Kommunikatsiyalar universiteti kurs ishini
KURS ISHINI YOZIHGA TAYYORGARLIK
Download 451.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikramova S A Uslubiy ko\'rsatma Kurs ishini yozish va himoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHINI BAJARISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
KURS ISHINI YOZIHGA TAYYORGARLIK
Kurs ishi mavzusini tanlash Tajribali mutaxassislar tomonidan tuzilib, kafedra va fakultet Ilmiy kengashi yig‘ilishlarida muhokama qilingan va belgilangan tartibda tasdiqlangan kurs ishi mavzulari mutaxassislik fani o‘qitiladigan semestr boshida talabalar e'tiboriga havola qilinadi va kafedra e'lon taxtalariga osib qo‘yiladi. Kurs ishining muvaffaqiyatli bajarilishi asosan mavzuning dolzarbligi va talabaning mavzuga oid masalalarga ijodiy yondashishiga bog‘liq bo‘ladi. Talaba o‘z ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda kurs ishi mavzusini kafedra tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan mavzular ro‘yxati ichidan tanlab olishi kerak. KURS ISHINI BAJARISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Kurs ishi mazmunini yoritishga qo‘yiladigan talablar Kurs ishining umumiy hajmi komp'yuterda 14 shrift 1,5 intervalda yozilgan holatda o‘rtacha 28-36 bet atrofida bo‘lishi talab etiladi. Kurs ishi o‘z rejasiga muvofiq alohida bandlarga, ya'ni paragraflarga bo‘linadi. Bu bandlarning nomi qisqacha bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan pastki qismda o‘rtadan qo‘yilishi kerak. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim: • titul varag‘i; • reja; • kirish; • asosiy qism; • xulosa va takliflar; • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; • mundarija; • ilovalar. 5 Kurs ishi A4 (210x297) formatli qog‘ozning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o‘lchamiga rioya qilish lozim: chap hoshiya – 30 mm. o‘ng hoshiya - 15 mm. pastki hoshiya -20 mm. yuqori hoshiya - 20 mm. Kurs ishini raqamlash reja yozilgan sahifadan boshlanib oxirgi betgacha hamma varaqlarni qamrab olishi lozim. Yozib tayyorlangan kurs ishi izchil ketma-ketlikda (pereplet) tikiladi. Reja yozilgan sahifa birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo‘yilmaydi. Kurs ishidagi barcha rasmlar, diagramma, chizmalar va boshqalarning nomi pastki qismiga aniq qilib yozilishi va raqamlab chiqilishi lozim. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling