Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana24.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1292701
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Komilova d

 
II bob. 
2.1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi va davr muhiti ifodasi 
Badiiy asarni o‘qish jarayonida unda yoritilgan obrazli voqeliklar ko‘z 
oldimizda gavdalana boshlaydi. Nafaqat, obrazlar qolaversa , shu obrazlar orqali 
o‘sha davrning ijtimoiy-madaniy muhitiga kirib boramiz. Asar yozishda davr 
muhitini yoritib bera olish murakkab masala hisoblanadi, ayniqsa tarixiy asarlarda 
qiyinchilik tug’dirishi tabiiydir. Tarixiy asarda inson bilan uning harakteri, shaxsi, 
qahramon yashayotgan va harakat etayotgan sharoit bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. 
Inson muhit tasiri ostida o‘z harakteri, imkoniyatlari doirasida o‘zgaradi. 


Mustahkam irodali kuchli shaxs o‘tkinchi muhit tasiriga to‘liq ma’noda 
bo‘ysunmaydi. Muhitga qarshilik ko‘rsatish tuyg‘usi asarda kuchli rivojlangan 
boladi. Ba’zi insonlar esa muhit tasiriga tushib, unga bo‘ysunadilar. 
 
Muhit tushunchasi o‘z ichiga oilani, jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni 
qamrab oladi. Insonni qurshab turuvchi barcha narsa turmush va uning jihozlari 
tabiat, jamiyat va davlat, shaxs, ya’ni turli davr va xalqlarning madaiyatlari muhit 
tushunchasiga kiradi. Muhit murakkab va ko‘p ma’noli tushuncha. M. Gorkiy 
1912-yilda “Muhit – bu o‘zimiz. Muhit – bu bir-biriga ta’sir o‘tkazuvchi psixik 
birliklarning muayyan miqdoridir” deb ta’kidlagan edi. 
Shuning uchun ham muhit tushunchasi badiiy asarda insonga
insonshunoslikka borib taqaladi. 
Tarixni, tarix haqiqatini badiiy asarlarga olib kirish masaasida uzoq yilardan 
beri bahslashib kelinadi. Akram Kattabekov “Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat” 
nomli tadqiqotida bu masalani o‘rganib, tarxiy asarning asosiy xususiyatiga uning 
“Real tarih bilan hamohangligidir” degan xulosaga keladi. To‘g‘ri tarixiy asarda 
tarixiy sharoit, ruh o‘z aksini topishi kerak, lekin asar yozilgan davrdagi sharoit va 
mafkurani ham e’tiborga olish kerak.
Ijod kishilari haqidagi tarixiy romanning bosh vazifalaridan biri qahramon 
taqdirida, uning ijodi va faoliyatida davrning ijtimoiy-siyosiy belgilarini aks 
ettirishdir. “Asar qahramoni, - deb yozadi bu haqda O. Golubev, - yozuvchi 
tasvirlanaytgan davrni qanday tushunishi va tushuntirishining bosh mezonidir. 
Sirasini aytganda, asar qahramoni obrazida mujassamlangan davrning o‘zi tarixiy 
romanning haqiqiy qahramonidir” 
“Yulduzli tunlar” romanida davr voqealari ayniqsa keng o‘rinni egallaydi. 
Yozuvchini qarama-qarshi tomonlar, g’oyalar va qarashlar kurashidan ko’ra 
davrning konkret voqealari ko’proq qiziqtiradi. Romanda davrning, mavjud 
tuzzumning bosqinchilik, zo’ravonliklari batafsil ochilgan. Samarqand uchun 


Shayboniyxon bilan bo’lgan jang, Samarqandning ham qo’ldan ketishi, O’ratepa, 
Dahkat sargardonliklari, tog‘osha Afg‘oniston yurishi, qo‘shin ichidagi nizolar, 
Hindistonga yurish, Agra, Panipat uchun janglar davrning eng muhim belgilarini 
ochib berishga xizmat qiladi. 
Pirimqul Qodirov o‘zi nishonga olgan davrdagi hayotni butunligicha yaxlit 
ochib berishi, ya’ni undagi bor ijobiy jihatlar bilan bir qatorda salbiy holatlarni, 
ziddiyatli vaziyatlarni ham ishonarli tarzda, aniq faktlar asosida ochib beradi. 
“Chinakam yetuk roman xalq hayotining ma’naviy ko‘zgusi hisoblanadi.Roman 
keng qamrovli, ulkan fikr mahsulidir.” 
Romandagi xalq vakillari Tohir, Fazliddin obrazlarida urushning ular 
taqdirini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborganini ko‘ramiz. Bu orqali yozuvchi shoh va 
oddiy xalqning taqdirini bog‘lanishini ko‘rsatadi. 
“Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romandir. Chunki unda roman janriga xos 
epiklik, tarixiy asarga xos ma’lum o‘tmish davridagi shart-sharoit, xalq, mamlakat 
hayoti, tarixiy shaxs obrazi orqali yoritiladi va Zahiriddin Muhammad Boburning 
hayot yo‘li asar markazida turadi. Asarning diqqatga sazovor tomonlaridan biri, 
unda Boburning hayot yo‘li bevosita xalq hayoti bilan bog‘liq holda 
yoritilganligidir. 
Pirimqul Qodirov ham Bobur yashagan davr tarixini, sharoitini uzoq yillar 
o‘rgangan va bu haqida shunday yozadi: “Zahiriddin Muhammad Bobur necha 
asrdan beri xalqning tilidan tushmay keayotgan, uning dilidan o‘ziga makon 
topgan o‘lmas tarixiy siymolardan biridir. Albatta, uning fotih, shoh va davlat 
arbobi sifatida juda murakkab hayot kechirganligini ham e’tibordan soqit qilmaslik 
kerak. Taqdiri murakkab kechgan Boburning shunday og’ir muhitga iste’dodini 
boy bermasligi, insoniy fazilatlarini yo‘qotmasligi Javaharlal Neru iborasi bilan 
aytganda, dilbar shaxs sifatida tarixda nom qoldirishi, ulkan sadoqatki, bu kamdan 
kam odamga muyassar bo‘ladi. Men talabalik yillarimdan beri, qirq yildirki, 


“Boburnoma” ni qo‘ldan qo‘ymayman. Boburning qadamjolarini borib ko‘rishga 
intildim, Hindiston, Pokiston boylab sayr qildim, shularning hammasidan bugun 
chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa shuki, hanuz bizga Boburni jozibali qilib 
ko‘rsatayotgan tomoni uning oliyjanob insoniy fazilatlari va noyob iste’dodidir. 
Romanda tarixiy sharoitning real tasviri asosiy o‘rinlardan birini egallab, asar 
badiiyatini belgilovchi mezonlardan biri sifatida namoyon boladi. Adib asarda 
Boburning hayotini to‘liq tasvirlamagan, bunga extiyoj ham sezmagan. U 
qahramoni hayotiga oid asosiy tarixiy voqealarni Bobur harakteri, qarashlariga 
ta’sirini badiiylashtirgan. . Yozuvchi Bobur harakterini yaratishda qahramonning 
hatti-harakati orqali davr ijtimoiy hayoti, shart-sharoitlariga alohida diqqat 
qaratadi. Asar davomida Bobur manaviyatini, yrtuk inson sifatidagi faoliyatini 
ochib berishga alohida e’tibor beradi. Pirimqul Qodirov asarda Bobur taxtga 
chiqqan kundan boshlab to umrining oxiriga qadar bo‘lgan voqealarni aniq aks 
ettirshga harakat qiladi. Bobur bilan bog‘liq hodisalarning bir-biriga chambachas 
bog‘lanishiga alohida e’tibor beradi. 
Ma’lumki, Bobur juda qaltis vaziyatda taxtga otiradi. Kechagina ortoqlari 
bilan oynab yurgan Bobur 12yoshda otadan ajrab birdaniga katta saltanat 
podshosiga aylanadi.
Asarning birinchi qismi “Quva. Qil ustida turgan taqdirlar” so‘zlari bilan 
boshlanadi. Shundan so‘ng Quva shahri tasviri beriladi: 
Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga 
chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala 
quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan otib kelayotgan Quvasoy qon qo‘shib 
oqizilgandek qip-qizil bo‘lib ketdi. 
Muallif bekorga 1494-yilning yozi deya ta’kidlab o‘tmaydi. Asarning 
boshlanishidan o‘quvchini o‘sha davr muhitiga olib kirishni maqsad qiladi. shu 
yildan boshlab asosiy voqealar boshlanadi. Aynan Quvasoyning qip-qizil bo‘lib 


oqishi asarning keying voqealariga ishora beradi. Bexosdan o‘quvchi qizil daryoni 
koz oldiga keltiradi.
Shu paytda majnuntollar panasida suhbat qurib turgan ikki yoshning suhbati 
ham o‘sha davrdagi xalq xayotini aks ettiradi. 
- Robiya, inon, men tirik bolsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen! 
- Tangrim sizni ham panohida asrasin Tohir og’a!... 
Yog‘iyning ming-ming askari bor. Qaysi biriga bas kelursiz? Ana qochqinlarga 
qarang!... 
Tohir orqasiga ogrilib, Quvasoyning quyi tomonlariga ko‘z yugurtirdi. Pastda 
qamishzor botqoqlik va uning ustidan o‘tgan uzun yog‘och ko‘prik bor edi. 
Ko‘prikdan chumoliday behisob odamlar, mollar, otlar, aravalar tizilib otib 
kelayotgani yomg’ir pardasi orasida elas-elas ko‘zga chalinadi. 
Adib shafqatsiz davr haqiqatlarini yashirmasdan, qabida chuqur afsus va alam 
bilan xatoliklar qilib, yuzi qaro bo‘lgan Bobur timsoliga o‘z qahramoniga achinadi. 
Lekin zinhor haqiqatga qarshi bormaydi. Tarixiy davr haqiqatiga asoslanadi va 
shoh va shoirni tiriltiradi. Boburni obraz sifatida yoritishda shoh va shoir, baxt va 
baxtsizlikni tadqiq qilishda ham faqat haqiqatga asoslanadi. 
Asar qahramonining taxtga o‘tirish payti ham ziddiyatli davrga to‘g‘ri keladi. 
Mamlakatga dushman xavf solib turgan bir qaltis pallada Bobur taxtga o‘tiradi. 
Podshohlikning ilk kunlarida Bobur buni his qila olmaydi. Xuddi shu paytdagi 
Boburning holati orqali yozuvchi o‘sha davr amaldorlar yuzini keskin fosh qiladi. 
Ayni paytda Boburning naqadar yosh va ma’sum ekanligini ham ta’kidlab o’tadi. 


Bazi bir adabiyotshunoslar asarga baho berishda “Adib ko’p o’rinlarda Boburning 
ruhiy dunyosini ochish o’rniga harbiy yurishlarini izohlash bilan ovvora bo’lib 
ketgan” deya izoh berishadi.
Bizningcha bu fikr unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmas, chunki yozuvchi qahramonini 
o’sha davr sharoitidan kelib chiqib tasvirlagan.
Shuningdek tarixiy asarlarda davr muhitini yanada yorqinroq ifodalash uchun 
ko’plab shu davr amaldorlarni tasvirlash yetakchi omillardan biri sanaladi.
“Yulduzli tunlar” romanida ham bunday obrazzlarning bir qanchasini 
uchratishimiz mumkin. Masalan, Ahmad Tanbal, Uzun Hasan, Tiba Sulton 
kabilarga salbiy bo’yoq berish orqali yozuvchi butun amaldorlar yuzini fosh etadi. 
Mustaqillikka eishganimizdan so’ng tarixiy shaxslar, o’tmishimiz qahramonlari 
obrazini yaratishga e’tibor beria boshlandi. Sovet ittifoqi davrida noto‘g‘ri talqin 
qilingan asarlarga qaytadan yuz burildi. O‘tgan asrda yozilgan Pirimqul 
Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari ham bundan mustasno emas. “Yulduzli 
tunlar“ asari nafaqat Bobur siymosini yaratishda, balki o‘tmishni yoritishda ham 
asl manbaa bo‘ldi 
Romanning boshqa tarixiy asarlardan farqlanib turishining asosi bu uning 
Boburni butun borlig‘i bilan aks ettirishidadir. Bobur harakterini ochishda adib uni 
sharoit taqozosidan kelib chiqib yoritadi. O‘quvchi ko‘z o‘ngida mehribon ota, 
mohir sarkarda, marifatparvar siyosatchi tarzida namoyon bo‘ladi. 
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani boshdan-oxir tarixiy hujjatlar 
asosiga qurilgan asarlar toifasiga kiradi. Bu xususiyat asarning barcha qismlarida 
ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi asarda tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxs hayoti va 
faoliyatini xronikali tarzda tasvirlab beradi. Adib roman ustida 10 yilga yaqin ish 
olib boradi. Bu davr ichida Hindistongacha borib keladi va asar uchun o‘z 


qahramoni va u yashagan davr haqida boy materiallar to‘playdi va ularni jonlantira 
oladi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur – kuchli hukmdor, fotih va ayni paytda talantli 
shoir sifatida juda murakkab shaxsdir. Bularning barchasini bir syujet atrofida 
birlashtirib, qahramonning deyarli to’liq hayotini qamrab olgan asar yaratish 
undanda murakkabdir. 
Romanda Boburning ijod ahliga munosabati juda yorqin tasvirlanadi. Bu 
sohada Alisher Navoiy Bobur intiladigan ideal edi. “Navoiy hazratlari kabi ijod 
ahliga g‘amxo‘r bu olamda bo‘lmagan” deya qayd qiladi u “Boburnoma” da. 
Bobur Andijondayoq Fazliddin kabi me’mor va fozil kishilarni o‘ziga yaqin oladi. 
Keyinchalik ularni Kobulga va Agraga chaqirtirib, go‘zal qasrlar qurishga, me’mor 
istedodini va orzularini yuzaga chiqarishga intiladi. Bobur Hindistonga bosqinchi 
bo‘lib bordi. Lekin Shayboniyxon kabi yurtni talamadi. Hindistonni 
markazlashtrishga intildi, yirik madaniylashtiruv siyosatini olib bordi. U o‘z 
atrofiga shoir Binoiy, rassom Behzod, tarixchi Mirxond, me’mor Fazliddin kabi 
fozil kishilarni to‘plab, Andijonda aamalga oshira olmagan gullagan yurt haqidagi 
orzularini bu yerda amalga oshirishga harakat qildi. Romanda Boburning ijod 
onlari ham juda hayajonli tasvir etiladi. O‘quvchi ayniqsa, shoirning shoh asari 
“Boburnoma” ning yozilish tarixi bilan batafsil tanishadilar. Darvoqe, bu asar 
muhim manbaa sifatida roman voqealarining, tili va kompozitsiyasining asosini 
tashkil etadi. 
Pirimqul Qodirov romanda Bobur lirikasi namunalaridan ham ustalik bilan 
foydalanadi. Bu ijod namunalari qahramonning eng samimiy tuyg‘ulari, qalbini 
o‘rtagan dardlari bo‘lib, ijodkorning chinakam o‘z-o‘ziga tavbasidir. Masalan, 
Boburning “Tole yo‘qki jonimg‘a balolig‘bo‘ldi” deb boshlanadiga ruboiysi qay 
tariqa tug‘ilganligini yozuvchi shunday tasvir etadi: “Panipat jangida erishgan 
zafardan Bobur qanchalik quvongan edi! Ammo bu jang qancha bolalarni yetim, 
qancha ayollarni beva qoldirganini, bugungi kelinchakka o‘xshagan qancha bevalar 


urf-odat bo‘yicha o‘zini olovga tashlaganini mana endi ko‘z oldiga keltira 
boshladi… Uzoqlarda qolgan Mohim begim esiga tushdi… 
Boyagi kelinchakning “ Ket, bosqinchi! Ket!” deb qichqirgani uning qulog‘iga 
qayta eshitilganday bo‘ldi. Bobur ichida “Yo rab, bu ne ko‘rgulik!” – dedi-yu, 
xayolini boshqa biron narsa bilan band qilish uchun daftar-qalam oldi. Sevgan 
yoridan va tug‘ilib o‘sgan diyoridan uzoqda u o‘zini behad tolesiz, baxtsiz sezgan 
paytlari ko‘p bo‘lardi. Hozir ham shu og‘ir tuyg‘u yuragini chulg‘ab oldi. Bobur 
ko‘nglini daftarga bo‘shatgisi kelib birinchi satrni yozdi: 
Tole yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi 
U keng qirg‘oqlar orasida tovushsiz jim oqib o‘tayotgan Jamnaga tikildi. Botib 
ketgan quyoshning quyuq shafag‘idan daryo suvi qizg‘ish ko‘rinardi.
Boburning nazarida, daryosuvini shafaq emas, janglarda to‘kilgan qonlar qizartirib 
yuborganday tuyildi. U iztirob bilan keying satrlarni yozdi: 
Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi 
O‘z yerni qo‘yib , xind sori yuzlandim 
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi 
Bu misralar shoir Bobur bilan podshoh Bobur o‘rtasidagi murakkab ichki 
ziddiyatni, bu orqali kelib chiqqan buyuk shaxs fojeasini har qanday kishi 
tushunadigan tarzda to‘la ifodalab beriladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling