Kommunal va mehnat gigiyenasi


MAKTABDA SANITARIYA-OQARTUV ISHLARI


Download 230 Kb.
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi230 Kb.
#1454324
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1,2,3-машғулот, Боғчада УАШ lotin

MAKTABDA SANITARIYA-OQARTUV ISHLARI
Maktabda sanitariya-oqartuv ishlari asosan uchta yo’nalish bo’yicha olib borilishi kerak:

  1. O’quvchilarni gigiyenik tarbiyalash;

  2. Pedagoglar uchun sanitar-oqartuv ishlari;

  3. Ota-onalar o’rtasida sanitar-oqartuv ishlari.

Bunda o’quvchilarni gigiyenik tarbiyalash asosiy yo’nalish hisoblanadi, chunki aynan maktab sharoitida o’quvchilarda sog’lom turmush tarzi elementlariga doir ko’nikmalar va kasalliklarni oldini olishga doir bilimlar shakllana boshlaydi.
Maktabda gigiyenik tarbiyalashning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi: gigiyena darslari, suhbatlar, video - va kinofilmlarni namoyish etish, “salomatlik reydlari”, ko’rgazmali mashg’ulotlar, chop etilgan materiallardan foydalanish, sanbyulletenlar kabi.
O’quvchilarning gigiyenik tarbiyalashdagi asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi:

  • o’quvchilar uchun ma’lumotlarning yetkazilishi;

  • sanitar oqartuv mavzusini tanlashda o’quvchilarning yoshini hisobga olish;

  • ma’lumotlarning ko’rgazmali bo’lishi;

  • ma’lumotlarning yetarlicha bo’lishi (har bir prinsipni tushuntirish, misollar keltirish).

Gigiyenik tarbiyalashda foydalaniladigan eng asosiy usullardan biri san byulletenlar orqali tarbiyalash hisoblanadi. Bu yo’nalish turli hildagi mavzular bo’yicha bo’lgan ma’lumotlarni bolalar ongiga yetkazish imkoniyatini beradi va yuqorida ko’rsatilgan gigiyenik tarbiyaning hamma prinsiplarini o’zida mujassamlashtirishi mumkin; sanbyulltenlar shunday ma’lumot berish turiga kiradiki, ular orqali uzoq muddat davomida bolalarda shu bilimlarni shakllanishiga va mavzuni vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turish imkoniyatiga egadir.


6.2. Amaliy qism
Mavzu asosidagi nazariy bilimlar berilgandan so’ng, o’qituvchi ko’rgazma xonasida talabalarga sanbyulletenlarni rasmiylashtirishga doir ko’rgazmali ishlarni tushuntiradi, talabalarning mustaqil ishlashlari uchun maktab kontingentiga mo’ljallangan san byuleten mavzulari (o’qituvchi tomonidan belgilanishi yoki talabalarning xohishiga ko’ra belgilanishi mumkin) tanlab olinadi va shu proyekt asosida talabalar mustaqil ravishda ishlaydilar. Tanlab olingan mavzular masalan, maktab tarbiyalanuvchilari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilishga, shaxsiy gigiyena qoidalarini targ’ibotiga, ko’p uchrab turadigan yoki mavsumiy yuqumli kasalliklardan saqlanishga doir mavzular bo’lishi mumkin. O’qituvchi talabalarga mustaqil ishni bajarishlari uchun quyidagi yo’riqlarni beradi:
-tanlab olingan mavzu yuzasidan iloji boricha ko’proq ma’lumot to’plash;
- to’plangan ma’lumotlar maktab yoshi o’quvchilariga tushunarli bo’lishini ta’minlash (o’quvchilarni yoshiga qarab);
-san byulleten illyustratsiyasi uchun eskiz tayyorlash (xonaki chizmalar, diagrammalar va matnlar tayyorlash);
- o’qituvchi tomonidan har bir tayyorlangan eskizlardagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab talabalarni to’g’ri yo’lga solish.
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari oilada va hamda maktabgacha va maktab muassalaridagi tarbiyalash va o’qitish sharoitlarinng qanday yaratilganligiga bog’liqdir. Bunday eng ko’p ahamiyatga ega bo’ladigan omillar qatoriga bolalarning ovqatlanish sifati, jismoniy yuklamalarning xarakteri va darajasi, o’qish joylarining tashkil etilganligi, oqilona tuzilgan va bajariladigan kun tartibi, maktabdagi darslarning tartibi va xarakteri, bolalar muassasalaridagi sanitar-texnik jihozlarning sozligi, xonalarning yoritilish sifati va b.q. kiradi. Shuning uchun vrach bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish belgilarini tekshirish va baholay olishni bilishi va olingan natijalar asosida ularga yaratilgan tarbiyalash va o’qitish sharoitlari haqida fikr yurita olishi kerak.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash albatta yiliga bir marta o’tkazilib, olingan natijalarni har bir bolaning shaxsiy rivojlanish kartasiga yozib borilishi shart. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi haqida bir qator belgilar (ko’rsatkichlar) orqali fikr va xulosa chiqarish mumkin bo’lib, bu ko’rsatkichlar uchta guruhga bo’lingan:

  1. Somatometrik ko’rsatkichlar - bo’y, vazn va ko’krak qafasi aylanasi (KQA)

  2. Fiziometrik ko’rsatkichlar- mushaklar kuchi, o’pkaning tiriklik sig’imi, A/B (arterial bosim) qiymati, puls tezligi, teri osti yog’ qavatining qalinligi;

  3. Somatoskopik ko’rsatkichlar - skeletning holati, badan terisining holati, doimiy tishlarning soni, jinsiy rivojlanish formulasi.

Bu belgilarni tekshirishda ayrim qoidalarga rioya qilinishi kerak.
Bolaning bo’yi yog’ochli yoki temirli bo’y o’lchagichda aniqlanadi. O’lchashlarning ertalabki soatlarda o’tkazilishi kerak. O’lchash vaqtida bo’y o’lchagichning vertikal taxtasiga bola tanasining quyidagi qismlari tegib turishi kerak: kurak oralig’idagi umurtqa pog’onasi, dumba sohasi, tovonlar; bosh biroz oldinga egilgan holda bo’ladi.
Vazn tibbiy tarozi yordamida aniqlanadi. Bolaning yoshini hisobga olgan holda (bola nonushta qilgan bo’lishi shart- tahminan -0,3 kg) olingan qiymatlardan (ovqat uchun - 0,3 kg), kiyimlardan (yil fasllariga muvofiq -0,3-0,5 kg) va vazndan esa -0,5 kg (yozda) - 1 kg (qishda) olib tashlanadi.
KQA santimetrli tasma yordamida aniqlanadi, buning uchun tasma orqa tarafda kurak burchaklari sohasida, oldi tomonda esa, o’g’il bolalarda - 4 qobirg’a sohasida, qiz bolalarda ko’krak bezi aylanasining ustki qismida turishi kerak.

Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling