Компьютер тармогининг асосий тушунчалари


Telekommunikatsiya tarmog'i


Download 464.48 Kb.
bet2/5
Sana03.04.2023
Hajmi464.48 Kb.
#1322855
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu.

Telekommunikatsiya tarmog'i - telekommunikatsiyalar amalga oshiriladigan texnik vositalar tizimi. 
Telekommunikatsiya tarmoqlariga quyidagilar kiradi: 
1. Kompyuter tarmoqlari (ma’lumotlarni uzatish uchun)
2. Telefon tarmoqlari (ovozli ma’lumotlarni uzatish)
3. Radio tarmoqlari (ovozli ma’lumotlarni uzatish – eshittirish xizmatlari)
4. Televideniya tarmoqlari (ovoz va tasvirni uzatish – eshittirish xizmatlari)
Biz kompyuterda ma'lumotni qayta ishlashga imkon beruvchi asosiy vositalar bilan tanishdik, ya'ni axborot texnologiyalari asoslarini o'zlashtirdik. Ma'lumotlarni uzatish texnologiyalarini Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya fani orqali tanishamiz.
Birinchi axborot inqilobi yozuvning ixtirosi edi.
Ikkinchi axborot inqilobi - matbaa ixtirosi. XX asrning ikkinchi yarmida Ilmiy-texnikaviy bosma mahsulotlarning chiqarilishi tobora kuchayib bordi. Ma’lumotlarni uzatish tarqatish avval qog’oz ko’rinishida amalga oshirildi.
Telekommunikatsiya yo‘nalishida, telekommunikatsiya tarmoqlarini tubdan yaxshilash va rivojlantirish masalalarini hal qilish birlamchi vazifaga aylandi. Bu dolzarb muammolarni yechish uchun O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborotlashtirishni rivojlantirish asosiy yo‘nalishlarini belgilash uchun qator Qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi, jumladan:
«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida» (20.08.1999-y.);
«Axborotlashtirish to‘g‘risida» (11.12.2003-y.)gi O ‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 1-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini 2010-yilgacha bo‘lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi to ‘g‘risida»gi 307-son Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3080-sonli Farm oni va boshqalar shular jumlasidandir.
Mahalliy kompyuter tarmog'ini yaratishning asosiy maqsadi axborot resurslari va kompyuter texnologiyalari resurslarini: xotira, protsessorlar, printerlar, skanerlar va boshqalarni birgalikda ishlatishdir.
Kompyuter tarmog’i.

Download 464.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling