Kompensatorlik Har qanday din e'tiqod qiluvchilar uchun to'ldiruvchi
Download 147.67 Kb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik (1)
1-Mavzu (1 topshiriq) Funksiyalar Izohlang Kompensatorlik Har qanday din e'tiqod qiluvchilar uchun to'ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Regulyatorlik Regulyatorlik so’zi Regulare so’zidan kelib chiqgan bo’lib tartibga keltirmoq, yoʻlga qoʻymoq degan ma’noni anglatadi. Din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish, (regulyatorlik) funksiyasini bajaradi Kommunitivlik Din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi hususiyat – aloqa bog'lashlik. Madaniyatni targ’ib qilish Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa , adabiyot , badiiy tasvir , meʼmorchilik , teatr , kinematografiya , turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada „madaniyat“ atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat , fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab M.moddiy va maʼnaviy M.ga boʻlinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong, maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Har bir jamiyat oʻz M. tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol M. taraqqiyoti uzilib qolganini, eski M. yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. Integratorik Dinlar o'z ta'limot tizimini vujudga keltirib, unga e'tiqod qiluvchi shaxs va jamoani shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integratorlik) fuksiyasi bajaradi Dunyoqarashni shakllantirish Dunyoqarash - faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi boshqa narsa , buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Birinchisini, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to’plangan nazariy bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bulib, bir-birini to’ldiradi. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi Legitimlovchilik Download 147.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling