Kommunikatsiya siyosati sotuvni rag‘batlantirishning mohiyati, maqsadi va uslublari Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosati


Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish


Download 109.31 Kb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi109.31 Kb.
#1507847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish
Rag‘batlantirishning aniq usullarini tanlab olishda marketologlar quyidagilarni hisobga olishlari lozim:
rag‘batlantirish o‘lchami (kompaniya muvaffaqiyati uchun rag‘bat (stimul) ayrim minimal darajadan oshishi kerak);
dasturda ishtirok etish shartlari (rag‘batlar hammaga yoki alohida shaxslar guruhiga berilishi mumkin);
kompaniyaning davomiyligi (ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra kompaniyani chorakda bir marta davomiyligi uch hafta yoki tovarni sotib olinishining o‘rtacha sikli davomida rag‘batlantirish o‘tkazishi optimal hisoblanadi);
rag‘batlantirishni tashuvchilarni tarqatish usullari (chegirma bilan taklif qilingan kuponlar bevosita o‘ramga qo‘yilishi do‘konlar, pochta orqali yoki bevosita reklama mahsuloti bilan birga tarqatilishi mumkin);
savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha kompaniya tadbirlar o‘tkazish muddatlari;
dasturning umumiy budjeti. Kompaniya umumiy konsepsiyasini teztez realizatsiya qilish uchun marketologlar bir necha usulni qo‘shib olib boradilar.
3. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari
Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar, xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi hisoblanadi.
Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi. Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majbur. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiboriga erishishga kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib kommunikatsiya vositasi va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turlitumanligi hisoblanadi.

Download 109.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling