Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.11.2020
Hajmi1.14 Mb.
#154100
1   2   3   4   5
Bog'liq
multimedia ilovalarini yaratishning zamonaviy amaliy va texnik vositalari tahlili


Adobe Director SD va DVD disklarda, ijtimoiy 

terminallarda

, shuningdek, 

Internetda  e‘lon  qilinadigan  ilovalar  va  axborotlar  bilan  to‗ldirish,  amalga 

oshirishda tayyor multimedia vositalaridan bir necha bora foydalanish imkoniyatini 

beradi.  Ilova  multimedia  materiallarini  qayta  ishlash  sohasida  amaliy  jihatdan 

cheklanmagan  imkoniyatlarni  taqdim  etadi.  Foydalanuvchining  ixtiyorida 

materiallarni har xil platformalarda e‘lon qilish vositalari, shuningdek, DVD-Video 

formatlarni  qo‗llab-quvvatlash,  ikki  tilda  ssenariylar  yozish  va  bularning 

hammasini Flash paket bilan integratsiyalashgan holda hal etish imkoniyati bor. 

Multimedia  formatlarining  ko‗p  miqdorli  qo‗llab-quvvatlanishi  tufayli 

Director  ish  jarayonini  optimallashtirishga  yordam  beradi.  Taqdim  etilayotgan 

ishlab  chiqish  muhiti  multimedia  axborotlarini  yaratish  uchun  zarur  barcha 

vositalarni  ta‘minlaydi.  Interfaol  audio  va  video-fragmentlar,  vektor  va  grafiklar, 

har  xil  shriftlar  va  boshqalarning  qo‗shilishi  mahsulotdan  foydalanuvchilarning 

diqqatini jalb qiluvchi jozibaga ega bo‗ladi. 



Foydalanuvchi  uchun  qulay  interfeys  Adobe  mahsulotlari  seriyasining 

barchasi  uchun  yagona.  Ishingizning  samarasini  ancha  oshiradi  va  Adobe  Flash 

paketidan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. 

Opus  Presenter  Pro  –  interfaol  taqdimot  uchun  instrument  bo‗lib, 

interfaol  o‗rgatuvchi  materiallar  katalogini  namoyon  etadi.  PowerPoint  bilan 

raqobatlasha oladigan va interfaolligi jihatidan ustunlikka ega bo‗lgan mahsulot. 

MatchWare  Mediator  –  interfaol  taqdimotlarni  yaratish  uchun 

professional instrument. Uni asosiy imkoniyatlarni oshirish uchun xizmat qiladigan 

skriptlar qo‗llab-quvvatlaydi. 

Multimedia Builder – CD/DVD disklarning, taqdimotlarning, multimedia 

ilovalarining, MP3-pleerlarning, o‗yin va boshqalarning avtomatik ishga tushishini 

ta‘minlash  menyusini  yaratish  imkonini  beradi.  U  foydalanuvchiga  Windows-

ilovalarni,  grafiklarni,  animatsiyani,  musiqani  mukammal  tuzishga  olib  keladi. 

Mazkur  dastur  boshlovchilar  hamda  mutaxassislar  (professionallar)ga  ham  qo‗l 

keladi. 


Multimedia  Builder  foydalanuvchi  uchun  zarur  bo‗lgan  katta  bo‗lmagan 

mustaqil exe-ilovalarni yaratadi. Foydalanuvchi uning yordamida murakkab tillarni 

o‗rganish uchun vaqt sarflamasdan multimedia dasturlarini tuza oladi. 

Agar  imkoniyatlaringizni  oshirmoqchi  bo‗lsangiz,  buning  uchun  sizga 

MMB skriptlari tili yordam beradi. 

Freelance Graphics (

www.lotus.com/home.nsf/welcome/freelance

). Lotus 

firmasining  slayd-shou  yaratish  uchun  ishlab  chiqqan  dasturi.  U  slayddagi 

matnlarni, rasmlarni, grafiklarni va jadvallarni shaklga solish singari imkoniyatlar 

bilan  ta‘minlaydi.  Freelance  Graphics  dasturi  bo‗lmagan  holda  ham  taqdimot 

namoyishi  kompyuterda  amalga  oshiriladi.  GIF  formatda  tasvirlar  shaffof  fonda 

aks  ettiriladi.  HTML  formatidagi  tayyor  taqdimot  maxsus  ustalar  yordamida 

sahifani  samarali  tezlikda  yuklashni  ta‘minlagan  holda  amalga  oshiriladi. 

Internetda  slayd-shouni  taqdim  etish  brauzeri  yoki  Freelance  Graphics‘  ActiveX 

uchun Plug-Inning qo‗shimcha komponentlarini talab etadi. 


 

4-rasm. Freelance Graphics ilovasining darchasi. 

CamStudio –ochiq kodli dastur bo‗lib Windows OT larda ishlaydi, asosan 

ekrandagi  jarayonlarni  audio-vizual  qo‗llanma  ko‗rinishida  saqlab  qo‗yish, 

ovozlarni  yozish  vazifasini  bajaradi  hamda  AVI  va  SWF  fayl  formatda 

audiovizual qo‗llanma larni saqlaydi.  

 

5-rasm. CamStudio dasturi 



Jing dasturi 

Jing dasturi yordamida nafaqat audio-vizual qo‗llanma , ekran rasmlarini 

ham  olish  imkoniyati  mavjud.  Bularga  qo‗shimcha  olingan  rasmlarga  kerakli 

yoylarda  turli  hildagi  matnli  belgilar,  mahsus  yo‗naltiruvchi  strelkalarni, 

tog‗rito‗rtburchaklar  yordamida  kerakli  joylarni  ajratish,  audio  ma‘lumotlarini 

yozish kabi funksiyalarni o‗zida mujassam etgan. Windows hamda Mac OS X OT 

lari uchun ko‗rinishlari mavjud  


Yozib olingan  audio-vizual qo‗llanma  va rasmlarni  Internet tarmog‗idagi 

Screencast.com, Flickr, Twitter hamda boshqa veb sahifalarga jo‗natish mumkin. 

  

6-rasm. Jing dasturining asosiy oynasi ko‗rinishi. 



Wink Dasturi 

Wink Dasturi dars namoyishi ―Prezentatsiyalarini ekrandagi jarayonlarni 

rasm  ko‗rinishida  saqlaydi  hamda  yaratilgan  namoyishlarga  matn,  tugmalar, 

ma‘lumotlarni kiritish imkoniyatlari mavjud.  

 

7-rasm. Wink dasturi ko‗rinishi 



Turli fayl formatlari jumladan EXE, FLV, HTML, va bosqalarni qo‗llash 

imkoniyati  mavjud.  Dastur  Windows  muhiti  hamda  Linux  muhiti  uchun  ishlab 

chiqilgan.  

Webineria dasturi 

Webineria  dasturi  –  ochiq  kodli  dastur  bo‗lib,  ekrandagi  jarayonlarni 

audiovizual  qo‗llanma  ko‗rinishida  saqlasb  keyinchalik  ko‗rish  uchun 

mo‗ljallangan. Yozilayotgan audio-vizual qo‗llanma fayylar avval AVI formatida 

saqlanadi  keyinchalik  zaruriyat  tug‗ilsa  Flash  FLV  formatiga  o‗zgartirish 

mumkin.  Yozilayotgan  jarayonni  boshlash  hamda  tohtatish  mahsus  tugmalar 


asosida  bajariladi.  Bularga  qo‗shimcha  sifatida  2-xil  ma‘nba  (ekran  va  Veb 

kamera) dan kelayotgan tasvirlarni birlashtirish imkoniyati mavjud.  

 

8-rasm. Webineria dasturi asosiy oynasi 



Dastur faqatgina Windows sinfiga oid operatsion tizimlarda ishlatiladi  

Ta‘lim  tizimida  turli  darslar  orasidan  keraklisini  topish  qiyinchilik 

tug‗dirishi  mumkin.  Foydalanuvchiga  qulaylik  yaratish  maqsadida  elektron 

qo‗llanmalar  yaratish  kerak  bo‗ladi.  Bunday    qo‗llanmalar    interfeysini  AutoPlay 

Media  Studio  dasturi  yordamida  hosil  qilish  mumkin.  Mazkur  dastur  yordamida 

vizual ob‘ektlarni qo‗llagan holda mukammal elektron qo‗llanma yaratish mumkin. 

Interfeysda hosil bo‗ladigan har bir sahifa xuddi web sahifalar kabi ko‗rinishga ega 

bo‗lib , sahifalardagi ob‘ektlarda turli-xil amallarni belgilash mumkin. 

 

 

 



9-rasm. “AutoPlay Media Studio 8” dasturining umumiy ko‗rinishi.  

 

UltraVNC Screen Recorder 

UltraVNC Screen Recorder – CamStudio dasturi asosida yaratilgan bo‗lib 

e'tibor  uning  ishlab  chiqarishdagi  effektivligidir.  Audio  hamda  audio-vizual 

qo‗llanma  fayllarni  yozish  imkoniyati  mavjud.  Faqat  Windows  operatsion 

tizimida ishlaydi. 

 

10-rasm. UltraVNC Screen Recorder dasturi oynasi 



Windows Media Encoder 

Windows  Media  Encoder  –  kuchli  dastur  bo‗lib,  audio-vizual  qo‗llanma 

hamda  audio  kontentlarni  ko‗pkanalli,  yuqori  sifatli,  audio-vizual  qo‗llanma 

ma‘lumotlarini  esa  HD  formatida  saqlash  imkoniyati  mavjud.  Windows 

Operatsion tizimida ishlaydi.  

 

11-rasm. Windows Media Encoder dasturi 



 

2.3. Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bosqichlari 

Multimedia  ilovalarini  ishlab  chiqish  bir  necha  bosqichda  amalga 

oshiriladi, ulardan asosiylari quyidagilar: 

1. Rejalashtirish. 

2. Elementlarni ishlab chiqish. 

3. Dasturiy ta‘minot. 

4. Tekshirish. 

5. E‘lon qilish. 

6. Reklama. 

7. Kuzatuv. 

Ushbu bosqichlarda bajariladigan ishlarni ko‗rib chiqamiz. 

Rejalashtirish. 

Rejalashtirish bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak: 

1. Multimedia ilovasi nima uchun mo‗ljallangan? 

2. Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo‗naltirilgan? 

3. Multimedia ilovasiga qanday ma‘lumot joylashtiriladi? 

4.  Auditoriya  (foydalanuvchilar)  bilan  qayta  aloqa  qay  tartibda  amalga 

oshiriladi? 

Elementlarni ishlab chiqish. 

Ushbu  bosqichda  multimedia  ilovasini  dasturiy  mahsulot  sifatida  amalga 

oshirish ishlari bajariladi. Ular quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 

1. Navigatsiya tizimini ishlab chiqish. 

2.  Taqdimot  uchun  WEB  sayt  yoki  slaydlarning  dizaynini  ishlab  chiqish 

(multimedia ilovalarini joriy etishning har ikki holati uchun ham keying o‗rinlarda 

―sahifa‖ deb yuritiladi). 

3. Sahifalarni to‗ldirish uchun matn va ko‗rgazmali materiallarni tayyorlash 

(jadvallar, grafiklar, rasmlar va boshqalar). 

Dasturiy ta‟minot. 

Ushbu bosqich multimedia ilovasi sahifalarini yaratishni o‗z ichiga oladi. 



 

Tekshirish. 

Multimedia ilovasini  yaratishning  asosiy  bosqichlaridan  biri uni  tekshirish 

hisoblanadi.  Tekshirish  jarayonida  multimedia  ilovasining  to‗g‗ri  ishlashi 

tekshiriladi, jumladan: 

-Gipermurojaatlarning to‗g‗ri ishlashi. 

-Matn va ko‗rgazmali materiallarda xatolarning mavjud emasligi. 

-Multimedia ilovasi sahifalari bo‗ylab navigatsiyaning qulayligi. 

-Pochta va boshqa shakllarning to‗g‗ri ishlashi (WEB-sayt uchun). 

-Grafik fayllarni yuklashning to‗g‗riligi (WEB-sayt uchun). 

-Saytning turli brauzerlarda to‗g‗ri ishlashi (WEB-sayt uchun). 



Multimediali pedagogik master shablon nashr qilish. 

Tekshirish bosqichi tamomlangandan keyin WEB-sayt provayder serveriga 

joylashtirilib, internetda nashr qilinadi va yana qaytadan tekshiruvdan o‗tkaziladi. 

Multimedia ilovasi reklamasi (WEB-sayt uchun) 

WEB-jamiyat yangi e‘lon qilingan multimedia ilovasi haqida bilishi uchun 

sayt  adresi  va  veb-saytga  joylashtirilgan  materiallar  haqida  annotatsiya  orqali 

xabardor qilish kerak. Buning uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi: 

-Veb-sayt 

manzilini 

xatga, 

tashrif 


qog‗oziga, 

broshyuralarga, 

byulletenlarga,  bukletlarga,  maxsus  kompyuter  nashrlariga,  internet  resurslarining 

―Sariq sahifalar‖ sonlariga va boshqa nashrlarga kiritish. 

-Mashhur izlash saytlarida veb-saytni ro‗yxatdan o‗tkazish. 

-web-saytlarda ishorat (ssыlka) joylashtirish. 

-WEB-sayt reklamasi uchun bannerlardan foydalanish. 

Kuzatib borish (WEB-sayt uchun). 

Veb-saytga murojaatlar uning nashr etilishi va reklamasidan so‗ng sezilarli 

darajada  unga  joylashtirilgan  ma‘lumotlarning  foydaliligi,  yangiligi  va  aktualligi 

bilan  belgilanadi.  Veb-sayt  imidjini  saqlab  turish  uchun  undagi  ma‘lumotlarni 

doimiy  yangilab  borish  tavsiya  etiladi,  aks  holda  saytning  potensial  tashrifchilari 


unga  qayta  kirmasligi  ehtimoli  yuqori  (butunjahon  o‗rgimchak  to‗rida  necha 

yillardan buyon yangilanmagan saytlar ham mavjudligini ta‘kidlaymiz). 



Texnologik bosqichlarni amalga oshirish chizmasi. 

Texnologik  bosqichlar  mazmuni  tahlili  shuni  ko‗rsatadiki,  bir  qator  ishlar 

va,  asosiysi,  bu  ishlarning  natijasi  pedagogik  multimedia  master-shabloni, 

namoyish  shakliga  bog‗liq  emas.  Buni  quyidagi  chizma  ko‗rgazmali  ravishda 

namoyon  qiladi.  CHizmada  Veb-saytlar  uchun  maxsus  bo‗lgan  ―Publikatsiya‖, 

―Reklama‖, ―Kuzatib borish‖ bosqichlari yo‗q. 

Texnologik bosqichlar bajarilishi ketma-ketligi. 

Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari 

Multimedia loyihasini ishlab chiqishda o‗rtacha holatdagi mahsulotdan a‘lo 

darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e‘tibor qaratish lozim 

bo‗ladi.  Birinchidan,  e‘tiborga  olinishi  kerak  bo‗lgan  narsa  –  bu  loyihaning 

mavzusi.  U  ko‗pchilik  foydalanuvchilarga  qiziqarli  bo‗lishi  kerak,  shundagina 

ushbu  mahsulot  tanila  boshlaydi.  Mavzuni  tanlashda  uning  dolzarbligi,  ko‗rib 

chiqilayotgan  masalalarning  o‗tkirligi,  ijodiy  va  madaniy  rivojlantirish 

imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham o‗ta muhim sanaladi. 

Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat 

bo‗ladigan amaliy maqsadidir: 

qandaydir 



axborotni 

namoyish 

etishda 

(masalan, 

yoqtirgan 

qo‗shiqchilaringizni tanlash); 

-  qaysidir  malakalarga  o‗rgatishda  (masalan,  sochni  qanday  turmaklash 

yoki ovqat tayyorlash); 

- qaysidir soha bo‗yicha bilimlarni berish (masalan, o‗quv fanlari bo‗yicha 

multimedia darslari yoki ma‘lumotnoma yaratish). 

Loyihani yaratishda e‘tibor qaratilishi lozim bo‗lgan uchinchi narsa yaxshi 

yozilgan  ssenariy  va  ish  jarayonida  ko‗rsatilayotgan  xizmatlarning  sifatidir. 

Sizning  loyihangizga  bo‗lgan  talab  siz  taqdim  etayotgan  axborotlar  bilan 

ishlashning  qulayligiga  bog‗liq.  Grafik  va  videomateriallarning  sifati  to‗rtinchi 

muhim narsa hisoblanadi. 


Videomateriallarning  mavjudligi  har  qanday  axborotni  o‗zlashtirishni 

yaxshilaydi, grafikaning yuqori sifatliligi esa rasm va slaydlarni zavqlanib ko‗rish 

imkoniyatini  beradi,  sifatning  past  bo‗lishi  noqulaylik  tug‗diradi  va  materialning 

o‗zlashtirilishiga xalaqit beradi. Bunday sifat loyihaga jalb etilgan matnlarga ham 

taalluqli.  Hech  qanday  orfografik  yoki  stilistik  xatolarga  yo‗l  qo‗yib  bo‗lmaydi. 

Axborotlarning tezkorligi, to‗liqligi va haqqoniyligi ham muhimdir. Loyiha ustida 

ish boshlaganda ma‘lumotlarni taqdim etish modelini tanlash lozim va u quyidagi 

talablarga javob berishi kerak:  

- axborotlar taqdim etilishining ko‗rgazmaliligi; 

- axborotlar kiritishning soddaligi

- axborotlarni qidirish, ko‗rish va tanlash qulayligi; 

- boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati; 

-  loyihani  qayta  tuzatish  imkoniyati  (yangi  ma‘lumot  qo‗shish  yoki 

o‗chirish); 

- interfaol rejimni ta‘minlab beruvchi yaxshi interfeys. 

Multimedia  loyihasini  ishlab  chiqishda  ish  bosqichlarining  muayyan 

ketma- ketligini saqlash kerak bo‗ladi. 

I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo„yilishi

Mavzu  aniqlangandan  so‗ng  multimedia  mahsulotini  yaratish  uchun  aniq 

topshiriqlarni yozish kerak bo‗ladi, u erda maqsad va vazifalar ko‗rsatilgan bo‗lishi 

kerak.II bosqich. Ob‟ektni tahlil qilish. 

Ushbu  bosqichda  loyiha  qanday  ob‘ektlardan  tashkil  topishi,  shuningdek, 

bu  ob‘ektlar  qanday  parametrlar  bilan  ajralib  turishi  ko‗rib  chiqiladi.  Agar  siz 

biologiya  bo‗yicha  multimediali  ensiklopediya  yaratayotgan  bo‗lsangiz,  ob‘ekt 

sifatida  har  bir  hayvon  turi  uchun  alohida  dasturiy  mahsulotni  ko‗rib  chiqish 

mumkin.  Multimediali  dars  ishlanmasini  tayorlashda  tushuntirish  qismi, 

materiallar  bilan  ishlash,  nazorat  qismi  kabi  tarkibiy  tashkil  etuvchilarni  nazarda 

tutish  kerak.  Multimedia  loyihasini  tayyorlagandan  so‗ng  har  bir  ob‘ektning 

alohida  xususiyatlarini  ko‗rib  chiqish  kerak.  Bu  ma‘lumotlarni  alohida  yozuv  va 

jadvallar ko‗rinishida joylashtirish mumkin. 


 

III bosqich. Ssenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish. 

Ssenariyni  ishlab  chiqishda  mahsulot  bilan  ishlash  ketma-ketligi,  ishning 

o‗zgarishi  mumkinligi  va  undan  chiqish  (ishni  tugatish)ni  nazarda  tutish  kerak 

bo‗ladi.  Avariya  holatlarining  oldini  olish  maqsadida  ularni  hisoblab  chiqish 

muhim, shuningdek, ishning ko‗p variantlilik darajasini, ya‘ni bir xil natijaga turli 

yo‗llar  bilan  erishish  imkoniyatlarini  tekshirib  ko‗rish  kerak.  Ssenariyda  ish 

jarayoniga  tovush  jo‗rligi  kiritilgan bo‗lishi, masalan, ekranda matn  musiqiy  yoki 

istalgan tovush jo‗rligida paydo bo‗lishi kerak. Bunda unisi ham, bunisi ham ishga 

xalaqit  bermasligi  va  toliqtirmasligini  hisobga  olish  lozim.  Agar  dastur 

imkoniyatlari yo‗l bersa, tovushni o‗chirib qo‗yishni ham nazarda tutish mumkin. 

Ikkinchi  bosqich  tahlili  natijalaridan  foydalangan  holda  kelgusi  loyihaning 

muayyan  modelini  tanlash  kerak.  Model  tanlanganidan  so‗ng  ilovalar  yoki 

bo‗g‗inlar  orasidagi  bog‗lanishlarni  ko‗rsatgan  holda  uning  chizmasini  chizish 

kerak. 


IV  bosqich.  Axborotlarni  taqdim  etish  shakli  va  dasturiy 

mahsulotlarni tanlash. 

Ssenariy  ishlab  chiqilib,  model  yaratilganidan  so‗ng  loyihani  realizatsiya 

qilish  uchun  dasturiy  mahsulotni  aniqlash  kerak  bo‗ladi.  Bu  bosqichda  ikki  xil 

dasturiy mahsulotlar ta‘minlangan bo‗lishi kerak: 

-  proektni  tashkil  etuvchi:  grafik  ob‘ektlar,  audio-  va  videoyozuvlar, 

matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun; 

- multimedia mahsulotini yaratish uchun, ya‘ni bevosita ish qurollari. 

Dasturiy vositalar tanlab olingandan so‗ng axborotlarni taqdim etish shakli 

va uni realizatsiya qilish instrumentlarini tanlash zarur. Agar sizning loyihangizga 

Access  ilovasida  tayyorlangan  ma‘lumotlar  bazasi  kiritilgan  bo‗lsa,  axborotlarni 

jadval  yoki  shakl  ko‗rinishida  berish  mumkin.  Instrumentlar  sifatida  ―Panel 

instrumentov‖  yoki  shakl  va  tugmachalarni  yaratish  bo‗yicha  masterlar  xizmat 

qilishi  mumkin.  PowerPointda  axborotlar  alohida  slaydlar  yoki  ob‘ektlar  (matnli 


yoki 

grafik) 


ko‗rinishida 

bo‗ladi. 

PowerPointda 

instrumentlar 

sifatida 

animatsiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi. 



V bosqich. Ob‟ektning kompyuter modelini sintez qilish. 

Ko‗rib chiqilgan barcha imkoniyatlar tanlab olinganidan so‗ng loyihangizni 

kompyuterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kompyuter modelini yaratishda 

yana ikkita bosqichdan o‗tishga to‗g‗ri keladi. 



1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash. 

Bu  bosqichda  siz  tanlagan  dasturiy  mahsulotlar  yordamida  grafik,  matnli, 

audio,  video  materiallar  tayyorlanadi.  Grafik  axborotlar  bilan  ishlashda  shunga 

ahamiyat  beringki,  siz  tanlagan  rasmlarning  sifati  qancha  yuqori  bo‗lsa,  ular 

vinchesterda  va  kompyuter  xotirasida  shunchalik  katta  joyni  egallaydi  va  sizning 

mahsulotingiz  sekinroq  ishlaydi.  Videokliplarni  yaratishda  kadr  o‗lchamlari  va 

axborotlarning siqilish darajasiga e‘tibor qarating. Kadr o‗lchami ekran kattaligida 

bo‗lgan  videokliplarni  yaratishda  faylning  hajmi  bir  necha  yuz  megabaytlarni 

tashkil qiladi. Kadr o‗lchamlari katta bo‗lganda va kam darajada siqilganda klipni 

namoyish  qilish  tezligi  keskin  pasayadi.  U  yoki  bu  parametrlarni  tanlash 

kompyuteringizning  imkoniyatlariga  bog‗liq.  Materiallarni  tayyorlash  bo‗yicha 

ishlash tajriba orttirish orqali paydo bo‗ladigan yuqori malakani talab etadi. 



2-bosqich. Multimedia mahsulotini yaratish. 

Bu  bosqichda  tayyorlangan  materiallar  va  tanlangan  dasturiy  vositalar 

yordamida  multimedia  loyihangizning  kompyuter  modeli  yaratiladi.  Keyingi 

mavzu bu jarayonlarning to‗liq texnologiyasini ko‗rib chiqishga bag‗ishlanadi. 



VI bosqich. Multimedia mahsuloti bilan ishlash. 

Endi siz yaratgan multimedia mahsuloti bilan ishlash, ya‘ni ko‗rish, izlash, 

axborotlarni tanlab olish mumkin. 

Raqamli  multimedia  va  yangi  axborot  texnologiyalarini  elektron  interfaol 

o‗quv qo‗llanmalari va taqdimotlarini yaratishda qo‗llash o‗quv jarayonida kuchli 

yordamchi vosita hisoblanadi. O‗qitishning elektron vositalari arxitekturasi o‗qitish 

uslublariga  bog‗liq  holda  turlicha  bo‗lishi  mumkin.Taqdimot  yoki  film  xohishga 

ko‗ra  –  axborot  uchun  ma‘lumotlar,  bilim  berish,  namoyish  qilish  vazifalarini 



bajarishi  mumkin.  Kompyuter  texnologiyalari  real  holatga  o‗xshagan  virtual 

modellarni yaratish imkonini beradi. 

Kompyuter  grafikasi  yangilikdan  zaruratga  aylandi,  lekin  multimedia 

texnologiyalari turli Web-taqdimotlarni loyihalashtirishda alohida ahamiyatga ega, 

ma‘ruzalar,  darsliklar  va  o‗quv  qo‗llanmalari  shular  jumlasidandir.  Ular  loyihani 

yaratishda ijodiy yondashuvga e‘tibor qaratishga yordam beradi. 

O‗qituvchi  yoki  kursni  loyihalashtiruvchi  taqdimotlarni  yaratishda  turli 

murakkablikdagi  vizual  materiallarni  taklif  etishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 

yakuniy  mahsulotga  ta‘sir  etuvchi  ishtirokchilarning  aqliy  rivojlanish  darajasi, 

psixologik  barqarorligi  va  shu  kabi  omillarni  e‘tiborga  olish  zarur.  Va  nihoyat, 

ehtimol, hal qiluvchi omil – vizual grafik animatsiyalar va interfaol ishlanmalar ish 

jarayoniga ko‗lam va o‗ziga yarasha joziba beradi. 

Yuqorida  ko‗rib  o‗tilgan  yondashuvlarni  umumlashtirgan  holda  ta‘kidlash 

mumkinki,  yuqori  ilmiy-uslubiy  saviyada  elektron  o‗quv  nashrini  yaratish  o‗quv 

uslublarini takomillashtirish yo‗llaridan biri hisoblanadi. 

Elektron  o‗quv  nashrini  loyihalashtirishning  quyidagi  asosiy  bosqichlarini 

ajratish mumkin: 

- o‗quv materiallari mazmuni modelini tuzish; 

- qo‗llanma uchun ssenariy ishlab chiqish; 

- o‗quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar tuzish. 

Shunday  qilib,  zamonaviy  sharoitda  elektron  o‗quv  nashrining  axborot 

ta‘lim  muhiti  o‗qitish  vositalarining  majmui  bo‗lishi  mumkin.  Uning  vazifasi  esa 

muayyan  hajmdagi  yangi  bilimlarni  mustahkamlash,  ko‗nikma  va  malakalarni 

shakllantirishdan iborat bo‗ladi. 



 

2.4.  AutoPlay  Media  Studio  dasturidan  foydalanib  Zamonaviy  o„quv 

texnik vositalar fani bo„yicha multimedia ilovasini yaratish 

AutoPlay  Media  Studio  dasturi  ko‗plab  vositalarni  qo‗llagan  holda 

multimedia  ilovasini  yaratish  uchun  juda  qulay  va  ko‗plab  imkoniyatlarga  ega. 

Bizga  bu  dastur  quyidagi  imkoniyatlarni  beradi.  Ya‘ni  yangi  loyiha  yaratish, 

mavjud  loyihalardan  foydalanish  va  har  doim  ishlayotgan  loyihalardan 

foydalanish  imkoniyatini  beradi.  Bundan  tashqari  bu  dastur  yordamida  elektron 

o‗quv qo‗llanmalar, qiziqarli multimedia ilovalarini yaratish mumkin. 

 

12-rasm. Dasturning ishchi oynasi. 



Ushbu dastur asosan elektron darslik, turli loyihalar, multimedia ilovalarini  

yaratishga mo‗ljallangan dastur hisoblanadi. Men ham Zamonaviy o‗quv texnik 

vositalar fani bo‗yicha multimedia ilovasini yaratishda aynan shu dasturdan 

foydalandim.  

Ushbu  multimedia  ilovasida  Zamonaviy  o‗quv  texnik  vositalar  fanidan 

matnli fayllar, taqdimotlar, rasmlar va video fayllardan foydalanilgan. 



Yangi loyiha yaratishni tanlasak yangi oyna quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi: 

 

13-rasm.Loyiha yaratish. 



 

14-rasm. Rasmli fayllarni joylash. 



 

15-rasm. Kerakli rasm faylini tanlash. 

 

16-rasm. Rasm parametrlarini o‗zgartirish. 



-yozuvli  ma‘lumotlarni joylash imkoni beradi; 

Bunda faqatgini uning parametric qismida o‗zgarishlar ayrim o‗zgarishlar 

bo‗lib, ular quyidagilardan iborat


 

17-rasm.Tekst qismiga- matn yozamiz. Shriftini o‗zgartirishimiz mumkin; 

 

18-rasm. 



Bunda  xuddi  office  dasturlarida  bo‗lgani  kabi  bizga  bir  necha  yozuv 

shakllarini va harflar kattaligini taklif etadi. Biz shulardan tanlaymiz. 

 -yangi knopkalarni joylash imkonini beradi; 

Buning  uchun  uskunalar  panelidan  button  tugmachasini  tanlaymiz  va 

aktivlashtiramiz. 

Bu  dasturning  o‗zi  bizga  bir  necha  buttonlarni  taklif  qiladi.  Biz  kerakli 

buttonni belgilab OK tugmasini bosamiz. 

 


 

19-rasm. Buttonlarni tanlash. 

Biz o‗zimizga kerakli buttonni tanlab olishimiz mumkin va  Buttonlarning 

ichiga  yozuvlarni  quyidagi  tartibda  joylashimiz  mumkin,  sichqoncha  chap  

tugmasini  buttoning  ustiga  ikki  marta  bossak,  quyidagi  muloqot  oynasi  ochiladi 

va biz bu oynaga buttoning vazifasini yozishimiz: 

Buttonlarni aktivlashtirish jarayonida ranglarini o‗zgartrishimiz mumkin. 

 

20-rasm. Button xususiyatlarini o‗zgartirish. 



 

Yangi  sahifalarni  yaratish  uchun  ―Page‖  bo‗limidagi  ―Add‖  buyrug‗idan 

foydalanamiz 

 

21-rasm. Yangi sahifa yaratish oynasi. 



―New  input  object‖  buyrug‗idan  foydalanib  matn  yozishimiz  va  uning 

ko‗rinishi, o‗lchami va rangini o‗zgartirishimiz mumkin.  

 

22-rasm. Matn parametrlarini o‗zgartirish. 



 

Xbutton  tugmachasidan  foydalanib  biror  faylni  ochishimiz  mumkin. 

Kerakli faylni tanlaymiz va ―ok‖ tugmasini bosamiz. 

 

23-rasm. Xbutton imkoniyatlari. 



 

24-rasm. Web sahifalarni tanlash. 

Ovozli fayllarga murojaat quyidagi oynadan amalga oshiriladi. 

Bunda  biz  tanlagan  buttonimizda  ―Play  multimedia‖  buyrug‗ini  tanlab 

ovozli faylni joyini ko‗rsatamiz: 


 

25-rasm. Ovozli fayllarga murojaatni qo‗llash. 



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling