Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

 
3.2. Ma'ruzalarning mazmuni 
1 mavzu. Mehnat gigiyenasi faniga kirish ma'ruzasi. 
Umumiy mehnat gigiyenasi; gigiyena fanining ta'rifi, masalalari, usullari, 
muassasalari haqida tushuncha. Asosiy terminologiya va tushunchalarning ta'rifi. Mehnat 
gigiyenasi tarixining rivojlanishi; asosiy rivojlanish bosqichlari. Avitsenna, B. Ramatsinni 
va shu kabi olimlarning ishlarining mohiyati, O„zbekistonda mehnat gigiyenasi 
muammolarini xal etishdagi roli, ishlab chiqarishda zararli va xavfli omillar haqida 
tushuncha, ularning tasnifi, hosil bulish sabablari, ularni ishchilar salomatligiga va ish 
faoliyatiga ta'siri. Mehnat jarayonida ishning og„irligi va keskinligini, mehnat sharoitini 
zamonaviy tasniflash usullari. Fanni boshqa fanlar bilan bog„likligi (gigiyenik, biologik, 
klinik va texnikaviy). Davlat sanitariya nazoratida mehnat gigiyenasi sistemasi (muassasa, 
qonuniy asoslar, faoliyat turlari, ish uslubi va turlari). Mehnat gigiyena vrachining 
deontologiya va etikasi. 
Adabiyotlar:
A - 1,2,9; Q – 11,12,14. 
2 mavzu. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida mehnat gigiyenasi 
vrachining ish mazmuni. 
Mehnat gigiyenasi shifokori o„z faoliyati davomida 3 guruh mehnat faoliyat ishlari bilan 
shug„ullanadi: bu tashkiliy uslubiy ishlar (TUI), ogohlantiruvchi sanitariya nazorati 
(OSN), joriy sanitariya nazorati (JSN). 
Tashkiliy uslubiy ishlar: DSENM mehnat gigiyenasi shifoqorining ish faoliyatini 
asosiy qismlaridan biri bo„lib hisoblanadi. 
Ushbu faoliyat o„z tarkibiga rejalashtirish (yillik, yarim yillik, chorak) va o„z 
faolioyatini tahlil qilish, DSENM laboratoriyasini ish faoliyatini boshqarish va nazorat 
qilish, ishlab chiqarish ob'ektlari tarmoq laboratoriyalari, tarmoq DSENM bilan bo„lgan 
aloqani olib borishni o„z ichiga oladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalaridagi 
nazorat faoliyati bilan shug„ullanayotgan barcha xodimlarni malakasini oshirish ishlarini 
olib borish, ularga yangi davlat sanitariya nazorati bo„yicha qonunchilik hujjatlari
meteorologiya va standartlash idoralarini yangi uslubiy hujjatlari bilan tanishish, ilmiy-
ishlab chiqarish seminarlari tashkil qilish, nazorat ostidagi hudud bo„yicha yangi hisobot 
hujjatlari va boshqa zarur materiallar bilan tanishtirib borish ishlari olib boradi. 
TUI olib borishda mehnat gigiyenasi vrachi asosiy ish faoliyatini quyidagilardan 
iborat:optimal ish sharoitlarini yaratish, umumiy va kasb bilan bog„liq kasallanishni 
kamaytirish, ish bajarish qobiliyatini oshirishdir. 
Adabiyotlar
: A - 1,2,9; Q – 11,12. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling