Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
III. Rasmiy web-saytning tarkibiga qo’yiladigan talablar
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
qamashi tuman xokimligi rasmiy web saytini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Qamashi tuman hokimligi web saytining umumiy strukturasini ishlab chiqish.
- Web sayt quyidagi bo’limlardan tashkil topgan
- 3.3. Web saytni Web serverlarga joylashtirish va undan foydalanish.
- IV BOB HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI 4.1. Xavfsizlik texnikasi
- 4.2. Yong’in xavfsizligi.
- 4.3. Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
III. Rasmiy web-saytning tarkibiga qo’yiladigan talablar 14. Rasmiy web-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini ta’minlashi kerak. 15. Rasmiy web-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo’lishi kerak. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari rasmiy web-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar. 16. Rasmiy web-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo’ladi. 17. Rasmiy web-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan e’lon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo’lmasligi kerak. 3.2. Qamashi tuman hokimligi web saytining umumiy strukturasini ishlab chiqish. Qamashi tuman hokimligining web saytini yaratishda asosan zamonaviy web texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanildi. Web sayt Hokimiyat faoliyatini yorituvchi bir nechta asosiy saxifalardan tashkil topgan. Saxifalar biri-biri o’zaro bog’langan. NTML tili, RNR tili, JavaScript, SS3, CGI va boshqa texnologiyalardan foydalanildi. Ushbu texnologiyalardan foydalanish usullari, ularning imkoniyatlari BMIning xisob tushuntirish yozuvi qismida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi. Web sayt quyidagi bo’limlardan tashkil topgan: Bosh saxifa
57 Qamashi tumani Hokimiyat Kengashlar Interaktiv xizmatlar Murojatlar Bog’lanish Yangiliklar E’lonlar Qidiruv
Web saytda Boshqaruv organi haqida: Faoliyati; Ustavi (o’zgartirishlar bilan birga) va boshqa ma’lumotlar keltirib keltirib o’tilgan Tashkiliy tuzilmasi: Rahbariyat(FISH, biografik ma’lumotlar va kontakt ma’lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari) keltirib o’tilgan. Yangiliklar Ommaviy tadbirlar(majlislar, yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminar va brifinglar, davra suxbatlari, rasmiy tashriflar); Kundalik yangiliklar; Interaktiv xizmatlar: Bazaviy interaktiv xizmatlar (VM181 23.08.2007y.); Qo’shimcha interaktiv xizmatlar; keltirib o’tilgan. Bulimlar mavjud bo’lsada ma’lumotlar to’liq to’ldirilmagan.
3.2.1- rasm. Bosh saxifa oynasining umumiy ko’rinishi
58
3.2.2- rasm. Menyular strukturasi.
3.2.3- rasm. Yangiliklar menyusi kurinishi
59
3.2.4-rasm. Qamashi tumanning geografik joylashuvi
3.2.5-Rasm. Qamashi tuman hokimiyat rahbariyati bo’lim sahifasi
60 3.2.8-rasm. Web sahifa bazasiga kiritilgan ma’lumotlar
61 3.3. Web saytni Web serverlarga joylashtirish va undan foydalanish.
Web saxifalar servis Web server deb yuritiladi va unda faqat gipermatnlar saqlanadi. Gipermatnlar bilan ishlash uchun Internet provodnik dasturlar yoki brouzer dasturlar lozim. Ayrim HTML muxarrirlari fayllarni Web serverlarga etkazishning ichki vositalariga ega. Web serverda axborotni joylashtirish uchun shuningdek boshqa zarur ishlarni bajarish uchun ma’lum xuquqlar zarur. yozilish xuquqini olish uchun Web server joylashgan Kompyuterda ro’yxatdan o’tish va unga axborotni UNIX yozishi uchun parol olish kerak. Bu xuquqlar UNIX tizimi ma’muri tarafidan beriladi.
62 Fayllarni Web tugunda joylashtirish katta e’tiborni talab qiladi. WWW serverni yaratishda asos bo’lgan UNIX amaliyot tizimi fayllar nomidagi registrga ko’ra o’ta sezgir, shuning uchun fayllar nomini to’g’ri terish muxim. HTML fallarini Web serverda joylashtirishni amalga oshirish uchun ma’lumotlarni uzatishni FTP faylli protokoliga asoslangan ko’plab vositalar qo’llaniladi. Serverlarning eng muxim turlari quyidagicha: WWW serverlari ko’p tashuvchi axborot va ma’lumotlar bazalari tarkibini taqdim etish uchun mo’ljallangan; Elektron pochta serverlari; Fayllarni almashish uchun mo’ljallangan FTP serverlari. Internet telefoniyasi faoliyatini ta’minlovchi serverlar Internet orqali radio va videoni uzatish tizimlari DNS (Domain Name Service)- Domen nomlari tizimi xizmatidan foydalanish. Internetda biror saxifani ochib ko’rish uchun uning manzilini maxsus dasturlar yordamida Kompyuterga kiritiladi. Saxifani topish uchun dastur axborot resurslarini taqdim etish xizmatini ko’rsatuvchi tashkiloti provayderda joylashgan DNS xizmatidan foydalanadi. DNS server Web saxifa manzilini IP (Internet Protocol) adresiga almashtirib beradi. Xar bir Internetdagi saxifa o’z tarmoq adresiga ega va bu adreslarni takrorlanmaslini maxsus tashkilotlar nazorat etib boradilar . Bu tarmoq adresiga URL (Uniform Resource Locator) manzili deyiladi. URL manzili giperma’lumotlarning nom iva joylashish katalogi va serveri domeni va server turini ko’rsatadi.
URL manzili bir necha qismdan iborat xar bir qismi nuqta bilan ajratiladi va ular domen deb ataladi. Eng so’ngi qismi yuqori domen (1-darajali domen) deb nomlanadi va u asosan mamlakatni bildiradi.
63 IV BOB HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI 4.1. Xavfsizlik texnikasi yorug’lik inson xayoti faoliyati davomida juda muxim rol o’ynaydi shuning uchun xam sanaot korxonalarini, Kompyuter bor xonalarni ratsional yoritish sifatli maxsulot ishlab chiqarishni taminlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi ishchilarni charchashdan saqlaydi va mexnat unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi. Buning natijasi baxtsiz xodisalar keskin kamayadi. Bundan kurinib turibdiki, Kompyuter xonalarni yoritish faqatgina gigienik talab quyilmasdan, balki texnik – iqtisodiy talablar xam quyiladi. Kompyuter xonalarida yoritishning mukammalligi sifat va son kursatkichlari bilan tavsiflanadi. Son kursatkichlari nur oqimi, yorug’lik kuchi, yorqinlik, nur qaytarish koeffisientlari, yorug’lik kiradi. Kompyuter xonalarini yoritishga quyiladigan asosiy talablar. 1. Ish joylarini yoritish sanitariya – gigiena normalari asosida ish toifalariga moslashgan bulishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bundan ish olib borilayotgan ob’ektning kurinishi yaxshilanadi, natijada ish unumdorligi ortadi. Ba’zi bir aniq ishlarni bajarganda yoritilishni 50 lk dan 100 lk gacha oshirish bilan ish unumi 25 foizga oshganligi ma’lum. Ko’z bilan kurib ishlash unchalik shart bulmagan ishlarni bajarganda xam yoritilishi 50 lk dan 300 lk ga oshirish ish unumini 5 – 7 foizga oshirgan. 2. Ish olib borilayotgan yuzaga va kuzga kurinadigan atrof muxitga yorug’lik bir tekis tushadigan bulishi kerak. Chunki agar ish olib borilayotgan yuzada va atrof muxitda uchatkalar mavjud bo’lsa, unda kuzning jimirlashi va ma’lum vaqt kunikishi kerak bo’ladi. Bu esa kuzning tez charchashiga olib keladi. 3. Yoritish miqdori vaqt buyicha uzgarmas bulishi kerak. Yoritilishning ko’payib kamayishi, agar u uktin uktin ro’y beradigan bo’lsa, ko’zga zarar keltiradi, chunki ko’z yorug’lik uzgarishlariga kunikishiga to’g’ri keladi. Bu esa ko’zning tez charchashiga olib keladi. Yoritilishning o’zgarmasligi muxim o’zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo’li bilan erishish mumkin.
64 4. Yoruglik qurilmalari qushimcha xavf va zararlar manbayi bo’lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishni maksimal kamaytirish zarur. 5. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o’rnatish oson va iqtisodiy samarador bulishi kerak. Yorug’lik manbalari yoritish armaturasi joylashadi va ular birgalikda yoritgichlar yoki chiroqlar deb ataladi. Yoritgichlar konstruktsiyalariga quyidagi talablar quyiladi: 1) Nur oqimining yo’nalishini ishchi yuzalar tomonga qayta taqsimlanishini ta’minlash 2) Lampaning nur tarqayotgan yuzalarining yaraqlab ko’zga ta’sir kursatishidan muxofaza qilish; lampani har xil sanoat iflosliklari va changdan ximoya qilish; lampani portlash, o’t olish xaflaridan muxofaza qilish. Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga Qarshi kurash masalalari muxim muammolar qatoriga kiradi. Bu - asosan mashinasozlik sanoati, transport vositalarini ishlatishda, energetika sanoatida va sanoat korxonalarida juda jiddiy muammo bo’lib turibdi. shovqinning oqibatlari ma’lum. Katta shovqin ta’sirida insonning asab tizimlari charchab, eshitish faoliyati susayib ketadi. SHuning uchun xam sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash inson salomatligini saqlashdek juda muxim ishtimoiy axamiyatga molikdir. Elektr xafsizligini ta’minlash. Sanoat
korxonalarida urnatilgan Kompyuter, yordamchi Mashina- mexanizmlar, shkaflar, boshqarish pultlari xamda elektr asboblar va boshqa jixozlarning xammasi, agar ularni ishlatish uchun foydalanadigan Elektr quvvati 42 V dan yuqori kuchlanishga ega bo’lsa, albatta erga ulangan bulishi shart. Buning uchun xar qanday Kompyuter xonalari erga ulash vositalari qulay, oson va engil bajariladigan bo’lishi kerak. Bu vositalar erga etarli darajada puxta ulangan yoki
65 nolga ulangan bo’lishi shart. Bu vositalarda erga ulash simlarini osongina maxkamlash mumkin bo’lgan vintsimon qurilma yoki qisqich bo’lishi kerak. 4.2. Yong’in xavfsizligi. Sanoat korxonalari binolarini yong’indan muxofaza qilmish uchun ishlatiladigan asosii texnik qurilmalar GOST 12,4009-75 asosida aniqlanadi. Xar qanday yong’inni uchirishda yong’inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muximdir. Bunda yonishning davom etishini tuxtatuvchi sharoit yaratish katta rol uynaydi. Yong’inni uchirish paytida qattik jismlar yonganda yong’inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo’yicha esa 30 m/min bulishishini xisobga olish kerak. Yong’in (O’T) uchirish vositalari va usullari. O’t uchirish usullari quydagicha bulishi mumkin: Yonayotgan zonani ko’p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar Yordamida sovitish; Yonayotgan materiallarni atmosfera xavosidan ajratib quyish; Yonayotgan zonaga kirayotgan kislorod miqdorini kamaytirish; Maxsus kimyoviy vositalarni qullash; O’t uchirish vositalari sifatida, suv bug’lari, kimyoviy va mexanik ko’piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattik kukunsimon materiallar va aralashmalardan foydalanish Suv bilan o’chirish. Suv eng ko’p tarqalgan arzon va shuning bilan birga deyarli xamma erda mavjud bo’lgan o’t o’chirish vositasi-bo’lib, suv bilan xar qanday sharoitdagi yong’inlarni uchirish mumkin. Bug’ bilan o’chirish. Bug’ bilan uchirishning asosiy moxiyati shuki, xonalarga yuborilgan bug’ kislorodga boy xavoni siqib chiqarib, uning urnini egallaydi. Bug’ning o’t o’chirish samaradorligi uning ma’lum bir xonaga yuborilgan mikdoriga bog’lik bo’ladi. Yong’inga qarshi suv ta’minoti. Odatda o’t o’chirish uchun ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yuboriladi. Buning uchun etarli bo’lgan bosimni shaxar sharoitiga umumiy vodoprovod tarmoqlari
66 orqali xosil qilinadi yoki bo’lmasa ba’zi bir erlarda maxsus tayorlangan xovuz va idishlardan foydalanish mumkin. Isitish va shamollatish tizimlari. Sanoat korxonalari odatda markaziy isitish tizimi orqali isitiladi. SHuning uchun bunday tizimlarning yong’in xafi bo’lgan uchastkalarida isitish radiatorlarining murakkab turlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki changlar truba va radiator ustki qismlarida yig’ilib qolishi, isitish natijasida qizib, yong’in chiqarish xafini kuchaytiradi. Xonalari markaziy usulda isitilgan sanoat korxonalarida, xavo asosan koloriferlarda isitilib, undan keyin korxona xonalariga yuboriladi. Bunday xollarda isitilgan xavoning xarorati 660S dan oshmasligi kerak. Ammo bunday isitish tizimida xavo kanallar orqali xonalarga tarqatilgani sababli yong’in bo’lgan taqdirda bu kanallar orqali alanga tarqatilishi mumkin. Chunki alanga va tutun butun bino bo’ylab tarqalib ketishi tufayli yong’in xafi kuchayadi. 4.3. Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari. 1. Umumiy qoidalar Ushbu sanitariya qoida va me’yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan Kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT)larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yunaltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarilishi mehnat sharoitini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog’lig’ini saqlab qolishga yordam beradi. KT si ma’lumotlarni kiritish (to’plash), uni ishlash va natijani (uzatish)ga, TT ma’lumotlarning nusxasini olishga mo’ljallangan. KT va TTda ishlovchilar aqliy mehnat qiluvchilar toifasiga kiradi. KT da ishlaydiganlarga quyidagilar kiradi: matematik-programmalovchi, boshqaruvchilar, muhandis-elektronchilar, texnik sozlovchilar, rejalashtirish va hisob-kitob operatsiyalari (hisob-kitobchilar, iqtisodchilar) bilan band bo’lganlar. 2. KT va TT ishlarining tarkibi
67 2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta’siriga uchrashi mumkin: — elektromagnit maydoni — EMM (radiochastota, past quvvatli rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish); — elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; — havoning ionizatsiyalanishi; — kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda toner bo’yoq moddasining changi;
— meteorologik omil: joy iqlimining o’ziga xosligi, yil fasli, ventilyasiya hamda isitish tizimi va boshqalar; — mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo’ladigan shovqin; — elektr tokidan jarohatlanish xavfi; — ruhiy hissiyotlar zo’riqishining ortib ketishi; — ko’rish analizatorining zo’riqishi; — barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur’atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; — tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya. TT lar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektromagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo’yoq moddalarining changi, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi. 2.2. Texnikaning vazifasi va kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo’lishi mumkin (bir yoki ikki smenali va sutka mobaynida). Bir smena davomiyligi 6 soat, 36 soatlik haftalik smena mobaynida ovqatlanish uchun tanaffus 40 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak. Smena mobaynida mikrotanaffuslar kiritish lozim, ular ish vaqtiga kiritiladi. 2.3. Mehnat sharoiti va mehnat tartibi, aqliy mehnatning zo’riqishi va boshqa yuklanishlar KT va TT da ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funktsional holatining o’zgarishiga, tayanch-harakat apparati va qo’l panjalarining o’ta zo’rqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishini (ish qobiliyatining pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan
68 tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo’lish ko’rish analizatorining zo’riqishiga hamda toliqish va ko’rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiylashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko’z, bel, bo’yin atrofi, qo’l va boshqa a’zolarda og’riqlar paydo bo’lishi mumkin. 2.4. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og’irligi va zo’riqishi bo’yicha asosan 2-darajali zararli va zo’riqish mehnatiga kiradi (Mehnat sharoitlarining ko’rsatkichlari bo’yicha gigienik tasnifi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan). . 3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo’yiladigan talablar 3.1. KT va TT ni ishlatishga mo’ljallangan korxona va tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari QM va Q shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi. 3.2. KT va TT ishlatiladigan laboratoriyalar, bo’limlar, tsexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog’i lozim. Smenada ishlaydigan ishchilarning ko’pligini hisobga olgan holda xonaning yuzasi bir kishi hisobiga 6,0 m2, hajmi 20,0 m3. dan kam bo’lmasligi kerak. Yuqorida qayd qilingan xonalarni vertulalarda joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi. 3.3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e’tibor berish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomonitorlar o’rnatish lozim. Nusxa ko’chirish qurilmalari va disklar uzoq muddat saqlanadigan xonalar himoyalangan bo’lmog’i kerak. 3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o’tish joylari quyidagi o’lchamlarda bo’lmog’i lozim: — ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo’lmasligi; — orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalariga ega bo’lgan KT siga xizmat ko’rsatish oralig’i 0,8 m. dan kam bulmasligi;
69 — displeylarga ega bo’lgan ishchi o’rinlari orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo’lmasligi; — KT bir qatorlama joylashtirilganda devor orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo’lmasligi shart. 3.5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o’rnatilgan bo’limlari, tsex, laboratoriyalari, uchastkalari ish boshlashdan oldin maxsus komissiya tomonidan SanQ va M no 0007-94 talablari va amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim. 3.6. Komissiya ob’ektning ishga qabul qilinganligi to’g’risida ishni boshlashga ruxsat beruvchi hujjat dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomaning bir nusxasi SES ga beriladi, ikkinchisi shu ob’ektda qoladi. 3.7. KT va TT lar bilan ish bajariladigan xonalarda qulay ish sharoiti yaratilgan bo’lishi lozim. Zararli va xavfli omillarning maqbul darajasi sanitariya me’yori qoidalari va O’zbekiston Respublikasining gigienik normativlariga muvofiq kelishi shart. 3.8. KT va TT larda ish boshlashdan oldin xonalarda mehnat sharoitini tashkil etish va nazorat qilish hamda javobgar shaxs tayinlanishi lozim. 3.9. KT va TT larda ishlovchilarning mehnat sharoiti bo’yicha zararlanish va xavfliligi darajasini baholash ish joylarini baholanish (attestatsiya) ma’lumotlariga asosan, ya’ni xo’jalik rahbarining buyrug’i asosida tuzilgan komissiya bergan ma’lumotlarga qarab olib boriladi. 3.10. SanQ va M no 0,009-94 ga asosan, nurlangan shaxslarning toifaga kiritilishi, SES bilan kelishilgan holda baholash (attestatsiya) komissiyasi tomonidan ish joyida rentgen nurlanish miqdori, quvvati va himoyalanish darajasini hisobga olingan holda aniqlanadi. 4. Xonalarda ishchi o’rinlarini tashkil etish 4.1. KT va TT ishlari olib boriladigan xonalarda ishchi o’rinlarining tashkil etilishi SanQ va M NeOO 1-94 ga asoslangan holda olib borilishi kerak.
70 Ishchi mebelining konstruktsiyasi ishchining bo’yi va gavdasiga mos bo’lishi lozim. Tez-tez ishlatib turiladigan mehnat predmetlari va boshqarish organlari ishchi uchun qulay bo’lishi kerak. 4.2. Ish stolining balandligi 580—760 mm oralig’ida saqlanishi lozim, agar bunga imkon bo’lmasa, stolning balandligi 720 mm bo’lishi kerak; stol ustining eng qulay ishchi o’lchami 1600x900mm hisoblanadi. Ish stolining tagida balandligi bo’yicha 600 mm, eni bo’yicha 500 mm va chuqurligi bo’yicha 650 mm. dan kam bo’lmagan oyoq harakati uchun erkin bo’shliq bo’lishi kerak. Ish stolining ustida hujjatlarni joylashtirishga maxsus joy mo’ljallanmog’i kerak, ko’z bilan uning oralig’i, ko’zdan klaviaturagacha bo’lgan masofadek bo’lishi lozim, bu ko’rishdagi toliqishni ancha kamaytiradi. 4.3. Ish stuli (kreslo) ko’tariladigan - buriladigan, o’tiriladigan va suyaniladigan qismi balandligi bo’yicha sozlanishi, shuningdek, uning kontruktsiyasi suyanchiq burilish burchagining o’zgarishini ta’minlovchi moslama bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Kreslo tirsak qo’ygichga ega bo’lishi, har bir parametrlari engil sozlanishi va mustaqil bo’lmog’i lozim. O’tiriladigan qism yuzasining balandligi 400—500 mm oralig’ida saqlanishi, eni 400 mm, chuqurligi 380 mm dan kam bo’lmasligi lozim, uning gorizontal tekislikdagi egilishi 400 mm suyanchiqning qiyalik burchagi o’tiriladigan qism tekisligiga nisbatan 90—110° oralig’ida o’zgarishi darkor. Ish stulining ustki qismidagi qoplama materiali kirlanishdan oson tozalanishi, yarim yumshoq, sirpanmaydigan, elektrolizatsiyalanmaydigan va qoplamasi havo o’tkazuvchan bo’lishi maqsadga muvofiq. Ishchi o’rinda oyoq uchun taglik inobatga olinishi lozim. Uning uzunligi 400 mm, eni 350 mm. ni tashkil etishi kerak. Taglikning balandligi 0—150 mm va qiyalik burchagi 0—20° oralig’ida bo’lishi, yuzasi taram-taram qoplamali bo’lishi kerak. 5. Videomonitorga (videoterminalga — VDT) qo’yiladigan talablar. 5.1. Videomonitor quyidagi talablarga javob berishi kerak: — ekranning nurlanish ravshanligi 100 Kd m2.dan kam bo’lmasligi;
71 — Yoritilayotgan nuqtaning eng kichik o’lchami monoxronli displey uchun 0,4 mm va rangli displey uchun 0,6 mm. dan katta bo’lmasligi; — belgi tasvirining keskin farq qilishi 0,8 mm. dan kichik bo’lmasligi; — pozitiv keskin farq qiluvchi ishlarda tasvirlash regeneratsiyasining chastotasi, taktning ishlash tartibi 72 Gs. dan kam bo’lmasligi; — ekran yuzasi xiralanishdan saqlovchi qoplamaga ega bo’lishi; — ishlovchi ko’zidan ekrangacha bo’lgan oraliq 80 sm chegarasida bo’lishi; — tasvirning past chastotasi 0,05—1,0 Gs, titrashi 0,1 mm chegarasida bo’lishi; — ekran o’lchami diagonali bo’yicha 31 sm. dan, ekrandagi belgining balandligi 38 mm. dan kam bo’lmasligi lozim. 5.2. Klavishlarning diametri 10 —19 mm chegarasida, qarshiligi 0,25 — 1,5 N. Klavish yuzasi botiq, ular oralig’i 3 mm. dan kam bo’lmasligi, klaviatura qiyaligi 10—15° chegarasida bo’lishi lozim. 5.3. Ekranning qiyalik burchagini o’zgartirishga va VDTni gorizontal hamda vertikal tekisliklarda qo’zg’atishga imkon beradigan aylanma tekislik bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 5.4. Matnli ma’lumot bilan ishlaganda (VDTga ma’lumotlami kiritish tartibida, matnni tahrir qilishda va ekrandan o’qishda) qora belgilarning oq fonda bo’lishi fiziologik tomondan qulay hisoblanadi. 6.Kompyuter texnikasi bilan ishlovchilarning mehnat qilish va dam olish tartibi
6.1. Ishlovchilarning eng qulay mehnat qilish va dam olish sharoitlari ular mehnatining asabiy-ruhiy zo’riqish darajasi, organizm har xil tizimi funktsional holatining dinamikasi, ish qobiliyati hamda qat’ iy belgilangan ish vaqti va tanaffuslarning tartibi inobatga olingan holda belgilanadi: — asosiy tanaffus tushlik ovqatlanish vaqti hisoblanadi, KT va TT da ishlovchilar ish faoliyatining alohidaligini inobatga olib, dam olish tartibiga, qo’shimcha ikki — to’rt tartibli mikrotanaffuslar kiritilishi, har birining davomiyligi 10—15 daqiqadan bo’lmog’i kerak. 6 soatli ish kunida ikki tanaffus
72 va 12 soatli ish kunida 3-4 tanaffus zarur. 6 soatli ish smenasida tushlik oyqatlanish ish vaqtidan 3 soat keyin bo’lganda, qo’shimcha tartibli tanaffuslar ish boshlagandan 1,5-2 soatdan so’ng va tugashidan 1,5-2 soat oldin berilishi shart. 12 soatli ish kunida tushlik oyqatlanish 5 soat ishlagandan so’ng, birinchi tanaffus ish boshlangandan 2 soat keyin, ikkinchisi 6 soatdan so’ng, uchinchisini 8 soat va to’rtinchisi ish tugashidan 1,5-2 soat oldin berilishi shart; - KT bilan ishlaganda mehnat va dam olish tartibi, bajarilayotgan ishning uzluksizligi va xususiyatiga bog’liq bo’lishi lozim: ma’lumotlar uzluksiz kiritilganda, dasturni tahrir qilishda, ma’lumotni ekrandan o’qishda, videomonitor bilan ishlash dayomiyligi 4 soatdan oshmasligi kerak. Qolgan vaqtni boshqa ishlarga sarflamoq lozim. - ishchi harakatlarning bir xillik miqdori, smena davomida 40000 dan oshmasligi kerak. 6.2. KT va KP bilan ishlaganda haddan tashqari zo’riqish va toliqishning oldini olish maqsadida, o’z yaqtida tartibli mikrotanaffuslar va jismoniy mashqlar kompleksini bajarish zarur. 6.3. Asabiy-ruhiy, ko’rish va muskul zo’riqishini kamaytirish, toliqishning oldini olish maqsadida psixofiziologik kuchlanishni kamaytirish va charchoqni yo’qotish seanslarini tanaffus yaqtlarida va ish kunidan keyin o’tkazish maqsadga muyofiq. Bi seanslar maxsus jihozlangan xonalarda olib borilishi lozim, ruhiy charchoqni kamaytirish xonasi ish joyidan 75 t. dan uzoqda bo’lmasligi kerak. 6.4. Ishchilarning zo’riqishini kamaytirish uchun ularning ish bilan yuklanishini bir me’yorda taqsimlash va ish faoliyatining xususiyatiga qarab oqilona naybatlash lozim; 6.5. KT va PK da doimiy ishlashga bajarayotgan ishi bo’yicha malakasi to’g’ri kelgan, mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qitilgan, ishni olib borish usullari va mehnat muxofazasi bo’yicha yo’l-yuriqdan o’tgan 18 yoshga to’lgan o’smirlarga ruxsat etiladi; - vaqtincha ishga jalb qilingan ishchilarga ish boshlashdan oldin, albatta, berilishi lozim.
73 6.6. Ishga ruxsatnomasi bor shaxslar, doimiy ravishda KT hamda PT da ishlaydiganlar, ishga kirishdan oldin va keyinchalik yilda bir marta O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 27.07.92-yildagi NQ 400 buyrug’iga binoan davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart.
74 Xulosa va takliflar. Mazkur bitiruv ishida O’zbekiston Respublikasida ―Axborot texnologiyalari rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi‖ Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31-dekabrdagi №355 qarori talablari doirasida Qamashi tuman xokimligining web sayti Qashqadaryo viloyati hokimligi Kompyuterlashtirish markazi hamkorligida yaratildi. Bitiruv ishda serverlar, ularning ishlash printsiplari, web-dasturlash keng tarkalgan texnologiyalar ularning imkoniyat va kamchiliklari, uning dasturiy va texnik vositalari, saxifalarni yaratishga qo’yiladigan talablar, uning axamiyatini xamda texnologiyalar bilan bog’lik ko’pgina amaliy terminlar haqidagi fikrlar o’rganildi va batafsil yoritishga xarakat kilindi.
Bitiruv malakaviy ishida quyida keltirilgan vazifalar bajarildi: 1. Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar va ularning imkoniyatlarini ko’rib chiqildi. 2. Web sahifa yaratish texnologiyasi o’rganildi. 3. O’rganilgan amaliy bilim va ko’nikmalar asosida Qamashi tuman hokimligining ning Web sayti yaratildi va Internet tarmog’iga joylashtirildi. Bitiruv ishda yaratilgan web sayt VM №355 qarori barcha talablarini o’z ichida qamrab ololmagan. Davlat interaktiv xizmatlarining bir necha turlari joylashtirilgan. Kelajakda Qamashi tuman hokimligi web saytini yuqoridagi qaror talablarida yaratish rejalashtirilgan.
75 Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O’zbekiston Respublikasining ―Elektron hukumat to’g’risidagi‖ qonuni, Toshkent, 2015 yil 9 dekabr. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ―Milliy axborot- kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risi‖dagi PQ-1989-son , Toshkent, 2013 yil 27 iyun. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 mart, PQ-1730-sonli ―Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarori. 4. O’zbekiston Respublikasida ―Axborot texnologiyalari rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi‖ Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31-dekabrdagi №355 qarori 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ-191-son ―O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida‖ qarori. 6. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. T., 1997. 7. O’zbekiston Respublikasining: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi Qonuni. T., 1997. 8. Leshev A., Sozdanie interaktivnogo web-sayta. Uchebnыy kurs. Piter. 2003. 544 s 9. Matrosov S.CH. I Dr., HTML 4.0 v podlinnike. BHV-SPb, 2000. 672 s. 10. SHahgeldyan K. I., Kryukov V. V., Gmar D. V. Sistema avtomaticheskogo upravleniya dostupom k informatsionnыm resursam vuza //Informatsionnыe tehnologii. 2006.-№2.-s.19-29. 11. Ratshiller T., Gerken T. PHP4: razrabotka Web-prilojeniy. Piter, 2001. - 384 s. 12. Koterev D., Koterev A.. PHP5. naibolee polnoe rukovodstvo. Sankt Peterburg «BHV-Peterburg» - 2005.- 1120 s. 13. Uilton P. JAVASCRIPT. Osnovы. Simvol-plyus. 2002. 1056 s. 14. B.Artanov ―Web-mastering bez postoronney pomoщi ‖ Uchebnie posobie, 2006g
76 15. Kris Djameo, Konrad King, Endi Anderson ―Effektivnie samouchitel po kreativnomu Web-dizaynu‖. 16. Raximov O.D. ―Hayot faoliyat xavfsizligi.‖ O’quv-uslubiy majmua. Toshkent, 2012.
Internet manbalar. 1. www.gov.uz 2. www.mitc.uz 3. https://my.gov.uz/ (272) 4. http://data.gov.uz/ (1048) 5. www.uz 6. www.Ziyonet.uz 7. www.library.tuit.uz 8. http://w-wb.com/cgi/ 9. http://nagatino2000.narod.ru/web/cgi.htm 10. http://webscript.ru/stories.php3?topic=5 11. http://www.cgiarchives.com 12. http://forum.ru-board.com/topic.cgi?forum=24&topic=2385 13. http://www.vanta.ru/script/catalog.php?cat=17&clas=2 14. http://perl.far.ru 15. http://ru.perlmaven.com/perl-tutorial
Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling