Компьютер тармогининг асосий тушунчалари


Download 464.48 Kb.
bet1/5
Sana03.04.2023
Hajmi464.48 Kb.
#1322855
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu.

Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya fani


Andijon mashinasozlik instituti
Axborot texnologiyalari kafedrasi
Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiyalar fanining maqsad va vazifalari. Kompyuter tarmoqlari, tarmoqlarni tashkillashtirishning umumiy printsiplari. Asosiy tushunchalar va terminologiya. Ma’lumotlar va axborotlar.
Ma’ruza № 1
1. Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiyalar (KT va T) fanining maqsad va vazifalari.
2. Kompyuter tizimlari qurilishi va ularning klassifikatsiyasi
3. Kompyuter tizimlari arxitekturasining xususiyatlari
REJA:
“Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya” fanining asosiy maqsadi - kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining ilmiy-texnik rivojlanish yoʻllari va ularni rivojlantirish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanni vazifasi - uni oʻrganuvchilarga:
– Oʻzbekiston Respublikasida kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalarining faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari;
– kompyuter tizimlarining turlari va ularning arxitekturasini yaratishning nazariy asoslari;
– kompyuter tizimlarining vazifalari va tarkibi hamda kompyuter tizimlarining unimdorligini baxolash shuningdek kompyuter tarmoq turlari, tarmoqning dasturiy tahminotini kelajakdagi istiqbollari;
– tarmoq qurilmalari va uskunalarini;
– lokal tarmoq texnologiyasining imkoniyatlarini;
– tarmoq xizmatlaridan foydalanish va tarmoqning xavfsizlik xizmatlarini joriy etish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni uzviylik va uzuliksizlikda oʻrganishdan iborat.
Telekommunikatsiya (yunoncha tele — uzoq, va lot. communicatio — aloqa) — har qanday maʼlumotni (tovush, tasvir, maʼlumot, matn) turli elektromagnit tizimlar (kabel va optik tolali kanallar, radiokanallar va boshqa simli) orqali masofaga uzatish va qabul qilishdir. va simsiz kanallar ulanishlari). 

Download 464.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling