Komilova xurshidaxon mansurjon qizining
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Komilova d
II bob. 2.1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi va davr muhiti ifodasi Badiiy asarni o‘qish jarayonida unda yoritilgan obrazli voqeliklar ko‘z oldimizda gavdalana boshlaydi. Nafaqat, obrazlar qolaversa , shu obrazlar orqali o‘sha davrning ijtimoiy-madaniy muhitiga kirib boramiz. Asar yozishda davr muhitini yoritib bera olish murakkab masala hisoblanadi, ayniqsa tarixiy asarlarda qiyinchilik tug’dirishi tabiiydir. Tarixiy asarda inson bilan uning harakteri, shaxsi, qahramon yashayotgan va harakat etayotgan sharoit bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Inson muhit tasiri ostida o‘z harakteri, imkoniyatlari doirasida o‘zgaradi. Mustahkam irodali kuchli shaxs o‘tkinchi muhit tasiriga to‘liq ma’noda bo‘ysunmaydi. Muhitga qarshilik ko‘rsatish tuyg‘usi asarda kuchli rivojlangan boladi. Ba’zi insonlar esa muhit tasiriga tushib, unga bo‘ysunadilar. Muhit tushunchasi o‘z ichiga oilani, jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni qamrab oladi. Insonni qurshab turuvchi barcha narsa turmush va uning jihozlari tabiat, jamiyat va davlat, shaxs, ya’ni turli davr va xalqlarning madaiyatlari muhit tushunchasiga kiradi. Muhit murakkab va ko‘p ma’noli tushuncha. M. Gorkiy 1912-yilda “Muhit – bu o‘zimiz. Muhit – bu bir-biriga ta’sir o‘tkazuvchi psixik birliklarning muayyan miqdoridir” deb ta’kidlagan edi. Shuning uchun ham muhit tushunchasi badiiy asarda insonga, insonshunoslikka borib taqaladi. Tarixni, tarix haqiqatini badiiy asarlarga olib kirish masaasida uzoq yilardan beri bahslashib kelinadi. Akram Kattabekov “Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat” nomli tadqiqotida bu masalani o‘rganib, tarxiy asarning asosiy xususiyatiga uning “Real tarih bilan hamohangligidir” degan xulosaga keladi. To‘g‘ri tarixiy asarda tarixiy sharoit, ruh o‘z aksini topishi kerak, lekin asar yozilgan davrdagi sharoit va mafkurani ham e’tiborga olish kerak. Ijod kishilari haqidagi tarixiy romanning bosh vazifalaridan biri qahramon taqdirida, uning ijodi va faoliyatida davrning ijtimoiy-siyosiy belgilarini aks ettirishdir. “Asar qahramoni, - deb yozadi bu haqda O. Golubev, - yozuvchi tasvirlanaytgan davrni qanday tushunishi va tushuntirishining bosh mezonidir. Sirasini aytganda, asar qahramoni obrazida mujassamlangan davrning o‘zi tarixiy romanning haqiqiy qahramonidir” “Yulduzli tunlar” romanida davr voqealari ayniqsa keng o‘rinni egallaydi. Yozuvchini qarama-qarshi tomonlar, g’oyalar va qarashlar kurashidan ko’ra davrning konkret voqealari ko’proq qiziqtiradi. Romanda davrning, mavjud tuzzumning bosqinchilik, zo’ravonliklari batafsil ochilgan. Samarqand uchun Shayboniyxon bilan bo’lgan jang, Samarqandning ham qo’ldan ketishi, O’ratepa, Dahkat sargardonliklari, tog‘osha Afg‘oniston yurishi, qo‘shin ichidagi nizolar, Hindistonga yurish, Agra, Panipat uchun janglar davrning eng muhim belgilarini ochib berishga xizmat qiladi. Pirimqul Qodirov o‘zi nishonga olgan davrdagi hayotni butunligicha yaxlit ochib berishi, ya’ni undagi bor ijobiy jihatlar bilan bir qatorda salbiy holatlarni, ziddiyatli vaziyatlarni ham ishonarli tarzda, aniq faktlar asosida ochib beradi. “Chinakam yetuk roman xalq hayotining ma’naviy ko‘zgusi hisoblanadi.Roman keng qamrovli, ulkan fikr mahsulidir.” Romandagi xalq vakillari Tohir, Fazliddin obrazlarida urushning ular taqdirini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborganini ko‘ramiz. Bu orqali yozuvchi shoh va oddiy xalqning taqdirini bog‘lanishini ko‘rsatadi. “Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romandir. Chunki unda roman janriga xos epiklik, tarixiy asarga xos ma’lum o‘tmish davridagi shart-sharoit, xalq, mamlakat hayoti, tarixiy shaxs obrazi orqali yoritiladi va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li asar markazida turadi. Asarning diqqatga sazovor tomonlaridan biri, unda Boburning hayot yo‘li bevosita xalq hayoti bilan bog‘liq holda yoritilganligidir. Pirimqul Qodirov ham Bobur yashagan davr tarixini, sharoitini uzoq yillar o‘rgangan va bu haqida shunday yozadi: “Zahiriddin Muhammad Bobur necha asrdan beri xalqning tilidan tushmay keayotgan, uning dilidan o‘ziga makon topgan o‘lmas tarixiy siymolardan biridir. Albatta, uning fotih, shoh va davlat arbobi sifatida juda murakkab hayot kechirganligini ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Taqdiri murakkab kechgan Boburning shunday og’ir muhitga iste’dodini boy bermasligi, insoniy fazilatlarini yo‘qotmasligi Javaharlal Neru iborasi bilan aytganda, dilbar shaxs sifatida tarixda nom qoldirishi, ulkan sadoqatki, bu kamdan kam odamga muyassar bo‘ladi. Men talabalik yillarimdan beri, qirq yildirki, “Boburnoma” ni qo‘ldan qo‘ymayman. Boburning qadamjolarini borib ko‘rishga intildim, Hindiston, Pokiston boylab sayr qildim, shularning hammasidan bugun chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa shuki, hanuz bizga Boburni jozibali qilib ko‘rsatayotgan tomoni uning oliyjanob insoniy fazilatlari va noyob iste’dodidir. Romanda tarixiy sharoitning real tasviri asosiy o‘rinlardan birini egallab, asar badiiyatini belgilovchi mezonlardan biri sifatida namoyon boladi. Adib asarda Boburning hayotini to‘liq tasvirlamagan, bunga extiyoj ham sezmagan. U qahramoni hayotiga oid asosiy tarixiy voqealarni Bobur harakteri, qarashlariga ta’sirini badiiylashtirgan. . Yozuvchi Bobur harakterini yaratishda qahramonning hatti-harakati orqali davr ijtimoiy hayoti, shart-sharoitlariga alohida diqqat qaratadi. Asar davomida Bobur manaviyatini, yrtuk inson sifatidagi faoliyatini ochib berishga alohida e’tibor beradi. Pirimqul Qodirov asarda Bobur taxtga chiqqan kundan boshlab to umrining oxiriga qadar bo‘lgan voqealarni aniq aks ettirshga harakat qiladi. Bobur bilan bog‘liq hodisalarning bir-biriga chambachas bog‘lanishiga alohida e’tibor beradi. Ma’lumki, Bobur juda qaltis vaziyatda taxtga otiradi. Kechagina ortoqlari bilan oynab yurgan Bobur 12yoshda otadan ajrab birdaniga katta saltanat podshosiga aylanadi. Asarning birinchi qismi “Quva. Qil ustida turgan taqdirlar” so‘zlari bilan boshlanadi. Shundan so‘ng Quva shahri tasviri beriladi: Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan otib kelayotgan Quvasoy qon qo‘shib oqizilgandek qip-qizil bo‘lib ketdi. Muallif bekorga 1494-yilning yozi deya ta’kidlab o‘tmaydi. Asarning boshlanishidan o‘quvchini o‘sha davr muhitiga olib kirishni maqsad qiladi. shu yildan boshlab asosiy voqealar boshlanadi. Aynan Quvasoyning qip-qizil bo‘lib oqishi asarning keying voqealariga ishora beradi. Bexosdan o‘quvchi qizil daryoni koz oldiga keltiradi. Shu paytda majnuntollar panasida suhbat qurib turgan ikki yoshning suhbati ham o‘sha davrdagi xalq xayotini aks ettiradi. - Robiya, inon, men tirik bolsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen! - Tangrim sizni ham panohida asrasin Tohir og’a!... Yog‘iyning ming-ming askari bor. Qaysi biriga bas kelursiz? Ana qochqinlarga qarang!... Tohir orqasiga ogrilib, Quvasoyning quyi tomonlariga ko‘z yugurtirdi. Pastda qamishzor botqoqlik va uning ustidan o‘tgan uzun yog‘och ko‘prik bor edi. Ko‘prikdan chumoliday behisob odamlar, mollar, otlar, aravalar tizilib otib kelayotgani yomg’ir pardasi orasida elas-elas ko‘zga chalinadi. Adib shafqatsiz davr haqiqatlarini yashirmasdan, qabida chuqur afsus va alam bilan xatoliklar qilib, yuzi qaro bo‘lgan Bobur timsoliga o‘z qahramoniga achinadi. Lekin zinhor haqiqatga qarshi bormaydi. Tarixiy davr haqiqatiga asoslanadi va shoh va shoirni tiriltiradi. Boburni obraz sifatida yoritishda shoh va shoir, baxt va baxtsizlikni tadqiq qilishda ham faqat haqiqatga asoslanadi. Asar qahramonining taxtga o‘tirish payti ham ziddiyatli davrga to‘g‘ri keladi. Mamlakatga dushman xavf solib turgan bir qaltis pallada Bobur taxtga o‘tiradi. Podshohlikning ilk kunlarida Bobur buni his qila olmaydi. Xuddi shu paytdagi Boburning holati orqali yozuvchi o‘sha davr amaldorlar yuzini keskin fosh qiladi. Ayni paytda Boburning naqadar yosh va ma’sum ekanligini ham ta’kidlab o’tadi. Bazi bir adabiyotshunoslar asarga baho berishda “Adib ko’p o’rinlarda Boburning ruhiy dunyosini ochish o’rniga harbiy yurishlarini izohlash bilan ovvora bo’lib ketgan” deya izoh berishadi. Bizningcha bu fikr unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmas, chunki yozuvchi qahramonini o’sha davr sharoitidan kelib chiqib tasvirlagan. Shuningdek tarixiy asarlarda davr muhitini yanada yorqinroq ifodalash uchun ko’plab shu davr amaldorlarni tasvirlash yetakchi omillardan biri sanaladi. “Yulduzli tunlar” romanida ham bunday obrazzlarning bir qanchasini uchratishimiz mumkin. Masalan, Ahmad Tanbal, Uzun Hasan, Tiba Sulton kabilarga salbiy bo’yoq berish orqali yozuvchi butun amaldorlar yuzini fosh etadi. Mustaqillikka eishganimizdan so’ng tarixiy shaxslar, o’tmishimiz qahramonlari obrazini yaratishga e’tibor beria boshlandi. Sovet ittifoqi davrida noto‘g‘ri talqin qilingan asarlarga qaytadan yuz burildi. O‘tgan asrda yozilgan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari ham bundan mustasno emas. “Yulduzli tunlar“ asari nafaqat Bobur siymosini yaratishda, balki o‘tmishni yoritishda ham asl manbaa bo‘ldi Romanning boshqa tarixiy asarlardan farqlanib turishining asosi bu uning Boburni butun borlig‘i bilan aks ettirishidadir. Bobur harakterini ochishda adib uni sharoit taqozosidan kelib chiqib yoritadi. O‘quvchi ko‘z o‘ngida mehribon ota, mohir sarkarda, marifatparvar siyosatchi tarzida namoyon bo‘ladi. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani boshdan-oxir tarixiy hujjatlar asosiga qurilgan asarlar toifasiga kiradi. Bu xususiyat asarning barcha qismlarida ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi asarda tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxs hayoti va faoliyatini xronikali tarzda tasvirlab beradi. Adib roman ustida 10 yilga yaqin ish olib boradi. Bu davr ichida Hindistongacha borib keladi va asar uchun o‘z qahramoni va u yashagan davr haqida boy materiallar to‘playdi va ularni jonlantira oladi. Zahiriddin Muhammad Bobur – kuchli hukmdor, fotih va ayni paytda talantli shoir sifatida juda murakkab shaxsdir. Bularning barchasini bir syujet atrofida birlashtirib, qahramonning deyarli to’liq hayotini qamrab olgan asar yaratish undanda murakkabdir. Romanda Boburning ijod ahliga munosabati juda yorqin tasvirlanadi. Bu sohada Alisher Navoiy Bobur intiladigan ideal edi. “Navoiy hazratlari kabi ijod ahliga g‘amxo‘r bu olamda bo‘lmagan” deya qayd qiladi u “Boburnoma” da. Bobur Andijondayoq Fazliddin kabi me’mor va fozil kishilarni o‘ziga yaqin oladi. Keyinchalik ularni Kobulga va Agraga chaqirtirib, go‘zal qasrlar qurishga, me’mor istedodini va orzularini yuzaga chiqarishga intiladi. Bobur Hindistonga bosqinchi bo‘lib bordi. Lekin Shayboniyxon kabi yurtni talamadi. Hindistonni markazlashtrishga intildi, yirik madaniylashtiruv siyosatini olib bordi. U o‘z atrofiga shoir Binoiy, rassom Behzod, tarixchi Mirxond, me’mor Fazliddin kabi fozil kishilarni to‘plab, Andijonda aamalga oshira olmagan gullagan yurt haqidagi orzularini bu yerda amalga oshirishga harakat qildi. Romanda Boburning ijod onlari ham juda hayajonli tasvir etiladi. O‘quvchi ayniqsa, shoirning shoh asari “Boburnoma” ning yozilish tarixi bilan batafsil tanishadilar. Darvoqe, bu asar muhim manbaa sifatida roman voqealarining, tili va kompozitsiyasining asosini tashkil etadi. Pirimqul Qodirov romanda Bobur lirikasi namunalaridan ham ustalik bilan foydalanadi. Bu ijod namunalari qahramonning eng samimiy tuyg‘ulari, qalbini o‘rtagan dardlari bo‘lib, ijodkorning chinakam o‘z-o‘ziga tavbasidir. Masalan, Boburning “Tole yo‘qki jonimg‘a balolig‘bo‘ldi” deb boshlanadiga ruboiysi qay tariqa tug‘ilganligini yozuvchi shunday tasvir etadi: “Panipat jangida erishgan zafardan Bobur qanchalik quvongan edi! Ammo bu jang qancha bolalarni yetim, qancha ayollarni beva qoldirganini, bugungi kelinchakka o‘xshagan qancha bevalar urf-odat bo‘yicha o‘zini olovga tashlaganini mana endi ko‘z oldiga keltira boshladi… Uzoqlarda qolgan Mohim begim esiga tushdi… Boyagi kelinchakning “ Ket, bosqinchi! Ket!” deb qichqirgani uning qulog‘iga qayta eshitilganday bo‘ldi. Bobur ichida “Yo rab, bu ne ko‘rgulik!” – dedi-yu, xayolini boshqa biron narsa bilan band qilish uchun daftar-qalam oldi. Sevgan yoridan va tug‘ilib o‘sgan diyoridan uzoqda u o‘zini behad tolesiz, baxtsiz sezgan paytlari ko‘p bo‘lardi. Hozir ham shu og‘ir tuyg‘u yuragini chulg‘ab oldi. Bobur ko‘nglini daftarga bo‘shatgisi kelib birinchi satrni yozdi: Tole yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi U keng qirg‘oqlar orasida tovushsiz jim oqib o‘tayotgan Jamnaga tikildi. Botib ketgan quyoshning quyuq shafag‘idan daryo suvi qizg‘ish ko‘rinardi. Boburning nazarida, daryosuvini shafaq emas, janglarda to‘kilgan qonlar qizartirib yuborganday tuyildi. U iztirob bilan keying satrlarni yozdi: Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi O‘z yerni qo‘yib , xind sori yuzlandim Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi Bu misralar shoir Bobur bilan podshoh Bobur o‘rtasidagi murakkab ichki ziddiyatni, bu orqali kelib chiqqan buyuk shaxs fojeasini har qanday kishi tushunadigan tarzda to‘la ifodalab beriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling