Kommunikatsiya siyosati sotuvni rag‘batlantirishning mohiyati, maqsadi va uslublari Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosati


Download 109.31 Kb.
bet14/14
Sana16.06.2023
Hajmi109.31 Kb.
#1507847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

Savdoni rag‘batlantirish – reklamaga va shaxsiy savdoga qo‘shimcha bo‘lgan hamda muayyan tovar savdosini tezlashtirish va kengaytirishga qaratilgan barcha vaqtinchalik va mahalliy chora– tadbirlarni qamrab oladi.
Jamoatchilik bilan aloqalar (Public Relations) - tashkilot va jamoalar o‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar orqali ruhiy hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratishga qaratilgan. Bu yerda kommunikatsiyalarning maqsadi faqat savdoni tashkil qilish emas, balki firma faoliyatini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir. Bu an’anaviy vositalarga qo‘shimcha ravishda yarmarkalar, salonlar, ko‘rgazmalar, pochta tarqatish, telemarketing va kataloglar bo‘yicha savdo kabi bevosita kommunikatsiya vositalarini ham aytib o‘tish joiz.
Jamoatchilik bilan aloqalar— korxona va turli xil aloqa qiluvchi auditoriyalar (jamoatchilik) o‘rtasida yaxshi munosabatlarni o‘rnatish va saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona uchun manfaatli obro‘-e’tibor, ijobiy imijni yaratish vositasida yo‘lga qo‘yish. Buning uchun tashviqot, matbuot, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, firma uslubini saqlab turish kabi usullar qo‘llaniladi.
Yevropalik nazariyotchi va amaliyotchilar jamoatchilik bilan aloqalar tushunchasiga shunday tarif berishgan: «Tashkilot va keng xalq ommasi o‘rtasida yaxshi munosabat va o‘zaro bir-birini tushunishni yo‘lga qo‘yish va saqlab turishga qaratilgan faoliyatni doimiy asosda rejalashtirib borishdir».
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida Meksikada o‘tkazilgan konferensiyada bir necha kun davom etgan muhokamadan keyin boshqa bir tarif ushbu terminga munosib ko‘rildi, chunonchi: «Jamoatchilik bilan aloqalar — tashkilot va jamoatchilik manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan tendensiyalar tahlili, ularning oqibatlarini bashoratlash, tashkilotlar yo‘lboshchilariga tavsiyalar berish va rejalashtirilgan harakat va tadbirlarni amalga oshirish san’ati hamda ijtimoiy fandir».
Keyingi yillarda Public Relations keskin rivojlanmoqda va marketing tizimida yirik va salobatli firmalarning murakkab, mustaqil, samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlarini ishlab chiqaradigan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potensial xaridorlar doirasini kengaytirish, tovar haqida keng axborotga ega bo‘lish maqsadida ishlatiladi.
Korxonaning bozor bilan kommunikativ aloqalari korxona bozorga o‘zining tovarlari, xizmatlari va ular haqidagi xabarlarni yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi. Bozor esa korxonaga sotilgan mahsulot uchun pul mablag‘larini va mazkur tovarga bozorning munosabati qandayligi haqidagi axborotni qaytaradi.

Nazorat uchun savollar

  1. Reklama nima?

  2. Marketing kommunikatsiya vositalaridan qaysi biri samarali hisoblanadi?

  3. Marketing kommunikatsiyalariga nimalar kiradi?

  4. Reklama vositalariga nimalar kiradi?

  5. “Reklama to‘g‘risidagi” qonun qachon qabul qilingan va nechta moddadan iborat?

  6. Sotishni rag‘batlantirish deganda nimani tushunasiz?

  7. Sotuvchilarni rag‘batlantirish usullarini ayting.

  8. Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullarini ayting.

Download 109.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling