Kommunar-2003” xususiy korxonasidagi parmalash dastgohini elektr yuritmasini loyihalash


I. 2. Parmalash dastgohining asosiy qismlari, kinematik sxemasi, texnik xarakteristikalari va texnologik hususiyatlari


Download 0.67 Mb.
bet4/24
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1637921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2Н135 Parmalash

I. 2. Parmalash dastgohining asosiy qismlari, kinematik sxemasi, texnik xarakteristikalari va texnologik hususiyatlari.
Har qanday ishchi mexanizm yoki qurilma, ma’lum texnologik operatsiyani bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan: kran – yuk ko‘tarish yoki siljitish uchun, tokarlik dastgohi – detallarga kesib ishlov berish uchun, press – detallarni bosim bilan tayyorlash uchun, compressor – siqilgan havoni uzatish uchun, uzluksiz transport mexanizmlari – yuklarni, passajirlarni tashish uchun va h.k. Mashinasozlik korxonalarida metallarga ishlov berish dastgohlari ihlab chiqarish jarayonida asosiy o`rinni egallaydi. Parmalash dastgohlari vertical-parmalash va gorizontal-parmalash dastgohlariga bo‘linadi. 1-rasmda 2H135 modeldagi vertical – parmalash dastgohining umumiy ko‘rinishi berilgan.

1-rasm: Vertikal- parmalash dastgohining umumiy ko‘rinishi
1-yuritma ; 2- tezliklar karobkasi; 3,4- nasos, 5- uzatma korobkasi, 6- colonna; 7- tezlikni boshqarish mexanizmi, 8- elektr jihozlar, 9- parmalash shpindeli; 10- sovutish trubkasi; 11- shturval; 12- uzatmalarni boshqarish mexanizmi; 13- stol; 14- asos; 15- sovutish tizimining nasosi; 16- parmalash golovkasi.
Parmalash dastgohlarida detallarga turli o‘lchamdagi teshiklar ochiladi, quyish va shtampovka qilish natijasida hosil qilingan uyalarni tozalash va tekkislash ishlari bajariladi.
Dastgoh bir qator asosiy qismlardan iborat. Dastgohning 14 asosiga 6 qo‘zg’almas kolonna qatirilgan, kolonnaning vertical yonaltiruvchilari bo‘ylab 16 parmalash goovkasi xarakatlanadi. Dastgohning 5 uzatma korobkasi yordamida shpindelni uzatish tezligi rostlanadi. Dastgoh asosiga 13 stol joylashtiriladi, stolga ishlov beriladigan detal o‘rnatiladi. Dastgohnng bosh yuritmasi bu 9 parmalash golovkasining xarakati hisoblanadi. Bosh yuritma xarakati dastgohning ustki qismida joylashgan elektrodvigatel yordamida amalga oshiriladi.Kesuvchi asbob esa parmalash golovkasiga o‘rnatiladi, parmalash asbobi va detalga 10 sovutish trubkasi orqali suyuqlik yuboriladi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling