Komilova xurshidaxon mansurjon qizining
Pirimqul Qodirov.Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B198
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Komilova d
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakl-shamoyili
- Fe’l-atvori
30
Pirimqul Qodirov.Yulduzli tunlar.-Toshkent.1999.B198 yashayotgan Mirzoning o‘z o‘limi haqidagi so‘zlaridan haram ahli og‘ir jimlikka cho‘mdi.” Umarshayx mirzoning tashqi qiyofasi haqida asarda faqatgina yuqoridagi so‘zlar keltiriladi. Muallif balki, bunga keng to’xtalib o’tishni joiz deb bilmagan bo’lishi mumkin. “Boburnoma “ asarida esa batafsil ma’lumotlar uchraydi. Shakl-shamoyili: past bo‘yli, yumaloq soqolli, sarg‘ish yuzli, norg‘ul kishi edi. To‘nni rosa tor kiyar edi. Shunchalikki, belbog‘ bog‘laganda qornini ichiga tortib bog‘latar, bog‘lagandan so‘ng o‘zini qo‘yib yuborsa ko‘pincha belbog‘ uzilib ketardi. Kiymoq va yemoqda betakalluf edi. Sallani dastorpech o‘rab qo‘yardi. Fe’l-atvori: hanafiy mazhabida, pokiza e’tiqodli kishi edi. Besh vaqt namozni tark qilmasdi. Umriy namoz qazolarini tamomlagan edi. Aksar tilovat qilar edi. Asarda Umarshayx mirzo haqida ko‘p o‘rinlar berilmagan bo‘lsada biz uni farzandlariga mehribon ota va odil podshoh ekanini quyidagi jumlalar orqali anglashimiz mumkin: “Agar men bu foniy dunyodan ko‘z yumsam, hammangiz Bobur mirzoning amrini hozirgi mening amrim kabi bajo keltirgaysiz. Jahongir mirzo! Mening bu gaplarimni sen ham esda tutgil. Bobur mirzo sendan faqat ikki yosh katta bo‘lsa ham, agar mening o‘rnimda qolsa, sen unga farzanddek sodiq bo‘lg‘il.” Bu so‘zlar orqali mirzo farzandlar o‘rtasida bo‘ladigan toj-u taxt talashlarni oldini olmoqchi bo‘lib nasihat qiladi. Shu gaplar bilan o‘quvchiga ijobiy obraz qiyofasi chizib beriladi. “Boburnoma”da juda ko‘p tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Muallif ularga baho berar ekan, fazilatlarini ham, nuqsonlarini ham mufassal tasvirlaydi. Ba’zan nihoyatda qisqa - bir yoki ikki jumla bilan bir shaxsning tabiati, fe’l-atvori, iqtidor-u salohiyati haqida tasavvur bera oladi. Bobur o‘ziga yaqin kishilar - otasi, amakilari, tog‘alari, ukalari, o‘g‘illari haqida ham, temurzodalar, o‘zbekxonlar haqida ham, ijodkor-u san’atkor haqida ham muhim dalillarni keltiradi. Bobur otasi Umarshayx Mirzo haqida faxr bilan yozadi: “Umar'shayx Mirzo baland himmatliq va ulug' doiyaliq podshoh erdi. Hamisha mulkgirlikdag'dag'asibor erdi...”? Uning “pokiza e’tiqodliq kishi” ekanligini ta'kidlaydi. Adabiyot muxlisi sifatida doston va masnaviylar, tarix va «Shohnoma» o‘qishni yoqtirganini aytadi' She’rni yaxshi anglashi va his qilishini e’tirof etadi: “Ravon savodi bor edi. “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni o‘qub edi. Aksar «Shohnoma» o‘qur edi. Tabi nazmi bor edi, vale she’rg‘a parvo qilmas edi”. Bobur qisqa chizgilarda otasining fe’l-atvori haqida ham mukammal tasavvur uyg‘otadi. Bunday tasvirlarni o‘qir ekanmiz, Bobur tabiatidagi ko‘p fazilatlar otameros jihatlar ekanligini ko‘ramiz: “Bisyor saxovati bor edi. Xulqi dag‘i bor erdi, xushxulq va harrof va fasiq va shirinzabon kishi erdi, shujo1 va mardona kishi edi”. Uning adolati haqida ham havas bilan so‘zlaydi. Bu boradagi ishlaridan ayrirn misollar keltiradi. Jumladan, bir Xitoy karvoni kelayotganda, Andijon yaqinidagi tog‘lardan qor ko‘chadi va karvon qor ko‘chkilari ostida qoladi. Mingdan ortiq kishidan atigi 2 kishi omon qoladi. Umarshayx Mirzo vorislami topib, karvondagi barcha mol-mulklami ularga ziyonsiz topshiradi. Hatto, ayrim merosxo‘rlarni bir necha yillargacha izlatib, ularga ham o‘z ulushlarini salomat yetkazadi. Bobur va u bilan yondosh tarixiy shaxslar haqida to‘xtalar ekanmiz, ushbu o‘rinda professor S. Mirvaliyevning tarixiy roman va uning belgilari haqidagi fikrlari yodimizga keladi: “Avvalo, tarixiy roman bo‘lishi uchun birinchi galda roman tabiatiga, shakliga ega bo‘lishi lozim. Bu degani voqelikni keng va chuqur epik bayon va epik obrazlarda tasvirlash demakdir. Binobarin, tarixiy roman esa ana shu umumiy belgilardan tashqari yana bir necha xususiy sifatlari bilan ajralib turadi. Bu, avvalo, uning o‘tmish haqidagi asar ekanligidir. Ya’ni unga saylangan mavzu o‘tmishdan olingan , yagona hujjat sifatida qayd etilgan bo‘lishi, eng muhimi, tarixiy rivojlanishning burilish yoki ko‘tarilish nuqtasi asar mazmunini belgilamog‘I lozim…Shuningdek tarixiy romanning yana bir belgisi asar yaratayotgan muallif bilan tasvirlanayotgan tarixiy voqelik orasida ma’lum bir oraliq – masofa – distansiyya bo‘lmog‘I lozim… Ba’zi bir adabiyotshunoslar tarixiy romanda tarixiy shaxsning epic obrazi yaratilishi shart deb hisoblaydilar. Ammo, adabiyot qolaversa tarixiy roman tajribasi bunday xulosani hamisha ham to‘g‘riligiga kafolat beravermaydi… Va nihoyat, tarixiy romandagi yana bir muhim belgi tarixiy foni bilan aloqadorlik masalasidir. Ya’ni bir mavzu, bir davr, bir tarixiy hujjat mohiyatini tarix fani ham o‘rganishi , o‘z xulosasini aytishi mumkin. Ayni chog‘da o‘sha davr o‘sha tarixiy voqea, shaxs,hujjat haqida tarixiy roman janri ham hukmini chiqarishi tabiiy. Farqi: birida tavsiflash, birida tasvirlashdir”. 31 “Yulduzli tunlar” romanida Boburning hokimyatdan ayrilib, tog‘asi Toshkent shahri hokimi Sulton Mahmudxon huzuriga borgan paytlari g‘oyat nozik kechinmalar uyg‘unligida tasvirlanadi. “Mahmudxon qo‘ng‘ir ko‘zlarini Boburga sinovchan tikdi.- Siz bilan ittifoq tuzaylikmi, mirzam? – Faqat biz emas ana kichik xon dodam Olachaxon borlarku. – Ha, Olachaxonning qo‘shini bilan mening qo‘shinim o‘ttiz ming bo‘lur. Keyin biz sizning qo’shiningiz bilan birlashurmiz shunda qancha bo‘lur. Boburning ikki yuzi elliktagina odami qolgan edi. Buni yaxshi biladigan Mahmudxon Boburni kulgi qilmoqchi bo’lib shu savolni bermoqda edi. Chindan ham o‘ttiz ming qo‘shini bor xonlar bir dasta askari qolgan, xonumonidan ayrilgan Bobur bilan ittifoq tuzib o‘tirarmidi? Bobur Mahmudxonni o‘ziga yaqin olib shu gapni aytganidan izza bo‘ldi”. 32 Mahmudxon Boburning tog‘asi bo‘lishiga qaramasdan, uni juda sovuq qarshi oladi. Bor- budidan ayrilgan Boburni hatto shahar dorug‘asi ham chiqib kutib olmaydi. Mahmudxonning har bir so‘ziga urg‘u bergan yozuvchi bu orqali Mahmudxonning salbiy qiyofasini yaratadi. Bu o‘rinda Toshkent shahrini yozuvchi tinch-osoyishta shahar deya tariflaydi:” Toshkent… O‘n besh yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar Samarqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. Toshkent qo‘rg‘onining har o‘n ikki darvozasidan odamlar bemalol kirib-chiqib turibdi. Bo‘zsuv va Solor arig’ining bo‘ylaridagi mevali daraxtlar kuz yomg’irida Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling