Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Multimedia ilovasini yaratishda ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.11.2020
Hajmi1.14 Mb.
#154100
1   2   3   4   5
Bog'liq
multimedia ilovalarini yaratishning zamonaviy amaliy va texnik vositalari tahlili


Multimedia ilovasini yaratishda ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar 

tasnifi. 

Multimedia Personal Computer (MPC)  standarti 

Multimediali kompyuter deganda bugungi kundagi universal kompyuterlar 

nazarda  tutiladi.  Bunday  tipdagi  kompyuterlar  asosan  sifatli  ovoz,  to‗liq  ekranli 

video  ma‘lumotlarini  namoyish  etish  imkoniyatlariga  ega  bo‗lishi,  uch  o‗lchovli 

grafika bilan ishlay olishi shart. Tizimli blok esa quyidagi minimal talablarga javob 

berishi zarur: 

- P4-2000/512 DDR/100 Gb/GeForce4 256 Mb AGP/DVD/SB, yani: 



- P4-2000 – 2 GGs chastotali Intel Pentium 4 prossessori; 

- 512 DDR – 512 Mb hajmli DDR tipidagi operativ xotira; 

- 100 Gb – 100 Gb hajmli qattiq disk (vinchester); 

- Geforce 256 Mb AGP – kamida 256 Mb hajmli videokarta; 

- DVD – CD, DVD disklardan o‗quvchi qurilma; 

- SB – tovush kartasi. 

Shaxsiy  kompyuterlar  texnik  ta‘minotining  asosiy  qismini  markaziy 

prossessor  va  asosiy  tizimli  (yoki  materinskiy)  plata  tashkil  qiladi.  Qo‗shimcha 

ravishda esa videoadapter, tovush kartasi va DVD qurilmalari bo‗lishi talab etiladi. 

Multimediali  kompyuterlarning  yana  bir  asosiy  texnik  ta‘minoti  qismiga  Displey 

(Monitor)  kiradi.  Monitorlar  quyidagi  tipdagi  displey  ekraniga  ega  bo‗lishi 

mumkin: 

- elektron-nurli trubkali; 

- suyuq kristalli (LCD); 

- plazmali; 

- elektrolyuminatsiyali; 

- organik svetodiodli; 

- elektrostatik emissiyali. 

Bugungi kunda quyidagi qulayliklarga ega bo‗lgan LCD ekranli monitorlar 

ko‗proq qo‗llanilmoqda: 

- ixcham va yengil; 

- tibbiy va ekologik tomondan xavfsiz; 

- energiya sarfi tejamkor; 

- sifatli ploskiy ekranga ega; 

- kompyuterdan ekranga uzatish uslubi raqamli; 

Hozirgi kunda LCD monitorlarning kamchiliklarini to‗ldirish imkoniyatiga 

ega  bo‗lgan  LED  –  organik  svetodiodli  monitorlar  urf  bo‗lib  bormoqda.  Bu 

monitorlar energiya tejamkorligi o‗ta yuqoriligi, yupqaligi, kontrastnost – tasvirlar 

sifati yuqoriligi bilan foydalanuvchilar e‘tiborini tortmoqda. 


Akustik  tizim  –  zamonaviy  multimediali  kompyuterlarning  muhim  qismi 

hisoblanadi.  Sifatli  ovozga  ega  bo‗lish  uchun  tovush  kartasi  bilan  bir  qatorda 

tovush  kolonkalarini  ham  tanlay  olish  muhim  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  kunda 

multimediali  monitorlar  ham  mavjud  bo‗lib,  ularning  korpusiga  ovoz  kolonkalari 

o‗rnatilgan. Lekin ularda ovozning sifatli bo‗lishi operativ xotiradagi joyga bog‗liq 

bo‗ladi.  Bunday  noqulaylikka  ega  bo‗lishiga  qaramasdan  monitorlarga 

kolonkalarning  o‗rnatilishiga  sabab,  monitorga  yaqin  qo‗yilgan  odatdagi  stereo 

kolonkalar  monitorga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatishi  mumkinligidadir.  Passiv  kolonkalar 

o‗zining  elektr  quvvat  olish  manbaiga  ega  emas,  ular  tizimli  blokdan  elektr 

quvvatini  oladi.  Ularning  yagona  qulayligi  –  narxi  juda  arzonligida. 

Foydalanuvchilarni  esa  sifatli,  tiniq  ovoz  bera  oladigan  aktiv  kolonkalar  ko‗proq 

qiziqtirishi tabiiy.  

Akustik tizimlar standart stereotizimli 2 ta kolonkali, ikki stereokolonkaga 

qo‗shimcha  ulangan,  past  chastotalarni  kuchaytirib  beruvchi  (sub-woofer)  3 

kolonkali,  2  ta  frontal  stereokolonka  va  2  ta  uch  o‗lchovli  tizimni  podderjka 

qiluvchi  kolonkaga  ega  bo‗lgan  4  kolonkali,  4  ta  kolonka  va  sub-wooferli  5 

kolonkali,  4  ta  kolonka  +markaziy  tovush  kanal+sub-wooferga  ega  6  kolonkali 

tiplarda bo‗lishi mumkin. 

Videokartalar 

Videokartalar  (videoplata,  videoadapter)  –  kompyuterning  grafika  bilan 

ishlovchi ko‗p funksiyali qurilmasi bo‗lib, quyidagi asosiy parametrlarga ega: 

- ranglar miqdori (8 bit – 256 (Low Color), 16 bit – 65536 (High Color), 24 

bit – 16.7 mln (True Color), 32 bit – 16.7 mln+

 kanal) 



-  dyumdagi  piksellar  soni.  Standart  qiymatlar:  640x480,  800x600, 

1024x768, 1280x1024, 1600x1200 va hk. 

Bu  ikkala  parametr  birgalikda  videorejim  deb  ataladi  (masalan, 

800x600/256).  Shaxsiy  kompyuterlarda  sifatli  ishlash  uchun  video  rejim 

parametrlari displey parametrlariga mos kelishi zarur. 


-  chipset  –  plataga  ornatilgan  mikrosxemalar  nabori.  Hozirgi  kunda 

videokartalar uchun eng ommalashgan chipset NVIDIA kompaniyasining GeForce 

4 chipsetlari hisoblanadi. 

- videoxotira. Videokartalar o‗z xotirasiga ega bo‗ladi. Videoxotira qancha 

katta  bo‗lsa,  tasvirning  ekranda  ko‗rinish  sifati  shuncha  yuqori  bo‗ladi  va 

videokarta  bilan  bog‗liq  dasturlar  shunch  tez  ishlaydi,  masalan  o‗yinlar.  Bugungi 

kunda keng qo‗llanilayotgan videoxotiralar – 32, 64, 128, 512 Mb, 1 Gb. 

Televizion  signallarni  qabul  qilish  va  monitorda  aks  ettirish  uchun  TV-

tyuner qurilmasi qo‗llaniladi. TV-tyunerlar turli xil bo‗lishi mumkin: 

- videokartaga biriktirilgan; 

- kompyuterda alohida slotga o‗rnatiluvchi alohida TV-yuner platasi; 

- tashqi, kompyuterga USB port orqali ulanadi; 

Ovoz kartasi 

Tovush kartalari quyidagi imkoniyatlarga ega: 

-  tashqi  audioqurilmalar  (mikrofon,  magnitofon)dan  kiruvchi  ovoz 

signallarini raqamli formaga o‗tkazish ; 

- raqamli signallarni akustik tizimlar uchun tovush signallariga o‗tkazish; 

- signallar darajasini boshqargan holda stereotovushlarni chiqarish; 

- ovoz yozish, chiqarish jarayonida bir necha manbalardan keluvchi ovozlar 

aralashmasini hosil qilish; 

-  tashqi  musiqa  sintezatorlari  va  boshqa  MIDI  interfeysi  orqali  ulangan 

qurilmalarni tizimli blokka ulash; 

-  CD-ROM  qurilmalaridan  chiquvchi  ovozlarni  miksher  yordamida 

chiqarish; 

- bir vaqtning o‗zida ovoz yozish va ijro etishnni ta‘minlash; 

- uch o‗lchovli ovoz (3D Sound) larni qayta ishlash. 

Umuman olganda ovoz kartalari quyidagi modullarga ega: 

- ovoz yozish/ijro etish moduli; 

- sintezator; 

- interfeys; 



- miksher. 

Deyarli barcha ovoz kartalari quyidagi razyomlarga ega boladi: 

- Joystick/MIDI; 

- Mic IN – mikrofon ulanishi uchun; 

- Line IN – chiziqli kirish; 

- Line OUT – chiziqli chiqish; 

- SPK (Spk Out) – kartaga biriktirilgan tovush signallari kuchaytirgichidan 

chiqish. 

Yuqorida tavsiflangan qurilmalardan tashqari multimediali kompyuterlarda 

bugungi  kunda  grafik  planshet  (digitayzer)  va  perolar,  MIDI  klaviaturalar,  Web-

kamera,  raqamli  fotoapparat,videokameralar,  MP3-pleerlar,  raqamli  diktofonlar 

kabi zamonaviy qurilmalar ham qo‗llanilmoqda. 



 

 


 

2.2. Multimedia ilovalarini yaratishga mo„ljallangan dasturiy vositalar 

 

Multimedia tushunchasi keng ma‘noli bo‗lib, turli soha mutaxassislari uni 

qo‗llanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar. 

Elektronika  bilan  shug‗ullanuvchi  mutaxassislar  ushbu  atamani  har  xil 

formatdagi matn, grafika, animatsiya, ovoz, video ko‗rinishdagi ma‘lumotlar bilan 

ishlash  imkoniyatini  ta‘minlovchi  apparat  vositalari  sifatida  tushunadilar.  Bu 

CD/DVDROM, ovoz kartasi, videokarta, tashqi yig‗uvchilar) kabilardan iborat. 

Dizaynerlar, animatorlar, dasturchilar ushbu tushuncha orqali birinchi galda 

foydalanuvchiga bir necha yo‗l bilan ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini beruvchi tayyor 

materialni tushunadilar (matn, ovoz, animatsiya). 

Multimedia  tushunchasining  eng  umumlashgan  holati  (multimedia 

vositalari)  –  matn,  rasmlar,  sxema,  jadval,  diagramma,  fotografiyalar,  video  va 

audiofragmentlar  va  boshqa  har  xil  ma‘lumotlarni  raqam  ko‗rinishida  ishlab 

chiqish, yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi. 

Bugungi  kunda  multimedia  texnologiyalari  inson  faoliyatining  biznes, 

ta‘lim,  tibbiyot  va  boshqa  shu  singari  turli  sohalarida  qo‗llanilishini  ko‗rish 

mumkin. Ushbu faoliyat yo‗nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun 

keng ko‗lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. Ularning ayrimlari multimedianing 

alohida  komponentlari  bilan  ishlashga  mo‗ljallangan  (audio  muharrirlar, 

videomuharrirlar, grafik muharrirlar). 

Ba‘zi  dasturiy  materiallar  alohida  komponentlarni  integratsiyalashtirib, 

multimedia  majmualarini  hosil  qiladi.  Eng  mukammal  dasturiy  mahsulotlar 

yuqorida sanab o‗tilgan vazifalarni bir vaqtning o‗zida hal etishga yo‗naltirilgan. 

Quyida  multimedia  mahsulotlari  ishlab  chiqishga  mo‗ljallangan  dasturiy 

mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz. 



Microsoft PowerPoint 

Ushbu mahsulot 

dasturiy ta‘minotlar 

orasida taqdimot yaratishga qaratilgan 

eng yetakchi mahsulot hisoblanadi. U Microsoft Office paketining tarkibiga kiradi. 


Har  bir  yangi  versiyasi  yangi  imkoniyatlarga  ega  bo‗ladi.  U  taqdimot 

tayyorlash  uchun  oldindan  ishlab  chiqilgan  shablonlardan  iborat.  Dasturiy 

mahsulot audio va video fayllar, animatsiyalarni hosil qilish, har xil diagrammalar 

yaratish,  taqdimotni  himoyalash,  fotoalbomni  avtomatik  generatsiyalash 

funksiyalariga ega.

 

 



3-rasm. 

Microsoft PowerPoint 

ilovasining darchasi. 

Multimedia ilovalarini yaratish uchun ko‗plab dasturiy vositalar mavjud.  

Ularni bir nechta toifalarga bo‗lish mumkin: 

-Tasvirlarni yaratish va ishlov berish vositalari; 

-Animatsiyalar, 2D, 3D grafikalarni yaratish va ishlov berish vositalari; 

-Video  tasvirlar  (videomontaj,  3D-titrlar)ni  yaratish  va  ishlov  berish 

vositalari; 

-Tovush yaratish va ishlov berish vositalari; 

-Taqdimotlar yaratish vositalari. 

Grafika va fototasvirlar 

Kompyuterda tasvir ko‗rsatish usullaridan biri – rastrli grafika (bitmap)dir. 

Bu  holatda  tasvir  (pixels)  elementlarga  bo‗linadi,  eniga  X  piksel  va  bo‗yiga  Y 

piksel rasmning o‗lchamlarini belgilaydi. 



Muhim xususiyatlaridan yana biri rastrli grafikaning ranglar aniqligi bo‗lib, 

bit  raqamlari  bilan  belgilanadi  va  har  bir  piksel  rangini  kodlashtirish  uchun 

ishlatiladi. 

Demak, bitli yuzaning kattaligi uni saqlash uchun diskda shuncha katta joy 

kerak bo‗lishini bildiradi. 

Grafik fayllarda ranglarni tasvirlashning quyidagi variantlari mavjud: 

-256  rangli  fayl  har  bir  piksel  8  bitdan  va  palitra  deb  nomlanuvchi  mos 

ranglar jadvalidan iborat bo‗ladi. 

-16 bitli rangli  faylda  palitradan  foydalanilmaydi, har bir pikselning qizil, 

yashil va ko‗k rangli komponentlarini saqlash uchun 16 bit ajratiladi. 

-Ikkita varianti bor: RGB555 (32768 ta rang), RGB565 (65536 ta rang). 

-24 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli komponentlari uchun 8 

bit ajratiladi. Mavjud 16,7 mln. xil rang birikmalaridan foydalaniladi. 

SHuning  uchun  ularning  orasidagi  juda  kichik  farqni  ko‗z  bilan  zo‗rg‗a 

ilg‗ash mumkin. 

-32 bitli rangli fayl har bir pikselining rangli komponentlari uchun 8 bit va 

har  bir  pikselning  alfa-kanali  uchun  8  bit  ajratiladi.  Alfa-kanal  tasvirda  har  bir 

pikselning tiniqligi darajasini belgilaydi. 

-Oq-qora och rangli tasvirlar 256 kulrang rang bilan 8 bitli faylga yozilishi 

mumkin. 


Grafik redaktorlari mavjud (asosan skaner qilingan) tasvirlar ustida nozik 

hamda  murakkab  ishlarni  bajarishga  mo‘ljallangan  va  tasvirning  har  qanday 

jihatlarini tuzatish imkonini beruvchi instrumentlar to‘plamiga ega bo‘ladi. 

Adobe Photoshop 

Adobe Photoshop foto suratlarga ishlov berish bo‗yicha professional paket 

hisoblanadi.  Qatlamlar  bo‗yicha  ishlash  va  vektorli  grafika  dasturlaridan 

ob‘ektlarni eksport qilish imkoniyatiga ega. Ranglarni korreksiyalash, retush qilish, 

turli rangdagi effektlarni yaratish uchun to‗liq instrumentlar to‗plami mavjud. 

40 dan ortiq filtrlar turli maxsus effektlar yaratishga imkon beradi. 



Turli  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  ko‗pgina  ulanadigan  modullar 

yaratilgan. 



PhotoImpact 

PhotoImpact  grafik  paketi  Ulead  Systems  firmasi  tomonidan  ishlab 

chiqilgan bo‗lib, tasvirlarni yaratish va tahrir qilish uchungina mo‗ljallanmagan. 

U,  shuningdek,  fotografiyalarning  ma‘lumotlar  bazasini  yaratish  va 

boshqarish, tasvirlar fayllarini oldindan ko‗rib chiqish, multimediali slayd-shoular 

yaratish, ekrandan tasvirlarni zaxvat qilish, fayllarni o‗zgartirish uchun vositalarni 

ham taklif etadi. 

Pick-and-apply  texnologiyasi  Easy  Palette  menyusida  jamlangan  stillar, 

effektlar,  gradient  va  teksturalar  to‗plamidan  kengaytirmalarni  qo‗llashga 

imkoniyat yaratadi va o‗zgarishlarning natijasini darhol ko‗rish mumkin. 



Paint Shop Pro 

Paint  Shop  Pro  grafik  tahrirlash  dasturi  tasvirlarni  chizish  va  retush  qilish 

uchun tanlab olish imkoniyati keng bo‗lgan cho‗tkalar, ishlov berish uchun 25 dan 

ortiq standart filtrlar, standart effektlarning asosiy to‗plami va Photoshop paketiga 

ulanadigan  filtrlarni  havola  qiladi.  Qatlamli  tasvirlar  bilan  ishlash  va  ko‗p  sathli 

bekor  qilish  amalini  qo‗llab-quvvatlaydi.  Uning  tarkibiga  shaxsiy  multimediali 

ilovalarda  yoki  Internetda  ishlatish  mumkin  bo‗lgan  animatsiyali  GIF-fayllarni 

yaratish uchun Animation Shop servis dasturi ham kiritilgan. 



Picture Man 

Picture Man grafik paketi (to‗plami) Rossiyaning STOIK Software firmasi 

tomonidan  ishlab  chiqilgan.  U  grafik  fayllarni  ishlab  chiqish  va  tahrir  qilish, 

raqamli  video  tasvirlarni  montaj  qilish  va  ishlov  berish  imkoniyatini  yaratadi, 

hattoki o‗rnatilgan morfing (bir video effektdan boshqasiga ravon o‗tish) moduliga 

ham  ega.  Ushbu  to‗plam  tasvirlar  bilan  ishlash  uchun  70  dan  ortiq  yuqori  sifatli 

filtrlar,  rang  to‗g‗rilash,  filtratsiya  va  retush‘  qilish  instrumentlariga  ega.  Ushbu 

to‗plamdagi  barcha  filtrlarni  nafaqat bitta  tasvirga  qo‗llash, balki ularning  ketma-

ketligi uchun ham ishlatish mumkin. 


 

Painter 

Painter  Metacreations  firmasining  rastrli  rangtasvir  tahrirlash  dasturi 

hisoblanadi.  Painter  rasm  chizish  va  ranglar  bilan  ishlash  vositalarining  etarlicha 

keng spektriga ega. Xususan, u har xil bo‗yash cho‗tkalari (qalam, ruchka, ko‗mir, 

aerograf  –  siqilgan  havo  orqali  suyultirilgan  rangni  sepish  uskunasi)ni 

modellashtiradi,  rasmni  akvarel  va  moybo‗yoqda  ishlaganga  o‗xshatadi, 

shuningdek,  tabiiy  muhit  effektlarini  chiqarishga  imkoniyat  yaratadi.  SHunday 

rasm  chizish  dasturlari  mavjudki,  rassomlarning  an‘anaviy  asbob-uskunalarini 

modellashtiradi. Bu dasturlarning asosiy xususiyati rasmlarni kiritish uchun grafik 

planshetlarni  qo‗llab-quvvatlashidir.  Odatda  bu  vositalar  malakali  rassomlar  yoki 

rassomlik  qobiliyati  rivojlangan  foydalanuvchilar  tomonidan  qo‗llaniladi.  Painter 

Classic cho‗tka bilan rasm chizish uchun eng yaxshi dasturlardan biri hisoblanadi. 

Fauve Matisse ham shunga o‗xshash xususiyatlarga ega.  

2D-grafika va animatsiya 

Vektorli  grafika  dasturlarida  geometrik  shakllar  sifatida  saqlanadigan 

ob‘ekt  va  tasvirlar  bir-biriga  bog‗liq  bo‗lmagan  holda  mavjud  bo‗ladi.  Bu  esa 

ob‘ektning  qatlamlari,  joylashuvi  va  istalgan  atributlarini  o‗zgartirish  imkonini 

beradi.  Zamonaviy  vektorli  grafika  dasturlarida  rastrli  tasvirlar  bilan  ishlash 

instrumentlari  ham  mavjud.  Ikki  o‗lchovli  animatsiyada  kadrli  animatsiyaning 

an‘anaviy  usulidan  foydalaniladi.  Ayrim  hollardagina  tvining  (tweening)  –  oraliq 

kadrlarni avtomatik generatsiyalash qo‗llaniladi. SHuningdek,  morfing, tasvirlarni 

deformatsiyalash,  turli  optik  effektlar  va  ranglarning  siklik  o‗zgarishlari 

qo‗llaniladi. 



 

CorelDRAW 

CorelDRAW  grafik  tahrirlash  dasturi  bo‗lib,  tayyor  tasvirlarning  ulkan 

kutubxonasiga va keng imkoniyatlarga ega, vektorli tasvir yasash bo‗yicha klassik 

dasturga aylangan. Bu to‗plam nafaqat rasm chizish, balki grafiklarni tayyorlash va 

rastrli tasvirlarni tahrir qilish uchun ham mo‗ljallangan. U fayllarni boshqarish va 

kompyuter  displeyida  slayd-filmlar  ko‗rsatish  vositalariga  ega  bo‗lib,  qo‗lda 

chizish  va  tasvir  qatlamlari  bilan  ishlash  imkonini  beradi,  uch  o‗lchovli  maxsus 

effektlarni  qo‗llab-quvvatlaydi.  Matnlar  bilan  ishlash  uchun  keng  imkoniyatlar 

mavjud. 

CorelXARA 

CorelXARA  dasturi  vektorli tasvirlarni  yaratish  imkonini  beradi.  Gradient 

xususiyatli shaffoflashtiruvchi effektlarga ega. Dastur asosiy operatsiyalarni rastrli 

tasvirlar bilan amalga oshiradi: rang quyuqligi, yorqinligi, kontrastligi, keskinligini 

o‗zgartirish,  surkalgan  tasvirlar  filtrlari  va  boshqa  maxsus  effektlarni  qo‗llash. 

Ulkan ichki kengaytirish xususiyati (72 ming nuqta/dyuym) ob‘ektlarni 2500 marta 

kattalashtirish imkonini beradi. JPG, GIF va animatsiyali GIF formatidagi fayllarni 

ko‗rish mumkin. Adobe Photoshop uchun plug-in bilan mos tushadi. 



Macromedia FreeHand 

Macromedia  FreeHand  professional  grafik  tahrirlash  dasturi  bo‗lib,  grafik 

ob‘ektlarni  yaratishdan  tashqari  matnlar  ustida  ishlash,  jadvallarga  ishlov  berish, 

to‗g‗ri yozishni tekshirish va matnni sahifaga joylashtirish usullaridan foydalanish 

imkoniyatlariga ham ega. 

O‗rnatiladigan  modullardan  foydalanish  imkoniyati  mavjud.  Maxsus 

effektlar va rang bilan ishlash uchun instrumentlar to‗plami, ko‗p rangli gradientli 

bo‗yash vositalariga ega. 



Adobe Illustrator 

Adobe  firmasining  Illustrator  vektorli  paketi  illyustratsiyalarni  yaratish  va 

sahifaning  umumiy  dizaynini  ishlab  chiqish  uchun  mo‗ljallangan  bo‗lib,  tayyor 

tasvirlarni  yuqori  aniqlikda  chiqarishga  yo‗naltirilgan.  Bu  paket  shakl  va 



simvollarni  ixtiyoriy  ko‗rinishda  yaratish,  keyin  esa  ularning  o‗lchamlarini 

o‗zgartirish,  aylantirish  va  deformatsiyalash  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari, 

Illustrator  matn  va  ko‗p  sahifali  hujjatlar  bilan  ishlash  uchun  keng  spektrdagi 

instrumentlarga ega. 



Photo Graphics 

Photo Graphics ob‘ektga yo‗naltirilgan yondashuvdan foydalanadi. Har bir 

ob‘ekt juftlikda bo‗lib, region va effektdan iborat, dastur faqat region doirasidagina 

ta‘sir  qiladi.  Turli  qatlamlarda  joylashgan  ob‘ektlar  o‗zaro  ta‘sirlashadi,  ya‘ni 

yuqoridagi  qatlamda  joylashgan  ob‘ektning  effekti  o‗z  regioni  doirasida  pastki 

qatlam ob‘ektini qoplab qo‗yadi. Ob‘ekt ko‗chirilsa, effekt u bilan birga ko‗chadi. 

Dasturning  afzalligi  shundaki,  uning  fayllari  hajmi  kichkina,  unda  nuqtalar 

haqidagi  ma‘lumotlar  emas,  balki  tasvirlarni  tuzish  qoidalari  saqlanadi.  SHuning 

uchun  rasm,  o‗lchami  qanday  bo‗lishidan  qat‘iy  nazar,  istalgan  aniqlikda 

chiqarilishi mumkin. 



3D-grafika va animatsiya 

Uch  o‗lchovli  animatsiyalar  texnologiyasi  bo‗yicha  qo‗g‗irchoq  teatrni 

eslatadi:  ob‘ektlarning  karkaslarini  yaratish,  material  va  ularning  qoplamalarini 

aniqlash,  hammasini  yaxlit  sahnaga  biriktirish,  yoritish  chiroqlari  va  kamerani 

o‗rnatish, keyin filmda nechta kadr bo‗lishi va predmetlarning harakatini belgilash 

kerak.  Uch  o‗lchovli  fazoda  ob‘ektlarning  harakati  traektoriyalar,  asosiy  kadr 

bo‗yicha  murakkab  konstruksiyalarning  qismlari  harakatini  bog‗lab  turuvchi 

formulalar  yordamida  beriladi.  Kerakli  harakat,  yorug‗lik  va  materiallar 

berilganidan so‗ng vizualizatsiya jarayoni ishga tushiriladi. Ma‘lum vaqtdan so‗ng 

kompyuter barcha zarur kadrlarni hisoblab chiqadi va tayyor filmni beradi. 

Kamchiligi shundan iboratki, ob‘ektlarning shakli va sirtqi qismlari haddan 

ortiq  silliq,  ularning  harakati  esa  birmuncha  mexanistik  ko‗rinishga  ega  bo‗ladi. 

Haqqoniy  uch  o‗lchovli  tasvirlarni  yaratish  uchun  turli  usullar  qo‗llaniladi. 

―Notekis‖ ob‘ektlarni, masalan, soch yoki tutunni yaratish uchun ob‘ektni ko‗plab 

zarralardan  shakllantirish  texnologiyasi  qo‗llaniladi.  Harakatlarni  jonlantirish 

uchun  invers  kinematikasi  va  boshqa  texnikalar  kiritiladi,  video  yozuv  va 



animatsiyali effektlarni bir-biriga yotqizish uchun yangicha uslublar paydo bo‗lib, 

sahnalar va harakatlar haqqoniyroq bo‗lishini ta‘minlaydi. 



3D Studio MAX 

3D  Studio  MAX  Kinetix  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  3D- 

animatsiyalari ichida eng mashhurlaridan biridir. Dastur uch o‗lchovli film yaratish 

jarayonini  to‗liq  ta‘minlaydi:  ob‘ektlarni  modellashtirish  va  sahnalarni 

shakllantirish, animatsiya va vizualizatsiya, video bilan ishlash. Dastur SGI ishchi 

stansiyalari  uchun  chiqarilgan  juda  quvvatli  paketlar  bilan  raqobat  qilishga 

da‘vogarlik  qiladi.  Dasturning  interfeysi  barcha  modullar  uchun  yagona  bo‗lib, 

yuqori  darajada  interfaollikka  ega.  3D  Studio  MAX  animatsiyalarni 

boshqarishning kengaytirilgan imkoniyatlarini amalga oshiradi. Har bir ob‘ektning 

harakati  tarixini  saqlab  qoladi  va  turli  rangli  effektlarni  yaratish  imkonini  beradi. 

3D-  akseleratorlarini  qo‗llab-quvvatlaydi  va  ochiq  arxitekturaga  ega,  ya‘ni 

uchinchi  firma  tomonidan  tizimga  qo‗shimcha  ilovalar  o‗rnatishga  imkoniyat 

yaratadi. 


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling