Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti "boshqaruv hisobi"


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/74
Sana27.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1726758
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

IV. YAlpi foyda
1 Sotish bahosi bo`yicha 
og`ish 
- mahsulot birligining me`yoriy tannarxi; 
- mahsulot birligining haqiqiy bahosi; 
- sotilgan mahsulot hajmi 
2 Sotish xajmi bo`yicha 
og`ish 
- smeta bo`yicha sotish hajmi; 
- haqiqiy sotilgan mahsulot hajmi; 
- mahsulot birligiga to`g`ri kelgan normativ 
(me`yordagi) foyda 
3 YAlpi foyda hajmi 
bo`yicha og`ish 
- normativ bo`yicha foyda; 
- haqiqiy olingan foyda 
 Qo`shimcha xarajatlar bo`yicha og`ishlar; 
 tijorat standart tannarxdan og`ishlar; 
Zarurat tug`ilganda (masalan, sabablar bo`yicha bo`linmalar bilan og`ishlarni aks 
ettirishda) bu hisoblarning har biri undan ham kichikroq tahliliy hisobga bo`lib 
chiqilishi mumkin
“Standart-Kost”dagi asosiy talab - bu xarajatlarning belgilangan normalaridan 
og`ishlari ustidan nazorat bo`lib, u xarajatlar standartlarini takomillashtirishga imkon 
beradi. Agar bunday nazorat qo`llanilmasa, u holda “Standart-Kost”ning qo`llanishi 
shartli bo`lib qoladi va ijobiy natija bermaydi.
SHu bilan bir qatorda “Standart-Kost” tizimining o`ziga xos kamchiliklari 
mavjud. Xususan tovar bozorida raqobat natijasida sodir bo`lgan bahoning 
o`zgarishini va inflyatsiyani, ombordagi tayyor mahsulotlar qoldig`i va 
tugallanmagan mahsulot bahosini (qiymatini) hisoblashni murakkablashtiradi. 
Standartlarni barcha ishlab chiqarish xarajatlariga qo`llab bo`lmaydi, shu munosabat 
bilan joylarda har doim ularning nazorati bqshashib ketadi. Boz ustiga, ishlab 
chiqarish kompaniyasi qisqa muddat ichida xarakter va tipi bo`yicha turli 
buyurtmalarni katta miqdorda tekshirishi chog`ida standartni har bir buyurtmaga 
hisoblab chiqish deyarli mumkin emas. Bunday hollarda ilmiy asoslangan standartlar 
o`rniga har bir mahsulotga o`rtacha qiymat belgilanadi, u mahsulotga baho belgilash 
uchun asos (bazis) bo`lib hisoblanadi. 
Bu kamchiliklarga qaramay firma va kompaniyalarning rahbarlari ishlab 
chiqarish chiqimlari va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalash, shuningdek, 
boshqarish, rejalashtirish va zaruriy qarorlar qabul qilish uchun nazorat o`rnatishning 
baquvvat quroli sifatida “Standart-Kost” hisob tizimidan foydalanadilar. 
O`zbekiston Respublikasi hisobi nazariyasiga “Standart-Kost” tizimi 1933 
yilda M.Garrisonning “Standart-Kost” kitobi tarjimasining chop etilishi munosabati 
bilan kirib keldi. Boshqa bir amerikalik iqtisodchi T.Dauning bir yildan keyin 
“Standart-Kost tizimli hisob” kitobida bu tizimning soddalashtirilgan varianti qarab 
chiqilgan, barqaror bahoda buxgalteriya ishlari kitoblari va texnikasi bayon qilingan, 


hisob natijalarini haqiqiy darajaga keltirish uchun ular keyinchalik to`g`rilangan. 
Xisobning ikkala tizimini qrganish ular o`rtasida umumiylik ko`p degan 
xulosani chiqarishga imkon beradi. Demak, har ikkala tizim uchun quyidagilar 
umumiy tamoyil bo`lib hisoblanadi: 
 xarajatlarni keskin normalashtirish; 
 xarajatlarni alohida moddalari bo`yicha zahirasiz xarajatning belgilangan 
normadagi (standartlari) asosiy normativ kalkulyatsiyasini oldindan (hisobot davri 
boshlanguncha) tuzish; 
 og`ishlarning yuzaga kelishi va javobgarlik markazlari nuqtai nazaridan 
ulardagi og`ishlar bo`yicha va joriy normalar bo`yicha xarajatlarning bo`linish hisobi 
va nazorati; 
 ishlab chiqarish jarayonida va xarajatlarni boshqarishdagi salbiy 
hodisalarni bartaraf etish uchun axborotdan foydalanish maqsadida yuzaga kelgan 
og`ishlarni tizimli umumlashtirish va tahlil qilish; 
 mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usulida va xarajatlar hisobining 
barcha usulida qo`llashning har taraflamaligi va imkoniyatini inobatga olish.
SHuni ta`kidlash lozimki, qayd qilingan umumiy tamoyillar o`rtasida ayrim 
tafovutlar mavjud. Ular quyidagilardan ibora: 
Normativ hisobdan farqli qlaroq “Standart-Kost” hisob tizimiga harajatlar 
normalari o`zgarishlarining alohida hisobi olib borilmaydi. Xarajatlarning dastlabki 
hisoblangan normalari haqiqiy xarajatlarni ishlab chiqarishga mohirlik bilan rahbarlik 
qilish orqali standartlarga muvofiq xolga keltirish uchun qat`iy belgilangan stavkalar 
sifatida qo`rib chiqiladi. Og`ishlar yuzaga kelganda standart normalari o`zgarmaydi. 
Ular butun belgilangan davrga nisbatan barqaror bo`lib qoladi. YAngi iqtisodiy 
sharoitlar, xomashyolar, ishchi kuchi bahosining kqtarilishi, (pasayishi) Yoki ishlab 
chiqarish shartlari va usullarining o`zgarishi bilan yuzaga kelgan jiddiy o`zgarishlar 
bundan mustasno. Bu tizimda standart xarajatlar bevosita ishlab chiqarish hisoblariga 
Qo`shib qo`yiladi. Xar bir hisobot davrida yuzaga keluvchi haqiqiy va taxminiy 
xarajatlar o`rtasidagi og`ishlar yil davomida (O`zbekiston normativ hisobidan farqli 
qlaroq) og`ishlarning alohida hisoblarida to`planib qolishi va to`la holda ishlab 
chiqarish xarajatlariga emas, balki bevosita korxona moliyaviy natijalariga Qo`shib 
qo`yilishi mumkin. Bundan tashqari “Standart-Kost” dan farqli qlaroq normativ hisob 
ishlab chiqarishga yo`naltirilgan bo`lib, sotish jarayoniga mqljallanmagan. Bu esa 
mahsulotning sotish bahosini ishlab chiqish va asoslashni qiyinlashtiradi.
YUqoridagilarni umumlashtirib, shunday xulosa qilish mumkinki, xarajatlar 
hisobining normativ usuli va “Standart-Kost” tizimi bir biriga qxshash tushunchalar 
emas. Biroq har ikkala tizim YOoyasi bitta – standartlarni belgilash, mahsulot ishlab 
chiqarish va sotishdagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida og`ishlar 
hisobini aniqlash. 
Xozirgi vaqtda O`zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini isloh qilish jarayoni 
kechmoqda. U bozor iqtisodi va moliyaviy hisobot standartlarining talablariga tobora 
ko`proq muvofiqlashtirilmoqda O`zbekistonning 1-sonli “Moliyaviy hisobot va 
korxona hisob siyosati” BHMS ko`ra korxonalarga ham haqiqiy, ham normativ 
tannarx bo`yicha buxgalteriya hisobi ob`ektlarini baholash va aks ettirish


buxgalteriya hisobi yurgizishning shakl va usullarini mustakil belgilash huquqi 
berildi. Masalan, normativ tannarx bo`yicha tayyor mahsulotlarning sintetik hisobini 
tashkil holda sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari yangi hisob rejasiga 
muvofiq (2001y) “Mahsulot” (ishlar, xizmatlar, ishlab chiqarish) 40-hisobini 
qo`llashlari mumkin. Bu hisob hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot haqidagi 
axborotni umumlashtirish va uning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining normativ 
tannarxidan og`ishlarini aniqlash uchun mqljallangan.
Ishlab chiqarilgan va kirim daftariga yozib qo`yilgan tayyor mahsulotlarning 
normativ tannarxi hisobot davri davomida ishlab chiqarish korxonalari “Tayyor 
mahsulot” 2810-hisobining debeti va 2810-hisobining krediti bo`yicha qayd etib 
qo`yishlari mumkin. Xisobot oyi tugaganda “Asosiy ishlab chiqarish” 2011-hisobiga 
qayd etilgan ishlab chiqarilgan mahsulotlarining haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi shu 
hisob kreditidan 2810 schet debetiga o`tkazilishi kerak. Bunda ishlab chiqarishdan 
tayyor mahsulot haqidagi axborot ikki bahoda shakllanadi: debet bo`yicha – haqiqiy 
ishlab chiqarish tannarxi, kredit bo`yicha – normativ tannarx. Oy oxirida 2810 - hisob 
bo`yicha debetli va kreditli aylanmalarni taqqoslash bilan haqiqiy ishlab chiqarish 
tannarxining normativ tannarxdan og`ishi aniqlanadi. Og`ish summasi 2810 hisob 
kreditidan “Sotishlar” 90-hisobi debetiga kirgizilishi kerak. Xar oyda 2810 -hisobi 
yopilishi va kelasi oyning boshigacha qoldiqqa ega bo`lmasligi kerak.
SHuni ta`kidlash kerakki, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish 
korxonalarining amaliy ishida normativ tannarx kategoriyasidan mahsulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilish va xarajatlar hisobini xalqaro “Standart-Kost” hisob tizimiga 
yaqinlashtiradi. SHu bilan birga hisob amaliyotida 2810-schetidan foydalanish, 
ko`pincha, ham ijobiy ham salbiy jihatlarga ega. Bu hisobdan foydalanish chog`ida 
mahsulot haqiqiy tannarxining ishlab chiqarilgan, yuklab jqnatilgan va sotilgan 
mahsulot bo`yicha hisob baholari bo`yicha uning qiymatidan og`ishlarning aloxida 
mehnattalab hisob-kitoblari tuzish zaruriyati qolmaydi. CHunki tayyor mahsulotlar 
bo`yicha aniqlangan og`ishlar darxol 9010-schetiga yozib qo`yiladi. Biroq bu variant 
faqatgina mahsulot ishlab chiqarilgan va qsha oyning o`zida sotilgan bo`lsagina, 
sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini olishga imkon beradi. Bordiyu, 
mahsulotning bir qismi oy boshida omborda qolsa, haqiqiy ishlab chiqarish 
tannarxining normativ tannarxdan unga tegishli og`ishlari mahsulotni sotishga yozib 
qo`yilsa, unda sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini hisobga 
olishda va sotishdan keladigan moliyaviy natijalarni aniqlashda xatolikka yo`l 
kuyilgan bo`lishi mumkin. Amaldagi hisob rejasini amaliyotga o`qllash 
korxonalardagi “Materiallar” 1010-1090 schyotlaridagi materiallarni sintetik hisobini 
ikki usul bilan olib borishga imkon yaratadi.
 haqiqiy tannarx bo`yicha 
 hisob baholari bo`yicha 
Korxona hisob baholari sifatida materiallar sotib olishning normativ yoki rejadagi 
qiymatidan, sotib olish yoki o`rtacha baholari va x.k. dan foydalanishi mumkin
10-schet bo`yicha 1-usulda materiallar sotib olish va tayyorlash bo`yicha 
barcha haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi.
2-usulda “Materiallarni tayyorlash va sotib olish” 1510- va “Materiallar 


qiymatidagi og`ish” 1610- schetida quyidagicha tarzda foydalaniladilar. U Yoki bu 
usulning qo`llanilishini korxona mustaqil belgilaydi va uning hisob siyosatida 
qo`rsatiladi. 
Normativ tannarx bo`yicha materiallarning sintetik hisobi olib borilgan xolda 
tushumning haqiqiy tannarxi 1510- schetini debetlashtiradilar. Bunda kirim daftariga 
yozilgan materiallarning normativ qiymati 1010- schet debeti bo`yicha 1510- schet 
kreditidan aks ettiriladi. Sotib olish haqiqiy tannarxining normativ tannarxdan yuzaga 
kelgan og`ishlari 1610- schetda aks ettiriladi. Ishlab chiqarish maqsadlarida 
materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida ularni normativ tannarxi 1010- hisobni 
kreditlashtiradilar va xarajatlar hisobi hisobini debetlashtiradilar. Oy oxirida 
xarajatlangan materiallar haqiqiy tannarxining ular normativ tannarxidan og`ishlari 
yozib kuyiladi, bu og`ishlar 1610-hisobda hisobga olingan. Buning natijasida 
xarajatlar hisobi hisobida materiallar xarajati haqiqiy tannarx bo`yicha aks ettiriladi. 
Bundan tashqari, 1610 schetda oy oxirida ishlab chiqarishga jalb qilinmagan, 
ombordagi materiallar qoldig`iga to`g`ri keladigan saldo qoladi. Buxgalterlik 
balansida 1010-1610 schetlari bo`yicha qoldiqlar bir qator bilan aks ettiriladi, ya`ni 
materiallar qiymati yakuniy hisobida haqiqiy qiymat bo`yicha qo`rsatiladi.
Buning natijasida, korxona balansida material (moddiy) va ishlab chiqarish 
zahiralarining aks ettirilishi “Standart-Kost” hisob tizimini tashkil etishga salbiy ta`sir 
qo`rsatadi. CHunki bir tomondan, tayyor mahsulot zahiralari va ortilgan tovarlar 
korxona balansida normativ tannarx bo`yicha aks ettirilsa, ikkinchi tomondan 
materiallar zahiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish bu balansda haqiqiy tannarx 
bo`yicha qayd qilinadi. SHu maqsadda hisob rejasida haqiqiy xarajatlarning 
normativ xarajatlardan og`ishlarini ishlab chiqarishga emas, balki faoliyat natijasiga 
ezish bilan hisob kilinishi va aks ttirilishi uchun maxsus sintetik hisoblar ajratish 
ko`zda tutilgan. Bu holda 2810- schetni qo`llash zarurati kolmagan bo`ladi, chunki 
azaldanoq mahsulot tannarxi normativ tannarx bo`yicha shakllangan bo`lar edi. 
Buning ustiga, bunday imkoniyatni bizga buxgalteriya hisobi bo`yicha schetlarning 
yangi zamonasi taqdim etmoqda. Ishlab chiqarish korxonalari uchun chetlarning
ishchi rejasida haqiqiy arajatlarning normativ xarajatlardan og`ishlari va schet 
uchun maxsus sintetik schetlar ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Masalan, mehnatga bevosita hao` to`lash bo`yicha og`ishlar scheti uchun
17-schetni, umumishlab hiqarish-18, umum Xo`jalik xarajatlari bo`yicha 19-
schetni qo`llash lozim. Bunday holda aniqlangan og`ishlarni bevosita ishlab 
chiqarishga emas, sotishlar natijasiga Qo`shib qo`yish imkoni bo`lar edi. 
Binobarin, “mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqarish” 2810-schetini qo`llash zarurati 
qolmagan bo`lardi. CHunki mahsulot tannarxi azaldan normativ tannarx bo`yicha 
“Asosiy ishlab chiqarish” 2011- schetida shakllangan bo`lardi. Bu o`z navbatida 
bizning amaliyotimizdagi normativ schet tizimini “Standart-Kost” hisob 
tizimiga yaqinlashtirgan bo`lardi. 
2.“Direkt-kosting” tizimi 
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida korxona ishlab chiqarish faoliyatini 
samarali boshqarish tobora ko`proq uni axborot bilan ta`minlashga bog`liq bo`lib 
bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi mavjud buxgalteriya hisobi tizimi ko`p 


jihatdan hamon idoraviy iqtisod hisobi bo`lib qolmoqda va soliq olinadigan baza 
hisob kitobi funktsiyasini bajarmoqda. SHu paytgacha korxonalarimizda mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) birligiga sarflangan to`la haqiqiy tannarx hisobi va hisob etilishini 
ko`zda tutuvchi buxgalteriya hisobining xarajat usuli qo`llanilmoqda. Biroq, 
butunjahon tajribasi asosida mahsulotning qisqartirilgan tannarxini hisobga olish va 
marjinal daromadni aniqlash vaqti etgan. Buxgalteriya hisobida marjinal daromad 
usulining qo`llanilishi - direkt-kosting hisob tizimidan samarali foydalanishda o`z 
aksini topdi.
Marjinal daromad usulidan YOarb mamlakatlarida ishlab chiqarishni (ekstensiv) 
rivojlantirish modeli o`rniga yangi model - intensiv rivojlanish modeli ustivorligi 
sharoitida foydalana boshladilar. Bunday modeldan foydalanish, o`z navbatida, 
xarajatlarni bevosita va bilvosita, asosiy va Qo`shimcha, doimiy va o`zgaruvchan, 
xarajatlarga aniq bo`lishni va shu asosda boshqarishning strategik vazifalarini hal 
etishni talab qiladi.
Xarajatlarni bunday tasnif etishning nazariy asoslarini 1781 yilda 
T.E.Klinshteyn o`zining “Xisobda muqobillar haqida ta`lim” kitobida metallurgiya 
korxonasi misolida YOritgan edi. Xususan u ishlab chiqarish xarajatlarni alohida 
fazalari bo`yicha hiob-kitob qilinishini, ya`ni: 
-ishlab chiqarish (kqmir ishlab chiqarish); 
-shlaklarni o`ayta ishlash;
-eritish va h.k. larni taklif qilgan edi.
U Qo`shimcha xarajatlarni davr uchun bevosita natijalar hisobiga kiritishni 
lozim deb hisoblaydi.
g`arbda chegaralangan xarajatlar to`g`risida ham ko`p bahslar borgan. Bundan 
xarajatlar haqida birinchi bo`lib O.SHmelenbax o`z fikrini bildirdi. 1899 yilda 
“Nemis adabiyoti” gazetasida bosilgan “Fabrika ishida buxgalteriya va kalkulyatsiya” 
makolasida u xaridorning bevosita va bilvosita xarajatlari o`rtasidagi farqni qo`rsatdi. 
Bundan tashqari shu makolada “Birlamchi Qo`shimcha xarajatlar”, “Ikkilamchi 
Qo`shimcha xarajatlar”, “Doimiy xarajatlar”, “O`zgaruvchan xarajatlar”, “Progressiv 
xarajatlar”, “Degressiv xarajatlar” degan tushunchalar tilga olib qtilgan. 
O.SHmelenbax qshandaYOq faqat birlamchi Qo`shimcha xarajatlar muayyan 
xaridorlar hisobdan mansub, ikkilamchilari esa, yalpi foyda hisobidan koplanadi. 
o`oplash summalari hisobini tashkil etish YOoyasi birinchi marta u tomonidan 1902 
yilda bosilgan “Tannarx hisobi asoslari va baholar siyosati” ishida e`lon qilingandi. 
1903 yilda G.Gless ham doimiy xarajatlar va qismlarga bo`lingan o`zgaruvchan 
xarajatlar o`rtasida xarajatlarni aniq chegaralash zaruriyatini qo`rsatib qtgandi. SHu 
munosabat bilan u shunday deb YOzgan edi: “Doimiy xarajatlarga men korxonaning 
umumiy o`zgaruvchan xarajatlarini, shuningdek, - barcha qolgan unsurlarga 
sarflashni nazarda tutuvchi barcha moddalarni mansub deb bilaman beraman”.
Xarajatlarni doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarga ajratish YOoyasining nazariy 
va amaliy jihatlarni. ularning ishlab chiqarish hajmiga bog`liqligini birinchi marta 
J.Klark asosladi. 1923 yilda u ishlab chiqarish yalpi chiqimlarini ishlab chiqarish 


hajmiga bog`liq ravishda doimiy va o`zgaruvchan chiqimlarga bo`lishni taklif etdi. 
Doimiy chikimlarga, uning fikricha, quyidagilar kirishi kerak:
-asosiy kapitalning amortizatsiyasi;
-ma`muriy va texnik xodimlarni saklash xarajatlari; jihozlarni lozim holatda 
tutish;
-sotish tarmoqlarini tutish;
-amalga kiritilgan kapitalga qo`yilgan odatdagi foyda summasi.
SH.Klarkning yozishiga ko`ra, o`zgaruvchan xarajatlarga ishlab chiqarish 
hajmi kattaligiga bog`liq ravishda o`zgarib turuvchi xomashyo, materiallar, elektr 
quvvati, ishchi kuchi, jixozlardan foydalanish va xokazolarni kiritish lozim. 
Ushbu g`oyani rivojlantirib ekan, Amerika iqtisodchisi Jonatan Garrison 1936 
yilda “Direkt-kosting” ta`limotini yaratdi. Unga kura tannarx tarkibida faqat bevosita 
xarajatlarni hisobga olish kerak. Bu tizimning asosiy YOoyalari 1936 yilda “Sanoat 
hisobi milliy assotsiatsiyasi” byulletenida chop etilgan edi. Avvaliga bu YOoyani 
unchalik qo`llab kuvvatlashmadi, to`liq tannarx tarafdorlarining tankidiga uchradi. 
Ularning fikricha, to`liq tannarx aktsionerlar, kapital kuyuvchilar va xatto 
boshqaruvchilar uchun ham kerak. Faqat keyinchalikkina “Direkt-kosting” xarajatlar 
hisobining ustuvor usuli bo`lib qoldi. 
SHuni nazarda tutish kerakki, “Direkt-kosting”ning paydo bo`lishi sof 
buxgalteriya bilan bog`liq edi. Xisob xodimlari qsha davrda shunday xulosaga 
kelishdiki, barcha xarajatlarni mazkur hisobot davriga va mahsulot chiqarish bilan 
bog`liqlarga (ular mahsulot sotilgandagi hisobot davriga tegishli) bo`lishi lozim. 
Birinchisi doimiy xarajatlar, ikkinchisi, o`zgaruvchan xarajatlar deb aytildi. 
Agar bu YOndashuv to`g`ri bo`lsa, tabiiyki, tannarx tarkibiga vaqt bilan 
bog`liq bo`lgan bevosita xarajatlarni kiritish mumkin va kerak. Bu holda balansdagi 
tugallanmagan mahsulot bahosining pastligi, har bir hisobot davri xarajatlarining 
ortib ketganligi, yuqorida qayd qilinganlarga aytilganlarga qarshi asosiy e`tiroz 
hisoblanadi. 
XX 
asrning 
30-yillarida 
“Direkt-kosting” tizimi sohasida Valter 
Ravutentshtraux, Jon. X.Uilyams, CHarlz M.Knoppel ham ilmiy tadqiqot olib 
borganlar. Ular byudjet va ishlab chiqarish o`rtasidagi bog`lanishni ifodalovchi 
grafigni ishlab chiqdilar. SHu grafik YOrdamida mahsulot hajm, tannarx va foyda 
qo`rsotkichlari o`rtasidagi aloqani kuzatish mumkin edi. 
“Direkt-kosting” YOoyasini rivojlantirishda “Xarajatlar va ishlab chiqarish 
kattaliklari mutanosibliklari asosida xarajatlar hisobining yagona tizimi” kitobini 
chop etgan K.Rumel talaygina xissa Qo`shgan. Unda xarajatlar hisobining amaliy 
yo`l-yo`riqlari mavjud. Xususan, unda “Bloklar bo`yicha xarajatlar hisobi” 
tushunchasi berilgan kiritgan. Uning fikricha, agar doimiy xarajatlar blokini 
mutanosib ravishda xarajatlar blokiga qarama qarshi qo`yilsa va mahsulotga 
sarflangan xarajatlarini emas, faqat mutanosib xarajatlar kiritilsa, bunday tizimini 
“Bloklar bo`yicha xarajatlar hisobi” deb aytish lozim bo`ladi. K.Rumel YOoyasiga 
binoan mahsulot hajmiga hamda kalendar davr davomiyligiga tegishli xarajatlar 
bevosita xarajatlarni eltuvchilarga kiritiladi. Bunda davr davomiyligiga tegishli 
xarajatlar bir blokda taqsimlanmagan xarajatlar kabi to`planadi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda “Direkt-kosting” tizimi birmuncha 


ancha rivojlana boshladi. Ishlab chiqarish xarajatlari sohasida nazoratning 
kuchaytirilishi tannarx sohasida bundan keyingi tadqiqotlarni raYObatlantira 
boshladi. Bunda ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasini topish bilan bog`liq hisob-
kitoblar keng tarqaldi. Buning natijasida, deb ta`kidlaydi N.G.CHumochenko, XX 
asrning 50- yillarida AQSH da bir qator kombinatsiyalar faqat bevosita xarajatlarni 
emas, balki materiallar va ishchilar ish haqidan tashqari yana o`zgaruvchan 
qo`shimcha xarajatlarni ham tannarxga qo`shib yubormoqdalar . 
AQSHda “Direkt-kosting” tizimining haqiqiy tatbiq etilishi bugungi kunda 
barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng qo`llanilmoqda. Germaniya va 
Avstraliyada mazkur usul “qisman xarajatlar hisobi” deb ataladi. Britaniyada u 
“marjinal xarajatlar hisobi”, Frantsiyada – “marjinal buxgalteriya” yoki “marjinal 
hisob” degan nomlarni olgan. O`zbekistonda esa “cheklangan, noto`liq yoki 
qisqartirilgan tannarx hisobi”tushunchalari qo`llanilib kelmoqda. Bizning 
nazarimizda, “buxgalteriya hisobining marjinal usuli” deb atash o`rinli hisoblanadi. 
Biz bunday yondoshuvni “Direkt-kosting” tizimida asosiy qo`rsatkich marjinal 
daromad bo`lganligi bilan bog`laymiz. Uning yordamida ishlab chiqarish rentabelligi 
darajasi aniqlanadi, mahsulotni zararsiz sotish bahosi belgilanadi, korxonaning 
assortiment siyosati tuziladi va h.k. SHunday “marjinal usuli” atamasi O`zbekiston 
mutaxassislari uchun “Direkt-kosting” ga qaraganda tushunarliroq va ma`noliroq 
bo`ladi.
SHuni ta`kidlash lozimki, O`zbekiston hisob nazariyasiga “Direkt-kosting” 
atamasi yaqinda kirib keldi va keng ommalashib ketdi. Ilmiy muloqotda “Direkt-
kosting” tizimi tavsifi bilan bog`liq masalalarni kqtarib chiqqan olim-iqtisodchilarni 
shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin. Masalan, N.G.CHumachenkov va 
S.S.Satubaldin risolalarida “Derekt-kost” haqidagi maqola g`arbdagi mavjud hisob 
amaliyoti tavsifi tartibida bayon etiladi. V.F.Paliy va S.A.Stukov risolalarida esa bu 
tizimning O`zbekiston amaliyotida bugundanoq qo`llanish imkoniyati haqidagi 
masala kqndalang qo`yilgan. SHu munosabat bilan S.A.Nikolaevaning risolasi 
diqqatga sazovor. Unda “Direktkost” tizimining mohiyati, uning aynan YOarb 
mamlakatlarida kelib chiqqanligi va rivojlanganligi, boshqaruv va ishlab chiqarish 
hisoblari tizimlari va O`zbekiston korxonalarida amaliy qo`llanish imkoniyatlari bilan 
o`zaro munosabatlariga daxldor masalalar tizimini bayon etishga birinchi marta jiddiy 
urinib qo`rilgan. 
Nemis iqtisodchisi D.Berner shartli o`zgaruvchan xarajatlar hisobi usuli haqida 
gapirib quyidagilarni ta`kidlaydi: “Direkt kosting” - bu korxona umumiy 
chiqimlarini, vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan bevosita 
bog`liq bo`lgan o`zgaruvchan xarajatlarga asoslanuvchi tannarx hisobi tizimidir. 
CHiqimlarning faqat sqnggi guruhi bevosita xarajatlar bilvosita o`zgaruvchan 
xarajatlar mahsulot tannarxi hisobiga jalb etiladi. Bu asosan hisobot davrida sotilgan 
mahsulotlarga daxldor xarajatlarning yakuniy yillik balansi va bahosini tuzishda 
yarim tayyor va tayyor mahsulotlar zahiralarini baholashga qo`l qiladi. Doimiy 
xarajatlar foydalar va zararlar schetida hisobida hisobga olinadi”. 
YUqorida keltirilgan tavsiyalardan qo`rinib turibdiki, “Direkt kosting”ning 
asosiy tavsifi korxona xarajatlarining ishlab chiqarish hajmi o`zgarishga bog`liq 
holda doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarga bo`lishdan iborat. 


Dastlabki bosqichlarda tannarxga faqat bevosita xarajatlar kiritilardi, bilvosita 
xarajatlarning turlari esa bevosita moliyaviy natijalarga tuzilardi. Direct-Costing-
System (bevosita xarajatlar hisobi tizimi) nomi ham shundan kelib chiqqan. 
Keyinroq “Direkt-kosting” shunday hisob tizimiga kqchib qtdiki, unda tannarx 
nafaqat bevosita o`zgaruvchan qismida hisob qilinardi. Nomdagi bir qator shartlilik 
ana shundan kelib chiqadi. 
SHu munosabat bilan Tkach V.I va Tkach M.V. ta`kidlaydilarki, “Direkt 
kosting” usulining ikki varianti bor: 
1) hisobda faqat o`zgaruvchan (tezkor) xarajatlar to`g`risidagi ma`lumotlardan 
asoslangan oddiy direkt-kosting; 
2) rivojlangan direkt-kosting o`zgaruvchan xarajatlar bilan bir qatorda 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo`yicha bevosita sotish 
bo`yicha, bevosita o`zgaruvchan xarajatlar ham tannarxga kiritiladi.
CH.T Xaraker va D. Foretrlarning fikrlariga binoan, hozirgi vaqtda “Direkt 
kosting” atamasi mazkur tizim tavsifini to`liq aks ettirmaydi va uni boshqa atama 
bilan atashni taklif etishadi. O`zlarini “Buxgalterlik hisobi: boshqaruv aspekti” 
kitobida ular e`tiborini shu narsaga tortadilarki, hozirgi vaqtda doimiy xarajatlar 
to`plamini sotishga ketganda kalkulyatsiyalash usulini belgilash uchun ikkita: “Direkt 
kosting” va “Vribl-kosting” atamasidan foydalanilmoqda. Ularning fikricha, “Vribl-
kosting” atamasi usul mohiyatini aniqroq aks ettiradi, chunki zahiralar na faqat 
bevosita materiallar va mehnat xarajatlariga tegishli, balki o`zgaruvchan ishlab 
chiqarish xarajatlariga ham tegishli.. 
Tasavvurimizda, “Direkt-kosting” tizimi tavsifi uchun nafaqat nom, balki u 
ko`zlagan maqsad ham muhim ahamiyat kasb etadi. 1965 yilda R.Entoni shunday 
YOzgan edi: “Xisob-kitoblar uchun ko`pgina kompaniyalar tannarx xaqidagi uch 
turdagi ma`lumotdan foydalanadilar:
-javobgarlik markazlari bo`yicha tannarx to`g`risida (mas`ul ijrochilar 
faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish uchun);
-to`liq ishlab chiqarish tannarxi to`g`risida (yaxshi holatlarda baho belgilash va 
boshqa tezkor qarorlar qabul qilish uchun); 
-bevosita ishlab chiqarish tannarxi haqida - mahsus holatlarda, masalan, erkin 
quvvatlarni ishga olish zarur bo`lgan hollarda baholarni belgilash va boshqa tezkor 
qarorlar qabul qilish uchun)”. 
“Direkt-kosting”ni turli variantlarda qo`llash imkoniyatiga V.F.Paliy ham 
e`tiborni qaratadi: “Xozir direkt-kosting bir necha variantlarda qo`llaniladi: bevosita 
(asosiy) xarajatlar (barchasi o`zgaruvchan) bo`yicha kalkulyatsiyalashni ko`zda 
tutuvchi mumtoz direkt-kosting; o`zgaruvchan xarajatlarni kalkulyatsiyalash bu 
o`zgaruvchan xarajatlar bo`yicha amalga oshiriladi, ularga bevosita xarajatlar kiradi); 
ishlab chiqarish quvvatlariga zqr berish bilan bog`liq xarajatlar kalkulyatsiyalash 
(bunga barcha o`zgaruvchan xarajatlar va doimiy xarajatlarning bir qismi kiradi). 
Bularning barchasi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsientiga muvofiq 
ravishda aniqlanadi. Ulardagi umumiy narsa shuki, tannarx to`lq emas, qisman 
kalkulyatsiya qilinadi”
YUqoridagilarni umumlashtirib, ta`kidlash mumkinki, “Direkt-kosting” 
tizimining mohiyati, xarajatlarni ishlab chiqarish hajmi o`zgarishga bog`liq holda 


ularni tarkib topdirgan doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarga bo`lishdan iborat. 
Bunday sharoitda mahsulot tannarxi faqatgina o`zgaruvchan xarajatlar qismida 
rejalashtiriladi va hisobga olinadi, mahsulot sotishdan tushgan kirim bilan 
o`zgaruvchan xarajatlar o`rtasidagi farq marjinal daromadda namoyon bo`ladi. Bu 
tizimda doimiy xarajatlarni mahsulot tannarxi hisob-kitobiga kiritmaydilar va 
bevosita korxona faoliyatini kamaytirishga YOzib qqyadilar. 
Direkt-kosting” tizimida foydalar va zararlar haqidagi hisoblar tizimi quyidagi 
qo`rinishda aks ettiriladi (2-jadval)

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling