Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
qamashi tuman xokimligi rasmiy web saytini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV ISHI
- Qarshi – 2016 yil 2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
- «Tasdiqlayman»
- 5. Hisobiy tushintirish mantni mundarijasi
- “Davlat organlari web-sayti”
- 8. Bitiruv ishni har bir bo’limida bajariladigan ishlarga maslahatlar.
- 9. Ishni bajarish grafigi.
- Annotatsiya
- AHAMIYATI.
- III BOB. QAMASHI TUMAN HOKIMLIGINING RASMIY WEB SAYTINI YARATISH.
- IV-BOB Hayot faoliyati xavfsizligi
- V-BOB Xulosa
- I BOB. ASOSIY QISM. DAVLAT BOSHQARUVIDA AKTNING AHAMIYATI.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri________A.E. CHuponov ― ____‖________2016 yil
Bitiruvchi
_____________ D. D. Amirov Imzo
Rahbar
_____________ Sh. Maxmudov Imzo Taqrizchi
_____________ Z.Qurbonov Imzo HFX maslahatchisi _____________ dots. O. D. Raximov Imzo
Qarshi – 2016 yil
2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI fakulteti
Axborot texnologiyalari kafedrasi «Tasdiqlayman» kafedra mudiri________ A.E.CHuponov ― _____‖________2016 yil
2. TATU Qarshi filialining № 74-15 buyrug’i bilan 30.12. 2015 yilda tasdiqlangan. 3. Bitiruv ishni topshirish muddati 01- iyun 2016 yil
siyosatining ustuvor vazifalari. Web saxifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar. Qamashi tuman xokimligiga tegishli ma’lumotlar, mavzuga tegishli internet materiallari, Web sayt yaratish bo’yicha maxsus adabiyotlar. 5. Hisobiy tushintirish mantni mundarijasi: Kirish, Asosiy qism, . Hozirgi kunda davlatimizda joriy etilayotgan ―Elektron hukumat‖ tizimi boshqaruv tuzilmasida ―Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari‖ni ―Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (OMP)‖ va “Davlat organlari web-sayti” orqali boshqarish moduli
3 yaratilgan. Shu jihatdan Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web- saytini talablar darjasida yaratish va takomillashtirish dolzarb masala xisoblanadi. 6. Grafik materiallari ketma-ketligi: (Bitiruv ishda - ta rasm va -ta slayd mavjud.) 7. Topshiriq berilgan sana: 11.01. 2016 yil
Topshiriqni qabul qildi _____________ D. D. Amirov Imzo Rahbar
_____________ Sh. Maxmudov Imzo
4 8. Bitiruv ishni har bir bo’limida bajariladigan ishlarga maslahatlar. Bitiruv ishning bo’limlari Rahbar
I. SH. F Vaqt va imzo Topshiriqni berdi
Topshiriqni oldi
Ma’lumotlar to’plash va kalendar reja tuzish
11.01.2016
Kirish Sh. Maxmudov 25.02.2016 25.02.2016 Davlat boshqaruvida AKTning ahamiyati, Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari, Interaktiv davlat xizmatlari va axborot resurslari.
Sh. Maxmudov 01.03.2016 01.03.2016 Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar, web sahifa yaratish texnologiyalari. Sh. Maxmudov
14.03.2016 14.03.2016 Qamashi tuman hokimligining rasmiy web saytini yaratish, Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga qo’yi-ladigan asosiy talablar o’rganish hamda web saytni joylashtirish.
Sh. Maxmudov 28.03.2016 28.03.2016 Hayot faoliyati xavfsizligi O. D. Raximov 04.04.2016 04.04.2016 Yakuniy xulosa. Sh. Maxmudov 10.05.2016 10.05.2016 Foydalanilgan adabiyotlar va internet resuruslari ro’yxati. Sh. Maxmudov 23.05.2016 23.05.2016 Bitiruv ishni rasmiylashtirish va dastlabki himoya Sh. Maxmudov
28.05.2016 28.05.2016
5 9. Ishni bajarish grafigi. № Bitiruv ishning bo’limlari Bajarish muddati Bajarilganli haqida rahbar imzosi
1 Ma’lumotlar to’plash va kalendar reja tuzish
15.02.2016
2 Kirish 26.02.2016
3
Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari, Interaktiv davlat xizmatlari va axborot resurslari.
12.03.2016
4 Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar, web sahifa yaratish texnologiyalari. 01.04.2016
5
saytini yaratish, Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web- saytiga qo’yiladigan asosiy talablar o’rganish hamda web saytni joylashtirish.
05.05.2016 6 Hayot faoliyati xavfsizligi 20.05.2016
7 Yakuniy xulosa. 23.05.2016
8
himoya 27.05.2016
Bitiruvchi
_____________ D. D. Amirov Imzo Rahbar
_____________ Sh. Maxmudov Imzo
6 Annotatsiya Ushbu bitiruv ishda Davlat boshqaruvida AKTning ahamiyati, Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari, Interaktiv davlat xizmatlari, Web saytlar yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar haqida so’z yuritilgan. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar asosida Qamashi tuman hokimligi web saytini yaratish jarayonlari yoritilgan.
Annotation
7 Mundarija: Kirish 8
ASOSIY QISM. DAVLAT BOSHQARUVIDA AKTNING AHAMIYATI. 11
1.1 Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari.
22
1.2 Interaktiv davlat xizmatlari va axborot resurslari. 27
32
2.1 Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar va ularning qiyosiy taxlili. 2.2
Web-sahifalar yaratishning umumiy tamoyillari. 35
2.3 Web sahifa yaratish texnologiyalari. 46
54
3.1 Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar. 3.2
Qamashi tuman hokimligi web saytining umumiy strukturasini ishlab chiqish. 61 3.3
Web saytni serverlarga joylashtirish va undan foydalanish. 68
IV-BOB Hayot faoliyati xavfsizligi 70
4.1 Xavfsizlik texnikasi 4.2 Yong’in xavfsizligi 71 4.3
Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari 73
81
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 82
8 KIRISH Jamiyatda insonlarning farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O’zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida ham o’z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat. 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo’lish mumkin. Birinchi dastur – O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi dastur – ―elektron hukumat‖ tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish. Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq
va infratuzilmasini rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida simli va simsiz aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va kengaytirish, multimedia xizmatlarini ko’rsatish uchun zarur infratuzilmani yaratish vazifalari belgilab olingan.
9 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O’zbekiston Respublikasida ―elektron hukumat‖ tizimini rivojlantirish bo’yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan: ―Elektron hukumat‖ tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro’yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan. Kompleks dastur – O’zbekistonda ―Elektron hukumat‖ tizimini joriy etishning o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o’z ichiga oladi. Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan. Shu bilan birga Vazirlik qoshida 2 ta yirik ―Elektron hukumat‖ tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etilgan. O’zbekistonda ―Elektron hukumat‖ tizimini joriy etishning o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan: Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o’tkazish, bunda interaktiv xizmatlar bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish, mavjud holatini o’rganish, va takliflar ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish konsetssiyasini ishlab chiqish, dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish, dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o’tkazish, texnik topshiriq ishlab chiqish, loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo’yicha tanlovlar o’tkazish hamda loyihani amalga oshirishdan iboratdir. ―Elektron hukumat‖ tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo’yicha idoralar o’rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
10 Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o’zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko’rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan yagona portal orqali amalga oshirilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko’chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish ―Elektron hukumat‖ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi. Shundan so’ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan Elektron shaklda
foydalanish, davlat
organlariga o’z
faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O’zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ushbu bitiruv ishda Davlat boshqaruvida AKTning ahamiyati, Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari, Interaktiv davlat xizmatlari, web saytlar yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar haqida so’z yuritildi. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar asosida Qamashi tuman hokimligi web saytini yaratish jarayonlari batafsil yoritildi.
11 I BOB. ASOSIY QISM. DAVLAT BOSHQARUVIDA AKTNING AHAMIYATI. Axborotlashtirish soxasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga kuyilgan vazifalardan kelib chikib, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni xayotga keng
joriy qilinishiga erishilmokda. Mamlakatimizda utish davrini
boshidan kechirayotgan bozor iktisodiyotining ijtimoiy yunaltirilgan, ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish, AKTni iqtisodiyotning turli soxalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustaxkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish, rivojlangan davlatlar hayoti standartlariga chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir kancha farmonlari va xukumat qarorlari qabul qilinib, ular amalda
tatbik qilinmokda. Axborot texnologiyalarini davlat boshqaruviga kiritilishi shu soxada kuzatishlar olib borgan mutaxassislar tomonidan 60 dan ortiq mamlakatda olib borilgan tadqiqotlar aynan rivojlangan davlatlardagina AKT iqtisodiy o’sish bilan uzviy bog’likligini ko’rsatdi. Ya’ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTning ta’siri kam bo’lib, uning rivojlanishi faqat ma’lum bir darajaga etganidan keyingina yalpi ichki maxsulotning jon boshiga o’sishini ta’minlash mumkinligi kayd etilgan. Respublikamiz iqtisodiy sektoriga AKTga jalb etilgan investitsiyalar xajmi oxirgi yillar mobaynida taxlil qilingan davlat boshqaruvi organlari va korxonalari buyicha sof foyda mikdori ortganligi fikrimizning isboti bo’la oladi. Halqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy samaradorligini xususan axborotning o’zaro ta’siri, qayta ishlanishi va izlanishini amalga oshirish uchun vaqt qisqarishi hisobiga unumdorlikni o’rtacha 20 foizga ko’paytirish imkonini yaratadi.
12 Davlat islohotlarini amalga oshirilishida xo’jalik boshqaruvi hamda xoqimiyat organlarida axborot texnologiyalarini faol o’zlashtirish va keng joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida AKTning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi tufayli O’zbekiston Respublikasining global axborot xamjamiyatida munosib o’rin egallashiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. O’tkazilgan kuzatuvlar shu ko’rsatadiki, davlat AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bir vaqtning o’zida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt - Onlayn tizimiga ulash davlat sektori va fuqarolar o’rtasidagi yagona elektron vosita bilan ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar qo’yayotganligini ko’rsatdi. AKTni davlat boshqaruviga kiritishga katta e’tibor qaratilganligini hisobga olib, davlat xukumati tomonidan 2003-2010 yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish dasturi tayyorlangan edi. Ushbu dastur davlat boshqaruvida elektron xujjatlar aylanishini keng targib qilish, fuqarolarga ko’rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash va xukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va qonunlarni oshkoraligini ta’minlash chora- tadbirlari to’g’risidadir. Dastur asosida birinchi bosqichda davlat boshqaruv organlarida davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlar(jumladan mansabdor shaxslarning qabul vaqti, xizmat telefonlari) joylashtirilgan web saxifalari ochiladi. Ikkinchi bosqichda ma’lumotlarni to’liq jamlagan davlat organlarini qidirish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar bazasi to’zilib, qilingan murojaatlarga elektron pochta orqali javob berilishini ta’minlaydi. Ular fuqarolarni davlat portaliga kirib, bir kator ―interaktiv xizmatlar‖ orqali
turli shakllarni to’ldirish imkonini ko’rsatadi. Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko’rsatish, fuqarolar va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq deklaratsiyasini takdim etishi, jarima to’lashi va ijtimoiy imtiyozlar so’rab murojaat qilishlari mumkin bo’ladi.
13 Bugungi kunda Elektron xukumat mavzusi juda ommalashib ketdi. Biroq so’nggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan materiallarda mazkur mavzuga yondashishda tizimlilik va kontseptual kat’iylik yo’qligi bizni tashvishga soladi. Davlat
aylanishi, u yoki bu firmalarning texnologiyasidan foydalanish to’g’risida suz yuritishadi yoki bo’lmasa elektron xukumat deb atalish huquqiga talabgorlik kilayotgan, aslida esa bunday bo’lmagan axborot-kommunikatsiya tizimlarining amalga oshirilganligi va muvaffakiyatli joriy etilganligi haqida misollar keltiriladi. Axborot texnologiyalarining ijtimoiy xayotga joriy etilishining kuchkisimon jarayonidan soxta ko’tarinqiliq xolatiga tushish bizning davrimizning harakterli belgisi
hisoblanadi. Tegishli davlat dasturlari qabul qilinishi bilan mustaxkamlangan ushbu jarayon davlat boshqaruvi organlarining yalpi axborotlashtirilishi darajasiga chiqqanidan keyin ko’pchilik AKTning davlat boshqaruviga joriy etilishi mana shundan boshlanadi deb hisoblamokdalar. AKTning joriy etilishi davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining jamiyat uchun ko’prok
ochiqligini ta’minlaydi. Davlat boshqaruvi organlarining Kompyuterlashtirilishi va ularning ―onlayn‖ interfeysi bilan jixozlanishi muxim kadam hisoblanadi, Biroq AKTni joriy etish bilan bog’liq vazifalarni butun kompleksi bu bilan tamom bo’lmaydi. AKT tizimi davlat bilan jamiyat o’rtasidagi aloqalar tartibotini ancha soddalashtiradi, biroq bu – ularning yakkayu yagona va asosiy afzalligi emas. AKTning davlat boshqaruvida amalda joriy etilishining asosiy maqsadi va kutilayotgan natijasi keng ko’lamda davlat boshqaruvining printsipial jixatdan yangi
sifatga o’tganligi deb hisoblash mumkin. Davlat boshqaruvida AKT - bu nafaqat davlat boshqaruvining tegishli sifat darajasida axborot-texnik tashkil etilishi, shu jumladan istalgan mamlakatning jamiyatida mavjud bo’lgan munosabatlar va aloqani sifat jixatidan boshqacha tashkil etish
va boshqarish xamdir. Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy xayotini uch muxim sub’ektning (davlat, mamlakat fuqarolari, biznes sub’ektlari) munosabatlari dinamik tengligi shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir bo’lib, fuqarolik
14 jamiyatini ifodalaydi, biznes sub’ektlarining jami esa mamlakat iqtisodiyotini ifodalasa, davlat integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Davlatning integratsiyalovchi roli bunda uchta nimtizimli munosabatlarda namoyon bo’ladi: - Xukumat muassasalarining o’zaro va maxalliy davlat boshqaruv organlari bilan
o’zaro
xamkorlik qilishi (G2G);
- Xukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari o’rtasidagi o’zaro aloqa(G2C); - Xukumat muassasalari bilan biznes sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqa (G2B);
Mulkchilik, mansublilik munosabatlari va xokazolar emas, balki fuqaroviy- huquqiy, ijtimoiy munosabatlar tegishli o’zaro xamkorliknin ustuvor mazmunini tashkil etadi. AKTni joriy etish jarayonida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasi quyidagi muammolarni xal
etishga yunaltiradi: - umumiy vazifalarni xal etish maqsadida har xil xukumat to’zilmalarining samaralirok o’zaro xamkorligini kay tarzda tashkil etish mumkin (G2G); - Fuqarolarning manfaatlarini qanday qilib eng ko’p darajada hisobga olish va tegishli davlat muassasalarida ularga xizmat ko’rsatish sifatini qanday qilib oshirish mumkin (G2C); - davlatning biznes sub’ektlari bilan o’zaro foydali munosabatlarini qanday qilib tashkil etish mumkin (G2B). Davlat integratsiyalovchi funktsiyasini bajaradigan jamiyatning har xil sub’ektlari (G2G, G2C, G2B) o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sxemasi yirik biznesda, ayniksa
zamonaviy gorizontal-integratsiyalashgan korporatsiyada o’zaro
xamkorlik tashkil etilishi sxemasida printsipial jixatdan xech bir fark kilmaydi. Davlat boshqaruvida AKT – bu davlat boshqaruv organlarida ichki va tashki aloqalarning butun jamini tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan qo’llab-quvvatlash va ta’minlash tizimidir. Bunga quyidagilar kiritiladi:
15 - kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotni qayta ishlash, uzatish va yoyishning elektron vositalari (shu jumladan Internet) asosida davlat boshqaruvini axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash; - davlat xoqimiyati barcha tarmoqlari organlarining fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar orqali xizmat
ko’rsatishi; - davlat organlarining ishi to’g’risida fuqarolarga elektron vositalar orqali xabar berish.
Jamiyatning davlat boshqaruviga AKT joriy etilishi munosabati bilan sarflanadigan kapital harajatlari fuqarolarning asabi, vaqti va davlat apparatining har xil to’zilmalari bilan bevosita muomalada bo’lish munosabati bilan sarflanadigan boshqa chiqimlar tejab qolinishi evaziga qisqa vaqt ichida o’zini koplaydi. Misol uchun, xayotimizda kommunal xizmatlarga haq to’lash va pasport stolidan ma’lumotnoma olish uchun toliqtiradigan navbatda turishlar, pentsiya ishlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq barchamizning joniga tegadigan tartib- qoidalar, soliq deklaratsiyasini to’ldirish uchun tuman yoki shahar markazlariga doimiy qatnash bilan bog’liq vaziyat uzluksiz takrorlanib turadi. Fuqaroning davlat boshqaruvining ―klassik‖ to’zilmalari bilan muomalasida yuzaga keladigan bu tashvishlarining oxiri yo’q oqimi har birimizdan jismoniy hozir bo’lishini, xonama-xona yurishini va ayni bir masala yuzasidan ko’p sonli amaldorlar bilan bevosita muloqotda bo’lishni talab etadi. Buning ustiga to’zilmalarning turli qog’ozbozlik qiliqlariga toqat qilish zarurligini aytib o’tirish shart emas. Davlat boshqaruviga, ayniqsa G2C nimtizimiga AKT tizimi joriy etilishining birinchi va asosiy yutug’i ushbu barcha harajatlardan xalos bo’lishdadir. Bunda yuqorida keltirilgan xizmatlarni kim ko’rsatishi – markaziy yoki maxalliy davlat organlarimi yoki ularning topshirigiga ko’ra har xil muassasalar va xususiy tijorat to’zilmalari ko’rsatishimi – buning farki yo’q. Asosiysi ushbu xolatlarning har birida fuqarolarning idorama-idora sarson bo’lishlarini xech bo’lmaganda qisqartirishdan iborat. Fuqarolarga ularning kundalik zarur davlat axborotidan
16 elektron foydalanishlari imkonini berish va onlayn elektron xizmatlar ko’rsatishga doir ishlarni tashkil etish yuli bilan ushbu muammoni samarali xal etish mumkin. Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda ko’plab mamlakatlar aholisining kundalik xayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda haqiqatda ko’rsatilayotgan ushbu tizim xizmatlaridan ayrimlari quyidagilardir: - soliq deklaratsiyalarini takdim etish va shaxsiy to’lovlarni: daromad solig’i, mol-mulk soligi va x.k. - ijtimoiy ta’minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish; - so’rov va etkazib berish funktsiyalari bilan birgalikda fuqarolik xolatining ko’plab dalolatnomalarini rasmiylashtirish; - Fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi buyicha ruyxatdan o’tkazish, manzil o’zgarganligi to’g’risida bildirishnoma; - shaxsiy xujjatlarni – pasportlar, xaydovchilik huquqini va xokazolarni rasmiylashtirish; - shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik maslaxat berish xizmatlari; -sog’liqni saqlash tizimi xizmatlari; - oliy ukuv yurtlariga kirish test sinovlari, xaydovchilik huquqini olishga imtixonlar topshirish, masofadan turib o’qitish usuli bilan davlat ta’lim muassasalarida malaka oshirish va boshqa lar; - ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan o’tkazish buyicha mexnat birjalari xizmatlari; - kreditlar, imtiyozlar va
litsenziyalarni onlayn
rasmiylashtirish; - daromadlar, dividendlar to’g’risida axborot va maslaxatlar olish; - har xil badallarni, kommunal xizmatlar haqini to’lash va ko’plab boshqa narsalar. Tarmoq resurslari orqali ko’rsatilayotgan ko’plab davlat xizmatlarining o’ziga xos moliyaviy asosini tashkil etuvchi elektron pullar aholiga ko’rsatilayotgan tez sur’atlarda rivojlanayotgan zamonaviy onlayn xizmatlaridan biridir.
17 Elektron pullar axborot tarmoqlarida pul aylanishini tashkil qilish shaklidir. Xulosa qilib aytganda, AKT tizimlarining davlat boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu formulyar, guvoxnoma, ma’lumotnoma va xokazolar uchun kishilarning shaxsan davlat muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, kelajakda bundan butunlay xalos qiladi. Ko’plab mamlakatlar tajribasi joriy etishning dastlabki bosqichidayok kutilgan maqsadga – so’rovlarga xizmat ko’rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini kamaytirish hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishini engillashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruviga AKTni joriy etilishi xususiy biznesga qanday foyda beradi? Biznes raqobat sharoitida yashab qolish uchun o’zining doimiy ravishda takomillashuvga intilishi tufayli zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va faol joriy etishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chikdi. AKT tizimlarining davlat boshqaruviga joriy etilishi xam sog’lom tadbirkorlikni va xususiy tashabbusni rivojlantirish va biznes to’zilmalarining samarali innovatsiya boshlanmalari uchun kulay muxit yaratish extiyojlariga javob berishi jixatidan istisno emas. Umumiy ma’noda gap G2V nimtizimida munosabatlarning o’ziga xos ―reinjnitiringi‖ni amalga oshirish haqida bormoqda, ya’ni G2C nimtizimi birinchi navbatda iktisodiyot soxasidagi davlat boshqaruvining amaldagi tizimini davlat va biznes to’zilmalarining umumiy ishi yulida – biznes sub’ektlaridan har birining ravnaq topishi, binobarin, butun mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy o’zaro xamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdir. Munosabatlarning bu nimtizimida quyidagi reinjiniring asosiy sub’ektlari hisoblanadi: byudjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat to’zilmalarining o’zaro iktisodiy xamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va x.k. Bunda bu va boshqa masalalar buyicha davlatning biznes sektor bilan mavjud direktiv hamda nazorat kiluvchi munosabatlarini madaniyatlirok o’zaro sheriklik munosabatlari oqimlariga ko’chirish.
18 Bu esa quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - davlat boshqaruvining ortiqcha bug’inlarini qisqartirish, tartibga solish yukini kamaytirish, shuningdek xujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yuli bilan biznes jarayonlarini va tranzaktsiyalarini tezlashtirish, soddalashtirish hamda
arzonlashtirish; - biznes to’zilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma’muriy tusiklarni bartaraf etish; - qonunlardan va bozor talablaridan kelib chiqqan holda mavjud resurslarni maqsadga yunaltirilgan erkin boshqarish; - rivojlanish dasturlarini ragbatlantiruvchi qo’llab-quvvatlash. Ushbu vazifalarni xal etish quyidagi masalalar buyicha biznes sub’ektlariga elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini dadillik bilan rivojlantirish yuli bilan erishiladi: - vakolatli tashkilotlardan loyixa xujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish; -litsenziyalar olish va ularni uzaytirish; - kompaniyalarni davlat ruyxatidan o’tkazish va qayta ruyxatdan o’tkazish; - byudjetga va byudjetdan tashkari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni amalga oshirish; - yuridik maslaxatlar, qonun xujjatlariga o’zgartirishlar to’g’risida uz vaqtida va to’liq axborot olish; - eksport-import operatsiyalar buyicha tovarga ilova qilinadigan xujjatlarni va bojxona
to’lovlarini rasmiylashtirish; - buxgalteriya, soliq va statistika hisobotini rasmiylashtirish va x.k. Bunda elektron tijoratni rivojlantirish G2C nimtizimi xizmatlarining muxim sektori hisoblanadi.
SHunday qilib, jamiyatga ko’rinmaydigan, biroq AKT tizimlarini joriy etish samaradorligi ularga ko’p jixatdan bog’liq bo’lgan, o’z navbatida umuman davlat
19 boshqaruv samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan masalalarni kurib chiqsak. Bu davlat apparatining ichida G2G nimtizimida sifat jixatidan yangi munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish haqida bormoqda. Ushbu bugin butun tizim uchun zarur bo’lgan asos hisoblanadi, uningsiz davlat boshqaruvida AKTni joriy etish printsip jixatidan mumkin emas. Davlat boshqaruvi organlarining korportiv tarmog’i uning moddiy texnik va axborot kommunikatsion asosi sifatida ish ko’radi. Munosabatlar va aloqalarning ushbu nimtizimida xal etiladigan asosiy vazifalar: - davlat boshqaruvi organlari va davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va
ma’lumotlar bazasini yagona tizimga
integratsiyalash; -xujjatlar aylanishini optimallashtirish; - davlat qarorlarini ishlab chiqishini, kelishishni, qabul qilishni va ijrosini nazorat qilishni optimallashtirish. Yuqorida keltirilgan vazifalar fuqarolar va biznes sub’ektlarining davlat xizmatlariga bo’lgan kundalik extiyojlaridan nisbatan ajralib qolgandek bo’lib tuyulishiga qaramay, davlat boshqaruviga AKT joriy etilishining butun jamiyat uchun
asosiy afzalligi xuddi shu
bug’inda ta’minlanadi: - xukumat resurslaridan foydalanish tezligi: tegishli portallar orqali u yoki bu muassasaga elektron kirish amalda bir zumda amalga oshiriladi va navbatda turishlarini talab kilmaydi; - shaxsan hozir bo’lish va ―idorama-idora‖ yurishning xojati bo’lmaydi: davlat organlariga xujjatlar berish va tegishli davlat xizmatlaridan foydalanish fuqarolar va biznes sub’ektlariga Internet resurslariga kirish mumkin bo’lgan har qanday joydan masofadan turib ta’minlanadi; - ―bir darcha‖ printsipi: davlat boshqaruvi korporativ tarmogining istalgan buginiga kiritilgan axborot elektron pochta vositalari va tarkatmalar orqali barcha manfaatdor davlat organlariga yuboriladi. Ularning javoblari va rezolyutsiyalari ilk marta
murojaat qilingan nuktada jamlanadi; - bir xil ma’lumotnomalar, guvoxnomalar va xokazolarni davlat organlariga ko’p
20 martalab takdim etish zaruriyatining yo’qligi: axborot davlat boshqaruvining korporativ tarmogiga bir marta kiritiladi va ko’p martalab foydalaniladi. Davlat boshqaruviga AKTni joriy etish va undan foydalanish aholining imkoni boricha keng qatlamlari tegishli texnologiyalardan foydalanishlariga bevosita bog’liq bo’ladi. CHunki Kompyuter texnologiyasi va infrato’zilma nisbatan qimmat turishi tufayli aholi asosiy qismining daromadi darajasi past ekanligi axborot texnologiyalari ommaviy yoyilishiga jiddiy to’siq hisoblanadi. Bu degani davlat boshqaruviga AKTni joriy etishning muayyan darajasida davlat va Fuqarolar axborot notengligining fundamental muammosiga duch kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda Internetdan yalpi foydalanilishini ta’minlash infrato’zilmasini tashkil etishga maqsadli investitsiyalar kuyish printsipial ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlarda rivojlanishning har xil darajalarida ushbu vazifalar xal etiladi. Biroq shunga qaramay, bir kancha umumiy yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: - Internetdan foydalanishning ommabop muassasalari va punktlarini tashkil etish; - maktablar, kutubxonalar, boshqa ommaviy muassasalarni Internetga ulash; - aholining ijtimoiy nochor qatlamlari uchun davlat boshqaruvining korporativ tarmoqlari resurslari va Internetga kirishning davlat tomonidan kafolatlanishi - bepul yoki imtiyozli tariflari buyicha. Bo’lardan tashqari fuqarolarni va biznes sub’ektlarini davlatning elektron xizmatlari mavjudligi haqida aytib o’tish joiz. Shu maqsadlarda o’zining kundalik vazifalarini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanishning foydali ekanligini jamiyatga maqsadga yunaltirilgan tarzda targ’ib qilish muxim axamiyatga egadir. Davlat boshqaruvida AKT infrato’zilmasiga kuyiladigan maxsus talablar axborot oqimining ochiq-oshkoraligi va maxfiyligi printsiplari balansini ta’minlash zaruriyatidan kelib chikadi. Boshqa cha suzlar bilan aytganda ushbu tizimlarining, birinchi navbatda davlat boshqaruvi korporativ tarmogi faoliyat ko’rsatishining birinchi darajali talabi uning axborot xavfsizligi hisoblanadi.
21 Modomiki, interaktiv muxitlar axborot xavfsizligi nuktai nazaridan nochor bo’lib kolar ekan, axborot aloqalarining globallashuvi, bir tomondan, huquqka zid xatti-harakatlarning yangi shakllari va usullarini, ikkinchi tomondan – ma’lumotlarning etarlicha xavfsizligini ta’minlashning yangi usullarini keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, barcha bug’inlarda – axborotni saqlash, uni qayta ishlash va kirish muxofazalangan aloqa kanallari orqali uzatishda, ochiq rasmiy axborot infrato’zilmasining alohida muxim segmentlarida axborot resurslarining xavfsizligi, ularning yaxlitligi, ularga kirish mumkinligi va ularning maxfiyligi hamda elektron xujjatlar mualliflarini bir xilda aniqlash mumkinligini ishonchli ta’minlanishi zarurdir. Davlat boshqaruvida AKT xavfsizligini ta’minlash zaruriyati axborotni aloqaning ochiq tarmoqlariga, shu jumladan Internetga kirishda yoki boshqa kanallar buyicha kirishda ruxsat berilmagan kirishlardan yoki o’zgartirishlardan, shuningdek Kompyuter xurujlari va viruslar ta’siridan ximoya qilishning yagona talablarini qo’llash asosida kompleks yondashishni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatdiki, axborot xavfsizligini ta’minlashning kontseptsiyasini ishlab chiqish xamma vaqt tegishli loyixalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi: - elektron xujjatlar aylanishi xavfsizligini ta’minlash; - maxfiy ma’lumotlar va axborot jarayonlarini xam xodimlarning kasddan sodir etilgan, xam malakasiz xatti-harakatlaridan, shuningdek tabiiy yoki texnogen tusdagi xaloqatlar xolatlaridan ximoya qilish buyicha komplekc oldini olish chora- tadbirlarini amalga oshirish; - axborotni ximoya qilish vositalarini takomillashtirish, umumiy axamiyatli qayta ishlashning ximoyalangan vositalarini qo’llash; - identifikator kalitlar, elektron raqamli imzolar, kriptografiya, nutkni, barmok izlarini aniklash dasturlari va xokazo har xil texnik, dasturiy yoki jismoniy ximoya vositalari va boshqa lar maxfiy axborotga kirish huquqiga ega bo’lgan shaxslarni ishonchli identifikatsiyalashni ta’minlash;
22 - xodimlar, menejerlar va texnik xizmatlar uchun anik lavozim yuriknomalari yaratish. Davlat axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning davlat xizmatchilari tomonidan suiste’mol qilinishidan ximoya qilish davlat axborot tizimlari, resurslari va texnologiyalari bilan ishlashda ular ishi monitoringini olib borish va operatsiyalarni hisobga olishning kompleks tizimini tashkil etish asosida ta’minlanadi. Axborot xavfsizligi harajatlari anchaginani tashkil etadi va uzatilayotgan, saklanayotgan yoki qayta ishlanayotgan axborotning muximligi va maxfiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli ximoyaning ishonchli tizimini kurish uchun axborotning maxfiyligi darajasini, uning ximoyalanganligi darajasini va axborot tizimi resurslariga kirish huquqini to’g’ri belgilash zarurdir.
Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling