Kommunikatsiyalarni rivojlantirish
Download 1.16 Mb.
|
1 2
Bog'liq1 bazaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashina kodlari va assembler
- 1. KIRISH Dasturlash tillari tarixi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI FAKULTETI Kampyuter injinering 615-21 guruh talabasi Abdujalilov Javlonbekning “Ma’lumotlar bazasi” fanidanbajargan MUSTAQIL ISHI Mundarija: 1. KIRISH 3 Mashina kodlari va assembler 3 Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari[tahrir | manbasini tahrirlash] 4 2. NAZARIY QISM 7 3.Dasturiy qism 9 4.Ma’lumotlar bazasidan foydalanib O’quv markazi web saytini yaratish 13 5.Xulosa 20 6.Foydalanilgan adabiyotlar 21 1. KIRISH Dasturlash tillari tarixi — dastlabki kompyuterlarnihujjatlashtirishdan tortib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash tillari juda oʻtator doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular matematikbelgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisgatayangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarniyozib olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlishjarayonini belgilab berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan iborat edi. Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan birinchi assembler tili edi. XX asrdavomida kompilyatorlarnazariyasi boʻyichaolib borilganizlanishlar yuqori darajadagi dasturlash tillarini yaratishga olib keldi, ular koʻrsatmalarni uzatishuchun qulayroq sintaksisdan foydalanadilar. Mashina kodlari va assembler Kompyuterning elektron qurilmalari ishlashning fizik tamoyillari shundan iboratki, kompyuter faqat bir va noldan iborat buyruqlarni — kuchlanishning pasayishi ketma-ketligini, yaʼni mashina kodini idrok eta oladi. Kompyuterlar rivojlanishining dastlabki bosqichida odam kompyuterga tushunarli tilda, mashina kodlarida dasturlar tuzishi kerak edi. Harbir koʻrsatma birliklar va nollarning turli kombinatsiyasi sifatida ifodalangan opkod hamda operand manzillaridaniborat edi. Shunday qilib, protsessor uchun har qanday dastur oʻsha paytda birlar va nollar ketma-ketligi sifatida qaragan. Keyinchalik kompyuter bilan muloqot qilish amaliyoti shuni koʻrsatdiki, bunday tilni oʻzlashtirish qiyin vanoqulaydir. Uni ishlatganda 1 yoki 0 ninotoʻgʻri ketma-ketlikda yozib koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyish ehtimoli juda yuqori edi. Dasturni boshqarish juda qiyin boʻlgan. Bundan tashqari, mashina kodlarida dasturlashda kompyuterning ichki tuzilishini, har bir blokning ishlash prinsipini yaxshi bilish kerak edi va bunday tildagi eng yomon narsa shundaki, bu tildagi dasturlar — birlar va nollarning juda uzun ketma-ketligi mashinaga bogʻliq, yaʼni har bir kompyuter uchun oʻz dasturini tuzish kerak edi va mashina kodlarida dasturlash juda koʻp narsa: vaqt, ish va dasturchining eʼtiborini oshirishni talab etardi. Tez orada mashina kodini yaratish jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi maʼlum boʻldi. 1950-yildan boshlab dasturlarni yozish uchun mnemonik til — Assembler tilidan foydalanila boshlandi. Assembler tilimashina kodini inson uchun qulayroq shaklda koʻrsatishga imkon berdi: buyruqlar va bu buyruqlar bajariladigan obyektlarni belgilash uchun buyruqning mohiyatini aks ettiruvchi ikkilik kodlar oʻrniga harflar yoki qisqartirilgan maxsus soʻzlar qoʻllanilgan. Masalan, assembler tilida ikkita raqamni qoʻshish boʻyicha koʻrsatma add soʻzi bilan ifodalanadi, uningmashina kodi 000010 tarzidaboʻladi. Assembler quyi darajadagi dasturlash tilidir. Quyi darajadagi dasturlash tili, bu muayyan turdagi protsessorga yoʻnaltirilgan va uning xususiyatlarini hisobga oladigandasturlash tilidemakdir. Bunday holda, „quyi“ „yomon“ deganiemas, balki bu shuni anglatadiki, til operatorlari mashina kodiga yaqin va maxsus protsessor koʻrsatmalariga qaratilgan boʻladi. Assemblar tilining paydo boʻlishi dasturchilarning hayotini sezilarli darajada osonlashtirdi, chunki endi ular koʻzda miltillovchi nollar va birlar oʻrniga oddiy tilga yaqin belgilardan iborat buyruqlar bilan dastur yozishlari mumkin edi. Oʻsha vaqt uchun bu til innovatsiya edi va mashhur edi, chunki ukichik dasturlarni yozishga imkon berardi, bu esa oʻsha davr mashinalari uchun muhim mezon sanalgan. Ammo u orqali yirik dasturiy taʼminotlar ishlab chiqish murakkabligi boʻlganligi bois uchinchi avlod tillari hisoblanmish yuqori darajadagi tillarning paydo boʻlishiga olibkeldi. Ammo assemblerdan foydalanish shu bilan tugamadi, u bugungi kungacha tor doiralarda mashhur boʻlib kelmoqda. Hozirgi vaqtda u dasturlarning alohida qismlariniyozishdayokibaʼzandasturlarning oʻziniyozishda qoʻllaniladi. Misol tariqasida, drayverlar, oʻyinlarva operatsion tizimlar yuklagichi (bootloader)niyozishda assemblerga murojaatetiladi. Shuni unutmaslikkerakki, bu til hakerlar orasida ham mashhurdir, chunki bu tilda yozilgan dasturning tezligi yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dastur tezligidan ancha yuqori boʻlishidadir. Buning sababi shundaki, assemblerda yozilgan dastur hajmi juda kichik boʻladi. Antivirus ishlab chiquvchilari oʻz dasturlarining baʼzi modullarida assemblerdan ham foydalanadilar. Birinchi yuqoridarajadagidasturlash tillari[tahrir |manbasini tahrirlash] 1950-yillarning oʻrtalari dasturlashning jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Mashina kodlarida dasturlashning roli pasaya boshladi, mashinalar va dasturchilar oʻrtasida vositachi boʻlgan yangi turdagi dasturlash tillari paydo boʻla boshladi. Dasturlash tillarining ikkinchivauchinchiavlodlari davri boshlandi. XX asrning 50- yillari oʻrtalariga kelib, birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari (high-level programming languages)ni yaratishga kirishildi. Ushbu tillar kompyuterning maʼlumbirturiga (mashinadan mustaqil) bogʻlanmaganedi. Ularningharbiri uchun oʻz kompilyatorlari ishlab chiqilgandi. Kompilyatsiya — yuqori darajadagi manba tilda yozilgan dasturni mashina kodigayaqin quyi darajali tildagi ekvivalent dastur (absolyut kod, obyekt moduli, baʼzan assembler tili)gaoʻgirishni anglatadi. Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili 1942- 1945-yillarda Konrad Suze tomonidan yaratilganen:Plankalküldasturlash tili edi. Buyruqlarni kompyuterga yetkazishuchun moʻljallangan birinchi ishlaydigandasturlash tillari 1950-yillarning boshlarida yozilgan. 1949-yilda taklif qilingan Jon Mauchlyning en:Short codeelektron kompyuter uchun yaratilgan birinchi yuqori darajadagi tillardan biri edi. Mashina kodidan farqli oʻlaroq, Short code matematik ifodalarni tushunarli shaklda ifodalaydi. Biroq, dastur har safar ishga tushirilganda mashina kodiga tarjimaqilinishikerakedi, bu jarayon ekvivalent mashina kodiniishlatishdan ancha sekinroq davom etardi. Oʻz kompilyatoriga ega boʻlgan birinchi yuqori darajali til 1951-yilda doktorlikdissertatsiyasi uchun Korrado Böhm tomonidanyaratilgan. FORTRAN[tahrir|manbasini tahrirlash] Tijoriy maqsad uchun ishlab chiqilgan birinchi til FORTRAN(FORmula TRANslation) boʻlib, 1956-yilda (birinchi yoʻriqnomasi 1956-yilda paydo boʻlgan, lekin birinchi boʻlib 1954-yilda ishlab chiqarila boshlangan)IBMdaJon Bekus boshchiligidagi guruh tomonidanishlab chiqilgan. U ilmiy-texnik hisob-kitoblaruchun moʻljallangan edi. 1953-yil oxirida Jon Bekus IBM 704 kompyuterini dasturlash uchun assemblerdan samaraliroq boʻlgan muqobil dasturlash tilini ishlab chiqishni taklif qildi. 1954-yiloʻrtalarida Fortran tilining spetsifikatsiyasiloyihasitugallandi. Biroq ushbu dasturlash tili avval boshida foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinmadi, chunki Fortran assemblerga qaraganda past unumdorlikka ega kod yaratadigan yuqori darajadagi dasturlash tili deya qarala boshladi. Shu tufayli uni optimallashtirish zarurativujudgakeldi. Keyinchalik bu til olimlar tomonidan intensiv hisoblash dasturlarini yozish uchun keng qoʻllanilgan. Murakkab maʼlumotlar turini kiritish uni ayniqsa texnik ilovalar uchun moslashtirdi. 1960-yilga kelib, Fortranning IBM 709, 650, 1620, 7090 kompyuterlari uchun versiyalari paydo boʻldi. Uning katta mashhurligi raqobatchi kompyuter ishlab chiqaruvchilarni oʻz kompyuterlari uchun Fortran kompilyatorlarini tuzishga undadi. Shunday qilib, 1963-yilga kelib turli platformalar uchun 40 dan ortiq kompilyatorlartuzilgan edi. Shu bois Fortranbirinchi keng tarqalgan dasturlash tili hisoblanadi. Fortran SSSRʼda Gʻarbga qaraganda kechroq paydo boʻldi, chunki dastlab AlgolSSSRʼda yanada istiqbolli til hisoblangan. Sovet fiziklarining 1960- yillarda Fortran dasturlari yordamida deyarli barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgan CERNʼdagihamkasblari bilan aloqasi Fortranniamalgaoshirishdamuhim roloʻynadi. Fortrandagi birinchi sovet kompilyatori 1967-yilda „Minsk-2“mashinasi uchun yaratilgan, ammo u unchalik mashhur boʻlmagan. Fortranning keng qoʻllanilishi 1968-yilda BESM-6 (БЭСМ-6) mashinasi uchun „ФОРТРАН - ДУБНА“ kompilyatoriyaratilgandan keyin boshlandi. 1972-yilda paydo boʻlgan ES (ЕС)EHMlaridadastlab Fortran translyatori (boshqa dasturlar bilan birga IBM/360 dan „aynan nusxa olingan“) mavjud edi. ALGOL[tahrir|manbasini tahrirlash] Algol 1958-yilda ETHʼda (Syurix, Shveytsariya) bir haftalikkonferentsiyada keng koʻlamli ilovalar uchun universal dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan va keyin Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi tomonidan tuzilgan qoʻmita tomonidan yakunlangan. Qoʻmita tarkibiga Yevropa hamda amerikalik bir qancha yetakchi dasturlash tillari sohasidagi olimlar va muhandislar, jumladan, Jon Bekus, Jon Makkarti, Piter Naur, Edsger Deykstr va keyinchalik Kobol tilini rivojlantirish qoʻmitasigaraislik qilgan Jozef Vegstenruen jalb etildi. Dastlab, taklif qilingan ALGOL (ALGOrithmic Language) nomi rad etildi. Ammo u umumiy foydalanishga aylanganligi sababli, IALʼning rasmiy nomi keyinchalik ALGOL 58 gaoʻzgartirilishi belgilab qoʻyildi. Yangitilning tarafdorlari ham, tanqidchilari ham boredi. Qoʻshma Shtatlarda Algol sovuqqonlik bilan qabul qilindi, u faqat akademik muhitda mashhur edi. Algolniningtargʻibotchilari bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi. Xususan, oʻsha paytda mavjud boʻlgan kompyuterlarning hech biri Algol alifbosini tashkil etgan barcha 116 taharfnikiritish-chiqarishni qoʻllab-quvvatlamas edi. Ammo Yevropada Algol ishtiyoq bilan qabul qilindi. U akademik muhitda tezdamashhurlikkaerishdiva kompilyatorlar hamma joydaishlab chiqildi, ularning koʻpchiligi amalga oshirishning murakkabligiga qaramay, juda muvaffaqiyatli boʻldi. Algol Buyuk Britaniyadan SSSRʼning Uzoq Sharqiga tarqalib, ilmiy nashrlarda algoritmlarni tavsiflash uchun universal til va haqiqiy dasturlash vositasiga aylandi. Algolda dastur tushunchasi buyruqlarning erkin ketma-ketligi sifatida emas, balki aniqtasvirlangan va ajratilgan qismlardan iborat bloklituzilma sifatida paydo boʻldi. Algol dasturining asosiy bloki asosiy dasturning oʻzi hisoblanadi. U begin va end kalit soʻzlari juftligi bilan chegaralangan blokga oʻrnatilgan bajariladigan qismini, shuningdek, pastki dasturlarning tavsiflarini oʻz ichiga oladi. Harbir ostdasturkichik dastur shaklidaboʻlib, uning ichidaoʻzigaxosmaʼlumotlar tasvirlangan, nom varasmiy parametrlar roʻyxatikoʻrinishidagi yagona aniqlangan interfeysva kod blokinioʻzz ichigaoladi. Bunday holda, bloklarkichikostbloklarga ajratilishimumkin. LISP[tahrir|manbasini tahrirlash] Lisp tili 1960-yilda J. Makkarti tomonidan taklif qilingan boʻlib, u raqamli boʻlmaganxarakterdagimasalalarni yechishdasturlariniishlabchiqishgaqaratilgan edi. LISP inglizcha LIST Processing (roʻyxatga ishlov berish) iborasining qisqartmasi boʻlib, uning asosiy qoʻllanish sohasiniyaxshitaʼkidlaydi. Algebraik ifodalar, grafiklar, chekli guruhlar elementlari, toʻplamlar, xulosa chiqarish qoidalari va boshqa koʻplab murakkab obyektlarni roʻyxat shaklida tasvirlash qulayligi bois ushbu dasturlash tili tezda mashhurlikka erishdi. Xususan, roʻyxatlar kompyuterlar xotirasida axborotni taqdim etishning eng moslashuvchan shaklidir. Oʻtgan davr mobaynida ushbu tilning bir qator dialektlari: Common LISP, Mac LISP, Inter LISP, Standard LISP va boshqalar paydo boʻldi. Ularningorasidagi farqlar katta emas va asosan oʻrnatilgan funksiyalarning bir oz boshqacha toʻplamiga va dasturlarni yozish shaklidagi baʼzi farqlari bilan xarakterlanadi. Shunday ekan, ulardan biriustidaishlashni oʻrgangan dasturchi boshqasini bemalol oʻzlashtira oladi. Lispʼning katta afzalligi uning funksional yoʻnalishidir, yaʼni dasturlash funksiyalar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, funksiya maʼlum bir klassning elementlarini boshqa klassning tegishli elementlari bilan bogʻlaydigan qoida sifatidatushuniladi. Moslashtirish jarayonidasturning ishlashiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, faqat uning natijasi — funksiyaning qiymati muhim sanaladi. Bu katta dasturiy paketlarni yozish va diskni raskadrovka qilishni nisbatan osonlashtiradi. Dasturlarning aniqligi, ularning funksiyalarining ochiq-oydin chegaralanganligi, ularni bajarishda murakkab nojoʻya taʼsirlarning yoʻqligi mantiqiy jihatdan murakkab vazifalarni, masalan, sunʼiy intellektni dasturlash uchun majburiy talablardir. COBOL[tahrir|manbasini tahrirlash] Kobol 1959-yilda ishlab chiqilganva asosan biznes ilovalarini ishlab chiqish uchun dasturlar yozish, shuningdek, iqtisodiy sohada ishlash uchun moʻljallangan edi. Tilni yaratuvchilaruni mashinadan mustaqil vatabiiyingliz tiliga ilojiboricha yaqinroq qilishni maqsad qilganlar. Ikkala maqsad ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi; COBOL dasturlari hatto mutaxassis boʻlmaganlar uchun ham tushunarli hisoblanadi, chunki ushbu dasturlash tilidagi matnlar hech qanday maxsus izohga muhtoj emas. Kobol koʻplab ilova hamda dialektlarga ega. Til uchun bir qator standartlar: 1968, 1974, 1985 va 2002-yillardatasdiqlangan. Eng soʻnggistandart tilga obyektga yoʻnaltirilgan paradigmanijoriy etdi. 2. NAZARIY QISM MySQL (oʻqilish „May es kyu el“). Relyatzional maʼlumotlar bazasini boshqarish sistemasi. Turli operatsion sistemalarda qoʻllanishga moslashtirilgan Open-Source-mahsulot boʻlib, koʻpchilik dinamik web-sahifalar uchun asos hisoblanadi. MySQL Shvetsiyadagi MySQL AB firmasi tomonida yaratilgan boʻlib,2008-yilningfevralida Sun Microsystems tomonida sotib olingan. Endlikda dastur kodini yaratisgda ushbu firma javobgar. MySQL Server ochiq, yani tekin dasturiy taʼminot boʻlib, General Public License himoyasidadir. MySQL AB/Sun firmasi dastur kodiga mualliflik huquqiga egaligi sababli, ushbu dasturiy taʼminotning kommerzial turi ham bor.MySQL nomining kelib chiqishi aniq emas.1996-yildanberi koʻplab biblioteka va tool (vosita)lar nomi oldida My prefiksi qoʻyila boshlangan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa firmani tashkil qilganlardan biri hisoblanuvchi Monty Wideniusning qizi ismidan va SQL, yaʼni Structured Query Language (Strukturaviy soʻrovlartili) birikmasidantashkil topgan. Unix, MacOS X va Linixdan tashqari, MySQL Windows, OS/2 va i5/OS (avvalgi OS/400) uchun ham moslashtirilgan.Windows uchun esa baʼzida ayrim cheklanishlar uchraydi. MySQl koʻpincha web-servis uchun maʼlumotlarni saqlashda qoʻllaniladi, webserver Apache va PHP bilan birgalikda ishlatiladi. MySQL hozirda 6.000.000 dan ortiq foydalanuvchilar va kuniga 35.000 dan ortiq download qilinadigan dunyonig eng mashhur maʼlumotlarni boshqarish sistemasidir. Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishdayordamberishgaqaratilgan. Shuningdek Python sunʼiy intellekthamdamaʼlumotlar muhandisiligi sohalariningtili hisoblanadi. Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows,Linux,Mac OS X,Palm OS,Mac OSva boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NETplatformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi —IronPythondasturlash muhitidir. Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi. Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilidadasturlovchi mutaxassislarga eng koʻptalab boʻlgan. Django — Pythongaasoslangan bepulva ochiq manbali web-freymvorkboʻlib, u model-template-view (MVC) arxitektural namunaga amal qiladi. Uni Django Software Foundation (DSF), 501(c)(3) nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan Amerika mustaqil tashkiloti qoʻllab-quvvatlaydi. Djangoning asosiy maqsadi maʼlumotlar bazasiga asoslangan murakkab web- saytlarni yaratishni yengillashtirish hisoblanadi. Ushbu freymvork komponentlarning qayta ishlatilishi va „ulanishi“, tez rivojlanishi va oʻzingizni takrorlamaslik tamoyiliga urgʻu beradi. Python, hatto sozlash fayllari va maʼlumotlar modellari uchun ham qoʻllaniladi. Django shuningdek, yaratish, oʻqish, yangilash va oʻchirish uchun qoʻshimcha admin interfeysini taqdim etadi, bu introspeksiya orqali dinamik ravishda yaratiladi hamda boshqaruv modellari yordamida sozlanadi. Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshopdasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontendmutaxassisi ushbu saytning htmlkodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backendmutaxassisi oladi. U serverva foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasiishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling