Kommunikatsiya siyosati sotuvni rag‘batlantirishning mohiyati, maqsadi va uslublari Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosati


Download 109.31 Kb.
bet8/14
Sana16.06.2023
Hajmi109.31 Kb.
#1507847
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.
Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.
Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.
Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.
Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar.
Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham foydalaniladi. Savdo konyunkturasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zaxira, iste’mol haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar yo‘nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning kelajagi hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar o‘rin oladi. Reklamaning yo‘nalishini tanlash - savdo va sanoatning o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga ana shu manbalardan olingan mahsulot zaxiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki bilvosita turi yordamida korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi va taklif etilayotgan mahsulotlarni sotish jadallashadi.
4. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv, bevosita sotuv)
Marketing tizimida kommunikativ jarayonlarni boshqarish:
Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali kommunikatsiyalar algoritmini asoslash.
Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini ishlab chiqish.
Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish, reklama vositalarini tanlash, reklamaning samaradorligini baholash.
Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public Relations).
4P- (Mahsulot, Joy, Narx, Targ‘ibot).

Download 109.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling