Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
qamashi tuman xokimligi rasmiy web saytini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Interaktiv davlat xizmatlari va axborot resurslari.
- II BOB. WEB SAHIFA YARATISHGA MO’LJALLANGAN DASTURIY VOSITALAR 2.1. Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar va ularning
- Firma Web-saytning tipik tuzilishi odatda quyidagicha tasvirlanadi
- Xosting-provayder (xoster).
- Xosting.
- 2.3 WEB sahifa yaratish texnologiyalari.
- RNRning afzalik tomonlari.
- RNR ning yutuqlari va kamchiliklari. RNRning yutug’i.
1.1. Elektron hukumat tizimini joriy etish tendentsiyalari.
O’tgan asr 90-yillarining o’rtalarida dunyoning rivojlangan mamlakatlari Kompyuter va internet kabi axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib, davlat boshqaruvi tizimida islohot o’tkazish bo’yicha harakatlarni boshlashgan. Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko’rsatish darajasini oshirish uchun islohot o’tkazishning eng kuchli strategiyasi sifatida elektron hukumat belgilangan va shundan boshlab elektron hukumat tizimini yaratish bo’yicha keng ko’lamdagi loyihalar boshlangan. Elektron hukumat loyihalarining asosiy maqsadi – hukumatning boshqaruv va ma’muriy faoliyatida ish unumdorligi va samaradorligini ko’tarish, bular asosida fuqarolarga yuqori darajadagi davlat xizmatlarni taqdim qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun maqbul muhit yaratish hisoblanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun eng avvalo hukumat idorolari faoliyatida innovatsiyani joriy qilish, keraksiz biznes-jarayonlar va reglamentlarni isloh qilish yoki bekor qilish, hujjatlarni qisqartirish, qarorlarni elektron tarzda qabul qilish, standartlashgan hujjat almashinuvi orqali davlat idoralari o’rtasida ma’mulomotlardan umumiy
23 foydalanishni yo’lga qo’yish, yagona oyna tizimiga o’tishni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bu ishlarning amalga oshirilishi fuqarolarga tashqariga chiqmasdan, ya’ni uyda yoki ishda bo’la turib bir tugmachani bosish orqali xoxlagan murojaatni qilish, ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarni olish yoki tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish imkoniyatini beradigan innovatsion davlat xizmatlarini ko’rsatishni ta’minlaydi. Elektron hukumat tizimi uchta yo’nalishni qamrab oladi: Davlat idoralarida ish unumdorligi va samaradorligini oishirish uchun ichki ish jarayonlarini axborotlashtirish: ish jarayonlarida vujudga keladigan barcha turdagi hujjat va ma’muriy ma’lumotlarni elektron tarzda tayyorlash, to’plash, ko’rib chiqish, saqlash; Jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini taqdim qilish (G2C, G2B); Davlat idoralari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish: ma’lumotlardan umumiy foydalanish. XXI asr global raqobatdagi axborotlashtirish davridir. Davlat idoralari qanchalik tez jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqib, ularning ish unumdorligini oshiryapti? Murojaatlarni ko’rib chiqishda korruptsiya darajasi qanchalik kamaygan? Davlat idoralarida ish jarayonlari qanchalik tezlashgan? SHu kabi savollarga javoblar mamlakatning qay darajada raqobatbardoshligini hozirda
ko’rsatmoqda. Elektron hukumat tizimi
muvaffaqiyatli joriy etilsa, mamlakatning imkoniyatlari maksimal darajada ko’tariladi, korruptsiya bartaraf etiladi, barcha ishda shaffoflik va oshkoralik ta’minlanadi. Bularning natijasida xalq ishonchi oshadi, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar ochilib rivojlanadi, mamlakat esa o’zining imkoniyatlari va raqobatbardoshlik darajasini dunyoga namoyish etadi. ―Elektron hukumat‖ tizimi, mutaxassislarining fikricha, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi
iqtisodiyotning rivojlanishini tezlashtirish imkonini beradi, ma’muriy buyruqbozlik asosida kelib chiqadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi, davlat tashkilotlarining ish unumi va
24 samarasini oshiradi, aholining turli axborotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish hisobiga fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo’yicha imkoniyatlarni kengaytiradi, davlat xizmatlarining faoliyatidagi shaffoflikni yaratadi va byurokratik to’siqlarni kamaytiradi. Uni shartli ravishda quyidagicha ta’riflash mumkin. Davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari. Davlat tomonidan xizmat ko’rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish. Davlat boshqaruvida axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni hamda hokimiyatning barcha darajalarida davlat organlarining fuqarolarga xizmat ko’rsatishini elektron vositalar asosida tashkil etish. Davlat hokimiyati organlari va jamiyat o’rtasida axborotlashtirish-dagi o’zaro munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish. Quyidagi asosiy xizmat va vazifalarni o’z ichiga olgan avtomatlashtirilgan davlat xizmati: fuqarolarni kerakli davlat axborotidan erkin foydalani-shini ta’minlash; soliqlar yig’ish, patentlar va transport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish; davlat apparati uchun zarur material va jihozlarni xarid qilishni rasmiylashtirish hamda bitimlar tuzish. SHunday qilib, ―Elektron hukumat‖ tizimi quyidagi asosiy maqsadlarni o’z ichiga oladi: aholi va biznesga davlat xizmatlarini ko’rsatishni optimallash-tirish; aholini davlat boshqaruvidagi ishtirok etish darajasini oshirish; fuqarolarning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo’llab-quvvatlash; geografik joylashish ta’sirini kamaytirish. ―Elektron hukumat‖ tizimini yaratish arzon va samarali ma’muriy boshqaruvga olib kelishi bilan, jamiyat bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tubdan o’zgartiradi, buning natijasida hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyati oshadi.
25 ―Elektron hukumat‖ tizimining asosiy tamoyillaridan biri har bir fuqaro hukumatga istalgan zamon va makonda murojaat etishi mumkin bo’lishidir. YA’ni, ―Elektron hukumat‖ fuqarolarni davlat bilan o’zaro munosabati va davlat xizmatini sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun geografik qaerda joylashishidan qat’i nazar, ta’minlashi lozim. Hozirgi vaqtda fuqarolarga axborot etkazish asosan passiv va muntazam bo’lmagan holda ommaviy axborot vositalari orqaligina amalga oshiriladi. Odamlar yangi qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa normativ hujjatlar bilan gazeta, televidenie hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishadilar. Lekin bu hujjatlar bilan ular haqiqatan ham zaruriyat tug’ilganda tanisha olmaydilar. Masalan, biror davlat idorasiga murojaat etilganda axborot izlash muammosi bilan bog’liq xizmatlarga duch kelinadi. Ma’lumotlarni har doim ham e’lonlar taxtasidan topib bo’lmaydi va bunday hollarda fuqarolar kerakli ma’lumotlarni berish imkoniyatiga to’liq ega bo’lmagan xizmatchilarning maslahatlariga muhtoj bo’ladilar. So’ngra axborot chanqoqligini chala qondirgan fuqaro bundan so’ng bir necha marta navbat kutib, saviyasi past xizmatga duch keladi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari to’lovini to’lashda ham fuqaro jamg’arma bankida navbat kutishi mumkin. Axborotning to’liq bo’lmaganligi va xizmat ko’rsatishda davlat xizmatchilarining sovuqqonligi tufayli fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan imtiyozlardan bexabar bo’lgan holda ulardan foydalana olmasligi mumkin. Odamlar o’z huquqlarini to’liq bilmagani tufayli byurokrat va tartibot saqlash organlarining qurbonlariga aylanadi. Bu muammolarni hal qilish uchun barcha davlat muassasalari xizmatlarining tavsifi va ro’yxatlari hamda normativ- huquqiy axborotlar fuqarolarga etkazish imkoniyati mavjud bo’lmog’i zarur. Mamlakatda axborotlashgan jamiyat shakllantirish doirasida bunday axborotlar standartlashtirilgan bo’lib, Internet saytlarida e’lon qilinishi lozim. Lekin ―Elektron hukumat‖ Internet orqali axborot almashinish faoliyatini amalga oshirishni boshlamasdan, balki, davlat xizmatlarini shu tizim orqali bajarish imkoniyatini yaratishdan boshlanadi.
26 ―Elektron hukumat‖ tizimi fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo’mitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi. ―Elektron hukumat‖ tizimini yaratishdan asosiy maqsad sub’ektiv faktorlarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslar-ni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta’minlashdir. Bundan jamiyat hech bo’lmaganda poraxo’rlik va korruptsiyaning kamayishi ko’rinishida foyda ko’rishi mumkin. SHunday qilib, ―Elektron hukumat‖ tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim sifatida qaralmasdan, balki, davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyilining jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko’lamli elementi ko’rinishida qaralmog’i lozim.
Bugungi kunda har qanday davlatning rivojlanishi, uning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni ushbu mamlakatda AKT xizmatlarining rivojlanish darajasi, aholining turli
guruhlari tomonidan ulardan foydalanishdagi imkoniyatlariga bevosita bog’liq desak, mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi vaqtga kelib, O’zbekistonda AKTni joriy etish va rivojlantirishga bir qator Qonunlar, Prezident Farmoyishlari, Prezident va Hukumat Qarorlari, davlat va tarmoqqa oid standart va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mustahkam asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Oxirgi yillar mobaynida davlat organlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, ma’lumotlarni lokal va korporativ darajada uzatish, Internet tarmog’iga ulanishi (hozirda barcha davlat organlari bunday imkoniyatga ega) bo’yicha anchagina ijobiy yo’nalishdagi ishlar amalga oshirildi. Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, oxirgi 10 yil davomida O’zbekiston Respublikasi elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha katta natijalarga erishdi. Bu borada (―Elektron hukumat to’g’risida‖ 2015 yil 9-dekabr) bir qator muhim qonunlar qabul qilindiki, ular elektron hukumatning jadal sur’atlarda rivojlanishiga turtki bo’ldi.
27 Elektron hukumatni rivojlantirish jarayonida ma’lumotga boy resurslar va davlat organlari tizimi yaratiladiki, bunda elektron xizmatlar faoliyati yagona davlat portalidan (bunga interaktiv davlat xizmatlarining yagona reestrini yaratish ham kiradi) amaliy jihatdan olib borilishi ta’minlanadi va saytga joylashtirish bo’yicha keng ko’lamdagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Ammo bu xizmatlarni amalga oshirish, ya’ni ma’lumotlarni taqdim etish faqat bir yo’nalishda, ya’ni davlatdan - fuqarolarga tomon shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatimizda 2012-yilning ikkinchi yarmida qabul qilingan qonun va farmoyishlar respublikada elektron hukumatni rivojlantirishni yanada jadal sur’atlarda o’sishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi, natijada mamlakatimiz ushbu yo’nalishda sezilarli natijalarga erishdi. Bunday yo’nalishdagi ishlardan eng muhimlarini ajratib ko’rsatish mumkin, ulardan biri davlat axborot tizimining yaratilgani (GIS) va shuningdek, bunda davlat hukumat organlari tomonidan tegishli resurslarni ma’lumotlar bazasi/reestri shaklida jamlanishini aytib o’tish joiz. Davlat axborot tizimining shakllanishida, ayniqsa, 2006–2007 yillardagi hukumat qarorlari muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.
2.1- rasm. Davlat ma’lumot rusurslarining tartibga solinishi. Bugungi kunda barcha davlat organlari tomonidan, doimiy ravishda, yangilanib turuvchi web-saytlar yaratilgan bo’lib, ular yuridik va jismoniy shaxslarga davlat organlarining faoliyati va ular qabul qilayotgan qarorlari haqida keng ma’lumotlar
28 berib bormoqdalar. Davlat organlari tomonidan foydalanuvchilarga 270 ortiq davlat interaktiv xizmatlarini (my.gov.uz) yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali hizmat ko’rsatish amalga oshirilmoqdaki, portalga 900 dan ziyod tashkilot ulangan.
Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali jismoniy va yuridik shaxslarga uchun yagona oyna xizmatlarini taqdim qiluvchi portal sifatida ―front ofis (front office)‖ funktsiyalarini bajaradi. Bu portal orqali ―one click‖ tarzda xizmatlarni taqdim qilish uchun vazirlik va idoralarning ―bek ofis (back office)‖ funktsiyalarini bajaruvchi tizimlari yoki idoralararo tizimlar mukammal darajada bo’lishi kerak. Idoralararo hamkorlik uchun axborot tizimlarining integratsiyasi ham juda muhimdir. ―Bek ofis (back office)‖ har bir vazirlik va idoralarda boshqaruv faoliyati samaradorligi va unumdorligini oshirish va fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqishga ixtisoslashgan bir qancha axborot tizimlaridan tashkil topgan. Bunday tizimlarning texnik infrastrukturasini yuqori tezlikdagi elektron hukumat tarmog’i tashkil qiladi. Shuningdek, boshqaruv faoliyada korporativ axborot tizimi, qarorlarni elektron tarzda qabul qilish tizimi va shu kabi boshqa tizimlarni joriy qilish zarur. ―Bek ofis (back office)‖ni tashkil qiluvchii bunday kompleks axborot tizimlari quyidagilardir: milliy geografik, avtotransport vositalari, sog’liqni saqlash, ta’lim,
29 nafaqa, davlat buyurtmalari, bojxona, soliq, kommunal xizmatlari va boshqa axborot tizimlari. Aholiga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma’lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir. Misol tariqasida aytadigan bo’lsak, Koreya Respublikasida ko’chish, tug’ilganlik haqidagi guvohnoma va boshqa 4,997 turdagi ma’lumotlar fuqarolarga 100 % onlayn taqdim etilmoqda. Kompaniyalarni ruyxatga olish va boshqa 3020 turdagi arizalarning 76 % i onlayn amalga oshiriladi. Fuqaroni ro’yxatga olish ma’lumotnomasi nusxasi va boshqa 1208 turdagi hujjat olish bilan bog’liq xizmatlarning 99 %i internet yordamida bitkazilmoqda. Bugun O’zbekiston Respublikasida aynan mana shu natijalarga erishish ustida katta izlanishlar olib boryapti.
30 II BOB. WEB SAHIFA YARATISHGA MO’LJALLANGAN DASTURIY VOSITALAR 2.1. Web sahifa yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar va ularning qiyosiy taxlili. Internetning WWW xizmati asosan web saxifalarga asoslanadi. Web- sahifalar asosan HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. • Web-sayt inglizcha ―site‖ so’zidan olingan bo’lib, joy, joylashish kabi ma’nolarni bildiradi. • Umumjaxon o’rgimchak to’ri ma’lum axborotni topish mumkin bo’lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. • Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Bugungi kunda Internet tarmog’ida turli formatdagi va turli dizayndagi Web saxifalarni uchratishimiz mumkin. Ular maxsus Web saxifalarni dasturlashtirishga mo’ljallangan muxarrirlar yordamida tayorlanadi. Xar bir foydalanuvchi WEB-sahifa yaratish uchun o’ziga qulay, imkoniyatlari yuqori bo’lgan dasturiy vositani tanlaydi. Bugungi kunda bunday dasturiy vositalarning bir nechasi Web dizaynerlarga katta xizmat qilib kelmoqda. Masalan DataLife Engine, Allaire HomeSite Macromedia Dreamweaver va boshqalar. Oddiy Web saxifalarni yaratish uchun Windows standart ilovalaridan biri bloknot dasturidan xam foydalanish mumkin. Undan tashqari matn muxarrirlaridan uncha katta bo’lmagan sahifalar yaratishda foydalanish mumkin: Yuqorida keltirib o’tilgan dasturiy vositalarning ayrim imkoniyatlarini keltirib o’tamiz. DataLife Engine dasturini o’rganish oson va Web -saytlar yaratish ham qiyin emas. Web-sayt yaratish uchun server tarmog’i uchun dasturiy ta’minot o’rnatilgan bo’lishi shart. DataLife Engine odatda aloxida quyiladi va Mirosoft Internet Explorer ning beshinchi yoki keyingi versiyalari o’rnatiladi. Bundan tashqari, o’rgatuvchi dastur o’rnatilishi shart.
31 Shaxsiy Web-sayt barcha turdagi axborotlarni birgalikda ishlatish mumkin bo’lgan sahifalarning bir yoki bir nechtasining yig’indisi. Bu o’rgatuvchi dastur Web-sahifaga va web-saytni boshqarishga yordam beradi. Web sahifa yaratishda quyidagilarni bilish lozim: - DataLife Engineni ishga tushirish; - Web sahifa yaratish va taxrirlash; - Matn va giperaloka bilan ishlash; - Rasm va fayllar qo’yish; - Pozitiya ob’ektlari; - Teskari aloka formasini qo’shish; - Fotografiyalar galereyasini loyihalash; - Web sayt strukturasini yaratish; - Qilingan ishlarni xotirada saqlash;
1.1 rasm DataLife Engine dasturi interfeysi DataLife Enginening asosiy kamchiligi HTML-kodning kattaligi. Shuning uchun sahifa katta bo’ladi va yuklanish tezligiga ta’sir qiladi.
32 1.2 rasm DataLife Engine da saxifalarni yaratish jarayoni Macromedia Dreamweaver dasturi Macromedia Dreamweaver kompaniyasi WEB-saytlar yaratuvchi dasturlar ishlab chikarish buyicha lider va bu soxada yangiliklar yaratuvchi kompaniya hisoblanadi. Bu kompaniyaning HTML-muxarriri oxirgi versiyasi – WYSIWYG – muxarrirlari kategoriyasiga kiruvchi Dream Weaver bo’lib, bu paket juda ko’p afzalliklarga ega: qulay interfeys, funktsiyalar nastroykasi, katta loyihalarni qo’llab kuvvatlash (va Shock Wave texnologiyalarni), FTP orqali fayllarni olish imkoniyati, SSI ni qo’llash va boshqalar.
1.3 rasm Macromedia Dreamweaver dasturi bosh oynasi 1.4 rasm Macromedia Dreamweaver dasturi xususiyatlar oynasi
33 1.5 rasm Macromedia Dreamweaver dasturi kod oynasi Bu dasturda ishlash uchun HTMLni to’liq bilish shart emas. HOME SITE 2asosiy rejimdan iborat: Edit va Design.Design rejimi – WYSIWYG( HTML-kod chikaruvchi) muxarririga uxshash bo’lib, agar begona HTML-kod yuklasangiz, HOME SITE uni o’ziga moslashtirib o’zgartiradi. Edit rejimi sahifacha ustidan to’liq nazorat qilish imkonini beradi.
1.6 rasm Home site dasturi interfeysi
34 2.2 Web-sahifalar yaratishning umumiy tamoyillari. Web-sahifalarni yaratish bo’yicha tavsiyalar. Aytaylik, biz WWW (World Wide Web dunyo
tarmog’i)da o’z
saxifamizni yaratmoqchi va joylashtirmoqchimiz. Uning qiziqarli, foydali va muximi ko’p kiriladigan bo’lishi uchun nimalar qilish kerak. Aniq javob berish kerak bo’lgan birinchi savol: Web- saxifa nima uchun yaratilayapti? Bu savolga ko’p narsa bog’liq: bezash usuli, yaratish va keyingi faoliyati uchun sarflanadigan harajatlar, Web ga o’rnatish uchun ma’lumotlarni tasvirlash formati, Web-serverning va Internet aloqasi kanalining dasturiy ta’minotiga bo’lgan talablar va instrumentlar. Bu erda bir necha variantlar bo’lishi mumkin. Agar biz qandaydir maxsulotni realizatsiya qilayotgan kompaniya uchun Web-sahifa yaratayotgan bo’lsak, u holda asosiy maqsad firma to’g’risida ma’lumot tarqatish va maxsulot reklamasi va yana Web-magazin tashkil qilish bo’ladi. Bunda quyidagi vazifalar echiladi: kompaniya imijini o’zgartirish va obro’yini ko’tarish; maxsulot markasini oldinga surish; maxsulot to’g’risidagi ma’lumotlarning etarliligi va xaridorlar uchun narxlar; dilerlar tarmog’ini qo’llab-quvvatlash, maxsulot to’g’risidagi ma’lumotlarning etarliligi va dilerlar uchun narxlar; maxsulotni Internetda to’g’ridan-to’g’ri sotish, Web-magazin tashkil qilish; ofisdan tashqaridagi xodimlar uchun ichki ma’lumotlarning etarliligi. Boshqacha variant – bu internetda tijorat bilan shug’ullanmaydigan, balki ma’lumot tarqatadigan ilmiy yoki umumta’lim tashkilotlari uchun Web-sahifa yaratish. Bu holatda masala qidiruvni tashkil qilish va unga kirish uchun katta ma’lumotlar massivlarini yig’ish, qayta ishlash va Web-sahifaga joylashtirish to’g’risida boradi. Va so’nggi variant – biz o’zimizning shaxsiy sahifamizni Internetga joylashtirmoqchi bo’lsak, qo’yilgan savollarga to’g’ri javob berish uchun Web-
35 sahifa mo’ljallangan foydalanuvchilar kategoriyasini aniqlash lozim.
Foydalanuvchilarni jalb qiluvchi va ularni ushlab turuvchi ma’lumotlar qurilmasi psixologiya asosida qurilishi kerak. Keyinchalik Web-sahifa bilan bog’liq bo’lgan har qanday harakatlarlarning maqbulligi sahifaga kiruvchilarni ularga nisbatan aks harakatlariga va bu harakatlar ko’zlangan maqsadga etishga qanchalik xizmat qilishiga ko’ra baxolanishi lozim. Maqsadlar belgilab va foydalanuvchilar kategoriyalari aniqlab olingandan keyin tayorlangan ma’lumotlarni Web-xujjatlar bo’yicha taqsimlab olish, ular orasidagi bog’liqliklarni o’ylab ko’rish va qo’shimcha navigatsion imkoniyatlarni, masalan, Web-saxifa bo’yicha qidiruv tizimini ko’rib chiqish kerak.
usullari, uning tarixi va hakazo to’g’risida bayon qilish kerak. Maxsulot va xizmatlar yuzasidan ma’lumot. Web-sahifaga o’zingizning maxsulotingizning rasmlarini joylashtiring. Uning xususiyatlari va ustunliklarini bayon qiling va undan foydalanishga misollar keltiring. Agar maxsulotning qog’ozdagi katalogi mavjud bo’lsa, u holda uning mazmunini va strukturasini Web-sahifaga joylashtirish mumkin. Bu katalogning elektron variantini yaratish va yangilab turishini engillashtiradi. Agar maxsulotga yoki xizmatlarga Internet orqali buyurtmalar qabul qilish rejalashtirilayotgan bo’lsa, u holda elektron pochta orqali qabul qilish uchun buyurtma blankasini joylashtirish kerak. Axborot qo’llab-quvvatlash. Bu bo’limda qo’shimcha texnik ma’lumotlar, ko’p beriladigan savollar, noto’kisliklarni bartaraf qilish uchun maslaxatlar va hokazolar e’lon qilinadi. Yangiliklar. Xaridorlarni firma tomonidan chiqarilayotgan yangi maxsulotlar va ko’rastilayotgan yangi xizmatlar to’g’risida xabardor qilib turing, press- rilizlarni chop qiling va hokazo.
joylashganingiz to’g’risida xabar bering. Izoxlar formasi, mexmonlar kitobi,
36 xaridor o’z fikrlarini jo’natishi uchun elektron pochta adreslari va hakozolarni joylashtiring. Web-sahifani to’ldirishda doimo ikki tamoyilni yodda tutish kerak: o’ziga xoslik va e’lon qilinayotgan materiallarning ishonchliligi. O’ziga xoslik mazmunga qo’iladigan eng birinchi talabdir. Saytda shunga o’xshash ko’plab sahifalar bo’lishi mumkin. Sizning Web-sahifangiz shunga o’xshash mavzudagi serverlardan farq qilishi kerak, xech bo’lmaganda diqqatni o’ziga jalb qilish uchun. O’ziga xos materialllarni joylashtirilishi sahifangizga kiruvchilar sonini orttiradi. O’ziga xos ma’lumotlar resursi yaratish uchun printsipial jihatdan yangi narsani yaratish shart emas, mavjud resurslarni boshqacha tartibda joylashtirish mumkin, lekin bunda xaridorga kerakli materialni qidirishda ko’p vaqt sarflashga majbur qilmaslik kerak. Resurslarning o’ziga xosligini zamonaviy qidiruv tizimlari yordamida tekshirib ko’rish mumkin. Obro’ jihatdan kelsak, u siz ma’lumotlarni qanchalik sinchiklab tanlashingiz, tekshiringiz va o’z vaqtida yangilab turishingizga bog’liq bo’ladi. Web- saxifani yaratishda shu narsani esda tutish kerakki, uni tashkil qiluvchi alohida xujjatlar bir xil bezash usuli va navigatsion vositalar bilan birlashtirilishi kerak. YAgona bezash usuli – bu professional Web-sahifani havaskor Web- sahifalardan farqlovchi ko’rsatkichlardan biridir. Bir xil ko’rinishda qilingan xujjatlar tufayli foydalanuvchilar sizning Web-saxifangizni boshqalardan ajrata olishadi va eslab qolishadi. Bu xujjatlar xuddi ikki tomchi suvdek bir-biriga o’xshashi kerakligini bildirmaydi, lekin umumiy g’oya, yagona usul doimo bo’lishi kerak.
SHu narsa sahifalar bo’ylab navigatsion vositalarga ham tegishli. Web- sahifaga kiruvchi uni xuddi siz kabi yaxshi biladi deb o’ylamaslik kerak. U hozir o’zining qaerda turganligini va boshqa hohlagan joyga qanday o’tishi mumkinligini qiyinchiliksiz bila olishi kerak. Birinchi sahifaga, qidiruv dasturiga yoki Web-sahifa sxemasiga o’ta olish imkoniyati ko’rib qo’yilishi kerak.
37 Bundan tashqari usulning bir xilligi bezash va navigatsiya (ma’lumotlar to’ldirmasdan)ning faqatgina oddiy elementlariga ega shablon-sahifalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ularning yordamida yangi sahifalarni tez va unumli tarzda yaratish va uni yaratishda ishni bir necha kishiga taqsimlash mumkin. Tayyor sahifani olishda shablondan foydalanishda unga faqatgina kerakli ma’lumotlarni kiritiladi. Ketma-ketlilik, mantiqiylik, doimiylik – yaxshi Web- sahifa uchun kerak bo’ladigan xususiyatlar. HTML da paydo bo’lgan usullarning kaskadli jadvallari sizning Web-saxifangiz stilini hosil qilish va o’zgartirish bo’yicha qilinadigan ishlarni anchagina soddalashtiradi. Ularning ba’zi bir imkoniyatlari to’g’risida quyida aytib o’tiladi.
qat’iylashdi. Web-xujjat o’zida quyidagi bo’limlarga ega bo’lishi kerak: sarlavha, kompaniya nomi, navigatsion panel, hususiy mazmun, kontakt ma’lumotlari, yangilanish sanasi va vaqti, mualliflik xuquqi va xujjat statusi. Logotip. Web-sahifani yaratishda firmaning nomi doimo ekranda bo’lishi to’g’risida qayg’urish kerak. Buning uchun har bir Web-xujjatning boshida odatda chiroyli qilib bezatilgan firma logotipi joylashtiriladi. Bundan tashqari kompaniya nomi barcha xujjatlarga kiruvchi ma’lumotlarda ham bo’lishi kerak. Navigatsion panel. Web-xujjatdagi eng muhim bo’limlardan biri bu navigatsion panel yoki boshqaruv panelidir. Undagi gipermatnli o’tishlar e’lon qilinayotgan metriallar orasida bog’lanishlarni yuzaga keltirganligi hisobiga butub dunyoni egalladi. Lekin xuddi shu o’tishlar to’la xaos havfini ham yuzaga keltiradi, zanjir bo’ylab uch-to’rtta xujjatni o’gandan keyin, orqaga qaytolmay qolasiz. Sizning Web-saxifangiz aniq va intuitive tushunarli navigatsion yo’nalishlar bilan ta’minlashi kerak. Ko’plab o’tkazilgan izlanishlar ko’rsatadiki, Web-serverlarga kiruvchilar juda sabrsizdir va serverdagi ma’lumotlar bo’yicha ikki darajadadan ortiq ichkari kirishni istashmaydi. SHuning uchun katta
hajmdagi Web-saxifalarini yaratayotganda har qanday ma’lumot bir-ikki o’tishlardan uzoq joylashmagan
38 oraliq, odatda birinchi-ikkinchi darajada joylashuvchi xujjatlarni ko’rib chiqish kerak.
Sizning Web-saxifangizning navigatsion paneli har bir xujjatda bo’lishi kerak. Eng avval unda Web-saxifa strukturasidagi qo’shni xujjatlarni ko’rsatuvchi ―Oldinga‖-―Orqaga‖ (―Navbatdagi‖-―Oldingi‖) tipidagi yo’naltiruvchi o’tishlar bo’lishi kerak. Yana boshqaruv panelidan Web-saxifaning barcha yirik bo’limlari – birinchi darajali bo’limlariga o’tishlar bo’lishi kerak. Foydalanuvchi doimo Web- saxifaning asosiy sahifasiga qaytish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. O’tishlardan tashqari mahalliy qidiruv tizimiga va indeksga bo’lgan yo’lni ko’rsatish kerak.
jurnallarga qo’yiladigan talablarga to’la javob berishlari kerak: Grammatik va orfografik xatolardan holi bo’lish, berilayotgan materiallarning aniqligi va ishonchliligi va boshqalar. Bundan tashqari Web-xujjat qanoatlantirishi kerak bo’lgan ko’plab maxsus talablar paydo bo’ladi. Ko’pincha xujjatning o’chamlari to’g’risida savol tug’iladi: qanday sondagi sahifalar etarli bo’ladi? Javob birinchi qaraganda g’alati tuyulishi mumkin: bitta ekranli oyna yoki xech qanday chegara qo’yilmaydi. Ko’plab izlanishlar shuni ko’rsatadiki, foydalanuvchilar brauzerning yugurdakli polosasi bilan ishlashni yoqtitishmaydi. Ularga hammasidan ko’proq bitta ekranga sig’adigan sahifa yoqadi. Haqiqatdan ham siz xech qachon foydalanuvchiga bitta sahifaga joylashtirib yozilgandan ko’proq ma’lumot bera olmaysiz. Agar bitta sahifaga sig’dira olmasangiz, u holda yana bitta xujjat yarating. Bir ekranli sahifa ma’lumotlarni tasvirlash uchun mos o’lchov bo’lib chiqdi. Agar xujjatning o’lchami bitta sahifadan o’tib ketsa, ko’pchilik hollarda u har biri bitta sahifadan ortiq joy egallamaydigan bir nechta mantiqiy bo’laklarga bo’linishi mumkin. Agar ma’lumotni mantiqiy qismlarga bo’lishning iloji bo’lmasa, bayon qilish usulini, ba’zan esa materialni o’zini ham qayta ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Hozirgi vaqtda Web-serverni bir ekranli xujjatlar asosida qurish kerak degan
39 umumiy fikr hosil bo’lgan. Bu qoidadan ikki holdagina chekiniladi. Unda e’lon qilinayotgan maqolalarga qo’llanilmaydi va ikkinchi hol- bo’lishi mumkin bo’lmagan anketa formalari.
optimal nisbatini diqqat bilan tanlash kerak. Bitta yahshi rasm ming qator matnning o’rnini olishi mumkin, lekin u tarmoqda ming marta uzoqroq yuklanadi ham. SHuning uchun grafikadan extiyot bo’lib foydalanish kerak. SHu narsadan kelib chiqish mumkinki, sahifadagi grafika Web-ustasi xohlagandan ko’ra ozroq bo’lishi kerak. Foydalanuvchilarda sabr etishmasligi mumkin va ular xujjatni to’la ochilmasidan turiboq yopib yuborishadi. SHuni ta’kidlash kerakki, boshqaruv paneli, firma nomi va logotipi odatda grafik elementlar shaklida bajariladi. Maketini yasagandan keyin HTML va ning samonaviy texnologiyalari tomonidan tavsiya qilinadigan boshqa vositalar yordamida amalga oshirishni boshlash mumkin. Web-saxifani yaratib bo’lib, uni Internetga joylashtirish kerak. Bu erda ikkita variant bo’lishi mumkin: birinchisi – Web-server va Web-saxifa bilan birga ofisingizda turgan kompyuterdan foydalanish va ajratilgan yoki kommutirli liniya bo’yicha Internetga ulanish; ikkinchisi – Web-saxifani joylashda maxsus tashkilotlar xizmatidan foydalanish. Ikkinchi variantni ko’rib chiqamiz. Web-sahifaga kirishni ta’minlovchi providerni to’g’ri tanlash sizning klientlaringizga maksimal qulaylik bilan ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Web-server tomonidan maxsus imkoniyatlar berilishi Web-saxifani ishlab chiqishni engillashtiriladi. Sizning Web-saxifaingizni o’z serveriga joylashtiradigan provayderni tanlashda nimaga e’tibor berish zarur? Kanalning o’tkazish qobiliyati. Sizning xaridorlaringiz sahifani yuklanishini ko’p kutib qolmasliklari uchun provayder sekundiga 1-2 Mbit tartibidagi ishonchli yuqori tezlikdagi aloqaga ega bo’lishi kerak. Server tomonidan SSI (Server Side Inludes, server tomonidan qo’yilma) provayderini qo’llab-quvvatlash. SSI dan
foydalanish Web
serverga
40 foydalanuvchiga jo’natilayotgan HTML-xujjatga kichik
hajmli dinamik
ma’lumotlarni bevosita qo’shish imkoniyatini beradi. So’ralgan HTML-sahifa SSI elementlarini qidirib, ―ko’rib chiqiladi‖. Bunday elementni topsa, server talab qilingan dinamik ma’lumotni qo’shadi. SSI yordamida bir faylni ikkinchisining ichiga joylashtirish, GI-tsenariyalarni bajarishi va boshqa ma’lumotlarni uzatishi mumkin. SSI ning qanday funktsiyalari provayder serveri tomonidan qo’llanishini aniqlash lozim. Provayder serveri tomonidan CGI-tsenariyalarini qo’llab- quvvatlanishi. CGI (Common Gateway Interface, umumiy shlyuzli interfeys) — Web-serverga ixtiyoriy amaliy dasturlarni bajarishga imkon beruvchi spetsifikatsiya. Bunday dasturlarning (tsenariya yoki ―skriptlar‖) ishlashi natijasida HTML-xujjatlar yaratiladi. CGI-tsenariyalar yordamida foydalanuvchidan ma’lumotlar qabul qilinishi, Web-sahifalarda muloqotni tashkil qilish, ma’lumotlar bazalariga so’rovlar qilish kabilarni amalga oshirish mumkin. CGI-tsenariyalarini istalgan keng tarqalgan dasturlash tillari: Perl, Basic, C, C++, Pascal va boshqalar yordamida yaratish mumkin.
platformalar (Windows, Mac, Unix va boshqalar)da Internetda ishlaganda rus tili uchun turli xil kodlashtirishlar qabul qilingan. Foydalanuvchiga sahifalarni ko’rish oson bo’lishi uchun provayder Web-serveri tushayapgan talabga binoan xujjatni avtomatik tarzda qayta kodlashtira olishi kerak. Aks holda yoki sizning Web- saxifangiz ayrim- kiruvchilar uchun o’qib bo’lmaydigan bo’lib qoladi, yoki Web- saxifaning bir nechta nusxalarini – har bir kodlash usuli uchun bittadan- tayorlash kerak bo’ladi. Sahifani yangilab turish usuli. Odatda sahifalar FTP (File Transfer Protocol, Fayllarni uzatish protokoli) protokoli bo’yicha yangilab turiladi. Ayrim FTP- klientlar provayder kompyuteridagi fayllar bilan xuddi o’zining kompyuteridagi fayllar singari ishlash imkoniyatini beradi, yani nusxa olish, o’chirish, qayta nomlash va hokazo.
41 Odatda Web-sahifani joylashtirish xizmatini provayder ozgina to’lov evaziga yoki butunlay bepul amalga oshiradi. Web-sahifa ostida elektron pochta adresi va boshqa xizmatlar bilan joy ajratadigan xizmatlar mavjud. Qoidaga binoan bunday ―bepul‖ joylashtirishning sharti bu reklama uchun sizning sahifangizdan joy olishdir. Undan tashqari sizning fayllaringizning o’lchamlariga chegaralar qo’yiladi. Xost kompyuterlar Internetning server xizmatini bajaruvchi kompyuterlardir. Server. Server —Internet tarmogi ulangan Kompyuter. Bu Kompyuter orkali boshka komppyuterlar Internet tarmogida ma’lumotlar almashishda foydalanishadi. SHu bilan birgalikda barcha server Kompyuterlar boshka IP adreslari buyicha kidiruvni amalga oshiradilar. Bu kidiruvga asosiy saba shundan iboratki kidiriladigan kompbyuterlarda mavjud bulgan ma’lumotlarni uzlaridan indeksatsiya kilishdan iboratdir bu esa foydalanuvchilar uchun katta kulaylik yaratib beradi. B’zi serverlar bir necha IP adreslariga ega bulishi mumkin. Bular esa Internet tarmogida bir nechta sistema kurinishida chikishi mumkin. Sereverlarning yaxshi tomoni shundan iboratki ularning sistemasida barcha protokollarning bittadan ekzemplyarlar drayveri mavjuddir. Uzel. Internet tarmogida ulangan xar kaysi Kompyuter uzining unikal IP adresiga egadir. Adres mavjud bulmasa uzel xam bulmaydi. Uzel- server bulishi shart emas. Internet tarmogiga telefon tarmogi orkali chikuvchi Kompyuterni misol kilish mumkin kiska kilib aytadigan bulsak unikal IP adresga ega bulgan Kompyuterning uzeli ham bor. Internet tarmogini juda kuplab tarmok uzellarning birlashi sifatida karashimiz mumkin. Bitta sistemada bir nechta uzellar bulishi mumkin. Masalan bitta uzel fakatgina WWW uchun xizmat kilsa, ikkinchisi esa pochta xizmati, uchinchisida esa DNS-serveri ishlashi mumkin. Port. Ba’zi bir dasturlar Internet tarmogidan oladigan ma’lumotlarni idenfikatsilashadi. TCP adresining ikkinchi ajralmas kismi bu uning porti. Har kanday dastur tarmokda ishlash davomida boshka dasturga ma’lumot uzatishda kabul kiluvchining porti bilishi lozim.Misol tarikasida web-serverlarning port 80, siz birorta bir adresni terishingiz bilanok shu port orkali shu adresga bog’lanadi.
42 Tarmok domeni. Tarmok domeni — bu Web-serverga ulangan foydalanuvchilarga xizmat kiluvchi dasturlar majmuasidir. Tarmok domeni-server- dasturlaridir. Oddiy misol tarikasida — Web-server va FTP-yoki Telnet-serverlari.
tashkilot. Bu tashkilotda asosan foydalanuvchilar uchun internet bog’lanishi amalga oshirib beradi.
tushunchasi bilan bir xil. Bu tushuncha ba’zi xollardi chalkashtirib yuboriladi. Bunga asosiy sabab xar kaysi uzel xost bulishi mumkin. Xost-bu uzel bulishi shart emas, agarda u virtual xost bulmasa. Ba’zida xost uzining unikal domen ismiga egadir. Uzeldan farki shundan iboratki u virtualigidadir. SHunday kilib uzel-bu xost, ammo xar kanday xost bu uzel emasdir. Virtual xost. Bu – unikal IP adresga ega bulmagan xostdir. Ammo tarmokda ishlashi uchun u kushimcha adresdan foydalanadi. Masalan DNS- ismlarni. Oxirgi vaktga kelib virtual kurinishdagi xostlar soni kupayib bormokda .
xostlar yaratuvchi va ularni ma’lum bir mablag evaziga foydalanuvchilar sotadigan tashkilot. Bu tashkilotlar bir-birilaridan xizmati uchun narxlari bilan, kursatadigan kushimcha xizmatlari bilan farklanadi. Xosting. Xostning-provayderlar tomonidan taklif etiladigan xizmat turi. Sayt. Sayt — bu xostdagi logik maydon bulib, bir yoki bir necha saxifalar joylashtirligan Xost bir vaktining uzida bir nechta saytlarni uzida joylashtirish mumkin. Bu asosan bir katolokning ichki kataloglarini misol qilish mumkin. HTML-xujjat. Ma’lumotlarning HTML- formatdagi kurinishi.
43 2.3 WEB sahifa yaratish texnologiyalari. Bugunki kunga kelib Web-dasturlashtirishda qo’llaniladigan bir qancha texnologiyalar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
ravishda Personal Home Page -SHaxsiy saxifa singari tarjima kilingan. Bu til 1994 yilda Rasmusom Lerdorfom (Rasmus Lerdorf) tomonidan uz saxifasiga kiruvchi foydalanuvchilarni kuzatish maksadi yaratilgan edi. Keyinchlak RNR ni funktsional imkoniyatlari kengayishi natijasida web-dasturchilar tomonida bu til orkal mukamal kurinishdagi web- saxifalarni yarata boshladilar va bu saxifalarning kengaytirmasi sifatida gepermatnli preprotsessor ingliz tilidan RNR:Hypertext Preprocessor olingan xolda ishlatila boshlandi. Bu tilning asosiy moxiyati shundan iboratki qayta ishlanuvchi ma’lumotlar HTML-saxifa kurinishiga kelgancha shaqillanib bulishidadir. RNR serverli platformalar aro HTML-tiliga orkali yozilgan saxifalarga kushimcha bir obekt sifatida joylashtiriladi. Bu kirish mukamal bulib kurinish mukin agar biz ularni kismlarga bulib chikadigan bulsak bu juda oson kurinishga keladi. «Serverli» tushunchasi RNRning ishlash jarayoni fakatgina server tomonda amalga oshirilganligi uchun xam shunday nomlangan. Foydalanuvchi esa shu server tomonidan qayta ishlangan natijalarni kuradi. Serev- bu maxsus Kompyuter bulib, unda foydalanuvchi Navigator yoki Internet Explorer brozerlari tomonidan buladigan murojat kiluvchi saxifalar joylashtirilgan bulib va ular shu serverda saklanib kelinadi. «Platformalar aro» tushunchasi esa RNR tili Unix,Windows NT,Macintosh,OS/2 yoki boshka turdagi operatsion tizimlardan foydalinishi tushuniladi. RNR tili foydalanuvchi operatsion tizimi kanday turda bulishiga boglik bulmagan xolda ishlaydi.Siz yozgan RNR dasturi bir platformadan boshkasiga kuchirgan takdiringizda xam ishlaveradi. Albatta RNR dasturlariini xak kanday operatsion tizimlarda HTML-saxifalari singari ishlab chikish mumkindir. HTML-saxifaga obe’kt singari kuyilish degani RNR tilida tayyorlangan stsenariylar HTML- kodga kushilgan xolda bir mukammal saxifani yaratilish degan ma’noni anglatadi. Xakikiy RNR dasturlashtirish HTML-ga karaganda bir
44 oz kiyindir. RNR ma’lum bir kurinishdagi stsenariylarni yzishda dasturlashtirishdan keng foydalaniladi bu esa foydalanuvchi birorta bir forma yoki shunga uxshash surovni yuborgandan sung stsenariy ishga tushadi va surovni qayta ishlab foydalanuvchiga HTML-kurinishda takdim etadi. RNRning afzalik tomonlari. Web saytlarni ishlab chikish davomida RNRning altirnativ bazasi sifatida HTML, CGI-stsenariesi (Common Gateway Interface,kam xolarda) Perl tilida yozilgan dasturlar, ASP (Active Server Pages) va JSP (Java Server Pages) tilaridir. Ammo JavaScriptlar bilan ishlash imkoni mavjud emas. Asosiy sabasi ular HTML- saxifalarni shakllantira olmasligidadir. RNR ning HTML dan afzalligi shundan iborakti, HTMLning dinamik xususiyati yukligidadir.Barcha foydalanuvchi statik saxifalarni tomoshi kilishlari xam mumkin. Ammo shunday kursatgichlar muvjudki(misol uchun vakt kursakgichi, foydalanuvchining operatsion sistemasi) ularni ishlatmaslik ilojisi umuman yuk. RNRning HTMLdan yana bir afzalik tomonlari shundan iboratki, bu ma’lumotlar bilan ishlash imkoni, ularni qaytma ishlash va foydalanuvchilarga takdim etish xususiyati mavjudligidadir.Web-masterlar shunga amin bulishdiki oddiy HTMLdan foydalangan xolda jozibali va universal web saxifalar yaratish mumkin emasligi tushinishdilar. SHu sabali serverli texnologoyalar, CGI-stsenariy singarilar keng kamrovli foydalana boshlandi. Bu kurindagi sistemalarning eng afzalik tomonlari shundan iboratki yaratuvchi dizaynerlar mayda kurinishdagi kamchiliklarni xisobga olgan xolda web-saxifalarni generatsiyalanish xususiyatini keltirib chikardi. Ma’lumotlar bazasi va RNRni bog’lanish orkali saytlarni yangilash va tez amalga oshirladi . HTML bazali saytlarda esa bu kurinshdagi kulaylik mavjud emas. RNR ning yutuqlari va kamchiliklari. RNRning yutug’i. RNR — skript-til bulib, u orkali HTML- kodka kushilgan xolda yoziladi va server tomonidan uz ishini amalga oshiradi. PHP-skriptani web-saxifaga joylashtirgan xolini misol tarikasida kurib chiksak. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling