Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар
Download 114.88 Kb.
|
kompyuter viruslari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Kompyuter viruslariReja: KirishNazariy qism Kompyuter virusi haqida tushuncha. Viruslarning mohiyati, paydo bo‘lishi va tarqalishining asosiy belgilari Kompyuter viruslarini tasniflanishi Kompyuter viruslaridan himoya qilish usullari Bob.Viruslarni payqash va ulardan himoya qilish dasturlari. Ularning va tavsiflari. Kompyuter viruslaridan himoya qilish uchun asosiy choralar XulosaFoydalangan adabiyotlar KirishKompyuter virusi o‘lchami buyicha katta bo‘lmagan,maxsus yozilgan dasturdan iborat bo‘lib, u o‘zini boshqa dasturlarga «yozib qo‘yishi», shuningdek, kompterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi»,shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» )bajaradi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning kasallanganligi bilinmaydi. Ko‘p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqti-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi. Mavjud bo‘lgan viruslarning ko‘pchiligi yadro sistemali fayllarni afzal ko‘radilar,chunki ko‘p zamonaviy kompyuterlarda fayllar sistemasi bir xil yuklanadi masalan viruslar aksariyat xollarda ,Command.com fayliga birlashtirladi va DIR buyrug‘i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi.Ko‘p xollarda sistemaning zararlanishi kiritish va chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro‘y beradi Aslini olganda, viruslar sistemalarga birikib ketish uchun har qanday yo‘llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan sitemalar yo‘qdir. Kompyuterlarga viruslarning kirib ketishining asosiy yo‘li bo‘lib zararlangan disketalar hizmat qiladi.Viruslar borgan sayin beshavqat va hech narsadan qo‘rqmaydigan bo‘lib bormoqda,hatto eng etuk viruslarga qarshi dasturlar ham ular bilan kurashishga ojizlik qilmoqdalar. SHunday viruslar mavjudki,ular energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiraga yashirinib olib,sistemani tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug‘diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga ega bo‘lgan,siqilgan dastur ham virusdan holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi.Viruslarni CD ROM disklarning shtampovka jarayonida ham o‘rnashganlik hollari mavjuddir. Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling