Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana24.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1292701
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Komilova d

 
III.BOB. 
3.1 Badiiy xususiyatlari g‘oyaviy asos va badiiy mahorat 
Ijodkorlarning tarixiy faktlarga munosabati, ulardan o‘rinli va samarali 
foydalana bilish mahorati turlichadir. Bu, avvalo, yozuvchining dunyoqarashiga, 
tanlangan mavzu bo‘yicha bilim darajasiga, qolaversa, asardan ko‘zlagan 
maqsadiga muvofiq bo‘ladi. Voqeani jonli, hayotiy talqin eta bilgan ijodkorgina 
asarda badiiy haqiqat yarata oladi. 
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida portret, peyzaj tasvirlari, turli 
tasviriy vositalardan foydalanib asardagi haqqoniylikni, harakterlarning individual 
xususiyatlarini yoritib beradi.
Romanda peyzaj tasviri yetakchi o‘rinda turadi. Qahramonlarning turli 
vaziyatlardagi holatlariga qo‘shimcha bo‘yoq berib, tuyg‘u kechinmalarning 
qabartma tasviriga xizmat qiladi. Adabiyotshunos SH. Karimva ta’kidlaganidek: 
“Inson hayotini tabiatsiz, ona zaminsiz, o‘simlik va hayvonot olami, dala va 


bog‘larsiz, daryo va tog‘larsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson tabiat quchog’ida 
dunyoga keladi, jamiyatda kamol topadi”
25
. Shunday ekan Pirimqul Qodirovning 
“Yulduzli tunlar” romanida tabiat tasvirlari davr manzarasi, qahramonlar 
ruhiyatidagi u yoki bu o’zgarishlarni muayyan darajada ifodalash uchun xizmat 
qiladi. Ma’lumki “Badiiy asarlarda peyzajning qo’llanish yo’llari xilma xil bo’lib, 
ular yozuvchi uslubi va asar janri bilan belgilanadi. Tabiat manzarasi tasvirlaridan 
turli xildaagi maqsad kuzatiladi. U goh voqeaa sodir bolgan vaqtni bildiradi, goh 
qahramonlar kayfiyatini ochishga yordam beradi, goh asar voqealarini bir-biri 
bilan bog’lash vazifasini o’taydi”
26
.
Asar peyzaj tasviri bilan boshlanadi: “Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton 
issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kuni boyi havoni 
dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar 
orasidan otib kelayotgan sersuv Quvasoy qon qoshib oqizilgandek qip-qizil bolib 
ketdi”
27
. Ushbu tabiat tasvirida asarning kelgusi voqealariga ham ishora beriladi. 
Aynan saraton issig’I chog’ida birdan havo dim bolib, jala quyishi boshlanayotgan 
urushning darakchisi boladi. ”Quvasoy daryosi qon oqizilgandek qip-qizil” 
o‘xshatishi orqali kelgusida daryodan oqadigan qonlar ya’ni ko‘prik buzilib 
odamlar yiqilishiga ishoradir. 
Asarda tush tasviri ham muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Robiyaning 
korgan tushi shunday ifodalanadi:
— Men bir vahimali tush koʻrdim, Tohir 
ogʻa! Ilohi tushim oʻng kelmasin!.. Endi Tohir ham xavotirlanib, qizni 
quchogʻidan boʻshatdi-da, uning katta -katta boʻlib ketgan koʻzlariga 
qaradi:— Yomon tushmi?— Aytishga ham tilim bormaydir.— Tushga nelar 
kirmas!.. Ayt!.. Mayli...— Sizni bir qora hoʻkiz xanjarday shoxlari bilan 
suzib... Yoʻq! Yoʻq! Eslasam,etimjunjikibketadir!Tohir yomon bir falokatni 
oldindan sezganday yuragi uvushdi:— Shoshilmay gapir! Suzgan boʻlsa, qon 
oqdimi?— Qon? Ha, ha.. Qon tirqirab ketdi.— Unday boʻlsa qoʻrqma. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling