Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 22.01 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi22.01 Kb.
#1127840
  1   2   3   4
Bog'liq
tizim va signallarni qaytaish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


TIZIMLAR VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH FANIDAN


AMALIY ISH
MAVZU: SIGNALLARNI CHASTOTA SOHASIDA IFODALASH,
SPEKTRAL TAHLIL


Bajardi: 085-20 guruh talabasi
Oydinov Mamarasul

Toshkent-2023y.


MAVZU: SIGNALLARNI CHASTOTA SOHASIDA IFODALASH,
SPEKTRAL TAHLIL.


Reja:



  1. KIRISH

2. Signallarni spektral sohasida ifodalash


3. Adamar o‘zgartirishi
4. Lokal bazis tizimlari ..


KIRISH

Signallarni vaqt sohasi bo‘yicha ifodalashdan tashqari, chastota sohasida


ham signallar akslantiriladi, ya’ni signalda mavjud bo‘lgan chastotalar
(garmonikalar) to‘plami sifatida. Ushbu ifodalash usuli raqamli signallarni qayta
ishlash tizimlarida juda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, nutqni tahlil qilishda
tovushlarni alohida fragmentlarini tanib olish uchun chastotali tarkibiy qismlarga
ajratiladi. Aloqa kanallari orqali yuborilayotgan nutq signali kanalning chastotaviy
xususiyatiga mos kelishi uchun signallarning chastotaviy tarkibini bilish kerak
bo‘ladi [2, 4, 8]Signalni vaqt sohasidan spektral sohasiga o‘tkazish uchun asosiy algoritm -
Fure o‘zgartirish hisoblanadi. Matematik jihatdan bu signalning garmonik tashkil
etuvchilar yig‘indisidan tashkil topgan Fure qatorlari deb ataladi. Fure qatoridan
foydalangan holda har qanday davriy signalni tavsiflash mumkin. Ushbu
o‘zgartirishning muhim xususiyati shundaki, signalni vaqt sohasidan spektral
sohasiga o‘tkazish, aksincha, signalni spektral sohasidan vaqt sohasiga o‘tkazish
protseduralari mavjud. Ushbu protseduralar to‘g‘ri va teskari Fure o‘zgartirishlari
deb nomlanadi.Signallarni diskret Fure o‘zgartirish ko‘rinishida ifodalash. Asosiy
algoritmlardan biri bu diskret Fure o‘zgartirishi (DFO‘) [11, 12]. DFO‘ algoritmini
chiqishida F(k) spektral (og‘irlik) koeffitsiyentlar to‘plami hosil bo‘ladi, bu yerda
k - garmonikaning tartib chastotasiga mos keladigan koeffitsiyent tartib raqami
(4.1-rasm).
( ) = 1 x(n)(cos(2 nk / N) - j sin( 2 nk / N))N
F k
  (4.1)Teskari diskret Fure o‘zgartirish esa aksincha, signalni spektral sohasidagiifodalanishidan vaqt sohasiga tegishli miqdordagi nuqtalarga o‘tkazishga imkon
beradi. Signallarga raqamli ishlov berish – bu signal ma’lumotlarini raqam yoki
belgilar ketma-ketligi shaklida taqdim etishni nazarda tutadi. Bunday qayta
ishlashning maqsadi signalning xarakterli parametrlarini baholash yoki signalni bir
ma’noda qulay shaklga keltirishdan iboratdir. Tezkor raqamli hisoblash
mashinalarining mavjudligi signallarni qayta ishlashning murakkab va samarali
algoritmlarini rivojlantirishga imkon beradi. Integral mikrosxemalar sohasidagi
so‘nggi texnologiya yutuqlari murakkab bo‘lgan raqamli signallarni qayta ishlash
tizimlarini qurishning yuqori samaradorligini ta’minlab beradi.
Signallarni qayta ishlash biotibbiyot, akustika, ovozli ma’lumotlar, radar
tizimlar, seysmologiya, aloqa, ma’lumotlar uzatish tizimlari, yadro texnikasi va
boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi. Misol uchun, elektroensefalogramlarni,
elektrokardiogramlarni tahlil qilishda, shuningdek, nutqni uzatish va tanib olishda
signalning ba’zi xarakterli parametrlarini ajratish olish kerak bo‘ladi. Ba’zan
shovqinli muhitdan kerakli signalni ajratib olish yoki signalni foydalanuvchi uchun
yanada qulay bo‘lgan ko‘rinishga olib kelish muhim hisoblanadi. Signallarni qayta
ishlashga yana bir misol sifatida aloqa kanallari orqali uzatiladigan signal turli xil
buzilishlarga duchor bo‘lish va qabul qiluvchi qurilma ularni tiklash jarayonlarini
keltirish mumkin.
Faqatgina bir o‘lchamli signallargina emas, balki ko‘pgina tizimlarda ikki
o‘lcham sifatida tasvirlarga ham raqamli ishlov beriladi. Shunday qilib, tasvirni
qayta ishlash bilan bog‘liq holatlarda ikki o‘lchovli signallarni qayta ishlash
usullari qo‘llaniladi. Bu rentgen nurlarini yaxshilash, o‘rmon yong‘inlarini
aniqlash yoki ekinlarga zarar yetkazish, sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan
fotosuratlarni tahlil qilish, shuningdek, oy va uzoq koinotning televizor tasvirlarini
yaxshilash uchun koinot fotosuratlaridagi tasvirlarni takomillashtirish va tahlil
qilish uchun zarurdir. Neft manbalarini qidirish, zilzila kuchini o‘lchash va
yadroviy portlashlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan seysmik ma’lumotlarni
tahlil qilish uchun ko‘p o‘lchovli signallarni qayta ishlash usullari ham qo‘llaniladi.
Yaqin vaqtgacha signallarni qayta ishlash odatda analog qurilmalar
yordamida amalga oshirilar edi. Geofizik ma’lumotlarni tahlil qilish raqamli
kompyuterlardan foydalangan holda signallarni qayta ishlashning birinchi
misollaridan biri bo‘ldi. Ushbu turdagi signallarni qayta ishlash har doim ham real
vaqtda amalga oshirilmas edi. Misol uchun, magnit lentaga faqat bir necha soniya
davomida saqlangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, odatda, bir daqiqa yoki bir
necha mashina sikli talab qilinar edi. Shu bilan birga, raqamli hisoblash
mashinalari ko‘p qirraliligi yuqori ishlov berish samaradorligini ham ta’minlaydi.
Raqamli signallarni qayta ishlashning yangi istiqbolini ishlab chiqish
1965 yilda Furye o‘zgartirishini hisoblashning samarali algoritmlari kashf etilishi
bilan yanada tezlashdi. Ushbu algoritmlar sinfi tezkor Furye o‘zgartirishi
(FFT - Fast Fourier Transform) nomi bilan mashhur bo‘ldi. FFT imkoniyatlari bir
necha jihatdan muhim edi. Raqamli kompyuterlarda olingan signallarni qayta
ishlashning ko‘plab algoritmlari real vaqtdan kattaroq kattalikdagi ishlov berish
vaqtini talab qiladi. Bunga ko‘pincha spektral tahlil jarayonlarining signallarni
qayta ishlashning muhim qismi bo‘lganligi va uni amalga oshirishning samarali
vositasi ma’lum bo‘lmaganligi sabab bo‘lgan. Furye o‘zgartirishining tezkor
algoritmi Furye o‘zgartirishini hisoblash vaqtini bir necha darajaga qisqartirdi. Bu
real vaqtda signallarni qayta ishlashning juda murakkab algoritmlarini ishlab
chiqishga imkon berdi. Bundan tashqari, tezkor Furye o‘zgartirish algoritmini
ixtisoslashtirilgan raqamli qurilmada real vaqtda amalga oshirish imkoniyatlarini
hisobga olgan holda, ilgari amaliy bo‘lmagan ko‘plab signallarni qayta ishlash
algoritmlari ixtisoslashtirilgan qurilmalarda o‘zlashtirila boshlandi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada tizimlar va signallarni qayta ishlashning barcha
mumkin bo‘lgan sohalarini, real vaqtda signallarni qayta ishlashning algoritmlarini
va signal protsessorlar arxitekturalari haqidagi bilimlarni yanada takomillashtirish
uchun mustahkam asos yaratishga imkon berish yoritilgan.


  1. Download 22.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling