O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “TIZIMLI VA AMALIY
DASTURLASHTIRISH” KAFEDRASI
“DASTURIY TA’MINOT QURILMASI VA EVOLYUSIYASI”
FANIDAN
1 - AMALIY ISH
Bajardi: Najmiddinov Jamshid 315-18
Tekshirdi: Sharipov Bahodir
TOSHKENT – 2023
AMALIY ISH.
Mavzu: HALSTEDNING MURAKKABLIK O‘LCHOVLARI
Ishning maqsadi: Halsted dasturlarining metrik nazariyasi asoslarini o'rganish, dastur modullari uchun miqdoriy xarakteristikalarni hisoblash.
Vazifa: 1. Nazariy material bilan tanishish.
2. Berilgan masala uchun dastur yozish, murakkablikni aniqlash uchun Halstedning murakkablik o‘lchovlari asosida dasturning miqdoriy xarakteristikalarni hisoblash.
3. Amaliy ish bo’yicha hisobot tayyorlash.
NAZARIY QISM
Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash (“Software Construction”) bilim sohasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: murakkablikni kamaytirish (Reduction in Complexity), uslubdan og’ishning oldini olish (Anticipation of
Diversity), sinovlarni tuzilmalashtirish (Structuring for Validation), tashqi standartlardan foydalanish (Use of External Standards). Murakkablikni kamaytirish - bu konstruktsiyalashdagi murakkablikni minimallashtirish, kamaytirish va alohida qismlarga bo’lish. Murakkablikni minimallashtirish, ijrochilarning murakkab tuzilmalarni va uzoq vaqt davomida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyatining cheklanganligi bilan belgilanadi.
Murakkablikni minimallashtirishga, xususan, konstruktsiyalash jarayonida modullar va boshqa sodda elementlardan foydalanish, shuningdek, standartlarning tavsiyalari yordamida erishiladi. Dasturiy ta’minotning murakkabligi - bu dasturlashning ajralmas xususiyati bo’lib, u dasturlarni yaratish vaqti va xarajatlarida, dastur matnining hajmida yoki uzunligida, boshqaruvni uzatuvchi operatorlari (tarmoqlanish operatorlari, davriy operatorlar, funktsiyalarni chaqirish) tomonidan o’rnatilgan mantiqiy tuzilishining xususiyatlarida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |