Kommunal va mehnat gigiyenasi


Download 230 Kb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi230 Kb.
#1454324
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1,2,3-машғулот, Боғчада УАШ lotin

6.MASHG’ULOTNING MAZMUNI


6.1.Nazariy qism
Maktab vrachining ish mazmuni. Maktab vrachi (uyushgan bolalar jamoalari vrachi) bolalarning salomatligini va eng muvofiq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ko’p qirrali ishlarni bajarishi kerak. Maktab vrachi ishining asosiy bo’limlari quyidagilardan iborat:

  1. Davolash-profilaktika ishlari: bolalarning jismoniy rivojlanishini nazorat qilish, ularni yillik tibbiy ko’riklardan o’tkazish va olingan natijalarni bolalarning shaxsiy kartalariga o’tkazish, birinchi vrachlik yordamini ko’rsatish, bolalar o’rtasida degelmintizatsiya ishlarini o’tkazish, og’iz bo’shlig’i va tishlarni ko’rikdan o’tkazish va uni sanatsiya qilish, 2-5 sog’lomlik guruhlariga kiruvchi bolalar o’rtasida sog’lomlashtirish ishlarini amalga oshirish.

  2. Epidemiyalarga qarshi ishlar: bolalarning maktabdagi davomati (o’qishga kelmaganlik sabablarini o’rganish), rejali va shoshilinch emlash ishlari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyalarning o’tkazilishini nazorat qilish.

  3. Sanitar-gigiyenik ishlar:

  • maktablarni to’g’ri rejalashtirilishi, qurilishi, jihozlanishini nazorat qilish (SEOvaJSX bilan hamkorlikda);

  • maktabning tarkibiy bo’limlarining oqilona joylashishini nazorat qilish;

  • sinflar va boshqa xonalarning jihozlanishi (san.tex jihozlar, mebellar, shamollatish uskunalari va b.q.) ni nazorati;

  • sinflarning to’g’ri to’ldirilishini nazorat qilish (o’quvchilar soni bo’yicha);

  • jismoniy tarbiya darslarining to’g’ri tashkil qilinishi va o’tkazilishini nazorat qilish;

  • o’quvchilarni partada to’g’ri o’tkazilishi va ularning to’g’ri o’tirishini nazorat qilish;

  • gigiyenik sharoitlarni nazorati - yoritilganligi, mikroiqlimi, xonalar havosining tozaligi, sanitar-texnik jihozlarning sozligi, xonalar, sinflar va maktab hududining sanitar holati;

  • maktabdagi dars jadvaliga bo’lgan gigiyenik talablarning bajarilishini nazorati;

  • maktabda o’quvchilarni ovqatlanishini va ovqatlanish sifatini tashkil etilganligini nazorati;

4.Sanitar oqartuv ishlari.
5.Maktiabni bitiruvchi o’quvchilar o’rtasida kasbiy maslahatlar, ya’ni ularning salomatligi bo’yicha qanday kasblarda ishlash mumkinligi to’g’risidagi maslahatlar.



Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling