Kompetensiyalar va ularning amaliy ahamiyati
Download 37.17 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy-o-rta-ta-limning-davlat-ta-lim-standartlari-asosida-kimyo-fanida-belgilab-qo-yilgan-kompetensiyalar-va-ularning-amaliy-ahamiyati
1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish
kompetensiyasi: B1-daraja: Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzzulishi, xossalari, olinishi va biologic ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; Organik birikmalarning kundalik turmushda ishlatilish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi. B1”+”- daraja: Kolloidva dispers sistemalar, eritmalarning komsentratsiyalarga bog’liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari(molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuki va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi. Elektroliz qonunlari, pH va pOH ni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo’yicha masalalaryecha oladi; Organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari molekulyar tuzulishiga bog;liqligini tushuntira oladi. 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi; B1-daraja: Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzulish formulasi, gomologlari, izomerlarning trivial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og’zaki ifodalay oladi; Organik birikmlarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi; Moddalrni tozalsh usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalari, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni bildiradi va maliyotda qo’llay oladi. B1”+’-daraja: "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 297 http://oac.dsmi-qf.uz Atomlarning tuzulishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko’ra farqlarini ifodalay oladi; Organik moddalar sinflari formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi. 3. Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi: B1-daraja: Organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organic birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o’rganish, ularni olish va xossalarini o’rganishga oid amaliy va laboratoriya tajribalarini bajara oladi; Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliiy ekologik muammolarni tushuntira oladi, kimyo fanining asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi. B1”+”-daraja: Tajribaalrni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi; Amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarini bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi; Organik birikmalardagi kimyoviy bog’lanishning electron nazariyasi, alaknlarda almashinish reaksiyasining energetic balansi, nukleofil reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar, alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar, uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha oladi; Kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi. Kimyo fanini o’rganishning umumiy darajasi 10-11-sinf o’quvchilarini qamrab olib, o’rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarning kimyo fani izchil kurs sifatida o;rganishning tayanch drajasida, ya’ni 7-8-9-sinflarida o’qitilib, unda o’rganilgan kimyoning asosiy mazmuni nazariy ilmiy bilimlarga tayangan holda davom ettiradilar. Download 37.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling