Komilova xurshidaxon mansurjon qizining
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Komilova d
14
Akram Kattabekov.Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat.-Toshkent,1983 ularni o’zlaricha tasavvur qilib, haqiqatga to’g‘ri keladigan rasmlar chizadilar. Men ham asosan shu yo’ldan bordim. Asliga sodiqlik jihatdan romanda tarixiy hujjatlarning ahamiyati juda katta. Lekin tirik vujudga quruq suyakdan koʻra et og‘irroq bolishini bilasiz. Shunga o’xshab bu romanda ham faktdan koʻra tasavvur mahsulining salmog‘i ortiqroqdir deb oʻylayman” 15 . Pirimqul Qodirov Bobur shaxsini ochish, harakteriga xos xususiyatlarini mahorat bilan tasvirlaydi. Boburning iste’dodli shoir, oqil siyosatchi, mahoratli sarkarda, g’amxor ota va odil shoh sifatlarini asarda o’ziga xos yo’sinda asoslab beradi. Pirimqul qodirov bilan bir qatorda o’sha yillarda Hayriddin Sulton ham tengsiz siymo haqida bir nechta asarlar bitadi. Bulardan biri “Saodat sohili” qissasi. Bu narsani yozuvchi Xayriddin Sultonov iqtidori va ijodiy izlanishlari misolida yanada yaqqolroq ko’ramiz. Ayniqsa, «Saodat sohili» qissasi bu borada badiiy kashfiyot sanaladi. Qissani o’qir ekanmiz, mahzun va tushkun, o’ychan va dono, zakiy Bobur siymosi ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Adib Bobur obrazini yaratar ekan, o’ziga zamondosh salaflari va badiiy to’qima obrazlar bilan chambarchas bog’liq holda aks ettiradi. Shuningdek, obrazlar faoliyat ko’rgizayotgan XVI asr ruhini, hayot girdibodlarini, o’pqonlaru o’pirilishlarni haqqoniy kartinalarda yoritadi. Bu borada o’tmishni his etish-tarix tuyg’usi moziy voqeligi bilan Bobur shaxsini bir butunlikda aks ettirish imkonini bergan. Tarix haqiqatini avlodlar ongiga singdirishning eng ta’sirchan usuli uni badiiy asarlar tiliga ko‘chirishdir. Zero, chinakam badiiyat namunasi o‘tmish voqeligini o‘quvchining nainki ongiga olib kiradi, balki uni qalbining tub-tubiga joylaydi. Dunyoda bizning xalqimiz kabi tarixga, jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlarga boy millatlar ko‘p emas. Bunday allomalarimizning hayot yo‘lini badiiy asarlar orqali ibrat qilish dolzarb vazifalardandir. 15 Pirimqul Qodirov.Qalb ko‘zlari.-Toshkent,2001 Zahiriddin Muhammad Bobur – shoh, marifatparvar siyosatchi, kuchli fotih va istedodli shoir sifatida murakkab shaxsdir, uning hayot yo‘li esa undanda murakkab. Shunday ekan, uni obraz sifatida badiiy asarda jonlantirish ham mushkul vazifadir. Xayriddin Sultonning “Saodat sohili” qissasi Bobur hayotining so‘ngi kunlarini aks ettiradi. Asarda voqealar rivojidan ko‘ra Boburning ruhiy olami, ichki kechinmalarini yoritib berish muhim o‘rin egallagan. Ushbu tarixiy qissa qahramoni Xofiz Ko‘ykiy ismli olim Toshkentdan Hindistonga – Bobur mirzoning xuzuriga boradi. Asarda Hofiz Ko’ykiy Boburning eng yaqin kishisi, maslahatdoshi, hatto, ustozi darajasidagi shaxs sifatida tasvirlanadi. Bunga kitobxon ishonadi. Vaholanki, Hofiz Ko’ykiy Boburning shohlik davrida Hindistonga bir martagina borgan, xolos. Asarda Bobur xarakterining turli qirralarini ochish, Hofiz Ko’ykiy shaxsiyatini, olim va odam sifatidagi benazir xususiyatlarini yoritish maqsadida yozuvchi badiiy to’qimadan ancha keng foydalanadi. Yozuvchi Boburshohning Xofiz Ko‘ykiy bilan bo‘lgan suhbatlarni juda ta’sirchan tarzda ifoda etadi: Bobur go‘yo suhbatdoshini unutgandek parishon o‘ltirar edi. -Ming taasufki, dard bor, darmon yo‘q. – U og‘ir tin oldi. – saltanat shunday bir tilsim ekanki, mavlono uni qo‘lda tutmoq uchun avvalo qo‘lidagi inon-ixtiyoridan xalos bo‘lmog‘I kerak ekan… Hofiz Ko‘ykiy nima deyarini bilmay qoldi. -Meni “Sohibqiron”, “Yetti iqlimning shamsi anvori”, “Shahanshohi olam”, deb ko‘klarga ko‘taradilar, - deya hasratli tovush bilan so‘zlardi Bobur. – Lekin biror kimsa bilmaydiki, men ham asli shu yog‘och taxtga qaramman, manashu yaltiroq tojga qulman…. Illo, har bir banda faqat ollohgagina qul emas. Olim birdan qizarindi. Axir, u hamBoburni necha daf’a takror va takror shu so‘zlr bilan madh etmaganmidi? Chindanda, mushkul muammo bu: axir hukmdor insonni “birodar” yoxud “og‘a”, yoxud “ini” deb atab bo‘lmasa!.. 16 Bu parchada Boburning dard-hasrati har bir so‘z orqali o‘quvchiga singadi , shubhasiz. Yozuvchi bu orqali Boburni shoh, shoir, siyosatchi bo‘lsada barcha kabi oddiy inson, sog‘inch, ayriliq, mehr tuyg‘ulari unga ham begona emas degan ma’no beradi. Qissada Boburning Vatanda ayriliqda qanchalik iztirob chekayotganligi hasrati g‘oyat nozik qirralari bilan aks etadi. Toshkanddin olampanoh, siz zoti shariflarini ziyorat etmoq orzusida kelibdir? “Toshkanddin?..” Endi faqat tushlarida ko‘radigan, olislarda armon bo‘lib qolgan yurtidan Boburni ko‘pdan buyon biror kimsa yoqlab kelmagan edi. Ko‘ngli allanechuk to‘lib: Ayting kirsin dedi. 17 Bobur qanchalik buyuk hukmdor va benazir shoir bo‘lmasin uni sog‘inch vatandan ayriliq hissi tark etmaydi. Tushlarida ham faqat yurtini ko‘radi.munajjimlar bu tushlarni turlicha ta’bir qilishadi. Lekin so‘ngi va chin tabirni Hofiz Ko‘ykiy nutqida namoyon bo‘ladi. Saodat sohili! – Bobur yoniq bir xo‘rsinish bilan xitob qidi. – Qayda u? Qay baxtiyor kimsa unga yetibdur? Xofiz Ko‘ykiy xanuz some bo‘lib o‘tirarkan, lablari beixtiyor shivirladi: Darhaqiqat qayda u? Bu rubi maskunda saodat istagan banda har vaqt uning chin diydoriga yetishurmikan? Dunyoni zir titratgan jahongirki unga yetmagan bo‘lsa… Ko‘p allomalardan, ulamoi kiromlardan so‘roqladim Qayda u? Ko‘ngil tingudek bir javob topolmadim- deya davom etdi Bobur. Goh aytdilarki, u chog‘ir dengizining qirg‘og‘ida, goh dedilarki ma’rifat daryosi kanorasida… Goh esa uqtirdilarki,savob ummonining sarhadlarida… Xofiz Ko‘ykiy dilidagi gap tiliga qay yo‘sinda qalqib chiqqanini bilmay qoldi: Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling