Kompazitsion materiallar. Rejа


Download 50.26 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi50.26 Kb.
#1553220
  1   2   3
Bog'liq
Kompazitsion materiallar


Kompazitsion materiallar.


Rejа:



  1. Kompazitsion materiallarning tarixi va tarkibi

  2. Konstruksion materiallar

  3. To’ldiruvchilar



1 Kompazitsion materiallarning tarixi va tarkibi
Kompozitsion materiallar an’anaviy konstruktsion materiallarga nisbatan alohida xossalariga ega bu narsa ijobiy xususiyatli materiallarni va konstruktsiyalarni yaratishga olib keldi. Kompozitsion materiallar (k.m.) ikki va undan ortiq tashkil etuvchilardan komponetlardan tuzilgan murakkab material bo’lib, har xil usullar bilan bog’langan va o’ziga xos xossalari bor. Birinchi kompozitsion material frantsuz bog’boni J.Mone 1867-yilda patentlangan (hovli gul tuvaklari, sim va sementdan yasalgan).
Samolyot konsturuktsiyasida oyna plastik “stekloplastik” poliefir materiali oyna tolasi bilan sinchlangan (“armirovan”) kompozitsion material 1942-yilda qo’llanilgan. Kompozitsion materiallar mashinasozlik apparati konstruktsiyalariga qo’yilgan quydagi talablarga javob beradi:- yengil bo’lishligi; - maksimal mustahkamlik va bikrlik; - ishlash davrida maksimal ishlash resursi. Shular uchun kompozitsion materiallar samolyotsozlikda ko’p qo’llanilgan. Rossiyaning “Ruslan” samolyotida 5,5 tonna og’irlikdagi konsturuktsion kompozitsion materiallardan yasalgan va 15 tonna og’irlik iqtisod qilingan. Hozirgi zamon transport samolyotlari konsturuktsiyalarning 15-20 %; harbiy samolyotlarning 25-30 %; harbiy vertalyotlarning 45-55 %; strategic raketalarning 75-80 % kompozitsion materiallardan yasalgan.
Kompozitsion materiallarga quyidagi xususiyatlar yig’indisi xos:
a) Komponentlarning tarkibi, formasi va taqsimlanishi oldindan aniqlangan;
b) Ikki va undan ortiq kimyoviy har xil materiallardan tarkib topgan va birbirlari bilan ajralib turadilar;
v) Kompozitsion materialning xossalari har bir tashkil etuvchining xossalari bilan aniqlanadi;
g) Kompozitsion materialning xossalari, tashkil etuvchilarning xossalaridan farq qiladi;
d) Kompozitsion material makromasshtab miqyosida birtanli, mikromasshtabda bir tanli emas;
e) Bu material tabiyatda uchramaydi va odamzodning ixtirosidir.
Geometrik ko’rsatkichlariga qarab tashkil etuvchilar har xil bo’ladi. Butun hajm bo’yicha uzluksiz-to’xtovsiz tarqalgan hamda kompozitsion materialning bir butunligini taminlovchi komponent - matritsa deyiladi. Uzlukli, bo’lak-bo’lakli materiallar sinchlovchi yoki puxtalovchi modda tashkil etuvchilar yani armatura deb ataladi.
Kompozitsion materiallarni sinflarga ajratishda matritsa yoki armatura va qo’shimchalarning turiga, mikrotuzilish xususiyatlari va materialni olish usullariga asoslangan. Matritsa materiali sifatida metall va uning qotishmalari; organik va noorganik polimerlar; keramika, uglerod va boshqa materiallar ishlatiladi. Matritsa materiali xossalari kompozitsion materialni olish texnologik jarayonini ifodalaydi. Uning zichligini, mustahkamligini, ishlash haroratini, charchab buzilishga qarshiligini, tashqi agressiv muhitga qarshiligini ifodalaydi. Sinchlovchi yoki puxtalovchilar matritsa bo’ylab bir tekisda joylashadi. Bular yuqori puxtalikka, qattiqlikka, elastiklik moduliga ega. Bu ko’rsatkichlar matritsa ko’rsatkichlarinikidan ancha yuqori. “To’ldirgichlar” puxtalikni oshirib qolmay, kompozitsion materialning boshqa xossalariga ham ta‟sir qiladi.

1979 yilda dunyoning eng rivojlangan davlatlarida 8,6 mln. tonnadan ortiq har bir plastmassalar bilan to`ldirilgan kompozitsion materiallar (KM) yoki kompozitlar ishlab chiqarilgan. Bulardan 2,9 mln. tonnasi shisha plastikga, yana shuncha miqdori asboto`ldiruvchi materiallarga va 2,8 mln. tonnasi armirlangan kimyoviy va natural tolalarga to`g’ri keladi. Ishlab chiqarilayotgan materiallarning umumiy narxi 6 mlrd. dollardan oshib ketdi.


Yangi texnologiya asosida sanoatning gurkirab rivojlanishi, tadqiqotlar natijasida iqtisodiy imkoniyatlar oldingi davrga nisbatan yana ham muhim ahamiyat kasb etishi bizning davrimizda mutaxassislar uchun hayron qolarli joyi yo`q. KM doirasi muhim darajada taraqqiy etishishiga va armirlangan plastiklarning o`ziga xos xususiyatlariga erishishi 40 – yillar boshida, ya`ni birinchi yuqori mustahkam kompozitlarni ishlab chiqish vaqtiga to`g’ri keladi.


Ikkinchi jahon urushidan oldinroq AP boshqa konstruktsion materiallar bilan raqobatlashishga qodir edi. 1941 - yilda AQSHda fenol smolasi bilan to`yintirilgan, taralgan paxta tolasidan detal ishlab chiqarish bo`yicha 1 – hukumat shartnomasi imzolandi.
Kompozit 14 MPa bosimda qotiriladi. 1942 – yilda poliefir bog’lovchilardan foydalangan holda past bosimda presslash usuli bilan KM ishlab chiqarildi. 2 – jahon urushi oxirlarida shisha tola (STAR) bilan armirlangan KM muvafaiiyatli ishlanila boshlandi (AP).
Keyinchalik AP ishlab chiqarish sanoati shunchalik rivojlanib ketdiki, armirlangan plastikdan foydalanmaydigan texnika sohasiqiolmadi. Ulardan kemasozlik va avtomobillarni ishlab chiqarishda, aholi turar joylarini qurishda va omborxonalarni uskunalar bilan jihozlashda foydalaniladi. har xil armirlangan tolali plastiklarning (AVP) spetsifik xususiyatlari polimer materiallarni an`anaviy doirasini kengaytirdi.
AP ishlab chiqarish dastlabki rivojlanish bosqichida yuqori narxda bo`lishi, xomashyo qimmatligi va sekin va qimmat usullar bilan olinishidir. Bugungi kunda bu sohadagi rivojlanish shu darajada yetdiki, sanoatning o`sishi 1 yilda 1 mlrd. dollarni tashkil qilyapti.
Ishlab chiqarish hajmlaridan tashqari AP larning sifat xarakteristikalari ham takomillashib bormoqda.



Download 50.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling