Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


 Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B400


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana24.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1292701
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Komilova d

33
 Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B400 
34
 Pirimqul qodirov. Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B258


ko‘rsatadi: “Ba'zi baytlari yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir 
vazndadur”.
35
Bobur Husayn Boyqaroni ta’riflar ekan, unga xolis baho berishga harakat qiladi. 
Uning davlat boshqaruvidagi, sipohigarchilikdagi mahoratiga tan bergani, havas 
bilan qaragani holda; umrini farog‘atnishinlikda o‘tkazganini ma’qullamaydi. 
Temur kabi mamlakatini markazlashtirishga intilmaganlikda, ishratparastlikka 
berilganlikda ayblaydi. Husayn Mirzoga baho berar ekan, uning fe’l-atvoridagi
nuqsonlami ham yashirmay bayon etadi: “... hech kun yo‘q edikim, namozi 
peshindin so‘ng ichmagay, vale hargiz sabuhiy qilmas edi, o‘g‘lonlari va jami’ 
sipohig‘a va shahrig‘a bu hol edi. Ifrot bila aysh va fisq qilurlar edi”.
36
Bobur temurzodalar tanazzuli sabablarini tahlil qilib boradi. Bu nuqtayi nazari 
Husayn Boyqaro va uning o‘g‘illari faoliyatiga baho berganda ham ko‘rinadi. Ular 
inqirozining sababini fisqfujur va noahillikda deb biladi: “Fisq va fujur o'zida, 
o'gjonlarida va el-ulusida asru shoe edi. Ushbularning shomatidin edikim, mundoq 
xonavodadin 7-8-yilda bir Muhammad Zamon Mirzodin o‘zga osor va alomat 
qolmadi”. 
Bobuming Husayn Boyqaroga hurmati yuqoriligini “Boburnoma”dagi ko‘p 
dalillar ko‘rsatib turadi. Ayniqsa, uning zamonasida Hirotning har taraflama 
taraqqiy etganini faxr bilan e’tirof etadi: “Hiriynikim, rub'i maskunda andoq shahr 
yo‘qtur va Sulton Husayn Mirzoning zamonida Mirzoning tasarrufidin takallufidin 
Hiriyning zeb va ziynati birga o'n, balki yigirma taraqqiy qilib edi”. Bobur uning 
davridagi Xuroson va Hirot madaniy taraqqiyotiga, adabiy muhit qiyofasiga, 
adabiyot va san’at rivojiga katta e’tibor beradi. Bu jarayonni xolis baholaydi: 
“Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin 
Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi”. 
35
Zahiriddin Muhammad Bobur.Boburnoma.-Toshkent,2018
36
Zahiriddin Muhammad Bobur.Boburnoma.-Toshkent,2018 


Bobur «Boburnoma»da Alisher Navoyini ko‘p marta tilga oladi. Hayotida u 
bilan uchrashmagan bo‘lsada, asarlaridagi mulohazalaridan seziladiki, Navoyini 
ijod yo‘lida o‘ziga ustoz deb biladi. 1500-yilda Navoiydan bir bor olgan maktubini 
“Boburnoma”da faxr bilan yodga oladi. Shu maktubga qaytarilgan javob xatida 
ustoz nazariga turkiyda yozgan bir she’rini yuboradi: “Bu ikkinchi navbat 
Samarqandni olg'onda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib 
edi. Men ham bir kitobat yuborib edim, orqasida turkiy bayt aytib, bitib yuborib 
edim”. 
Navoyining asarlari Bobur uchun ibrat maktabi bo‘lgan. Ulardagi donolik va 
hikmat, sohir tuyg‘ular va go‘zal ifoda unga hamisha ilhom bergan. Bobur 
Navoyining barcha asarlari bilan tanish edi. “Bobumoma”da ulaming deyarli 
barchasi haqida o‘z mulohazalarini bildiradi. Masnaviy - dostonlariga, 4 devondan 
iborat “Xazoyin ul-maoniy”siga yuqori baho beradi. “Turkiy til bila to she’r 
aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”, deya birgina jumlada 
ularning adabiy qimmatini baholaydi. Hatto, Afg‘onistonda ustozi devonidan 
ko‘ngil dardlariga monand tuyg‘ular ifodalangan shoh g‘azallar va baytlardan 
saralab “Saylanma” devon ko‘chirganini ma’lum qiladi: “Alisherbekning to‘rt 
devonidin buhur, avzon bir bayti bila g ‘azallar va abyotkim, intixob qililadur edi, 
itmomig‘a etti”. Navoyi ijodiga baho berar ekan, Bobur o‘z bilim qamrovining 
kengligi va teranligini, badiiy didining yuksakligi va adabiyotshunos olim sifatida 
tafakkur miqyosining cheksizligini namoyon eta oladi. U Navoyidek daho shoir 
merosining ham ayrim nomukammal tuyulgan jihatlariga e’tibor qaratadi. 
“Mezonul-avzon”da ayrim vaznlar talqinida xatoliklar ko‘radi. “Maktubot”ida 
Jomiyga taqlid sezilganidan qoniqmaydi. Forsiy she’rlarida turkiyda aytganchalik 
tarovat va yangilik ko‘rishga ishtiyoq sezadi. “Bobumoma”da Alisher Navoiy 
tasvirida Hirot adabiy muhitining piri murshidi va homiysi siymosini ko‘ramiz. 
Uning bu yo‘nalish'dagi faoliyatiga ham Bobur yuqori baho beradi. Ustoz
Qulmuhammad, Shayx Noyi, Udiy kabi musiqachilar, Behzod, : Shoh' Muzaffar 
kabi musavvirlar, shoirlar, xattotlar va hunarmandlarga rahnamoligi ular kamolida 


muhimligini ko‘fsatadr. “Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va 
muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘g‘ay”. 
Asarda Navoyining siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvidagi o‘mi, mavqei 
haqida ham mukammal tasawur beriladi. Bobur asarida ba’zi dalillami keltiradiki, 
ulardan Navoyining xalq orasidagi hurmati, obro‘si haqida xulosa chiqaramiz. 
Navoyiga zamoriddshlarining hurmati beqiyos edi. Uning har bir so‘zi, har bir 
qadanii ibraf edi: «Alisherbekki, qalin nimalar ixtiro' qilib edi va yaxshi nimalar 
ixtiro‘ qilib edi, har kishikim, har ishta bir nima paydo qildi, ul nimaning rivoj va 
ravnaqi uchun “Alisheriy” der edi”. 
Darhaqiqat, “Yulduzli tunlar”da Bobur va shoh Ismoil munosabatlari ham 
ishonarli tarzda tasvirlanadi. Tarixdan ma’lumki, shoh Ismoil faqat o‘z yerlarini 
kengaytirish uchungina emas, balki shia mazhabini targ‘ib qilish uchun ham 
bosqinchilik harakatlarini olib brogan. Bu holatni Shayboniyxon vafoti munosabati 
bilan amalga oshirilgan razil ishlarida ham ko‘rish mumkin. Shayboniyxon 
vafotidan keyin Buxoro, Andijon va Samarqanddagi temuriyzodalar tarafdorlari 
Boburga yashirincha xatlar yubormoqda edilar. Lekin tarix sahnasiga yangi bir 
kuch, yangi shoh Ismoil kirib kelmoqda edi. Bobur u bilan hisoblashishga majbur 
edi. Chunki bordi-yu shoh Ismoil bilan sulh tuzib shayboniyzodalarga qarshi 
kurashmasa, aksincha, shoh Ismoil shayboniyzodalar bilan Boburga qarshi 
kurashishi mumkin edi. Xuddi shu davrda shia-suniylar kurashi avjiga chiqqan edi. 
“Marv xalqini qilichdan o‘tkazib, shoh Ismoil Hirotga qaytdi. Hirot ayonlariga 
Maliaki masjidida to‘planishni buyuradi. Ular og‘izlari lanat va kufr botqog‘iga 
to‘lsin! -xutba o‘qib allohning rasuli (Alloh rahmat qilsin) Muhammad 
payg‘ambarning sahobalarini va sodiq Oishani (Alloh undan rozi bo‘lsin) 
lanatlashlari lozim edi. Hirot ayonlari yig‘ilgandan so‘ng, ularga o‘sha lanatning 
behosiyat buyrug‘ini yetkazdilar. Hamma jim qoldi. Nihoyat, xofiz Zayniddinni 
minbarga chiqarishga majbur qildilar. Xofiz (Xudo rahmat qilsin) minbarga chiqdi. 
U hammaga rahmat yog‘diruvchi ollohga va koinotimiz xojasiga hamd-u sanolar 


o‘qidi va sahobalarning muborak nomlariga yetkanda , nomus va iymon girbonidan 
bo‘g‘ib, jasorati jo‘sh urdi. Xofiz bu dunyodagi foniy hayot uqubatidan u 
dunyodagi boqiy baxtni Afzal ko‘rdi va dedi: “Men xo‘p yillar sunna va musulmon 
jamoasiga muvofiq xutba o‘qidim. Bugun hayotim quyoshi qarilik ufqiga cho‘kdi. 
Agar men gullab-yashnagan yosh yigit bo‘lganimda ham ysh hayotimni bundayin 
kufr evaziga qutqarmagan bo‘lur erdim. Haliki, qariman v ava umrim shusiz ham 
nihoyasiga yetdi”. Shunday deb, u sahobalarining nomlarini doimgiday ehtirom 
bilan o‘qiy boshlaydi. Qizilboshlar o‘rinlaridan turib ketdilar. Xofizni oq soqolidan 
tortib, pastga tushirdilar va burdalab tashladilar. 
Ertasiga shoh Ismoil shayxulislomni chaqirtirdi. U kelgach, shoh unga qarab 
shunday deydi: “Ey shayx, sen fozil odamsen. Agar xató qilsang afsuslanarli ish 
bo‘lur. Bor, sahobalarni lanatlab, shia ta’limotini qabul qil”. Shayx dedi: - ey 
o‘g‘lim, sen din to‘g‘risida nima bilardingki, menga aql o‘rgatyoritsan? Mening 
huzurimga o‘sha o‘limga loyiq seni badbaxt qilganlarni keltirki asli kofir 
o‘shalardir. Agar so‘zlari asosli bo‘lsa, mayli o‘z dinimdan kechib, ularnikini qabul 
qilay. Agar biz ularga o‘z dinimizning ustunligini isbotlay olsak, u holda sen bu 
kufr yo‘ldan qaytib, bizning chin dinimizga kir”.
37
Yozuvchi asarda hayotiy haqiqatlarni talqin etar ekan, shoh Ismoilning qabih 
ishlarini, uning shia mazhabini ustun qo‘yish uchun olib brogan ishlarini “Yulduzli 
tunlar” da ham ishonarli tarzda bayon qiladi. Bobur qoshiga elchi bo‘lib kelgan 
shoh Ismoil kishilariing xatti-harakatarini ularning maqsadini yozuvchi mahorat 
bilan tasvirlaydi. 
Temuriylar o‘rtasidagi toj-u taxt uchun kurashuvlar natijasida yemirilib 
borayotgan, temuriylar davlati o‘rnida bosh ko‘tarib kelayotgan shayboniylar 
davlati tarix taqozosi bilan vujudga kelmoqda edi. Bu esa Bobur va uning davlatini 
qattiq tahlikaga qo‘ydi. Bobur esa shoh Ismoil bilan bitim tuzib, shuning evaziga 
bobosi obod qilgan mamlakatlarni saqlab qolish uchun harakat qiladi. Lekin 
37
Mirza Muhammad Haydar.Tarixi rashidiy.-Toshkent,1996 


mazhablashtirish siyosati tufayli Bobur sunniylar o‘rtasida qattiq hijolatda qoladi. 
Bu Bobur qismatidgi eng achinarli zarba edi. 
Bobur Samarqandga qarab harakat qilar ekan, shoh Ismoil o‘ttiz ing askar 
beradi va unga juda qattiqqo‘l Najmi Soniy nomli bekni boshliq qilib yuboradi. 
Shayboniyzodalar yengildi, ular shaharni tashlab, Turkistonga qarab ketdilar. 
Biron-ketin Qarshi, Marg’ilon, O‘sh va O‘zgan ham Bobur tasrrufiga o‘tadi. 
Samarqandliklar esa Boburni juda hurmat bilan kutib oladi, uninh Samarqandga 
kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan yozilib, 
ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi. Bobur shahar aholisining bu darajada kutib 
olishini tasavvur qilmagan edi. 
Ana shunday bir vaziyatda shayboniylar qoldirib ketgan xufiyalat Bobur shia 
mazhabiga o‘tganmish, shoh Ismoil Movrounnahrga podsoh bo‘larmish degan 
mish-mishlar tarqatib yurar edilar.
Haqiqatdan ham Bobur jome masjidida o‘n ikki imom nomini xutbaga qo‘shib 
o‘qigatini, shoh Ismoil nomidan tangalar zarb qildirgani Samarqand ahli orasida 
kuchli noozilika sabab bo‘ladi. Lekin o‘z davrining yirik vakili Shayboniyxon 
temuriylar pullaiga nisbatan ikki baravar og‘irroq pullar chiqargan edi. Shuning 
uchun bozorlarda asosan shu pullarda muomala qilinar edi. Bu haqida romanda 
shuday hikoya qilinadi: “ beliga qilich va hanjar taqqan devqomat qizilbosh
navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan 
tikildi. – Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar? - Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech 
kim olmaydi. – Nechun olmassan? Nechun? – kuyib-pishib so‘radi qizilbosh 
navkar. – O‘tmaydi. – Nechun o‘tmas. Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo 
bir yigit javob berdi: - Kelgindilarning puli harom!”.
38
Ushbu ma’lumotlarni Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» 
asarida shunday deb yozadi: “To‘liq 11 yil davomida Movarounnahr o‘lkasida, 
chig'atoy, temuriy va o‘zbek sultonlari bilan shunday janglar va mudofaalar 
38


qiladilarki, ularning sanog‘ini batafsil bayon qilishga qalam ojiz va nuqsonlidir. 
Oxirgi hamrohlari va qarindoshlari boiib, jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, 
yelkalarida chopon, oyoqlarida choriq, qo‘llarida tayoq bo‘lgani holda beyarog‘, 
xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Qobulga qarab yo‘l oldilar”. Bobur Mirzo 
1508-yilida Afg‘onistonning podshosi deb e’lon qiladi va Qobul davlat poytaxti 
bo‘ldi. 1510- yilda Muhammad Shayboniyxon o‘limidan so‘ng Bobur Mirzo Eron 
shohi Shoh Ismoildan yordan olib, Movarounnahr yurush boshladi. 1511 yilda 
Shoh Ismoil qo‘shinlari yordamida shayboniylar qo‘l ostidagi Hisor, Ko‘lob, 
Qunduz, Badaxshon va Qarshi erlarini egallab, Samarqandni ham uchinchi marta 
qo‘lga kiritdi. Movarounnahrni butunlay qo‘lga kiritish niyatida bo‘lgan Boburga 
Safaviylarning tajribali sarkardasi Najmiddan Soniy boshchiligidagi 12 ming 
qo‘shini kelib qo‘shildi. Bobur Samarqandni egallagach, noilojlikdan islomning 
shiyalik yo‘nalisliiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. 
Bu esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki 
Movarounnahr aholisi, Boburning o‘zi ham islomning sunniylik yo‘nalisliiga 
e’tiqod qilganlar. Bu esa shiya va sunniy adovatlari yanda avj olishiga sabab 
bo‘ldi. Boburning ittifoqchilari, shiya mazhabidagi eroniy qizilboshlilarning 
talontarojlari (ayniqsa, Samarqand va Qarshi shaharlarida) tufayli mahalliy aholi 
Boburni qo‘llabquvvatlamadi. Bobur va eroniylarning birlashgan qo‘shinlari bilan 
Shayboniylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1512 yilning noyabrida G‘ijduvon 
yaqinida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jangda Shayboniyxonning jiyani, Sulton 
Mahmudning o‘g‘li Ubaydulla Sulton tomonidan ittifoqchilar qo‘shnini tor-mor 
etildi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Bobur Movarounnahrdan butunlay chiqib ketdi va 
Qobul hamda uning atroflarida o‘z hukmronligini to‘la mustahkamladi [7].
Bobur Samarqandda sakkiz oy hokimiyatini saqlab turdi. Mamlakat 
ichkarisidagi o‘zaro urushlar va Ubaydulloxon va Temur Sulton kabi Shayboniy 
tarafdorlari tomonidan yengilgan Bobur mirzo butunlay Movrounnahrni tashlab 
ketishga majbur bo‘ladi. 


Xulosa 
Ma’lumki, o‘tmishsiz kelejak yo‘q. O‘tmishini, tarixini bilmagan xalqning 
kelajagi ham yo‘q. tariximizga qiziqish, miliy istiqlol davri mafkurasi 
mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda tarixga muhabbat va sadoqat 
tuyg‘usini uyg‘otdi. Natijada “Tarixiy shaxslar qismatini o‘rganish, ularning yutuq 
va kamchiliklaridan ibrat olish juda muhim” (Pirimqul Qodirov) ahamiyat kasb 
etdi. Ayniqsa tarix haqiqati, buyuk o‘tmishimizning tiklanishi millionlar qalbiga 
ezgulik soldi, o‘zligini anglashda asosiy omillardan bo‘ldi. 
Xalqimizning tarixi, madaniyati, ma’naviyatida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan 
siymolar – Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, jaloliddin 
Manguberdi va boshqa vatanimiz istiqboli, ozodligi uchun kurashgan, hayotini
vatan shuhratini olamga yoyish uchun bag‘ishlagan insonlar moziy sahifalaridan 
hamyurtlarimiz 
qalbiga 
ko‘chib, 
milliy 
mafkuramizning 
shakllanishiga, 
ma’naviyatimizga xizmat qilish orqali o‘zligimizni anglashga, mafkuramiz 
qanchalik yuksak va qadimiy ekanligini his qilishga, milliy qadriyatlarimizni 
tiklashga yordam beryapti. 
Adabiy tanqidchilikda asosli ta’kidlanganidek, o‘zbek romanchiligida ayniqsa, 
tarixiy romanlarda umumxalq psixologiyasidan, jamoa ongidan alohida shaxsning 
xususiyatlarini bizdan ko‘p asrlar uzoqda yashagan, lekin intilishlari bugungilar 
bilan mushtarak bo‘lgan qahramonlar taqdirini badiiy anglashning umumiy 
yo‘nalishlari chuqur taxlil etildi. Buning isboti sifatida Otabek (O‘tkan kunlar), 
Navoiy (Navoiy), Ulug‘bek (Ulug‘bek xazinasi), Bobur (Yulduzli tunlar) kabi 
obrazlarni ko‘rsatish mumkin. 
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani yigirma yillik kuzatishlarning, 
izlanishlarning natijasida 1978-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Unda, yozuvchining 
shaxsan guvohlik berishicha, “Bobur taqdiridagi murakkab burilishlar va uning 
ma’naviy o‘sishidagi so‘qmoqlarni tasvirlash ayniqsa qiyin kechgan”. San’atkor 
buni anglab yetgan bo‘lsa-da, atay uni olib tashlamasdan, balki aksincha uni 
yechish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu, shubhasiz tarixiy janr sifatida romanning yutug‘I 


bo‘lishi bilan birga tarixning haqiqiy badiiy talqinini bera olgan Pirimqul 
Qodirovning san’atkorligiga dalildir. 
Adib romanda tarixiy davrning badiiy taliniga jiddiy e’tibor bergan. Chunki 
Bobur yashagan davr muhitini bilmasdan uning obrazini to‘liq ochib berish 
mumkin emas edi. Shuing uchun yozuvchi tarixiy asarlar, solnomalar, hujjatlar 
ayniqsa “Boburnoma” orqali tarixiy muhitni, qahramon hayotiga ta’sir qilgan 
taqdir deb atalmish sharoitning qaltis o‘yinlarini, temuriy shahzodaning sharoitni 
o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarini batafsil o‘rgangan. Bu esa asarda tarixiy 
sharoitning real tasvirlanishiga, tarixiy haiqatning yanada ishonarli bo‘lishidan 
tashqari roman badiiyatining rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shgan. 
Inson o‘zi yashayotgan muhit bilan chambarchas bog‘liq. Sharoit insonning 
harakteri, shaxs sifatida shakllanishiga asoschi bo‘ladi. Romanda sharoitning 
Bobur hayotiga bevosita ta’sir qilgan. Bir kunda uni bolalar safidan yulib olib, 
shoh darajasiga ko‘targan. 
Biz “Yulduzli tunlar” va “Boburnoma” asarlarini qiyoslash orqali quyidagicha 
xulosalarga keldik: 
1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi to‘liq ochib berilgan va uni badiiy 
talqini o‘ziga xos tarzda haqqoniy aks etgan. 
2. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda “Boburnoma” asari asos qilib olingan va 
ular qiyofasi mohirlik bilan chiqib berilgan. 
3. Asar yaratishda Pirimqul Qodirov badiiy tasvir vositalaridan unumli 
foydalangan. Portret, peyzaj tasvirlari asarda haqqoniylikni kuchaytirgan. 
Peyzaj tasviri asosida Bobur yashagan davr muhitini berishga erishilgan. 
4. Bobur xarakterini ochib berishda yozuvchi har tomonlama mukammal tasvir 
yo‘sinini tanlagan. Boburni yozuvchi, shoir, sarkarda, g‘amxo‘r ota, 
mehribon turmush o‘rtog‘I kabi sifatlari yorqin tarzda ochib berilgan. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling