoil o‘ttiz ing askar beradi va unga juda qattiqqo‘l Najmi Soniy nomli bekni boshliq qilib yuboradi. Shayboniyzodalar yengildi, ular shaharni tashlab, Turkistonga qarab ketdilar. Biron-ketin Qarshi, Marg’ilon, O‘sh va O‘zgan ham Bobur tasrrufiga o‘tadi. Samarqandliklar esa Boburni juda hurmat bilan kutib oladi, uninh Samarqandga kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan yozilib, ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi. Bobur shahar aholisining bu darajada kutib olishini tasavvur qilmagan edi. Ana shunday bir vaziyatda shayboniylar qoldirib ketgan xufiyalat Bobur shia mazhabiga o‘tganmish, shoh Ismoil Movrounnahrga podsoh bo‘larmish degan mish-mishlar tarqatib yurar edilar. Haqiqatdan ham Bobur jome masjidida o‘n ikki imom nomini xutbaga qo‘shib o‘qigatini, shoh Ismoil nomidan tangalar zarb qildirgani Samarqand ahli orasida kuchli noozilika sabab bo‘ladi. Lekin o‘z davrining yirik vakili Shayboniyxon temuriylar pullaiga nisbatan ikki baravar og‘irroq pullar chiqargan edi. Shuning uchun bozorlarda asosan shu pullarda muomala qilinar edi. Bu haqida romanda shuday hikoya qilinadi: “ beliga qilich va hanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan tikildi. – Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar? - Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech kim olmaydi. – Nechun olmassan? Nechun? – kuyib-pishib so‘radi qizilbosh navkar. – O‘tmaydi. – Nechun o‘tmas. Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi: - Kelgindilarning puli harom!”. 38 Ushbu ma’lumotlarni Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asarida shunday deb yozadi: “To‘liq 11 yil davomida Movarounnahr o‘lkasida, chig'atoy, temuriy va o‘zbek sultonlari bilan shunday janglar va mudofaalar 38 qiladilarki, ularning sanog‘ini batafsil bayon qilishga qalam ojiz va nuqsonlidir. Oxirgi hamrohlari va qarindoshlari boiib, jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida choriq, qo‘llarida tayoq bo‘lgani holda beyarog‘, xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Qobulga qarab yo‘l oldilar”. Bobur Mirzo 1508-yilida Afg‘onistonning podshosi deb e’lon qiladi va Qobul davlat poytaxti bo‘ldi. 1510- yilda Muhammad Shayboniyxon o‘limidan so‘ng Bobur Mirzo Eron shohi Shoh Ismoildan yordan olib, Movarounnahr yurush boshladi. 1511 yilda Shoh Ismoil qo‘shinlari yordamida shayboniylar qo‘l ostidagi Hisor, Ko‘lob, Qunduz, Badaxshon va Qarshi erlarini egallab, Samarqandni ham uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Movarounnahrni butunlay qo‘lga kiritish niyatida bo‘lgan Boburga Safaviylarning tajribali sarkardasi Najmiddan Soniy boshchiligidagi 12 ming qo‘shini kelib qo‘shildi. Bobur Samarqandni egallagach, noilojlikdan islomning shiyalik yo‘nalisliiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Bu esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki Movarounnahr aholisi, Boburning o‘zi ham islomning sunniylik yo‘nalisliiga e’tiqod qilganlar. Bu esa shiya va sunniy adovatlari yanda avj olishiga sabab bo‘ldi. Boburning ittifoqchilari, shiya mazhabidagi eroniy qizilboshlilarning talontarojlari (ayniqsa, Samarqand va Qarshi shaharlarida) tufayli mahalliy aholi Boburni qo‘llabquvvatlamadi. Bobur va eroniylarning birlashgan qo‘shinlari bilan Shayboniylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1512 yilning noyabrida G‘ijduvon yaqinida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jangda Shayboniyxonning jiyani, Sulton Mahmudning o‘g‘li Ubaydulla Sulton tomonidan ittifoqchilar qo‘shnini tor-mor etildi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Bobur Movarounnahrdan butunlay chiqib ketdi va Qobul hamda uning atroflarida o‘z hukmronligini to‘la mustahkamladi [7]. Bobur Samarqandda sakkiz oy hokimiyatini saqlab turdi. Mamlakat ichkarisidagi o‘zaro urushlar va Ubaydulloxon va Temur Sulton kabi Shayboniy tarafdorlari tomonidan yengilgan Bobur mirzo butunlay Movrounnahrni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Xulosa Ma’lumki, o‘tmishsiz kelejak yo‘q. O‘tmishini, tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham yo‘q. tariximizga qiziqish, miliy istiqlol davri mafkurasi mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda tarixga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini uyg‘otdi. Natijada “Tarixiy shaxslar qismatini o‘rganish, ularning yutuq va kamchiliklaridan ibrat olish juda muhim” (Pirimqul Qodirov) ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa tarix haqiqati, buyuk o‘tmishimizning tiklanishi millionlar qalbiga ezgulik soldi, o‘zligini anglashda asosiy omillardan bo‘ldi. Xalqimizning tarixi, madaniyati, ma’naviyatida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan siymolar – Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, jaloliddin Manguberdi va boshqa vatanimiz istiqboli, ozodligi uchun kurashgan, hayotini vatan shuhratini olamga yoyish uchun bag‘ishlagan insonlar moziy sahifalaridan hamyurtlarimiz qalbiga ko‘chib, milliy mafkuramizning shakllanishiga, ma’naviyatimizga xizmat qilish orqali o‘zligimizni anglashga, mafkuramiz qanchalik yuksak va qadimiy ekanligini his qilishga, milliy qadriyatlarimizni tiklashga yordam beryapti. Adabiy tanqidchilikda asosli ta’kidlanganidek, o‘zbek romanchiligida ayniqsa, tarixiy romanlarda umumxalq psixologiyasidan, jamoa ongidan alohida shaxsning xususiyatlarini bizdan ko‘p asrlar uzoqda yashagan, lekin intilishlari bugungilar bilan mushtarak bo‘lgan qahramonlar taqdirini badiiy anglashning umumiy yo‘nalishlari chuqur taxlil etildi. Buning isboti sifatida Otabek (O‘tkan kunlar), Navoiy (Navoiy), Ulug‘bek (Ulug‘bek xazinasi), Bobur (Yulduzli tunlar) kabi obrazlarni ko‘rsatish mumkin. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani yigirma yillik kuzatishlarning, izlanishlarning natijasida 1978-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Unda, yozuvchining shaxsan guvohlik berishicha, “Bobur taqdiridagi murakkab burilishlar va uning ma’naviy o‘sishidagi so‘qmoqlarni tasvirlash ayniqsa qiyin kechgan”. San’atkor buni anglab yetgan bo‘lsa-da, atay uni olib tashlamasdan, balki aksincha uni yechish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu, shubhasiz tarixiy janr sifatida romanning yutug‘I bo‘lishi bilan birga tarixning haqiqiy badiiy talqinini bera olgan Pirimqul Qodirovning san’atkorligiga dalildir. Adib romanda tarixiy davrning badiiy taliniga jiddiy e’tibor bergan. Chunki Bobur yashagan davr muhitini bilmasdan uning obrazini to‘liq ochib berish mumkin emas edi. Shuing uchun yozuvchi tarixiy asarlar, solnomalar, hujjatlar ayniqsa “Boburnoma” orqali tarixiy muhitni, qahramon hayotiga ta’sir qilgan taqdir deb atalmish sharoitning qaltis o‘yinlarini, temuriy shahzodaning sharoitni o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarini batafsil o‘rgangan. Bu esa asarda tarixiy sharoitning real tasvirlanishiga, tarixiy haiqatning yanada ishonarli bo‘lishidan tashqari roman badiiyatining rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Inson o‘zi yashayotgan muhit bilan chambarchas bog‘liq. Sharoit insonning harakteri, shaxs sifatida shakllanishiga asoschi bo‘ladi. Romanda sharoitning Bobur hayotiga bevosita ta’sir qilgan. Bir kunda uni bolalar safidan yulib olib, shoh darajasiga ko‘targan. Biz “Yulduzli tunlar” va “Boburnoma” asarlarini qiyoslash orqali quyidagicha xulosalarga keldik: 1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi to‘liq ochib berilgan va uni badiiy talqini o‘ziga xos tarzda haqqoniy aks etgan. 2. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda “Boburnoma” asari asos qilib olingan va ular qiyofasi mohirlik bilan chiqib berilgan. 3. Asar yaratishda Pirimqul Qodirov badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalangan. Portret, peyzaj tasvirlari asarda haqqoniylikni kuchaytirgan. Peyzaj tasviri asosida Bobur yashagan davr muhitini berishga erishilgan. 4. Bobur xarakterini ochib berishda yozuvchi har tomonlama mukammal tasvir yo‘sinini tanlagan. Boburni yozuvchi, shoir, sarkarda, g‘amxo‘r ota, mehribon turmush o‘rtog‘I kabi sifatlari yorqin tarzda ochib berilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling