Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
Ma'lum tarzidagi (kattalikdagi) jismoniy ish bajarganda organizmda bo„ladigan
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat og„irligi va keskinligini baholash.
Ma'lum tarzidagi (kattalikdagi) jismoniy ish bajarganda organizmda bo„ladigan
fiziologik reaksiyalarning o„rganish bo„yicha tajriba. Tajriba bajarish uchun guruhdan 1 yoki 2 talaba tekshiriluvchi sifatida tanlab olinadi. Buning uchun guruhdagi talabalar barcha o„zlashtirilgan fiziologik uslublarni o„za'ro taksimlab olib, tekshiriluvchi organizmining barcha a'zo va tizimlarining (yurak-qon tomir, nafas, mushak, markaziy asab tizimi) fiziologik reaksiyalarini aniqlashadi. Keyin tekshiriluvchi ma'lum vaqt (3-5 daqiqa) veloergometrda ma'lum dozadagi ishni bajaradi. Ishning oxiriga yaqin yurak qon-tomir va nafas tizimlarning asosiy ko„rsatkichlari (puls, qon bosimi, nafas tezligi) aniqlaniladi. Undan keyin tekshiriluvchi ishini to„xtatgach, barcha tizimlarining ish paytidagi fiziologik reaksiyalari aniqlanadi. Tekshiriluvchi ishni to„xtatgandan 10 daqiqadan keyin organizmdagi funksiyalarning tiklanish jarayoni qanday bo„layotgani aniqlash uchun 3 marta tekshiriluvchi tiklanish davomidagi funksional holati aniqlanadi. Tajriba davomidagi barcha olingan natijalar maxsus shaklga kiritilib, tahlil qilinib, bajarilgan ish og„irligi va keskinligi to„g„risida xulosa chiqariladi. Mehnat og„irligi va keskinligini baholash. Gigiyena vrachining muxim vazifalardan biri, bu mehnat toliqish darajasini aniqlash xamda jarayonning ratsionalligini baholashdan iboratdir. Mehnatning og„irligi va keskinligi degan tushunchalar SanQvaM № 0049-96 y. «Mehnat gigiyenik tasnifi» da kuydagicha ta'rif berilgan – mehnatning og„irligi mehnat jarayonining ko„prok xarakat-tayanch apparati va funksional tizimlarga (yurak qon-tomir, nafas, va boshqalar) tushadigan og„irlikni aks ettiruvchi tavsifdir. Mehnat keskinligi – mehnat jarayonining ko„proq markaziy asab tizimiga tushadigan og„irlikga aytiladi,ammo bu tushunchalar shartli tushunchalardir, chunki xar qanday jismoniy mehnat ma'lum darajada markaziy asab tizimining faoliyatsiz amalga oshmaydi va aksincha xar qanday akliy mehnatda ma'lum darajada xarakat-tayanch tizimi ishtirok etadi. Mehnat faoliyatlarning turli-tumanligi, ularning funksiyalariga, ya'ni a'zo va tizimlarning faoliyatlariga turlicha ta'sir qilib, xilma-xil o„zgarishlar chakirishi barcha xil mehnat faoliyatlarini chuqur o„rganib, ularni sistemaga solib klassifikatsiyalashtirishni taqozo qiladi. Bunday klassifikatsiya avvalombor, kator amaliy masalalarni jumladan, mehnatni me'yorlashtirish, mehnat va dam olish tartibini ratsionallashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish, turli imtiyozlarni asoslash va boshqalar uchun zarur. Ishlab chiqarish faoltyati jarayonida mehnatning uning tavsifi va fiziologik funksiyalarning siljishiga qarab kompleks baholash uchun SanKvaM № 0049-96 y. «Ishlarning og„irlik va keskinlik darajasi bo„yicha gigiyenik klassifikatsiyasi» dan foydalanish mumkin. Undan tashqari yuqorida aytib utilgan «Mehnatning gigiyenik klassifikatsiyasi (ishlab chiqarish muxit omillarining, mehnat jarayoni og„irligi va keskinligining xaflilik va zararlik ko„rsatkichlari bo„yicha)». Birinchi keltirilgan klassifikatsiya bo„yicha ishlar og„irligi va keskinligi bo„yicha quyidagi kategoriyalarga bo„linadi: Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling