Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14.
13 mavzu. Ishlab chiqarish changi.
Changning gigiyenik ahamiyati, chang hosil bo„luvchi ishlab chiqarish korxonalari.
Chang hosil qiluvchi manba va usullar. Chang klassifikatsiyasi.
Kondensatsiya va
dezintegratsiya changlari. Changning fizik-kimyoviy tarkibi va ularning gigiyenik
ahamiyati. Changlanganlikni aniqlash usullari va ishlab chiqarishda ularni ko„llanilishi.
Organizmda chang kinetikasi. Chang ta'sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari.
Changning spetsifik va nospetsifik ta'siri. Yuqori nafas yullarida chang ta'siridan
kelib
chiqadigan kasalliklar (bronxit, bronxialnaya astma va boshqalar). Ishlab chiqarish
sharoitida changga qarshi kurash usullari har xil turdagi
changlarga ruxsat etilgan
me'yorlarni reglamentlovchi prinsiplar. Shaxsiy himoya vositalari. Tibbiy profilaktik
chora-tadbirlar.
Adabiyotlar: A - 1,4, Q - 1 Q – 12,13,14.
14 mavzu. Ishlab chikarishdagi elektromagnit nurlanishlar.
Elektromagnit maydonlari (EMM). Halq xo„jaligida qo„llanilishi.
Nurlanishning
asosiy manbalari. Impulsli va doimiy EMM. Elekrtomagnit maydon kuchlanganligini
tasnifi. Mehnat sharoitida har xil chastotadagi EMM o„lchash
usullari va uni gigiyenik
baholash. O„lchov birliklari. Uzluksiz va diskrit EMM. Organizmga ta'siri. O„ta yuqori
chastotali nurlarni o„ziga xos ta'siri EMM ko„rish organlariga klinik holati.
EMM va
boshka fizikaviy omillarni kombinatsiyalashgan ta'siri (rentgen, infraqizil nurlanish,
yuqori temperatura va boshqalar). Ishchilarga ta'sir etuvchi
noqulay omillarga qarshi
tadbirlar. Tibbiy-profilaktik chora tadbirlar. Jamoa va shaxsiy himoya vositalar. EMM
radiochastotalar bilan ishlaganda qo„llaniladigan sanitar qonunlar. Ruxsat etilgan daraja.
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14.
Do'stlaringiz bilan baham: