18 mavzu.Ishlab chiqarishda tebranish.
Ishlab chiqarish tebranishi gigiyenik muammo. Uning manbalari. Tebranishning
fizik ko„rsatkichlari. Gigiyenik ta'rifi. Umumiy va mahalliy tebranish. Tebranish mavjud
ishlab chiqarish korxonalari. Tebranishni organizmga uzatish va tarqalish yo„llari.
Organizmga tebranish ta'siri va unda bo„ladigan o„zgarishlar .Tebranishni ta'sirini
kuchaytiruvchi omillar, ularni reglamentlash yullari. Tebranish kasalligi. Tebranish
ta'sirini oldini olish chora- tadbirlari. Qishloq xo„jalik ishlarida tebranish manbalari,
ularning miqdoriy sifatlari, ta'sirini oldini olish chora tadbirlari. Gigiyenik reglamentlash
prinsiplari, ruxsat etilgan darajalar, me'yoriy xujjatlar.
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14.
19 mavzu. Pestitsidlarni qo„llanilishida mehnat gigiyenasi.
Pestitsid haqida tushuncha. Pestitsidlarni qo„llanishining gigiyenik aspektlari.
Pestitsidlarni qo„llash usullari va turlari ularni gigiyenik ahamiyati. Pestitsidlarni
tasnifi: qo„llanilishi bo„yicha kimyoviy tuzilishi bo„yicha va boshqalar. Pestitsidlarning
salbiy ta'sir etishiga kuyidagi sharoitlar muxim rolni o„ynaydi: bevosita yoki bilvosita
(atrof-muhit ob'ektlari orqali), turlarining xilma xilligi (kimyoviy tuzilishi, miqdoriga
qarab). Umumiy profilaktik chora-tadbirlar: 1 sinf havfli pestitsidlarni ishlatilishini
chegaralash va 2 sinf pestitsidlarni 3 va 4 sinf pestitsidlariga almashtirish, qo„llash
sharoitlarini gigiyenik reglamentlash, mexanizatsiyalashtirish, ishlovchilarni instruktajdan
o„tkazish, ShHV va maxsus kiyimlar bilan ta'minlash, maishiy xonalar jihozlanishi va
mehnat sharoitlari ustidan gigiyenik nazorat o„tkazish, emizuvchi va xomilador ayollarni,
18 yoshdan kichik bo„lganlarni ishga qo„ymaslik.
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14.
20 mavzu. Ishlab chiqarishda keng qo„llaniladigan pestitsidlar gigiyenasi va
Do'stlaringiz bilan baham: |