Kommunikatsiyalar universiteti kurs ishini


KURS ISHINING TARKIBIY QISMLARIGA QO‘YILADIGAN


Download 451.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi451.5 Kb.
#1601410
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikramova S A Uslubiy ko\'rsatma Kurs ishini yozish va himoya qilish

KURS ISHINING TARKIBIY QISMLARIGA QO‘YILADIGAN 
TALABLAR 
Kurs ishi mavzusiga muvofiq reja tuziladi. Rejada kurs ishining barcha 
bandlari, ya'ni kirish, asosiy qism, paragraflar, xulosa va takliflar o‘z aksini topishi 
lozim. Kirish qismining hajmi 3-5 betni tashkil qiladi. Unda tanlab olingan 
mavzuning dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi, vazifalari, nazariy va 
metodologik asoslari yoritib beriladi. Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va 
uning ichida paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishi umumiy 
hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismi 
paragraflarda berilishi lozim. Asosiy qismda ma'lumotlar tahlili natijalari ochib 
beriladi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Nazariy 
masalalarni yoritish jarayonida talabadan mavzu bo‘yicha olib borilgan ilmiy va 
amaliy izlanishlar haqida ham ma'lumot berishi talab etiladi. Kurs ishining xulosa 
va takliflar qismi 3-6 bet atrofida bo‘lib, unda talaba ilmiy izlanishining xulosa va 
takliflarini keltiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida kurs ishi yozish 
davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxati ma'lum ketma-ketlikda keltiriladi (3 
ilova). Kurs ishining mundarija qismida ishning barcha bo‘lim va paragraflari, 
xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati joylashgan betlari bilan birga 
ko‘rsatiladi. 
 



MATERIALLARNI TAQDIM ETISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon, tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq 
ifodalanishi, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bir- birini to‘ldirib turishi kerak. Unda 
keltirilayotgan ma'lumotlar faqatgina ko‘rgazma (illyustratsiya) vazifasini o‘tab 
qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularning isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs 
ishida keltirilgan barcha asoslar va ma'lumotlarning aniqligi va haqiqiyligi uchun 
uning muallifi mas'ul hisoblanadi. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda 
bajarilishi lozim. Talaba tomonidan manbalardan dalillar, ma'lumotlar, turli 
mualliflarning fikrlaridan ixtiboslar keltiriladi, shuningdek materiallar ilmiy 
ma'lumotlar bilan ta'minlangan bo‘lishi talab etiladi.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling