Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana24.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1292701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Komilova d

 
Ilmiy rahbar: M. Xamidov
 
Magistrant:
X. Komilova 
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqiikkka erishganimizdan so‘ng biz uchun barcha 
sohalardagi kabi adabiyot olamida ham keng imkoniyatlar ochildi. Jahon xalqlari 
adabiyotini o‘rganish, ular bilan tanishish asosida hamyurtlarimizning yangi 
izlarini topishga muyassar bo‘la boshladik. 
“Bugungu kunda O‘zbekiston o‘z tarqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam 
qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga 
eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan 
hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda 
milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish orqaligina 
erishish mumkinligini biz anglaymiz”.
1
Ayni shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini 
xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, bugungi kunda dunyo adabiy 
maydonida ro‘y berayotgan eng muhim jarayonlar bilan bog‘liqdir. 
Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo‘lgan minglab asarlar 
tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik 
bo‘yicha o‘ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta’kidlash lozim. Albatta, 
barkamol avlod tarbiyasi bugungi kunimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir. 
Zero, har qanday narsa borki, tarbiyaga muhtoj. Inson ruhi ham ma’naviy ozuqasiz 
ojiz qoladi. Ruhda yashirin eng yuksak xazina kamol topmaydi. Natijada davlat 
taraqqiyotini ta’minlovchi kuch – inson ham kamolotga yetolmaydi, ma’naviy 
kemtiklik yuzaga keladi. O‘z-o‘zidan umumtanazzul paydo bo‘ladi.
1
Shavkat Mirziyoyev. “ O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning 
dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqidan. https:// xabar.uz/chs 


“Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon 
o‘g‘li Cho‘lpon ,,Adabiyot yashasa, millat yashar” degan otashin da’vat bilan 
maydonga chiqqan edi. Darhaqiqat, adabiyot san’at va madaniyat yashasa, millat 
va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi”
2

Tanlangan mavzuning dolzarbligi, shundaki zero, xalqimiz aytganidek: “Tarixsiz 
– kelajak yo‘q” . o‘z tarixini o‘tmishini anglamasdan yuksaklikka erishib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz hayotini qayta tiklamoq , ularning 
asarlarini o‘rganmoq bizning burchimizdir. 
Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini,ijodini o‘rganish o‘tgan asrlardan beri o‘z 
qiymatini yo‘qotmay kelmoqda. Uning hayot yo‘lining o‘zi ibrat maktabi bo‘la 
oladi. “Boburnoma” asari orqali yurtimiz tarixiga oid ko‘plab asosli ma’lumotlar 
olish mumkin. Shu jihatdan qaralganda badiiy adabiyotda Boburni obraz sifatida 
aks etishini o‘rganish, tarixiy haqiqat va badiiy talqindagi farqli va o‘xshash 
jihatlarni aniqlash mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib beradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling