oxirigacha davom etadi. Bunda Boburning shoh sifatidagi
qiyofasi kitobxonga
yanada yorqin namoyon bo‘ladi.
Bobur o‘quvchi ko‘zi o‘ngida hukmdordan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘layotgan
voqealar girdobida iztirob chekayotgan oddiy bandai mo‘min sifatida namoyon
bo‘ladi:
“Hofiz Ko‘ykiy qarshisida ko‘ngil yorib istig‘for
keltirayotgan muztarib bu
kimsaga ich-ichida ollohdan shafqat va muruvvat tilar edi. — Angladimki, bu
o‘lkada alarning yolg‘iz jismlarini bo‘ysundira
olur ekanman, ruhlarini itoat
ettirmakka hargiz qudratim yetmas ekan... Va yana angladimki, alar o‘z yurtlaridan
tiriklayin judo bo‘lmoqdin ko‘ra o‘limni afzal ko‘rdilar. Men esa,
ne yuz
qarolig‘kim, o‘zga yurtni o‘z yurtimdan afzal bildim...”. Qissada Bobur betimsol
shaxs sifatida dunyoqarashi shakllangan inson sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyat
yurgizadi. U ma’rifatparvar hukmdor sifatida hayotini
butunlay hokimiyat va fan
xizmatiga bag’ishlagan buyuk shaxs timsolini o’zida mujassam etadi:
“Bobur ilk uchrashuvdayoq musofir alloma siymosida ota yurtidan duoi salom
keltirgan mehmonni emas, balki ulkan tafakkur sohibini ko‘rdi, ahli donish bilan
suhbatni har qanday vaqtichog‘likdan afzal bilgani sababli,
uni har oqshom
huzuriga chorlab, do‘stona izzat-ikrom va lutf-karamlar ko‘rsata boshladi. Hofiz
Ko‘ykiy suhbat asnosi buyuk hukumdor qarshisida o‘tirganini
deyarli unutib
qo‘yardi: Bobur Mirzoning teran salohiyati,
favqulodda teran hofizasi, fikridagi
mantiq qudrati unga umrini
yolriz ilmu fanga baxsh etgan, mubohasada benazir
nuroniy allomani eslatar edi”.