Komilova xurshidaxon mansurjon qizining
Xayriddin Sulton. Saodat sohili. -T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2005
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Komilova d
16
Xayriddin Sulton. Saodat sohili. -T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2005 17 Xayriddin Sulton. Saodat sohili. -T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2005 Saodat sohili – vatanda, olampanoh… 18 Yozuvchi qissaning bir necha sahifalarida qahramonning tushkun holatini tasvirlaydi. Bu lavhalar bizga buyuk olim va hukmdor siymosini tasavvur qilish imkonini beradi.Hayotning ming bir zarbalarini ko‘targan, tiriklikning turfa shevalariga duch kelgan, chuqur iztiroblar girdobiga tushgan inson obrazini chizadi: “Bog‘ etagida, azim shamshod va dafna daraxtlari orasida qad ko‘targan muazzam toqi ravoqda Bobur yolg‘iz o‘ltirar edi. Umrining so‘nggi yillarida u saroydagi xushchaqchaq suron bilan to‘la bazm-u tomoshalardan sovigan, jon oluvchi hind raqqosalarining sitamkor ishvalari ham, bulbuligo‘yo shoirlarning shon-shuhrat ko‘yida o‘rtanib aytuvchi dilrabo baytlari ham endi ko‘ngilga zavq bag‘ishlamas edi. U ko‘p vaqtini ko‘zdan yiroq, xilvat shu toqi ravoqda tanho o‘tkazar, ahyon- ahyon, xushi kelgan chog‘lardagina Yusufiyni chaqirib, chog‘ir buyurar edi. Bunday paytlarda Bog‘i Nurafshonga teran sukunat cho‘kar, olampanohning dardmand, miskin kayfiyatini sezgan saroy ahli, mulozimlari un chiqarmaslikka tirishar edilar” 19 . Bu — Boburning tushkun va mahzun, fojeali holatini kitobxon ongiga yetkazib bera oladigan, qalbida Bobur shaxsiga nisbatan xayrixohlik tuyg‘ularini uyg‘otadigan ajib lavhalardir. Bobur qissada tasvirlangan voqea- hodisalar izdihomida fan va madaniyat namoyandalarining taqdiri to‘g‘risida ham muttasil qayg‘uradi. Yozuvchi bu holatni Boburning Hofiz Ko‘ykiyga ko‘rsatgan marhamatlari misolida yoritishga erishgan: “Olampanoh... — Hofiz Ko‘ykiy shohga qimtinibgina murojaat qiladi. — Mening qutlug‘ huzuringizga kelmoqdin maqsadim, avvalo, siz zoti shariflarni ziyorat etmoq bo‘lsa, so‘ng shuhrati yetti iqlimga mashhur allomalaringiz bilan tanishmoqdur. Kutubxonangizdagi noyob durdonalardan baxramand bo‘lmoqlik umidi hamdir”. Hofiz Ko‘ykiy bilan bo‘lgan suhbatlar asarning boshidan Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling