Mustaqil ish test savollari ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistemaga nima deyiladi?


Download 14.4 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi14.4 Kb.
#1278761
Bog'liq
12-topshiriq


MUSTAQIL ISH TEST SAVOLLARI


1. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistemaga nima deyiladi?
A. Emulsiya. B. Murakkab modda S. Aralashma.
D. Eritma.
2. Ikkita metallni suyuqlantirib aralashtirilganda qanday eritma hosil bo’ladi?
A. Qattiq eritma. B. Suyuq eritma. S. Dag’al eritma.
D. Bufer eritma.
3. Eritmaning yoki erituvchining ma‘lum massa miqdorida yoki ma‘lum hajmida erigan modda miqdori eritmaning nimasi deyiladi?
A. Zichligi. B. Qovushoqligi. S. Konstantasi.
D. Kontsintratsiyasi.
4. Eritma kontsentratsiyasi erigan moddaning 1 litr eritmadagi mollar soni bilan ifodalansa, unga qanday kontsentratsiya deyiladi?
A. Massa ulush. B. Normall kontsentratsiya. S. Molyar kontsentratsiya.
D. Molyal kontsentratsiya.
5. Eritma kontsentratsiyasi erigan moddaning 1 litr eritmadagi ekvivalentlar soni bilan ifodalanishiga qanday kontsentratsiya deyiladi?
A. Massa ulush. B. Normal kontsentratsiya. S. Molyar kontsentratsiya.
D. Molyal kontsentratsiya.
6. Eritmaning 1 millilitridagi erigan moddaning massa miqdori qanday kontsentratsiyani ifodalaydi?
A. Massa ulushni. B. Molyarlikni. S. Normallikni.
D. Titrni.
7. Eritmada eruvchanligidan ortiqcha modda erigan bo’lsa, bunday eritmaga qanday eritma deyiladi? Bunday eritma, odatda eritmani qizdirib hosil qilinadi, sovigandan keyin esa, beqaror holatga o’tadi.
A. Suyultirilgan eritma. B. To’yingan eritma.
S. O’ta to’yingan eritma. D. Kontsentrlangan eritma.
8. O’zgarmas haroratda ma‘lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to’g’ri proportsional bo’ladi. Bu qaysi qonunning ta‘rifi?
A. Gess qonunining. B. Raul qonunining.
S. Genri qonunining. D. Genri – Dalton qonunining.
9. Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya‘ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar hech qanday xalal bermaydi, erigan gazning miqdori uning partsial bosimigagina proportsional bo’ladi. Bu ta‘rif qaysi qonunning ta‘rifi?
A. Raul qonunining.
B. Faradey qonunining. S. Genri qonunining.
D. Genri – Dalton qonunining.
10. Tarkibida bog’langan suv molekulalari bor qattiq moddalarga nima deyiladi?
A. Gigroskopik moddalar. B. Eruvchi moddalar
S. Erimaydigan moddalar. D. Kristallgidratlar.
Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling