Kompensatorlik Har qanday din e'tiqod qiluvchilar uchun to'ldiruvchi


Download 147.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.01.2023
Hajmi147.67 Kb.
#1085407
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dinshunoslik (1)

 «Avesto» – jahon madaniyatining
jumladan, 
Markaziy Osiyo
va 
Eron
 xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – 
matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari 
toʻplami. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga 
yozilgan. Ilk nusxalari asosida 
sosoniylar
(mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak 
qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

Yasna («Diniy marosimlar»),

Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),

Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).
3.
 Moniylik (
forscha

نییآ
ینام
Ãyīn
 Mānī)
[1]
— 3-asrda 
Eronda
 
 
[2]

vujudga kelgan din. Asoschisi 
Moniy
.
[3][4]
Moniylik 
koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi oʻzaro kurashni eʼtirof 
etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka 
koʻra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. 
Moniylik taʼlimotiga koʻra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat 


farzandi)dan iborat mavjudot boʻlgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. 
Moniy samo nuri elchisi hisoblangan.Moniyning falsafiy axloqiy qarashlari uning tavbanomasi "Xuastuanift" asarida 
yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Moniylikda 
zardushtiylik
va 
xristianlik
gʻoyalari mavjud.
4. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga koʻra, XIV asr oxiri — XV asr boshlarida yahudiy toʻquvchilar 
Amir 
Temur
 tomonidan 
Sabzavor

Sheroz
 va 
Bagʻdoddan
Movarounnahrga olib kelingan. Ular keyinchalik mahalliy yahudiy
jamoalari bilan aralashib ketishgan. XVI asrda Buxoro yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu yerda shaharda 
yahudiylar mahallasi — 
„Mahallai koʻhna“
 tashkil topgan. Buxoro yahudiylari 
iudaizm
diniga eʼtiqod kilishadi. Barcha 
shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yashagan mahallalarda 
sinagogalar
boʻlgan.

Download 147.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling