Komilova xurshidaxon mansurjon qizining
Tarixiy haqiqat va badiiy talqinning nazariy asoslari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Komilova d
1.1 .Tarixiy haqiqat va badiiy talqinning nazariy asoslari
Tarix- doimo xolis bahoga muhtoj. Zero, o‘tmishdan ibrat olinishi, qachondir yo‘l qo‘yilgan xatoning takrorlanmasligi, erishilgan muvaffaqiyatlar mustahkamlanishi uchun alohida bir shaxs ham, butun millat ham tarixiy haqiqatni boriday bilishi kerak bo‘ladi. Afsuski, sho‘ro tuzumi davrida barcha adabiyot mafkura yo‘lida talqin qilindi. Bundan tashqari, butun turkiy xalqlarning hayotida muhim o‘rin tutgan siymolar hayoti noto‘g‘ri talqin qilina boshlandi. Shunday siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Xususan Hayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida shunday so‘zlar uchraydi: “Andijonlik tarixchi domlamiz Sayfiddin Jalilov 1993-yil chop etilgan “Bobur va Andijon” nomli kitobida shunday yozadi: “1981-yil ikki yildan so‘ng Andijonda Boburning 500yillik yubileyi tantana bilan nishonlanishi haqida xushxabar tarqaldi. Tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu yerda birinchi navbatda Bobur muzeyi hamda haykalini yaratish edi. Bu ishda Andijon shahrining o‘sha paytdagi ijroqo‘mi raisi Zokirjon Mashrabov katta tashabbus ko‘rsatib “Ark ichi” mahallasidagi IV asrda qurilib so‘ng buzilgan madrasa muzey uchun qayta tiklandi. Bobur haykaliga buyurtma berildi, uni bronzadan quydirish uchun raisning o‘zi Mitishi shahriga ikki marotaba borib keldi. Nihoyat, yubileyga aprel oyida muzey uchun bino ham, u yerga qo‘yiladigan haykal ham tayyor bo‘ldi. Biroq markazqo‘mdan Bobur yubileyi tantana qilinmasin, Bobur baribir bosqinchi, uni ko‘tar-ko‘tar qilib bo‘lmaydi degan mazmunda ko‘rsatma berilib, 20-aprel kuni viloyat teatr binosida yarim soatlik ilmiy anjuman o‘tkazildi” 3 . SHunday vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan yozuvchilarimiz Bobur mirzo haqida asarlar yozishga ulgurishdi. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Hayriddin Sultonning “Oy botgan pallada”, “Saodat sohili” kabi asarlari so‘zlarimiz isbotidir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling