3.2. Ma'ruzalarning mazmuni
1 mavzu. Mehnat gigiyenasi faniga kirish ma'ruzasi.
Umumiy mehnat gigiyenasi; gigiyena fanining ta'rifi, masalalari, usullari,
muassasalari haqida tushuncha. Asosiy terminologiya va tushunchalarning ta'rifi. Mehnat
gigiyenasi tarixining rivojlanishi; asosiy rivojlanish bosqichlari. Avitsenna, B. Ramatsinni
va shu kabi olimlarning ishlarining mohiyati, O„zbekistonda mehnat gigiyenasi
muammolarini xal etishdagi roli, ishlab chiqarishda zararli va xavfli omillar haqida
tushuncha, ularning tasnifi, hosil bulish sabablari, ularni ishchilar salomatligiga va ish
faoliyatiga ta'siri. Mehnat jarayonida ishning og„irligi va keskinligini, mehnat sharoitini
zamonaviy tasniflash usullari. Fanni boshqa fanlar bilan bog„likligi (gigiyenik, biologik,
klinik va texnikaviy). Davlat sanitariya nazoratida mehnat gigiyenasi sistemasi (muassasa,
qonuniy asoslar, faoliyat turlari, ish uslubi va turlari). Mehnat gigiyena vrachining
deontologiya va etikasi.
Adabiyotlar:
A - 1,2,9; Q – 11,12,14.
2 mavzu. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida mehnat gigiyenasi
vrachining ish mazmuni.
Mehnat gigiyenasi shifokori o„z faoliyati davomida 3 guruh mehnat faoliyat ishlari bilan
shug„ullanadi: bu tashkiliy uslubiy ishlar (TUI), ogohlantiruvchi sanitariya nazorati
(OSN), joriy sanitariya nazorati (JSN).
Tashkiliy uslubiy ishlar: DSENM mehnat gigiyenasi shifoqorining ish faoliyatini
asosiy qismlaridan biri bo„lib hisoblanadi.
Ushbu faoliyat o„z tarkibiga rejalashtirish (yillik, yarim yillik, chorak) va o„z
faolioyatini tahlil qilish, DSENM laboratoriyasini ish faoliyatini boshqarish va nazorat
qilish, ishlab chiqarish ob'ektlari tarmoq laboratoriyalari, tarmoq DSENM bilan bo„lgan
aloqani olib borishni o„z ichiga oladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalaridagi
nazorat faoliyati bilan shug„ullanayotgan barcha xodimlarni malakasini oshirish ishlarini
olib borish, ularga yangi davlat sanitariya nazorati bo„yicha qonunchilik hujjatlari,
meteorologiya va standartlash idoralarini yangi uslubiy hujjatlari bilan tanishish, ilmiy-
ishlab chiqarish seminarlari tashkil qilish, nazorat ostidagi hudud bo„yicha yangi hisobot
hujjatlari va boshqa zarur materiallar bilan tanishtirib borish ishlari olib boradi.
TUI olib borishda mehnat gigiyenasi vrachi asosiy ish faoliyatini quyidagilardan
iborat:optimal ish sharoitlarini yaratish, umumiy va kasb bilan bog„liq kasallanishni
kamaytirish, ish bajarish qobiliyatini oshirishdir.
Adabiyotlar
: A - 1,2,9; Q – 11,12.
Do'stlaringiz bilan baham: |