Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
qamashi tuman xokimligi rasmiy web saytini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNR kuyidagi ma’lumotlar bazalari ishlashi mumkin
- RNRning kamchiliklari.
- Cold Fusion texnologiyasi.
- ASP texnologiyasi.
- III BOB. QAMASHI TUMAN HOKIMLIGINING RASMIY WEB SAYTINI YARATISH. 3.1. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga
- II. Rasmiy web-saytni yuritishga qo’yiladigan talablar
45 tegi ostida html saxifaning asosiy kismi yoziladi. SHu sababli xam RNR-skrpit aynan shu kismga joylashtirilgan. echo "Salom men php sahifaman"; funktsiyasi esa brauzerga «Salom men php sahifaman» mantini chikaradi.
Adabas D, InterBase, Solid, dBase, mSQL, Sybase, PostgreSQL, Empress, MySQL, Velocis, File Pro, Oracle, Unixdbm, Informix.
IMAP,SNMP,NNTP,RORZ va xatoki HTTP, shu bilan birgalikda soketlar (sockets) bilan ishlash imkoni bor.
xar kaysi texnologiyani ham zaif tomonlari bordir. Bu kamchiliklar vakt utishi bilan bartaraf etilib kelinmokda bu esa tabiy xolga aylanmokda. Endi keling RNR texnologiyasini kamchiliklarini karab chiksak.
46 RNRning asosoy kamchiligi shundan iboratki bu katta bulmagan spkritlarni yozish uchun muljalanganligidadir. RNRning yadrosi bir necha marta qayta yozilgan bulsa xam, katta turdagi loyixalarni amalga oshirish uchun tavsiya etilmaydi. Kup turdagi skrpitlarni bir vaktda foydalanish ish samarasini keskin pastga tushirib yuboradi. RNR psevdokompilyar til bulib S dasturiga nisbatan bir oz sekin kompilyatsalanadi. Xozirgi vaktga kelib Perl tarkibidagi CPAN modullarning juda kupligidadir. Ammo RNRning bu turdagi moddularni esa juda kamligi ba’zi bir turdagi ishlarni amlga oshira olmasligidadir. Cold Fusion texnologiyasi. Cold Fusion paketi Allaire firmasi tomonidan ishlab chikilgan bulib, asosan ma’lumotlar bazasiga asoslangan interaktiv va dinamik kurinishdagi web –saxifalarni yaratishda ishlatilinadi. Uning asosida kuyidagi texnologiyalar yotadi: HTML (Hyper-Text Markup Language) CGI (Common Gateway Interface) SQL (Structured Query Language) ODBC (Open Database Connectivity) Ilovalarni yaratishda Cold Fusion texnologiyasidan foydalangan xolda Perl, C/C++, Visual Basic yoki Delphi dasturlashtirshi tillaridan foydalanish talab etilmaydi. Buning urniga esa odddiy HTML fayliga ma’lumotlar bazasi bilan ishlov maxsus teglar joylashtiriladi. Cold Fusionni ishga tushrish CGI ilovalarni ishga tushirish kabi amalga oshiriladi bu esa turli xildagi WindowsNT va Windows 95 va undan yuqori sistemalari ostida web-serverda ishlashi mumkin. Cold Fusion kuyidagi serverlarda sinab kurilgan: O'Reilly WebSite Microsoft Internet Server EMWAC HTTPS Process Software Purveyor
47 Netscape Communications/Commerce Server Internet Factory Communications/Commerce Builder Spry Safety Web Server CSM Alibaba Cold Fusion turli xildagi ma’lumotlar bazasida foydalanishda 32-razryadli ODBC-drayverini ishlatadi. Cold Fusion va ODBC-drayverini samari ishlashi uchun kuyidagi talablar koniktirilgan bulishi lozim: U 32-razryadli drayver bulishi shart. U1 ODBC API satxini kulab kuvvatlashi lozim.. SQL grammatikasiga asoslangan bazani kulab-kuvvatlashi lozim. Ma’lumotlarni(vaktni) kirtish funktsiyasini bajarishi uchun drayver ma’lum bir turdagi ma’lumotlarni kullab-kuvvatlashi lozim. ASP texnologiyasi. ASP (Active Server Pages)- skriptli (JavaScript, JScript, VBScript) dasturlar orkali maxsus interaktiv kurinishdagi web-saxifalarni yaratishda ishlatiladigan til bulib xisoblanadi. Bu til 1996 yil o’rtalarida (kodli nomlanishi Denali ) dunyga keladi va Microsoft Internet Information Server 3.0 ga kushimcha sifatida ishlab chikila boshlandi. Bu esa web-yaratuvchilar tomonidan katta kizikish bilan kabul kilindi. ASP 2.0 versiyasi Windows NT 4 Option Pack tarkibida 1997 yil dekabr oyida ishlab chikilga bulsa . ASP 3.0 versiyasi Microsoft Internet Information Server 5.0 tarkibida Microsoft Windows 2000 operatsion sistemasida ishlab chikila boshlandi. Bu esa bir tulik operatsion sistema kurinishiga olib kelidi. ASP texnologiyasi boshka turdagi platformalarda xam Java Server Pages va shunga uxshash saxifalarni yaratishda ishlatilib kelinmokda. Platformalarga misol keltirsak Solaris, Chili! ASP oilasiga mansub bulga Apache platformasidir. Biz shuni takidlab utishimiz joiski ASP texnologiyasi yuk joydan yaratilmagan, uning asosiy serverli dastur bazasi sifatida Common Gateway Interface (CGI) interfeysidan foydalanilgan. Bunday dasturlar web-klient tomonidan keladigan surovlarni qayta ishlab HTML - saxifalarni generattsiya kilib foydalauvchiga yuboradi. Dasturlarni tayyorlash davomida kupchilik xolatlarda
48 Perl interpretatori ishlatiladi. Dasturchi tomonidan kerakli bulgan buyruklar ketmaketligi tuzib, web-server esa interpretar ishlatgan xolda dasturlarni ishlatishga sharoit yaratib beradi. Internet Information Server Microsoft uzlarining web-serverlari uchun Internet Server Application Programming Interface (ISAPI) interfeysini taklif etishdi. SGI interfeysidan asosiy farki shundan iborat ver- serverda kompilyatsiya kilingan kodlarni DLL fayllariga joylashtirganligidadir. Bu texnologiya xam CGI texnologiyasi singari foydalanuvchilardan kabul kiladigan surovlarni qayta ishlab javoblarni generattsiya kilish imkonini beradi. Web- saxifalarni ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanishini taminlash maksadida dbWeb nomli maxsulot ishlab chikarilgan edi. Vaktlar utishi natijasida oddiy va kulay bulgan Internet Database Connector (IDC)- texnologiya kulanila boshlandi. Kulaylik tomonlari shundan iboratki SUBD ma’lumotlar bazasidan surovlarni natijasini olish maksadida tayyor shablonlardan foydalanish imkoni borligidadir. Keyingi logik kadam sifatida shablonlarni birlashtirish buldi, bunda asosan ADO ma’lumotlarga boshlanish mexanizmi va kodli skriptlarni bir butunlikka olib kelinishi natijasida ASP texnologiyasi vujudga keldi. ASP ning rivojlanishi davomida serverli komponentlari Microsoft Transaction Server (MTS) bilan integratsilangan. ASP 3.0 versiyasida COM+ servisi bilan integratsilashgan.
Bugunki kunga kelib ASPda dinamik saytlarni yaratish imkoni mavjud bulib bu esa server komponentlardan foydalanish imkonini beradi. Skriptli kodlarni tayyorlashda JScript, VBScript yoki PerlScript tilaridan foydalaniladi. DHTML texnologiyasi. Kupchilik foydalanuvilar foydalanishda ishlatilmaydigan dasturlarni kupayishidan norozidirlar. Kupchilik tashkilotlar fakatgina bir yunalishda ishlatiluvchi dasturlardan foydalanishadi, Misol tarikasida tekslar bilash ishlovchi dasturlar bu dasturlar orkali bulardan tashkari katta kurinishdagi jadvallar, rasmli, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoni beradi. Agarda shu kurinishdagi dasturlar foydalanilsa yaxshi ba’zi vaktlarda bu dasturlar Kompyuter xotirasidan kushimcha joy egalab turishi esa yomon. Xozirga kunga kelib dasturchilar tomonidan yaratiluvchi web-kushimchalar va web-saxifalarni xam shu kurinishdagi yuldan foydalanishmokda. Bu yul esa disk xotirasiga va ver-
49 serverlarga xech kanday kushimcha og’irliklar tug’dirmagan xolda ishlab turibdi. DHTML tili turli interaktiv saxifalarni yaratishda ishlatiladi, uning asosiy bazasi sifatida HTML tilidir.Bunda asosan jadval stilidagi ob’ekt modellari ishlatiladi. SHu bilan birgalikda turli xildagi audiofayllar va rasmli kurinishdagi fayllarni maxsus operatorlar orkali yuklash mumkin bu operatorlar esa foydalanuvchi severiga shu fayllarni tez yuklashga imkon beradi. Web-mutaxasislar bu tildan aktiv foydalanishib, turli xildagi obektlarni saxifaga joylashtirishni qullashmokdalar. Dinamik HTML(Dynamic HTML) saxifalarning kengaytmasi sifatida HTML-
element va
atributlaridan foydalanishadi. Bundan tashkari bu texnologiyadan foydalangan xolda saytning stilini dinamik ravishda uzgartirish mumkindir. Bularning barchasi dinamik kurindagi «tirik» saxifalarni yaratishga imkon beradi. Xozirgi kunda global tarmokdan foydalanuvchilar saxifalarni yuklash davomida kushimcha modullar (plug-ins), kushimchalar (add-ons) kushmagan xolda serverdagi ma’lumotlarni tezda qayta ishlab foydalanvchiga etkazib berishda ishlatilmokda. Internet tarmogi asosiy katta ma’lumotlar olish makoni bulgani uchun xam HTML- mualliflar kanday turdagi foydalanuvchilar bulishidan kat’iy nazar tug’ri ma’lumot berishi talab kilinadi. HTML- xujjatlar xech kachon uning oldingi ma’lumoti singari bulishi mumkin emas, kupchilik saxifalar bugungi kunda HTML- xujjat sifatida takdim etilib kelinmokda.
50 III BOB. QAMASHI TUMAN HOKIMLIGINING RASMIY WEB SAYTINI YARATISH. 3.1. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rasmiy web-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy web-saytida joylashtirish uchun majburiy bo’lgan axborotlar ro’yxati:
1. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy web-saytida (keyingi o’rinlarda rasmiy web-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy bo’lgan axborotlarga quyidagilar kiradi: a) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy bo’linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funktsiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar; b) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlar; v) oldin davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risidagi ma’lumotlar; g) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar; d) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan o’tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to’g’risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyat to’g’risidagi boshqa axborotlar;
51 e) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi to’g’risidagi ma’lumotlar; j) amalga oshirilishida davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to’g’risidagi axborotlar; z) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko’rsatkichlar to’g’risidagi ma’lumotlar; i) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan tovarlar etkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) bo’yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to’g’risidagi ma’lumotlar; k) bo’sh ish o’rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi ma’lumotlar; l) rasmiy web-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko’rsatilishi to’g’risidagi talab; m) davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to’g’risidagi ma’lumotlar; n) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo’mitalar va boshqalar) to’g’risidagi ma’lumotlar; o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o’tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko’rsatilgan holda ochiq majlislar o’tkazish rejalari; p) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy web-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma’lumotlar.
52 2. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan rasmiy web-sayt orqali ko’rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro’yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi: a) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlari to’g’risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog’lanish ma’lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari); b) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi va uning bo’linmalarining (shu jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo’linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo’llari, to’xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to’g’risidagi ma’lumotlar; v) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari; g) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to’g’risidagi axborotlar; d) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to’g’risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to’g’risidagi tahliliy ma’lumotlar; e) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari; j) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining statistik axborotlari; z) Internet tarmog’idagi boshqa tegishli web-saytlarga va O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar; i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);
53 k) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining matbuot xizmati to’g’risidagi ma’lumotlar (mas’ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to’g’risidagi ma’lumotlar); l) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxati; m) interaktiv davlat xizmatlarining alohida bo’limi; n) elektron pochta orqali hamda e’lonlar va yangiliklarni etkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari orqali rasmiy web-saytni yangilashga yozilish imkoniyati; o) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining «Elektron hukumat» tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko’rsatiladi, qanday ma’lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to’g’risidagi ma’lumotlar; p) aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar. 3. Rasmiy web-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko’rsatilgan taqdirda yo’l qo’yiladi.
4. Rasmiy web-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo’lishi kerak. Bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy web-sayt orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda qo’shimcha xizmatlar ko’rsatishi mumkin. 5. Rasmiy web-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko’rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.
54 Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy web-saytga normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay joylashtirilishi kerak. 6. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarning buyrug’i bilan rasmiy web-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas’ul bo’lgan shaxslarni (bo’linmani) belgilaydi. 7. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy web-sayti Internet tarmog’idagi «.UZ» domen zonasida va O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting). 8. Rasmiy web-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy web-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega bo’lishi mumkin. 9. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi o’zining rasmiy web-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo’q qilinishi, to’sib qo’yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo’yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko’rishi kerak. 10. Barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy web-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo’lgan asosiy funktsiyalarga quyidagilar tegishlidir: a) web-sayt bo’yicha izlash; b) mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizaynli web-sayt versiyasi; v) imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo’shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo’shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo’rligi funktsiyalari va boshqalar); g) web-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (maxfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar ko’rsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);
55 d) fuqarolar murojaatlarining ko’rib borilishi holati va vaqtini hamda interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish holatini kuzatib borish; shu jumladan elektron pochtada bildirishnomalar yuborish; e) muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqish; j) jamoatchilik fikrini o’rganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-so’rovlar, bloglar, forumlar); z) kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari. 11. Davlat hokimiyati organlarining rasmiy web-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo’lgan asosiy funktsiyalarga qo’shimcha ravishda quyidagilar tegishlidir: a) erni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari, fuqarolarga ijaraga berish to’g’risidagi axborotlar; b) dastlabki ko’rib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash bo’yicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning ro’yxati va tarkibi; v) hokimlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reestri. 12. To’g’ridan-to’g’ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmatlar ko’rsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan davlat unitar korxonalari o’zlarining rasmiy web-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funktsiyalarni nazarda tutishlari kerak: a) tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to’g’risidagi to’liq va dolzarb ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etish; b) Internet tarmog’i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to’lash imkoniyati. 13. Rasmiy web-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:
56 a) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, so’rovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini to’ldirish; b) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa to’lovlarga on-layn haq to’lash; v) xizmatlar ko’rsatishga so’rovni rasmiylashtirishda (shakllarni to’ldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.
Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling