Dr.Web [disk:] [yo‘l] [kalitlar]
bu erda disk: - qattiq diskni mantiqiy qurilmasi yoki egiluvchan diskni fizik qurilmasi, masalan, F: yoki A:
*- qattiq diskdagi barcha mantiqiy qurilmalar;
yo‘l - bu talab etilayotgan fayllarning yo‘li yoki niqobi. Eng muhim kalitlar:
/ AL-berilgan qurilmadagi barcha fayllarning diagnostikasi;
/ CU [P] - disklarni va fayllarni “davolash”, topilgan viruslarni o‘chirish; R- foydalanuvchining tasdiqlashi bilan viruslarni o‘chirish;
/ DL-to‘g‘ilab davolashni imkoni bo‘lmagan fayllarni o‘chirish;
/ NA [ daraja ]- fayllarni evristik tahlil qilish va ularda noma’lum viruslarni qidirish, bu erda [daraja] 0,1,2 qiymatlarni qabul qilish mumkin;
/ CL - buyruqli qator rejimida dasturni ishga tushirish, fayllarni va tizimli sohalarni testlashda to‘liq ekranli interfeys ishlatilmaydi;
/ QU- testlashdan keyin tezda DOS ga chiqish.
Agar Dr.Web ning buyruqli qatorida birorta ham kalit ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda joriy so‘rov uchun barcha axborot DRWEB. EXE joylashgan katalogda joylashgan DRWEB.INI konfiguratsiya faylidan o‘qiladi. Konfiguratsiya fayli testlash uchun zarur bo‘lgan parametrlarni saqlash buyrug‘i yordamida Dr.Web dasturi bilan ishlash jarayonida ishlatiladi.
Misol-2: DrWeb B: / AL/ CUP/ HA1/QU/CL
V: diskni tekshirish va davolash uchun Dr.Web virusga qarshi dasturini ishga tushirish.
To‘liq ekranli interfeys rejimida Dr. Web dasturi bilan ishlash texnologiyasi
To‘liq ekranli interfeys rejimida ishga tushirish uchun buyruq qatoriga faqat dastur nomini kiritish etarlidir. Dastur yuklangandan keyin kompyuterning tezkor xotirasini testlash, agar u kompyuterning tezkor xotirasini testlash, agar u kompyuterning oldingi o‘rnatilishida o‘chirilmagan bo‘lsa, boshlanadi. Testlashning borishi testlash oynasida aks ettiriladi. Xotirani testlash tugagandan keyin to‘xtash amalga oshiriladi. Dastur ishlashini, agar ekranning yuqori qatorida joylashgan asosiy menyudan foydalanilsa, davom ettirish mumkin. Menyuni aktivlashtirish uchun F10 klavishini bosish kerak. Asosiy menyu quyidagi rejimlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |